OLIY TA`LIM O`QITUVCHISINING PEDAGOGIK MAHORATINI RIVOJLANTIRISH
Mundarija:
Pedagogik mahorat nima?
Pedagogik mahoratning tashkil etuvchi komponentlari
Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni ta’minlovchi omillar
Pedagogik mahoratni egallash vositalari
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Pedagogik mahorat nima?
Hozirgi kunda darsliklar, kommunikatsion axborot texnologiyalari qanchalik rivojlangan bo`lmasin, pedagogik amaliyot, ta’lim - tarbiya ishlarining muvaffaqiyati baribir o'qituvchining bilimiga, uning kasbiy mahoratiga bog'liq. Shu nuqtai - nazardan respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov : “Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning та’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim - tarbiya tizimini o ’zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. О‘qituvchi о ‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”1 - deb ta’kidlaydi.
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o'qituvchining doimiy ravishda fanlami mutolaa qilish bilan shug'ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: “O'qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug'ullanmog'i lozim. Aks holda и qurigan daraxt va toshga o'xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday о'qituvchidan hech qanday natija kutib bo`lmaydi”
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni
egallash uchun nimalami bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va
psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi.
Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya"da ta’rif quyidagicha izohlangan:
“O 'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, .tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”
Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning
yuksak ko'rsatkichi.
2. O 'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni
puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.
4. O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |