Pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi


-bob.    Yoshlarga musiqa merosini o’rgatish usullari



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana26.01.2022
Hajmi1,21 Mb.
#411312
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
ananaviy xalq qoshiqchiligida ajdodlar merosini uluglanishi

2-bob.    Yoshlarga musiqa merosini o’rgatish usullari 

 

2.1.    Musiqa merosini o’rganishning pedagogik asoslari 

Milliy musiqa madaniyatimizning tarixi, kelib chiqishi, manbaalari va 

rivojlanish manbaalarini o’rganish, ayniqsa, san’atimiz rivojida o’chmas iz 

qoldirgan san’atkorlarimizning repertuarlari, ijrochilik san’ati ijro mahorati, ijodiy 

yo’li kabi masalalarni davlatimiz tomonidan ishlab chiharilayotgan harorlar, Oliy 

ta’lim vazirligining bu boradagi islohotlari, xususan, Davlat ta’lim standartlariga 

rioya qilgan holda biz bo’lg’usi o’qituvchilarga  katta mas’uliyat yuklaydi, buning 

uchun o’quvchilarga o’rgatayotgan milliy san’atimiz, boshlang’ich musiqa 

sabog’larimizning tub mohiyatiga e’tiborimizni haratmog’imiz lozim. 

 Bunda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" dasturil amal bo’la oladi. Ushbu 

datsurda barcha fanlarning rivoji, ta’limning utsuvor yo’nalishlari, Mustaqil 

O’zbekiston uchun zamonaviy, salohiyatli pedagoglarning zarurligi ko’rsatib 

o’tilgan. Mamlakatimiz mustaqilligini ta’minlash, yosh avlodga ta’lim hamda 

milliy tarbiya tizimini yo’lga qo’yishda musiqa san’atining o’rni beqiyosdir. 

Musiqa idrokini shakllantirishda tarbiyaning roli muhimdir. quloq tutib musiqa, 

qo’shiq eshitish ham tarbiyali shaxs ekanligidan darak beradi. 

 Biz musiqa o’qituvchilarining maqsad va vazifamiz ham tarbiyali yoshlar 

ongiga musiqiy saboq berishdan iboratdir. 

Musiqa tarbiyasida milliy qadriyatlarning o’rni juda kattadir, ulardan 

foydalanish pedagoglarga bog’liq. Ma’naviyatni rivojlantirish davlatimizning bosh 

vazifasiga aylangach, barcha sohalar kabi san’atga, xususan musiqa san’atiga 

bo’lgan e’tibor va talab kuchaytirildi. O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi 

binosini jahon andozalariga mos ravishda qurib, iqtidorli yoshlarning bilim 

olishlari uchun amalga oshirilgan imkoniyatlar fikrimiz dalilidir. "Yaxshi qo’shiq 

jon ozig’i", - deydi dono xalqimiz. O’z ota-onalarining qadriga yetmay, yomon 

yo’llarga kirib, tarbiyasiga putur etkazayotgan yoshlar pand-nasihatga boy 

qo’shiqlarini tinglashsa, ularda oz bo’lsada ota-onaga, Vatanga bo’lgan his-

tuyg’ular ijobiy tomonga jo’sh uradi. Ayniqsa, ota-bobolarimiz bir-birilariga sodiq, 



mehribon bo’lib o’tishganini, ular orasida mehr-oqibat kuchli bo’lgani holda, o’ta 

andishali insonlar bo’lishganini ta’kidlansa, yoshlar ongida ham o’zgarishlar ro’y 

beradi. Buni tarixiy asarlarni musiqiy dramatik usuldan foydalanib, yoshlar ongiga 

yetkazish mumkin. 

Yoshlar tarbiyasida milliy musiqa merosimizning ahamiyati xaqida fikr 

yuritilar ekan, darxaqiqat, milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi amalga 

oshirilayotgan tarixiy ishlarimizning qamrovi juda kengdir. Ularning asosiylari 

quyidagilardan iborat: 

-ko’p ming yillik tariximiz xaqqoniy, chuqur va juda kengdir. 

-xalq odatlari, marosimlari va bayramlarining tiklanishi va yangi bayramlarning 

(mustaqillik, o’qituvchilar kuni, xotira va qadrlash kuni) joriy etilishi xalq 

ma’naviy hayotiga ijobiy ta’sir etmoqda. Xalq musiqa tarbiyasi esa bularga sayqal 

beradi. 

 Ma’lumki biror bayram, tadbir, to’y yoki marosim yo’qki, Musiqasiz, uning 

jarangisiz nishonlanmasa. Shuning uchun ham  musiqa inson uchun, uning yashash 

tarzi uchun juda muhimdir. Musiqa, umuman san’at, insonlarni faqat yaxshilikka, 

ezgulikka  yetaklaydi.  

Musiqa tarbiyasini ravnaq toptirish uchun, eng avvalo, bu sohaning ilmini 

rivojlantirish lozim. Shunday qilsam, madaniyat ilmi, musiqa san’ati, xalq 

qo’shiqchiligida vujudga kelgan muammolarni aniqlash va hal qilish oson kechadi.  

 

Ta’lim texnalogiyasi – ta’lim maqsadiga jarayonining umumiy mazmuni, 



ya’ni, avvaldan rejalashtirgan maqsad asosida ish tashkil etish bo’lib, darsda eng 

avvalo o’quvchi birinchi rejada turishi shart. Ya’ni, qanchalik talab darajasida dars 

tashkil etsangiz o’quvchi diqqatini jalb eta olasiz. 

Musiqa san’ati o’z xususiyatiga ko’ra umuminsoniy qadriyat bo’lgani uchun 

barcha zamonlarda ilmiy jamoatchilikning diqqat markazida bo’lgan. Musiqa 

o’qitishning o’ziga xos yangi -yangi uslublarini qo’llab mashg’ulotlarni tashkil 

etish, har bir pedagog oldidagi muhim vazifalardan biridir. Ular noan’anaviy, 

qo’shiqlarii faol innovasion yangi dars uslublari bo’lishi mumkin.  




Shu bilan bir qatorda ta’lim jarayoniga mutsaqil ta’lim yo’nalishi kirib 

keldiki, bu ta’lim yo’nalishi talabani o’z-o’zini anglashga, ijodiy qobiliyatini, 

intelektual faoliyatini namoyish etishga, bilim olishga bo’lgan extiyojlarini nazarda 

tutgan holda kasbiy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam beradi. Musiqiy ta’lim 

mashg’ulotlarida talaba bilan ishlashda  quyidagi faoliyatlar yordam beradi: 

- har bir darsda ko’rgazmalilikka erishish; 

- asarni nazariy taxlil qilish, izlanish, qiziharli olib borish; 

- asrni o’rgatishda nota bilan ishlash; 

- O’quvchilarga cholg’u-asboblardan foydalanish sirlarini o’rgatish; 

-  asarga annotatsiya yozish; 

- internetdan, texnik vositalardan foydalanish;  

Hozirgi yosh avlodni tarbiyalashda o’quvchining bor san’atini ishga solib 

imkoniyatlaridan keng foydalanishda uning bilimga chanqoqligi ham muhimdir. 

O’quvchi-yoshlarni qiziqtirish uchun ko’plab ko’rgazmalar tayyorlashgani bilan, 

darsning samarasi bo’lmasa foydasi yo’q bo’ladi. Avvalo, o’quvchi yoshlarni 

musiqa savodi, fanga bo’lgan qiziqishlarini, ovozini sinab ko’rishi kerak. 

“Mamlakatimiz mustaqilligini ta’minlash ozod va obod vatan, erkin va 

farovon hayot barpo etishda, albatta san’atning roli beqiyosdir. 

Zamonaviy musiqa ham jamiyat va insonlar bilan hamnafas yashaydi. 

Mumtoz qo’shiqlari o’zbek xalqining azaliy, dard-qayg’usi, muxabbati, sevgisi va 

quvonchining asosidir.”(Karimov I. «O’zbekiston kelajagi sari». T., «O’zbekiston». 

1998.)  


Mum toz qo’shiqlarida muayyan davrda madaniy manbaa sifatida vujudga kelgan 

jarayon;  ma’naviy-axloqiy  fazilatlarning  mazmuni, shakl va  vositalarini 

mujassamligi;  tarbiya  mezonlarinig  umumiyligi;  sevgi  va  muhabbat, 

vafodorlikning ulug’lanishi; aqliy barharorlik va qadr-qimmatning buyukligi 

qadrlanadi. 

Shunday ekan, oliy ta’limning musiqiy yo’nalishida ham mumtoz va xalq 

qo’shiqlariini o’rganish, ular orqali bilim,  ko’nikma va malakalarni egallash uchun 

bir qator fanlarni o’qib o’rgandik.  




 

Ta’lim jarayonida  pedagogik texnalogiyaning  bir qator tamoyillari mavjud 

bo’lib, darsning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda qiziqarli dars tashkil 

etish, test savollari asosida o’quvchining bilimini sinab ko’rish, muammolari 

vaziyatlar asosida savol-javoblar tariqasida dars o’tish va boshqalardan iboratdir. 

 Bunday usullarni aralash-quralash qilib, bolani zo’riqtirmaslik, uning uning 

yoshni hisobga olgan holda usullardan foydalanish o’qituvchi –pedagokning bilishi 

zarur bo’lgan xususiyatdir. O’quvchilarga dars o’tish jarayonida ijro etilayotgan 

yo’llardan foydalanishda diqqatimizni bugungi  o’tilajak dars  mavzusiga 

qaratishimiz lozim 

Xulosa qilib aytganda, an’anaviy qo’shiqchilik va maqom asoslari 

mashg’ulotlarida talabalar " Soqinamai Savti Kalom ", "Dugoh husayn" , 

"Abduraxmon begi", " Fig’oniy", Ey, voh, Sanam", " Tasadduq " kabi qo’shiqlarini 

sevib o’rgandik. 

Baribir ko’proq zamonaviy qo’shiqchilikni hoxlasakda, baribir maqom va 

an’anaviy qo’shiqchilik yo’holishidagi mumtoz qo’shiqlari bizni o’ziga rom qila 

oladi. Endi bular bor bilimimizni ishga solib, maxoratlarimizni oshirib, o’rgangan 

zamonaviy va  mumtoz  musiqa san’atimizni bo’lg’uchi shogirdlarimizga 

o’rgatamiz va hayotga tatbiq etamiz. 

               Yoshlar tarbiyasida  milliy ijrochilik uslublari qo’shiqlarining ahamiyatli 

jihatlarini ochib berishda musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarga ko’chroq 

xalqona yo’lda yaratilgan milliy qo’shiqlarini, kuylarni o’rgatib folklor 

yo’nalishidan ham foydalanishni keng yo’lga qo’ymoq zarur. 

Ma’lumki,  umumta’lim  maktablarida  musiqa  madaniyati  darslari 

o’quvchilarda axloqiy-estetik tarbiyani shakllantirish hamda rivojlantirishda qulay 

va samarali predmet sifatida o’qitiladi. Bu darslarda o’quvchilar milliy musiqamiz 

durdonalari bilan birga, jahon xalqlari musiqa madaniyati namunalaridan ham 

voqif bo’ladilar. Lekin, musiqa o’qituvchisi uchun o’quvchilarni milliy 

musiqamizning chuqur  ildizlari,  qo’shiqlarning  yaratilishi tarixi,  ularda 

kuylanadigan g’oya va maqsadlar bilan tanishtirish asosiy vazifa hisoblanadi. 

O’quvchilar milliy folklor qo’shiqlarini tinglaganda yoki kuylaganda, ularda milliy 



g’urur, Vatanni, millatni chin dildan sevish, go’zallikni, ezgulikni his etish, pok 

niyat va chinakam insoniy tuyg’ular shakllanib boradi.  

Shu bilan birga, folklor xalq amaliy san’ati, xalq me’morchiligi va boshqa 

sohalarini ifodalaydigan atamadir. Faqat har bir soha mutaxassisi folklor deganda 

o’z sohasini, musiqashunos xalq kuylarini, adabiyotshunos xalq og’zaki ijodi, 

xoreograf xalq raqsini nazarda tutadi. Folklor asarlarida xalq hayoti badiiy aks 

etadi. Shuning uchun, xalq og’zaki ijodi so’z san’atini badiiy adabiyotning og’zaki 

ijodini tashkil qiladi. Xalq og’zaki ijodining maqollar, ertaklar, dostonlar, tez 

aytish, topishmoq, sanamachoq, qo’shiq, askiya kabi janrlari bor. Xalqimiz 

tomonidan ming yillar davomida yaratilgan og’zaki ijod namunalari o’zbek 

xalqining madaniy meroslaridir.  

Musiqa madaniyati darslarida o’rgatiladigan tarbiyaviy qo’shiqning g’oyasi 

o’quvchi uchun muhim bo’ladi. qo’shiqni qanday qabul qilsa, o’sha g’oyalarni 

ham Shunday qabul qiladi. Shuning uchun Vatan haqidagi qo’shiqlarini 

o’rgatishda har bir musiqa o’quvchilari pedagogik texnologiyalar va zamon 

talablaridan kelib chiqib, ko’rgazmalar va adabiyotlarga tayanib, o’quvchilarga 

dars tashkil etishlari kerak. 

Ma’lumki, musiqa jamiyat hayotining muhim qismidir. U inson ruhiyatiga 

kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib,  ularning his-tuyg’ularini o’ziga 

xos badiiy tilda ifoda etadi. Bir so’z bilan aytganda musiqa san’ati hayotni 

o’rgatadi, tasvirlaydi, ifodalaydi. 

 Shu bois musiqa o’quvchilarda nafosat (estetik) hissiyotlarini tarbiyalash 

orqali ularning ma’naviy, g’oyaviy va axloqiy dunyosini har tomonlama 

takomillashtirishda ularda oliyjanob fazilatlarni kamol toptirishda ta’sirchan vosita 

bo’lib xizmat qiladi. Musiqa madaniyatining ushbu fazilatlaridan o’quvchilarning 

yosh xususiyati, hayotiy tajribalari, musiqiy bilim va malakalari darajasini hisobga 

olgan holda foydalaniladi. 

Umumta’lim maktablari 5-7 sinf o’quvchilarining hayotiy tajribalari ancha 

boyigan, aniq fanlarni o’rganish jarayonida ilmiy dunyoqarashlari tarkib 



topayotgan davri bo’ladi. Shunga muofiq o’rganilayotgan asarlar ham janr, hajm 

va badiiy mazmun jihatdan tobora jiddiylashib boradi. 

 Xalq musiqa ohanglari, o’zbek kompozitorlari ijod qilgan, ona vatanimiz, 

jonajon Respublikamiz go’zalligini ularga mehr-muxabbatni madh qilishga 

bag’ishlangan xilma xil musiqiy asarlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. 

Chunki vatanimiz tinch, xalqimiz, yurtimiz obod, dasturxonlarimiz to’kin. 

Xuddi shu kabi ko’rinishlar milliy ruhiyatga yaqin bo’lgan raqslar, kuylar 

misolida ham ko’rish mumkin.  qaysi bir yurtning andishaliligi uning kiyinish 

madaniyatiga ham bog’liq. Bizning xalqimizda bu masalaga alohida e’tibor 

beriladi.  

Milliy tuyg’u millatning tarixi, yutuqlari, mag’lubiyatlari, milliy mentalitet 

darajasi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Milliy his-tuyg’u inson hayoti va 

faoliyatidagi aniq, ancha nozik, ba’zan keskin shakllarda namoyon bo’ladi. 

 Inson hayotida o’z e’tiqodini, siyosiy harshlarini o’zgartirishi mumkin, 

ammo, ichki his-tuyg’ular o’sha millatga mansubligicha qolaveradi. 

O’quvchilarning  milliy  his-tuyg’ularini  shakllantirish butun jamoaga 

bog’liq, bunda avvalo, ota-onalar, mahalla-ko’y, ta’lim muassalari hamkorlikda ish 

olib borishlari zarur. Maktabdagi  musiqa madaniyati fani o’qituvchisi ham o’z 

dasturiga milliy kuy-qo’shiqlari majmuasini tanlashi va ajratishi zarurdir. U 

o’rtadagi qo’shiqchilik matnidan kelib chiqib samimiylikka bog’lab milliy odob-

axloq ko’nikmalarini so’zlab berishi ularga turli hikoyalar, maqollar, ertaklar o’qib 

berishi lozim.  

Masalan, O’zbekiston haqidagi qo’shiqni o’rgatayotgan bo’lsa, avvalo 

o’zbeklarning turmush tarzi hayoti, urf-odatlari, an’analari o’zaro munosabatlari 

haqida fikr yuritishi lozim.  

So’ngra  O’zbekiston  mustaqillikka  erishgunga  qadar  qandayligi 

mustaqillikka erishgach qanday yutuqlarga ega bo’lganligi haqida batafsil so’zlab 

so’ngra mavzuga o’tsa o’rinli bo’ladi. Bundan tashqari o’zbeklarning kiyinishi 

madaniyatiga ham albatta to’xtalishi kerak. Ba’zan juda quvonib ketaman. Bizning 



vodiyda musiqalarimiz yangrasa xaqiqiy o’zbek, O’zbekiston degan iboralar ko’z 

o’ngimizga keladi. 

 Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak chet ellarda "Andijon polkasi" "Dilxiroj" 

yoki "Namanganning olmasi" yangrasa xaqiqiy o’zbeklar ekan degan xulosaga 

kelish xollari namoyon bo’ladi. 

Bizlar O’zbekiston degan buyuk bir yurtda yashab, faoliyat ko’rsatyapmiz. 

Yurtimizning tinchligi - eng katta boyligimizdir. Vatanimiz qo’riqchilari kechani 

kecha, kunduzni kunduz demay bizni qo’riqlash, yurtimiz osoyishtaligini 

asrashdek savobli, mashaqqatli, ammo, sharafli vazifani ado etmoqdalar.  

O’zbekiston o’zining qudratli, milliy armiyasiga ega, uning tepasida 

bayrog’imiz hilpirab turibdi, ammo, bugungi kunda O’zbekistonning gullab 

yashnashi va rivojlanishini ko’rolmaydigan g’animlar uchramoqda. Biz bo’lg’usi 

murabbiylar yosh avlodning tarbiyasiga ta’sir etuvchi bunday yo’llardan, nopok  

kimsalardan nariroq yurishni o’rgatishimiz lozim. 

Har bir musiqa darsimizda O’zbekistonning buyukligi, qudratliligini takror 

va takror ta’kidlagan holda o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishimiz lozim. 

O’quvchilarga dars jarayonida DTS talabidagi mavzularni tanlab, yurtni, Vatanni 

sevishga undovchi kuy-qo’shiqlarini o’rgatib borishimiz zarur. Shundagina bizning 

shogirdlarimiz O’zbekistonimiz, Vatanimizning timsollarini hamisha hurmat qilib 

e’zozlab yashashga o’rganadilar. 





Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish