Xo’sh, zamirida bunchalik sexr va shifo, tarovat, naql va haqiqat yashirgan
kuylar qachon paydo bo’lgan? Musiqa asboblarini kim va qachon bunyod etgan
degan savol tug’iladi.
Naql qilishlaricha, ibtidoiy odam dunyoga kelibdi-yu, xarakatga tushibdi,
xarakatini mexnat bilan boyitibdi. Shalola, sharshara, dilbar shabada, shovullagan
shamol, daraxt shoxlarining «salomi» va gurros tovushi qushlar chug’uri va navosi
uning xayotiga hamnafas mexnatiga hamdam bo’libdi.
Darhaqiqat, musiqaning oshifta kungillarga kursatuvchi sexr-jodusi
o’zgachadur.
Qadimgi Yunonistonda “musiqa bilan davolash ilmi” keng taraqqiy etgan.
Masalan, matematik va faylasuf Pifagor musiqani kishi ruxiga va tanasiga xar
tomonlama bo’ladigan vosita sifatida tavsiya etgan. Ko’hna Afrosiyobda olib
borilgan qazilmalarda qo’lida surnay ushlagan xaykalcha topilgan, olimlar u
xaykalchani eramizdan avval III–IV asrlarda yaratilgan deb taxmin qilmoqda.
Aytishlaricha, Iskandar Zulqarnay ham kup ishlarni musiqa sadolari ostida
bajargan ekan. Qorni to’k kishini ovozi past, qorni och kishini ovozi jarangli
eshitiladi. Shu boisdan dutor va g’ijjakning qorni bo’m-bush qilib yasash odat
bo’lgan.
Xorun-ar Rashid xalifaligi davrida musiqa asboblarining turi xiyla ko’payib
kanizaklar ham chalib, ham raqs tushar, ashula aytar ekanlar. Demak, ana shu
dalillardan kelib chiqib, kuy, qo’shiqni falon kishi falon bir davrda yuzaga
keltirgan deb bo’lmaydi. Ya’ni, ona tili nutqining yaratilishini biron bir kishiga
bog'lab bo’lmagani kabi kuyimiz tarixini ham xech kimga bog’lab bo’lmaydi. U
ona tilimiz nutqimiz qadar qadimiy va qadrlidir.
Ibn Sino sexrli kuy ta’sirida sarxush bo’lib
hamon g’ijjak chalardi, bu yerda oy
chiqib , avval daraxt uchlariga, sungra butun borlikka nur taratdi.
Asrlar,
davrlar o’tishi bilan inson kamol topa borgan sari musiqa asboblari ham
takomillashib, bugungi kunimizga rang-barang ko’rinishda, turfa sado va navolarni
qalbiga jo qilib keldi.
Xalqning og’ir kunida ham, shodlik, xursandchilik paytlarida ham doimo
hamroh bo’lgan. Shirali kuy yoqimli ovoz o’z ta’sirini inson qalbiga sirli hayajon
soladi, uning ruhiyatini tetik qiladi. Ulug’ mutafakkir shoir Sa’diy Sheroziy kuy va
qo’shiqni “Ruh ozuqasi” deb atagan ekan. Shuning uchun ham kishi yaxshi bir kuy
yoxud qo’shiq kuylaganida jaholatdan yroqlashadi, qalbini yaxshilik tug’yonlari
qamrab oladi. Muhabbat, sadoqat, insoniylik, go’zallik kabi yuksak darajadagi
insoniy his – tuyg’ularni qalban his qiladi.
Musiqa shunday ajoyib san’atki, uning uchun hech qanday til to’sig’i yo’q ,
tarjimonga muhtoj emas. Musiqa shunday ajoyib shifobaxsh fazilatlarga egaki,
buni o’z navbatida Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino kabi ulug’ daholar o’z
asarlarida ta’riflab berganlar.
“Zamonaviy va mumtoz, ya’ni kuy- qo’shiqlarni o’rganish, ularning o’zaro
bog’likligini nazarda to’tgan xolda dars jarayonida musiqa asboblaridan
foydalanish ham zarurdir. O’quvchilarga milliy cholg’u asboblari qanchalik
qiziharli bo’lsa, zamonaviy cholg’u asboblariga ham intilish, qiziqish kuchli
bo’ladi.”
Agarda bular 2 janrdagi qo’shiqlarni o’zaro bog’liqligini o’quvchilarga usul
cholg’u asboblarini chalish yoki ular bilan tanishtirishni yo’lga qo’ysak, ularni
tushinchalari yanada kengayadi. Xalqimiz o’zbek mumtoz va zamonaviy
qo’shiqlarni milliy cholg’ular ijrosida kuylaganlar.
O’zbekistonda g’oyat boy
an’anaga ega bo’lgan musiqa asboblari jo’rligi u yoki bu sozlar birlashmasi o’z
iasviriy ifoda imkoniyatlari bilan bog’langan.
Musiqa amaliyotida har bir cholg’u asbobi ham tusga ega. Masalan, torli
asboblarni olaylik. Ushbu asbobni faqat sozandalargina emas, balki xofizlar,
baxshilar ham keng foydalanishadi. Shulardan, umumta’lim maktablarida dars
beruvchi musiqa o’qituvchilari ham torli asbobning rubob turidan foydalaniladi.
Ma’lumki Respublikamizdagi mavjud umumta’lim maktablarini
boshlang’ich sinflaridagi musiqa darslarini o’qitilishi hamma maktablarda ham
talab darajasida deb bo’lmaydi. Ayniqsa, keyingi yillarda barcha umuta’lim
maktablarining boshlang’ich sinfdarida o’qitiladigan fanlari qatorida musiqa fanini
ham o’qitilish jarayoni yangicha uslublarni o’z ichiga oladi. Jumladan ushbu
sinflarda xaftada bir soatlik o’tiladigan dars ham sifatli o’tilmayapti ya’ni
o’qitiladigan musiqa darslarini boshqa fan o’qituvchilariga berib qo’yilmoqda.
Musiqa darsini talab darajasida o’tish uslublari hamma joyda har xil olib
boriladi. Avvalambor boshlang’ich sinflardagi musiqa darsini o’qitishda alohida
e’tiborni sinfdagi o’quvchilarni saralab mutaxassis o’qituvchi o’quvchilarni
qobiliyatini o’rganish bilan boshlasa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga dars o’tish mobaynida rubobning ayrim
elementlari haqida tushuncha berib borish lozim. Milliy cholg’ular xususida chang
urma cholg’ulari qatorida sinalgan doira ham ma’lum. Doiraning har qanday
usuldagi jo’rligi, ijro tinglovchini o’ziga jalb etadi.
Buning uchun albatta musiqa o’qituvchisi milliy cholg’u asboblarimizdan
qashqar rubobi, dutor, doira kabi cholg’u asboblar yordamida qo’shiqni o’rgatish
bilan boshlaydi. Shu bilan birga sinfda 30 nafar o’quvchi bo’lsa, bularni uch to’rt
guruxga bo’lib so’ngra har bir gurux bilan alohida ish olib borish kerak. Ushbu
tanlangan o’quvchilardan 4 nafar yakkaxon ovozli o’quvchilarni ajratib ularga
belgilangan rejadagi qo’shiqni yaxshilab singdirib, so’ngra sinf o’quvchilariga
o’rgatilsa, darsni sifatli chiqishiga erishiladi. Bunday tashqari qo’shiqni o’rgatishda
cholg’u asbobi bo’lmasa o’quvchilarni orasidan uch to’rttasini ajratib chapak
chalish yordamida usul berib qo’shiqni o’rgatiladi.
Bu o’rinda sinfdagi o’quvchilardan yigitlardan alohida, qizlardan alohida
raqsga moilligi borlarini tanlab olinib bir vaqtda o’rgatiladigan qo’shiq orqali raqs
o’rganish uslubini ham shakllantirib boradi. Bu jarayonlarni bajarishda birinchi
navbatda o’quvchilar bilan ovoz sozlash mashqlarini bajarish alohida o’rin tutadi.
O’z-o’zidan ma’lumki, sinfga kirishdan tortib toki darsni tugatib chiqquncha
musiqa ohanglari ostida dars olib borilishi zarur. Sinfdagi o’quvchilarini hozirgi
sharoitda biror-bir kuy yoki qo’shiq o’rgatish yoki tinglatish bilan mashg’ul
etilmasa maqsadga erishib bo’lmaydi.
Dars davomida biror shoirni she’rini o’qitilib yoki yodlatib darsni yakunlash
ham mumkin. Ta’lim jarayonida pedagogik texnalogiyaning bir qator tamoyillari
mavjud bo’lib, darsning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda qiziqarli dars
tashkil etish, test savollari asosida o’quvchining bilimini sinab ko’rish,
muammolari vaziyatlar asosida savol-javoblar tariqasida dars o’tish va
boshqalardan iboratdir.
O’qituvchi dars jarayonida o’quvchilarga cholg’uning ahamiyati haqida
so’zlar ekan, har bir ijro, har bir amaldagi harakat insonni ozguncha chorlashni,
xatto tarbiya o’chog’i ekanini ta’kidlashi zarur. Har bir ohang orqali insonda
yashiringan qobiliyat va iqtidor kelgusida yurtimiz ravnaqi, san’atimiz
taraqqiyotida muximligini uqtirishi lozim. O’zbek xalq milliy ohanglari insonni
tarbiyalaydi, kishilardagi yomon sifatlarni bartaraf etishga yordam beradi.
Maktabdagi musiqa darslarini o’tadigan mutaxassis-mi yoki mutaxassis
emasmi, bari-bir darsda o’qitilish jarayonida biror cholg’u asbobini o’rtacha bo’lsa
ham egallagan bo’lishi shart. Shu bilan birga ularda ma’lum darajada estetik zavq
va musiqiy hissiyot shakllanib boradi.
Shu o’rinda darsning ko’proq qismini qo’shiq kuylashga va musiqa
tinglashga ajratilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Agarda o’qituvchi biror cholg’u
asbobida ijro qilishni lekin mutaxassichalik bajarmasa ham ma’lum darajada
qobiliyatiga yarasha o’zlashtirib ish olib borsa, albatta dars mazmunliroq o’tadi.
Aks holda bu talablarni bajarmasdan o’quvchilarni butun dars davomida har
xil fikrlarni chalg’itib, she’rxonlik qilib, bo’lar bo’lmas har xil gaplarni gapirib,
ularni fikrini buzish o’quvchilarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday
hollarda musiqa darslari o’tiladigan bo’lsa, kam deganda, mutaxassis o’qituvchi
topilguncha biror san’at soxasini bilgan o’qituvchi darsni o’tgani ma’qul.
Endi musiqaga oid adabiyotlarga kelsak, hamma boshlang’ich sinfdar uchun
yangi nashrda lotin grafikasi bo’yicha musiqa darsligi qo’llanmasi yetarli deb aytsa
ham bo’ladi. Bulardan faqat foydalanish kerak. Yangi o’quv darslari bo’yicha
shug’ullanish uchun yetarli darsliklar hamma maktablarda mavjud. Ma’lum
darajada sharoitdan kelib chiqib cholg’u asboblari bilan ta’minlangan.
Faqat musiqa darslarni uddalay oladigan o’qituvchilarni topib darslarni
berilsa, imkoniyatga qarab musiqa darsini o’tishga qiziqadigan, lekin mutaxassis
bo’lmasa ham, agar biror-bir sozni chala olsa ularni malka oshirish kurslariga
yuborish kerak.
Ma’lumki musiqa asbobini yasovchi usta unga qalb qo’ri, ko’z nuri va
butun san’atini sarflab, qo’lga olgan kishi “Ofarin” desin deya bor kuchini
sarflaydi. Ularning ko’pchiligi musiqa bilimiga ega bo’lib, o’zlari yasagan musiqa
asbobining tashqi ko’rinishiga badiiy did bilan bezak berib qolmay,balki sozning
yoqimli, orombaxsh ovoziga ham e’tibor berganlar. Tarixda Shunday mashhur
ustalar ham bo’lganki, ular butun umrida faqat bir nechtagina musiqa asbobi
yasaganlar. Binobarin, bunday sozlarni qo’lga olib “Sayratgan” sozandalar uning
ustasini darhol taniganlar, asboblarni esa faxrlanib,e’zozlab, gard yuqtirmay asrab
yurganlar.
Hozirgi davrda ana shunday noyob musiqa asboblariga ahyon – ahyonda
ko’zimiz tushadi. Sababi, ustozlardan shagirdlarga meros bo’lib kelayotgan bu
ajoyib bebaho asboblar arzimagan asboblar bilan bir burchakka yig’ishtirib
qo’yiladi yokituzatadigan usta izlab yuriladi.
Shuning uchun musiqa madaniyati darslarida cholg’u asboblaridan
foydalansa kishining o’zi ko’rgazmadir. Musiqa madaniyati darslarida har bir sozni
e’zozlash, har bir insonning ezgu ishlaridan ekanligini ta’kidlab kelingan. Mana
shunday ezgu niyat sohiblari o’z farzandlari va shogirdlariga sozlarni sirlarini
meros qilib qoldirganlar va qoldirib kelmoqdalar.
An’anaviy sozlarni yaratish yo’lida ulug’ ustalarning milliy musiqamiz
ohanglariga boshqa millat sozlarini ohanglari aralashib ketmasligi uchunqattiq
ijodiy ko’rash olib borganlar. Bizning milliy sozlarimiz pardasi Yevropa
sozlarining soz pardaridan farq qiladi. Musiqa notalarini yaratgan Al Farobiy o’z
ilmiy asarlarida musiqamiz sozpardalarining jozibaliligi farqini ko’rsatib bergan,
hattoki o’zi ham soz yaratib, amaliy misollarda isbotlab berganlar.
Demak hozirgi yoshlarda san’atning ko’p turlariga, ayniqsa, musiqaga
bolalar qo’shiqlar va mumtoz qo’shiqlari kuylashga intilish juda katta. Mustaqillik
davrida barcha sohalar qatori milliy musiqa va milliy estrada qo’shiqchiligiga
bo’lgan e’tibor kuchayib bormoqda.
Iste’dodli yoshlarimiz musiqa bo’yicha xatto qardosh respublikalarda ham
taxsil olmoqda. San’at orqali xalqlar bir-biriga yaqinlashib bormoqda. Shu o’rinda
musiqa san’ati do’stlik, tinchlik elchisi bo’lib xizmat qilmoqda. Shuni nazarda
tutilganda yurtimiz kelajagi bo’lgan yosh avlodni ma’naviy, ruhiy va ahloqiy
jixatdan tarbiyalab borishda musiqa san’atining keng imkoniyatlaridan
foydalanishning eng muxim ahamiyatini tarbiyaviy ishlardan biri deb
tushunmog’imiz kerak.
Ba’zi qo’shiqlarni o’qituvchi doira jo’rligida ijro etish bilan birga u haqida
ma’lumot berish o’rinlidir. Xalqimiz va ajdodlarimiz orasida ardoqlab, avloddan –
avlodga o’tib, ko’payib, sozlar orqali chalinib kelingan va ularni katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega ekanligini bilamiz. Mumtoz kuy va qo’shiqlarimiz milliy
tafakkurni ma’naviy kamol topdiishda asosiy vosita sanalgan.
Demak musiqa shunday qudratga ega ekanki, insonni hatto sehrlab qo’yar
ekan. Xo’sh ana shunday sehrli kuylar, navolar taralayotgan sozlar qaerdan paydo
bo’ldi, ularning ustalari kimlar? Bizlar o’shalar haqida o’ylashimiz lozim, ularning
mehnatlarini qadrlashimiz kerak.
Hali badiiy so’z ifodasining shakli topilmagan davrlardayoq odamlar turli
harakatlarda, bir-biriga ovoz bilan, harsak bilan munosabatda bo’lishni bilganlar.
Keyinchalik qadimgi odamlar gapirishni, yozishni o’rganganlarida o’sha so’zlarni
ohanga solib avval so’z xalqlarini, so’ngra kichik-kichik otishmalarni o’rgana
boshlaganlar.
Sekin-asta zamonlar o’tishi bilan ular qamishlardan surnay, hayvonlar
terisidan urib chalinadigan do’mbiralar yasab ko’ngillarini shod qilishni
boshlaganlar. Bu kunlar biror bir katta hayvonlarni ushlab, undan taom
tayyorlashib, o’zlariga yaqin odamlar bilan baham ko’rishgan vaqtlarida tuni bilan
olov yoqib amalga oshirishgan. hozirgi bayramlarning paydo bo’lishiga asos
bo’lgan bo’lsa ajab emas…
Asrlar, davrlar o’tishi bilan inson kamol topa borgan sari musiqa asboblari
ham takomillashib, bugungi kunimizga rang-barang ko’rinishda, turfa sado va
navolarni qalbiga jo qilib keldi.
Asrimiz davomida cholg’u asboblarimiz asosida orkestr ijrosi uchun
mo’ljallangan rubob, dutor, g’ijjak singari sozlarni xilma-xil turlari yaratilgan.
Yuqorida aytganlarimizdek, xalq musiqa san’atimiz o’zining tuzilishi va ijrochilik
uslubi bilan ikki turga bo’linadi.
Birinchi turga molik bo’lgan ommaviy xalq kuy va qo’shiqlari kiradi.
Ikkinchi turga esa ustozona musiqasi janrlari kiradi. Bu ustozona musiqasi
janrlarini osonlikcha o’rganib ijro etish qiyin. Chunki ularning tuzilishi murakkab
bo’lib, katta avjlar va murakkab ritm usullaridan iboratdir.
Shu bois professional musiqani ijro etish uchun boy tajriba yuksak ijrochilik
moxoratiga, jarangdor va keng diapazonli ovozga ega bo’lishi lozim. Ayniqsa
ularni ijro etish jarayonida qochirim va nola kabi ijrochilik ifodalarini qo’llash
lozim bo’ladi. U yuksak mahorat talab etadi. Shuning uchun professonal musiqa
janrlariga oid ashula, katta ashula va epik dostonlar va maqomlarni ijro etish
maktabining o’rganish uchun yetuk ustoz san’atkorlardan yillar davomida saboq
olish lozim bo’ladi.
O’tgan asrlarda musiqa amaliyotimizda nota yozuvi deyarli qo’llanmaganligi
sababli xalq musiqasi og’zaki tarzda avloddan avlodga o’tib keladi.
Hozir Toshkent Davlat Konservatoriyasidagi Sharq musiqasi kollejida mazkur
janr ijrochiligi bo’yicha yuqori malakali ijrochi san’atkorlar tayyorlanmoqda.
Ashula – ashula kuyi daromad (boshlanish qismi), kichik, o’rta va katta
avjlardan iborat bo’lib, barmoq, ko’pincha aruz vaznidagi g’azallar bilan
kuylanadi. Ashula kuyi vazmin, mayin bo’lib, chuqur ma’noga ega bo’lgan
ijtimoiy fikr va his-tuyg’ular, ishq-muhabbat, sog’inch, alam va nafrat, xasratni
ifodalaydi.
Biz kundalik musiqa hayotimizdan milliy musiqamiz ashula janrida boy
ekanligini bilamiz.
Shu bilan birga ashula tuzilishiga navoli va serjilo kuylar ham ko’pdir. Ularni
yakkanavoz yoki cholg’u ansanbli ijrosida tinglagan kishi bir olam zavq oladi. Siz
kunda radio, televidenie va gram yozuvlardan:
“Dutor bayoti”, “Rohat”, “Munojat”, “Tanovar”, “Gulbahor”, “Sayqal”,
“Sarbozcha”, “Miskin”, “Qari navo”, “Orom”, “Shodlik”, “Dilxiroj”, “Ilg’or”,
“Aliqambar”, “Abduraxmon begi”, “Ko’cha bog’i”, “Jazoir” va boshqalar kabi
o’nlab rohatbaxsh kuylarimizni tinglayotirsiz. Ulardan ayrimlari g’azal bilan
bastalanib, ashula qilib ham kuylanadi. Masalan: “Qari navo”, “Dilxiroj” va
boshqalar. O’z navbatida ashula kuylari cholg’u asari sifatida ham ijro etiladi.
Masalan: “Guluzorim”, “Qo’shchinor”.
Shunga qaramasdan oliy ta’limdagi o’qituvchilar turli xil usullar asosida
darslarni tashkil etib, darsda talabalarga ijro va cholg’u mahoratlarini yetkazish
orqali, dars samaradorligini oshirishga harakat qilib kelmoqdalar. Buning uchun
faqatgina o’qituvchi darsda bergan bilim va malakalaridan, talaba yoshlarning o’z
ustida ko’proq mustaqil ishlashlari talab etiladi. Endlikda talabalarning bo’sh
vaqtlari qanday samarali va foydali ishlarga sarflanmoqda! Afsuski bu boradagi
amaldagi ishlar ko’ngildagidek emas! O’quvchi yoshlardagi fanga bo’lgan qiziqish
va o’z ustida mustaqil ishlashlari yaxshi yo’lga qo’yilmagan. O’quvchilar orasida
iqtidorli yoshlar bilan bir qatorda fanga juda sust intilayotgan o’quvchilar ham
yo’q emas. Bu borada o’qituvchining vazifasi nimalardan iborat?
Avvalo o’quvchi yoshlarga bilim berayotgan o’qituvchi o’z fanining mohir
ustasi, keng dunyoqarashli, har tomonlama mukammal bilimga ega yangi
pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil eta olish orqali o’quvchiga
namuna bo’la olish zarur.
San’atimiz darg’alari To’xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy kabi
bastakorlarimizning musiqiy meroslvrimizni o’rganish, ularning insoniy fazilatlai,
ustoz-shogird o’rtasidagi munosabatlari, mehribon va talabchan ustoz
bo’lganliklari haqida ma’lumotga ega bo’lish o’quvchilar tarbiyasida mehr-
muruvvat his-tuyg’ularini orttiradi.
Yosh avlodni jismonan sog’lom, ruhan tetik, aqlan yetku qilib tarbiyalash
bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Bu muammoni hal etishda
musiqaning o’ziga xos o’rni bor. Chunki, musiqa insonga tez ta’sir etuvchi, ruhiy
xissiyotlarni rivojlantiruvchi vositalardan biridir. Inson musiqiy ohang va ona
allasi orqali umrbod musiqadan zavq va madad oladi. Buyuk mutafakkirlarimizdan
“Musiqa inson ruhini yo’ldoshidir” degan fikri bejiz emas.
Musiqa merosimizning rivojlanib, yoshlar tarbiyasiga ijobiy hamda ijodiy
ta’siririda milliy cholg’uchilik san’atining ahamiyati yuksak bo’lgan. Bugungi
kunda qanchadan- qancha yoshlar milliy musiqiy yo’nalishlarda ijod qilib, butun
diyorimiz bo’ylab o’z iqtidorlarini namoyish etmoqdalar. Bunday merosni asrab-
avaylash va keyingi yosh avlodga yetkazish bugungi kun musiqa pedagogining eng
muhim vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |