2.2. O’zbek an’anaviy qo’shiqchilining yoshlar tarbiyasidagi tutgan o’rni
O’zbek xalq qo’shiqlari ming yillar rivojlanish davrini bosib o’tgan bo’lib, ular
mazmuniga qarab ishqiy, mehnat, pand nasihat, Vatan, tarixiy epik mazmunga ega.
Yuqorida sanab o’tilgan qo’shiqlarning eng katta qismini ishqiy mavzudagi lirik
qo’shiqlar tashkil etadi. Men XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lgan qo’shiqlar
haqida to’xtalib o’tmoqchiman. Bu turdagi qo’shiqlarni taniqli bastakorlari: To’xtasin
Jalilov, Nabijon Hasanov, Saidjon Kayunov, Muhammadjon Mirzaev, Muxtorjon
Murtazoev, Saidxo’ja xoldorxo’jaev, Abduxoshim Ismoiovlar tomonidan yaratildi.
Qo’shiqni el orasida shinavandalar orasida mashhur bo’lishiga albatta iqtidorli
xush ovoz hofizlar ijodiy mehnati sabab bo’ldi albatta. Menga shundan xalq orasida
mashhur bo’lgan o’z chiroyli uslubi va ovozi bilan minglab shinavandalar ortira olgan
qo’shiqchilarimizni sanab o’tish joiz deb hisoblaymiz. Ular: Komiljon Otaniyozov,
Ma’murjon Uzoqov, Jo’raxon Sultonov, Faxriddin Umarov, Kamoldin Rahimov,
Tavakkal Qodirov, Ortiq Otajonov, Sherali Jo’raev, Habiba Oxunova, Komuna
Ismoilova, Olmaxon Hayitova, Xalima Nosirova, Mehri Abdullaeva hamda yana yuzlab
qo’shiqchilar bo’lib, o’ziga xos ijro yo’llari bilan xalqimizning hurmat e’tiboriga
sazovor bo’lishdi. Barchalari davlatimiz tomonidan unvonlar bilan taqdirlanishdi.
Albatta ishqiy mavzudagi lirik qo’shiqlarning matni bo’lib she’riyat hisoblanadi.
O’zbek lirik shoirlari Alisher Navoiy, Ogahiy, Mashrab, Furqat, Muqumiy, Nodira,
Uvaysiy g’azallariga iqtidorli bastakorlarimiz tomonidan yuzlab mumtoz asarlar
yaratilgan. Bular jumlasiga “Munojot”, “Dugoh”, “Feruz”, “Fig’onkim”, “Ayrilmasin”,
“Bayot”, “O’rtar”, “Tushdi savdo muhabbat” singari ko’plab nodir qo’shiqlar kiradi.
Zamondosh shoirlarimizdan esa Sobir Abdullo, Habibiy, Chustiy, Turob To’la, Erkin
Vohidov, Abdulla Oripov, Po’lat Mo’min, Saida Zunnunova, Hamid Olimjon, O’tkir
Rashid, Vosit Sa’dulla, Habib Sa’dulla kabi taniqli shoirlarimiz she’r va g’azallariga
ham bir-biridan go’zal qo’shiqlar yaratildi. Bu qo’shiqlarni san’atsevar xalqimiz
bugungi kunda ham sevib tinglashmoqda. Endi lirik qo’shiqlarni xalqimizga me’yoriga
yetkazib ijro qilgan hofizlar, qo’shiqchilar haqida bir oz to’xtalib o’tsak.
1950-1980 yillari o’zining betakror ovozi va ijrosi bilan O’zbekiston xalq artisti
Faxriddin Umarov el orasida o’z san’ati bilan tanildi. Uning “Ey muhabbat”, “O’n
sakkizga kirmagan kim bor”, “Qachon kelasiz”, “Sochini savdosi”, “Bizga ham”, “Qaro
zulfing” kabi yuzlab qo’shiqlari qo’shiq ixlosmandlari qalbidan o’rin oldi.
Ey muhabbat qo’shig’i to’plamidan misol keltiriladi.
O’sha davrda xalq e’tiborini qozongan hofizlardan biri Ma’murjon Uzoqov hisoblanadi.
Uning shirali, kuchli va baland ovozi o’xshashi yo’qligi bilan ajrali turadi. U
tomonidan ijro qilingan “Surating”, “Ko’zlaring”, “Davo istab”, “Janon bo’laman deb”,
“Yakka bu farg’onada” kabi qo’shiqlari o’zbek lirik qo’shiqlarining nodir boyliklariga
aylanib ulgurdi.
Fig’onkim gardishi davron ayirdi shox suvorimdan
G’amim ko’p ey ko’ngul bexabarsan oxu zorimdan.
G’ubor ishq vodiysida barbod o’ldi andog’kim
Biyobonlarda Majnun to’tiyo izlar mozorimdan.
Farg’ona vodiysida tug’ilib o’sgan yana bir iste’dodli Hofiz Tavakkal
Qodirov hisoblanadi. U ham betakror baland, jarangdor ovoz sohibi edi. U tomonidan
ijro qilingan “O’xshaydiku”, “Bunchamidi”, “Yakka bu Farg’onada”, “Fasli navbahor
o’ldi”, “Arzimni aytdim” singari dilbar qo’shiqlar mumtoz qo’shiqchilik namunalari
qatoriga kirgan. Yuqorida nomi sanab o’tilgan barcha qo’shiqchilarimiz ustoz-shogird
an’analarida ijod qilishgan. Ularning qo’shiqlarida chin ma’noda o’zbekona ishq
muhabbat mavzusi namoyon bo’lgan va aks etgan desak mubolag’a bo’lmaydi.
Ajdodlarimiz azaldan sevikli yorga alohida baland hurmat e’tibor berish kabi hislatlarni
bir-birlariga meros, yaxshi odat qilib qoldirib kelgan. Barcha biz nomini tilga olib
o’tgan hofizlar san’ati bizning so’zimizni isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |