Xulosa
O'rta Osiyo tarixiy geografiyasiga doir ma'lumotlarning topilishi, aniqlanishi va o'rganilishi mamlakatimizning tarixiy geografik nuqtai nazardan azaldan muhim ahamiyat kasb etib kelganligini ko'plab tadqiqotlar allaqachon isbotlab bo'ldi. Mustaqillikning qo'lga kiritilishi natijasida tarix sohasida ko'plab ilmiy tadqiqod ishlari amalga oshirilishi, mamlakatimiz, shuningdek, rus va boshqa ko'plab davlatlar arxivlarida saqlanayotgan manbalar, turli xildagi hujjatlarning o'rganilishi va tadqiq etilishi uchun sharoit yaratildi. Buning natijasi ko'plab tarixiy manbalarning tarjima qilinishi ushbu davrning nafaqat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini balki tarixiy va geografik nuqtai nazarining chuqurroq va teranroq anglashga imkon yaratib berdi.
XVI-XIX asrlar O‘rta Osiyo tarixiy geografiyasiga oid tadqiqotlar, boshqa davrlarga nisbatan olib qaralganda anchayin kengroq tadqiq etildi. Xonliklar davrida, chet el mamlakatlarining O'rta Osiyoga nisbatan siyosatining o'zgarishi, Angliya va Rossiya mamlakatlarining manfaatlari aynan O'rta Osiyoda to'qnash kelishi, ushbu hududlardagi barcha ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, tarixiy, madaniy va geografik jihatlarini, ularning ustunlik taraflarini va muammolarini o'rganishga bo'lgan qiziqishni va talabni orttirib yubordi. Natijada xorijlik sayyohlarning, olimlarning va turli xil ko'rinishda O'rta Osiyoga tashrif buyurgan josuslarning to'plagan geografik ma'lumotlari ushbu davrni tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Podsho Rossiyasining O'rta Osiyoga bo'lgan qizishi natijasida ushbu mintaqaning geografik va strategik joylashuvini o'rganish anchayin jadal sur'atda olib borilganligini tadqiqotlar natijasidan ham ko'rishimiz mumkin. Rossiyada O'rta Osiyo geografiyasi haqidagi ma'lumotlar XVI asrdayoq mavjud bo'lgan. 1627 -yilda "Книга большому чертеже" nomi ostida qayd etiladi. Shuningdek, ushbu kitobda qayt etilgan 1500 dan ortiq geografik joy nomlaring 50 dan ortig'i O'rta Osiyodagi hududlarga to'g'ri keladi.
XVIII asrga kelib Pyot I davrida O'rta Osiyoga bo'lgan Rossiyaning qiziqishi haddan ziyod ortishi va yuqorida aytib o'tkanimizdek, Angliya bilan o'zaro raqobat natijasida ushbu jarayon yanada tezlashganligini ko'rishimiz mumkin. Bunga misol sifatida 1714 - yilda Aleksan - Berkovich Cherkaskiy ekspeditisyasini shuningdek, 1719- yildagi F.I.Soymonivning Kaspiy dengiz atroflarini tadqiq etishi, bundan tashqari Dimitriy Gladishev, Ivan Muravin XVIII asrning 50-yillarida Xiva xonligiga qilgan ekspeditsiyalari davomida to'plangan ma'lumotlar ushbu davr tarixiy geografiyasini to'liqroq tasavvur qilishda va tushinda katta ahamiyat kasb etganligini qayt etish lozim. XIX asrga kelib esa bu jarayon yanada avj oldi. Harbiy maqsadlarda amalga oshirilgan ekspeditsiyalar davomida judayam qimmatli ma'lumotlar to'plandi. XIX 50-yillarida Butakov boshchiligidagi ekspeditsiyalar natijasida Amudaryo, Sirdaryo, Kaspiy va Orol dengizi hududlari chuqir tadqiq etildi. Buning natijasi o'laroq 1852 - yilda ilk marta ushbu hududlarda dengiz paroxod qatnovi yo'lga qo'yilganini ko'rishimiz mumkin. Ushbu davr tarixiy geografiyasiga doir tadqiqotlar, undagi ma'lumotlarni to'plashdan asosiy maqsad harbiy xarakatlar, ushbu hududlardagi tabiiy boyliklarni egallash va ularni olib chiqib ketish bo'lgan bo'lsada boshqa tarafdan xonliklar davri tarixiy geografiyasini o'rganishda muhim manbalar vazifasini o'tamoqda. Ushbu kichik tadqiqot natijasida shunga amin bo'ldikki, ushbu davr ya'ni Qo'qon, Xiva xonliklari, Buxoro amirligining hududi, geografik joylashuvi, ularning ahamiyati juda ham katta bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |