Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi


Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro koʻllarni muhofaza qilish hamda



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/108
Sana25.01.2022
Hajmi2,44 Mb.
#410768
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   108
Bog'liq
Bl9fdAA4HwKdJqbt64bp1DJw2io4DN3cx6CEGgXn

Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro koʻllarni muhofaza qilish hamda 
ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi konvensiya 
1992 yil 17 martda qabul qilingan 
Kirish 
Ushbu Konvensiya tomonlari 
Transchegaraviy  suv  oqimlari  va  xalqaro  koʻllar  muhofazasi  va  ulardan 
foydalanish  muhim  masala  boʻlib,  uni  faqat  yaqindan  hamkorlik  qilish  yoʻli  bilan 
samarali hal qilinishini taʼminlash mumkin ekanligini anglagan holda, 


 
 
116
 
qisqa  yoki  uzoq  muddatli  istiqbolda  transmilliy  suv  oqimlari  va  xalqaro  koʻllar 
holati oʻzgarishining atrof-muhit, iqtisodiyot va Yevropa iqtisodiy komissiyasiga (EIK) 
aʼzo  mamlakatlar  farovonligiga  salbiy  oqibatlari  mavjudligi  va  xavfi  borasidagi 
xavotirini bildirib, 
suv  muhitiga  xavfli  chiqindilarning  tashlanishini  bartaraf  etish,  cheklash  va 
qisqartirish  hamda  dengiz  muhitining,  evtofikatsiya  va  shoʻrlanishni,  shuningdek, 
ayniqsa  sohilboʻyi  hududlarda  quruqlikda  joylashgan  manbalardan  ifloslanishni 
kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zaruratini taʼkidlab, 
hozirda YeIKga aʼzo mamlakatlar hukumatlari tomonidan ikki tomonlama va koʻp 
tomonlama  asosda transmilliy  ifloslanishni  bartaraf  etish, cheklash va qisqartirish, suv 
oqimlari  zaxiralarini  barqaror  boshqarish,  ularni  asrash  va  atrof-muhit  muhofazasi 
yoʻlida  hamkorlikni  mustahkamlash  uchun  ikkitomonlama  va  koʻptomonlama  asosda 
qilingan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlagan holda, 
Stokgol’m 
konferensiyasining atrof-muhit muammolari boʻyicha tegishli qoida va 
tamoyillariga,  Yevropa  xavfsizlik  va  hamkorlik  kengashining  (EXHK)  Yakunlovchi 
hujjatiga,  YeXHKga  aʼzo  davlatlar  hukumatlari  vakillarining  Madrid  va  Vena 
uchrashuvlari hujjatlariga va YeIKga aʼzo mamlakatlarda 2000 yilgacha va undan keyin 
boʻlgan davrda atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishnpng 
Mintaqaviy strategiyasiga tayanib, 
Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Yevropa  iqtisodiy  kengashi  traschegaraviy 
suvlarning  ifloslantirilishini  bartaraf  etish,  cheklash  va  qisqartirish  hamda  ulardan 
barqaror foydalanish boʻyicha koʻmak berishda muhim oʻrin tutishini anglagan holda va 
shu 
bilan 
bogʻliq  YeIKning 
suv 
resurslarining 
ifloslantirilishi, 
jumladan, 
transchegaraviy  ifloslantirishni  oldini  olish  va  unga  qarshi  kurash  sohasidagi  siyosat 
toʻgʻrisida  Deklaratsiyasini,  YeIKning  suv  resurslaridan  oqilona  foydalanish  siyosati 
toʻgʻrisidagi  Deklaratsiyasini;  YeIK  transchegaraviy  suvlar  sohasidagi  Hamkorlik 
Tamoyillarini,  YeIKning  yerosti  suvlaridan  oqilona  foydalanish  Xartiyasini  va 
Transchegaraviy  ichki  suvlarni  halokatli  ifloslantirilishi  holatidagi  chora-tadbirlar 


 
 
117
 
Kodeksini eslatib, 
Yevropa  iqtisodiy  komissiyasi  tomonidan  uning  qirq  ikkinchi  va  qirq  toʻrtinchi 
sessiyalarida  qabul  qilingan  I  (42
)  i  I
  (43)  qarorlarga  va  YeHXTning  ishtirokchi 
davlatlari  vakillarining  atrof-muhit  muhofazasi  boʻyicha  Kengashining  (Sofiya, 
Bolgariya, 1989 yil 16 oktyabr – 3 noyabr) xulosalariga asoslanib, 
transchegaraviy  suvlarni  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish  sohasida  aʼzo 
mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik, birinchi navbatda, yagona suvlar bilan chegaradosh 
boʻlgan  sohilboʻyi  mamlakatlari  oʻrtasida  kelishuvlar  (ayniqsa,  bunday  kelishuvlarga 
hali erishilmagan boʻlsa) ishlab chiqish yoʻli bilan amalga oshishini taʼkidlab, 
quyidagilarga kelishdilar: 
1-modda 
Taʼriflar 
Ushbu  Konvensiyaning  maqsadlariga  koʻra  “transchegaraviy  suvlar”  har  qanday 
ikki  yoki  undan  ortiq  davlatlar  oʻrtasidagi  chegarani  anglatuvchi,  kesishuvchi,  yoki 
shunday  chegarada  joylashgan  yuzadagi  yoki  yerosti  suvlarini  anglatadi;  transmilliy 
suvlar bevosita dengizga quyulgan holatlarda, bunday transchegaraviy suvlarning oxiri 
ularning  sohillarida  joylashgan  sayoz  suvlar  chizigʻida  joylashgan  oqimlar  orasidagi 
quyilish joyini kesib oʻtuvchi toʻgʻri hoshiya bilan chegaralanadi. 
2.  “Transchegaraviy  taʼsir”  transchegaraviy  suvlar  holatida  inson  faoliyati 
natijasida  yuzaga  kelgan  har  qanday  sezilarli  zararli  oqibatlarni  anglatadi,  ularning 
jismoniy  manbai  toʻliq yoki qisman  u yoki bu Tomonning  yurisdiksiyasi ostida, atrof-
muhit  uchun  boshqa  Tomon  yurisdiksiyasi  ostida  joylashgan  hududda  boʻladi.  Аtrof-
muhit  uchun  bunday  oqibatlar  sirasiga  inson  salomatligi  va  xavfsizligi,  flora,  tuproq, 
havo,  suv,  iqlim,  landshaft  va  tarixiy  yodgorliklar  yoki  boshqa  moddiy  obyektlar  yoki 
ushbu  omillarning  oʻzaro  taʼsiri  uchun  oqibatlar  kiradi;  ular  qatoriga,  shuningdek, 
ushbu  omillar  oʻzgarishi  natijasida  yuzaga  keladigan  madaniy  meros  yoki  ijtimoiy-
iqtisodiy shart-sharoit uchun oqibatlarni ham qoʻyadilar. 
3.  “Tomon”,  agar  matnda  boshqa  koʻrsatma  boʻlmasa,  ushbu  Konvensiyaning 


 
 
118
 
Kelishayotgan Tomonini anglatadi. 
4. “Sohilboʻyi Tomonlari” yagona transmilliy suvlar bilan chegaradosh Tomonlarni 
bildiradi. 
5.  “Qoʻshma  organ” Sohilboʻyi Tomonlari  oʻrtasida hamkorlikni  amalga  oshirish 
uchun  moʻljallangan  har  qanday  ikki  tomonlama  yoki  koʻp  tomonlama  komissiyani 
yoki tegishli tashkiliy tuzilmani anglatadi. 
6.  “Xavfli  moddalar”,  ayniqsa  ular  yashovchan  boʻlganida  zaharli,  kantserogen, 
mutagen, teratogenn yoki bioakkumulirlangan boʻlgan moddalarni anglatadi. 
7.  “Eng  yaxshi  mavjud  texnologiya”  (ushbu  Konvensiyaga  I  ilovada  taʼrifi 
kelitirlgan). 
I Qism 
Barcha tomonlarga tegishli qoidalar 
2-modda 
Umumiy qoidalar 
1. 
Tomonlar  har  qanday  transchegaraviy  taʼsirni  bartaraf  etish,  cheklash  va 
qisqartirish uchun tegishli chora-tadbirlarni qoʻllaydilar. 
2. 
Tomonlar, xususan, quyidalar borasida:  
a) 
transchegaraviy  taʼsir  koʻrsatadigan  yoki  koʻrsatishi  mumkin  boʻlgan 
suvlarning ifloslantirilishini bartaraf etish, cheklash va qisqartirish uchun; 
b) 
Transchegaraviy  suvlarni  ekologik  jihatdan  asoslangan  va  oqilona 
boshqarish  maqsadida  foydalanilishini  taʼminlash,  ularni  qisqartirish  va  atrof-muhit 
muhofazasi uchun; 
c) 
transchegaraviy  suvlardan  transchegaraviy  taʼsir  koʻrsatayotgan  yoki 
koʻrsatishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirayotganda oqilona va adolatli tarzda 
ularning  transchegaraviy  tabiatini  alohida  hisobga  olgan  holda  foydalanilishini 
taʼminlash uchun; 
d) 
ekotizimni asrash va zarur boʻlganda tiklanishini taʼminlash uchun barcha 
chora-tadbirlarni qoʻllaydilar. 


 
 
119
 
3. 
Suvlarning  ifloslantirilishini  bartaraf  etish,  cheklash  va  qisqartirish 
boʻyicha chora-tadbirlar, imkon qadar, ifloslantirish manbaida qoʻllaniladi. 
4. 
Ushbu  chora-tadbirlar,  bevosita  ham,  bilvosita  ham  ifloslanishning  atrof-
muhitning boshqa tarkibiy qismlariga oʻtishiga olib kelmasligi kerak. 
5. 
Mazkur  moddaning  1-  va  2-  bandlarida  eslatib  oʻtilgan  chora-tadbirlarni 
amalga oshirishda Tomonlar quyidagi tamoyillarga tayanadilar: 
a) 
ehtiyot  choralarini  qoʻllash  tamoyili,  unga  koʻra  xavfli  moddalar  chiqib 
ketishining  ehtimoli  boʻlgan  transchegaraviy  taʼsirini  oldini  olish  boʻyicha  chora-
tadbirlar,  bir  tomondan,  ilmiy  tadqiqotlar  ushbu  moddalar  oʻrtasidagi  sabab-oqibat 
aloqalarini  toʻliq  belgilamaganligi,  boshqa  tomondan,  transchegaraviy  taʼsir  ehtimol 
degan asosga koʻra orqaga surilmasligi lozim; 
b) 
“ifloslantiruvchi  toʻlaydi”  tamoyili,  unga  koʻra  ifloslantirishni  bartaraf 
etish, cheklash yoki qisqartirish choralari boʻyicha xarajatlar ifloslantiruvchi tomonidan 
qopalandi; 
c) 
suv resurslarini boshqarish shunday amalga oshiriladiki, hozirgi avlodning 
ehtiyojlari  kelajak  avlodlarning  oʻz  ehtiyojlarini  qondirish  imkoniyatiga  zarar 
keltirmasdan qondirilishi lozim. 
6. 
Sohilboʻyi Tomonlari, xususan, transchegaraviy taʼsirlarni bartaraf etilishi, 
cheklanishi va qisqartirilishini taʼminlash va shunday suvlar taʼsiri ostida boʻlgan atrof-
muhitni,  jumladan  dengiz  muhitini  muhofaza  qilish  maqsadida  tegishli  suv  yigʻinilar 
yoki  ularning  qismlarini  oʻz  ichiga  oluvchi  kelishilgan  siyosat,  dastur  va  strategiyalar 
ishlab chiqish maqsadida tenglik va birdamlik asosida hamkorlikni amalga oshiradilar. 
7. 
Mazkur 
Konvensiyaning 
tatbiq 
etilishi 
ekologik 
sharoitning 
yomonlashishga  ham,  transchegaraviy  taʼsirning  kuchayishiga  ham  olib  kelmasligi 
kerak. 
8. 
Mazkur  Konvensiyaning  qoidalari  Tomonlarning  alohida  yoki  birgalikda 
ushbu  Konvensiyada  koʻzda  tutilganidan  qatʼiyroq  chora-tadbirlarni  tasdiqlash  va 
amalga oshirish huquqlari bermaydi. 


 
 
120
 
3-modda 
Bartaraf etish, cheklash va qisqartirish 
1. 
Transchegaraviy  taʼsirni  bartaraf  etish,  cheklash  va  qisqartirish  uchun 
Tomonlar  tegishli  huquqiy,  maʼmuriy,  iqtisodiy,  moliyaviy  va  texnik  chora-tadbirlar 
amalga  oshiradilar,  va  imkon  qadar,  ularning  taʼminlash  uchun  moslashtiriga 
erishadilar, xususan:  
a) 
Manbada  ifloslantiruvchilar  chiqarilishini,  jumladan,  kam  chiqindili  va 
chiqindisiz texnologiyalarni qoʻllash yoʻli bilan bartaraf etish, cheklash va qisqaritish; 
b) 
Transchegaraviy  suvlarni  nuqtali  manbalardan  ifloslantirilishini  mutasaddi 
milliy  organlar  tomonidan  oqar  suvlarni  tashlashga  oldindan  ruxsat  berish  va  ruxsat 
berilgan chiqindilar monitoringini amalga oshirish yoʻli bilan muhofaza qilish; 
c) 
Oqar  suvlar  chiqindilari  uchun  chiqindi  hamda  xavfli  moddalar  uchun 
mavjud  eng  yaxshi  texnologiyalar  asosida  ruxsatnomalarda  koʻrsatilgan  chegara 
normalarini belgilash; 
d) 
alohida  hollarda,  agar  suv  uzatuvchi  yoki  ekotizimning  tegishli  sifatini 
saqlab  turish  zarurati  taqozo  etsa,  hatto  chiqindi  tashlashni  man  qilishgacha  olib 
keluvchi eng qatʼiy talablarni qoʻllash; 
e) 
kommunal-maishiy  oqar  suvlarga  nisbatan,  zarur  joylarda  bosqichma-
bosqich hech boʻlmaganda biologik tozalash yoki muqobil jarayonlarni qoʻllash; 
f) 
sanoat  va  kommunal-maishiy  manbalaridan  biogen  moddalar  chiqishini 
qisqartirish maqsadida, xususan, eng yaxshi mavjud texnologiyadan foydalangan holda 
tegishli chora-tadbirlar amalga oshirish; 
g) 
diffuziyaga uchragan manbalardan, ayniqsa asosiy manba qishloq xoʻjaligi 
boʻlganda  biogen  va  xavfli  moddalar  chiqindilarini  qisqaritirish  uchun  tegishli  chora-
tadbirlar  va  ekologik  jihatdan  eng  yaxshi  amaliyotni  ishlab  chiqish  hamda  tatbiq  etish 
(ekologik  jihatdan  eng  yaxshi  amaliyotni  ishlab  chiqish  uchun  amal  qilinadigan 
tamoyillar ushbu Konvensiyaga II ilovada keltirilgan); 
h) 
atrof-muhitga barqaror taʼsirini va boshqa baholash metodlarini qoʻllash; 


 
 
121
 
i) 
suv  resurslarini  barqaror  boshqarilishini  ragʻbatlantirish,  bunga  ekotizim 
yondashuvi ham kiradi; 
j) 
favqulodda vaziyatlardagi harakatlar rejalarini ishlab chiqish; 
k) 
suvosti  suvlarining  ifloslantirilishini  bartaraf  etish  yuzasidan  qoʻshimcha 
aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
l) 
halokatli ifloslanish xavfini eng kam darajaga keltirish. 
2. 
Shu  maqsadda  har  bir  Tomon  nuqtali  manbalardan  yuzadagi  suvlarga 
chiqindilarning  chegaradagi  normalarini  mavjud  eng  yaxshi  texnologiyalar  asosida 
belgilaydi.  Аlohida  qoʻllaniladiganlari  sanoatning  xavfli  moddalar  manbai  boʻlgan 
alohida  soha  va  sektorlaridir.  Ushbu  moddaning  1-  bandida  eslatib  oʻtilgan  nuqtaviy 
yoki  diffuziyaga  uchragan  manbalardan  xavfli  moddalar  chiqindisini  bartaraf  etish, 
cheklash  va  qisqartirish  bo‘yicha  tegishli  chora-tadbirlar,  xususan,  bunday  moddalarni 
ishlab chiqarish yoki qoʼllashni toʼla yoki qisman taqiqlashni oʻz ichiga olishi mumkin. 
Xalqaro  konvensiyalarda  yoki  qoidalarda  mavjud,  mazkur  Konvensiya  tomonidan 
qoʻllaniladigan,  qamrab  olingan  bunday  soha  yoki  sektorlar  hamda  bunday  xavfli 
moddalar roʼyxati eʼtiborga olinadi. 
3. 
Bundan  tashqari  har  bir  Tomon,  maqsadga  muvofiq  oʻrinlarda,  suv 
sifatining maqsadli koʻrsatkichlarini belgilaydi va transchegaraviy taʼsirni bartaraf etish, 
cheklash  va  qisqaritish  uchun  suv  sifati  mezonlarini  tasdiqlaydi.  Bunday  maqsadli 
koʻrsatkich va mezonlar ishlab chiqishning umumiy tamoyillari ushbu Konvensiyaga III 
ilovada keltiriladi. Zaruriyatt tugʻilganda, Tomonlar ushbu ilovalarni yangilashga kuch-
gʻayratlarini qaratadilar. 
4-modda 
Monitoring 
Tomonlar transchegaraviy suvlar holati monitoringi dasturini ishlab chiqadilar. 
5-modda 
Tadqiqot va ishlanmalar 
Tomonlar  transchegaraviy  taʼsirni  bartaraf  etish,  cheklash  va  qisqartirishning 


 
 
122
 
samarali  metodlari  sohasida  tadqiqotlar  oʻtkazish  va  ishlanmalar  borasida  hamkorlik 
qiladilar. Ushbu maqsadlarda Tomonlar, tegishli forumlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini 
hisobga  olgan  holda,  zarur  hollarda,  ikkitomonlama  va  yoki  koʻptomonlama  asosda, 
jumladan, quyidagilarga yoʻnaltirilgan ilimiy-tadqiqot dasturlarini amalga oshirish yoki 
faollashtirishga intiladilar: 
a) 
xavfli moddalarning zaharliligini baholash metodlarini ishlab chiqish; 
b) 
ifloslantiruvchilar va tegishli jarayonlarning mavjudligi, tarqalishi va atrof-
muhitga taʼsiri borasidagi bilimlar darajasini oshirish
c) 
ekologik jihatdan asoslangan ishlab chiqarish texnologiyalari, metodlari va 
isteʼmol tuzilmasini ishlab chiqish va tatbiq etish; 
d) 
transchegaraviy  taʼsir  koʻrsatishi  mumkin  boʻlgan  moddalarni  ishlab 
chiqarish  va  qoʻllanishini  bosqichma-bosqich  qisqartirish  va  yoki  boshqasiga 
almashtirish; 
e) 
xavfli moddalarni olib tashlashning ekologik asoslangan metodlarini ishlab 
chiqish; 
f) 
transchegaraviy  suvlar  holatini  yaxshilashning  maxsus  metodlarini  ishlab 
chiqish; 
g) 
suv  xoʻjalik  obʼektlari  qurilishining  ekologik  asoslangan  metodlari va  suv 
rejimini boshqarish usullarini ishlab chiqish; 
h) 
transchegaraviy  taʼsir  natijasida  yuzaga  keluvchi  jismoniy  va  moliyaviy 
zararni baholash. 
Tomonlar  oʻrtasida  ilmiy-tadqiqot  dasturlari  natijalari  bilan  almashinuv  mazkur 
Konvensiyaning 6-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. 
 6-modda 
Аxborot almashinuvi 
Tomonlar  imkon  qadar  qisqa  muddatda  mazkur  Konvensiya  qoidalari  tomonidan 
qamrab olingan masalalar yuzasidan eng keng axborot almashinuvini taʼminlaydilar. 
7-modda 


 
 
123
 
Masʼuliyat 
Tomonlar  javobgarlik  sohasida  norma-mezonlar  va  tadbirlar  ishlab  chiqish 
boʻyicha tegishli xalqaro harakatlarni qoʻllab-quvvatlaydilar. 
8-modda 
Аxborotni himoyalash 
Mazkur Konvensiya qoidalari Tomonlarning oʻz milliy huquq tizimlariga muvofiq 
va  milliy  qoidalarga  nisbatan  qoʻllaniladigan,  ishlab  chiqarish  va  tijorat  siriga, 
jumladan,  intellektual  mulk  yoki  millif  xavfsizlik  manfaatlariga  aloqador  boʻlgan 
axborotni himoya qilish huquqiga daxl qilmaydi. 
II qism  
Sohilboʻyi Tomonlariga tegishli qoidalar 
9-modda 
Ikkitomonlama va koʻptomonlama hamkorlik 
1. 
Sohilboʻyi  Tomonlari  oʻzaro  tenglik  va  doʻstlik  asosida  ikkitomonlama 
yoki  koʻptomonlama  kelishuvlarga  shunday  bitimlar  hozircha  mavjud  boʻlmagan 
hollarda  keladilar  yoki  mavjud  kelishuv  yoki  shartnomalarga  mazkur  Konvensiyaning 
asosiy  tamoyillariga  zid  oʻrinlarni  bartaraf  etish  zarurati  tugʻilganda  oʻzaro 
munosabatlarini  va  transchegaraviy  taʼsirini  baratarf  etish,  cheklash  va  qisqartirish 
borasidagi  harakatlarini  belgilash  maqsadida  oʻzgartirishlar  kiritadilar.  Sohilboʻyi 
Tomonlari  hamkorlik  amalga  oshirilayotgan  suv  yigʻini  va  uning  qismi  (qismlari) 
chegaralarini  aniq  belgilaydilar.  Ushbu  kelishuvlar  yoki  shartnomalar  mazkur 
Konvensiyada  tilga  olingan  tegishli  masalalarni,  shuningdek,  Sohilboʻyi  Tomonlari 
hamkorlik  amalga  oshirish  zarur  deb  hisoblashi  mumkin  boʻlgan  boshqa  har  qanday 
masalalarni qamrab oladi. 
2. 
Mazkur  moddaning  1-bandida  koʻrsatilgan  kelishuv  yoki  shartnomalar 
qoʻshma  organlar  taʼsis  etilishini  koʻzda  tutishi  lozim.  Ushbu  qoʻshma  organlarning 
vaziflari, xususan, tegishli mavjud kelishuv yoki shartnomalarga ziyon yyetkazmasdan: 
a) 
maʼlumotlarni  transchegaraviy  taʼsir  koʻrsatishi  mumkin  boʻlgan 


 
 
124
 
ifloslanish manbaini aniqlash maqsadida toʻplash, birlashtirish va baholash;  
b) 
suvlarning  sifat  va  miqdor  koʻrsatkichlari  monitoringining  qoʻshma 
dasturlarini ishlab chiqish; 
c) 
mazkur  moddaning  2  a)  bandida  koʻrsatilgan  ifloslanish  manbalari 
toʻgʻrisida reestlar tuzish va axborot almashish
d) 
oqar  suv  chiqindilari  uchun  chegaradagi  meʼyorlar  ishlab  chiqish  va 
ifloslantirishga qarshi kurash boʻyicha dasturning samaradorligini baholash; 
e) 
mazkur  Konvensiyaning  3-moddasi  3-bandi  qoidalarini  hisobga  olib  suv 
sifatining  yaxlit  maqsadli  koʻrsatkich  va  mezonlarini  hamda  suvning  mavjud  sifatini 
asrash va zarur hollarda, yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish; 
f) 
nuqtali  manbalardan  ham  (masalan,  kommunal-maishiy  va  sanoat 
manbalaridan),  diffuziya  natijasida  hosil  boʻlgan  (ayniqsa  qishloq  xoʻjalik) 
manbalardan  ham  ifloslanish  yukini  pasaytirish  boʻyicha  kelishilgan  chora-tadbirlar 
dasturini ishlab chiqish; 
g) 
maʼlum qilish va chaqiriq tartibini belgilash; 
h) 
transchegaraviy 
taʼsir 
koʻrsatishi 
mumkin 
boʻlgan 
suvlardan 
foydalanishning  mavjud  va  rejalashtirilayotgan  shakllariga  va  tegishli  moslamalar 
borsida axborot almashinuvi uchun forum vazifasini bajarish; 
i) 
mazkur  Konvensiyaning  13-moddasi  qoidalariga  muvofiq  mavjud  eng 
yaxshi  texnologiyalar  borasida  hamkorlik  qilish  va  maʼlumot  almashinishga 
koʻmaklashish, 
shuningdek, 
ilmiy-tadqiqot 
dasturlari 
sohasida 
hamkorlikka 
koʻmaklashi; 
j) 
atrof-muhitga  transcheagaraviy  suvlarning  taʼsirini  tegishli  xalqaro 
normalar asosida baholashning amalga oshirilishida ishtirok etish. 
3. 
Ushbu  Konventsiyaning  Tomoni  boʻlgan  dengizboʻyi  mamlakatiga 
bevosita  va  jiddiy  transchegaraviy  taʼsir  mavjud  boʻlsa,  Sohilboʻyi  Tomonlari,  agar 
shunga  rozi  boʻlsalar,  mazkur  dengizboʻyi  davlatiga  belgilangan  tartibda  shunday 
transchegaraviy  suvlar  sohilidagi  Tomonlar  taʼsis  etgan  koʻptomonlama  qoʻshma 


 
 
125
 
organlarda ishtirok etishlarini taklif qilishlari mumkin. 
4. 
Mazkur  Konvensiyada  koʻzda  tutilgan  qoʻshma  organlar  dengizboʻyi 
dvlatlari  transchegaraviy  suvlarga  bevosita  dahldor  boʻlgan  dengiz  muhitini  muhofaza 
qilish  uchun  taʼsis  etilgan  qoʻshma  organlarga  ularning  faoliyatini  kelishtirish  va 
transchegaraviy taʼsirni bartaraf etish, cheklash va qisqartirish maqsadida hamkorlikni 
taklif qiladilar. 
5. 
Bir  suv  yigʻini  doirasida  ikki  yoki  undan  ortiq  qoʻshma  organ  boʻlgan 
hollarda,  ular  ushbu  suv  yigʻini  doirasida  transchegaraviy  taʼsirni  bartaraf  etish, 
cheklash  va  qisartirish  boʻyicha  chora-tadbirlarni  mustahkamlashga  koʻmaklashish 
uchun oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirishga intiladilar. 
 
10-modda 
Maslahatlar 
Masalahatlarni  Sohilboʻyi  Tomonlari  oʻzaro  doʻstlik,  ezgu  niyatlar  va  tinch 
qoʻshnichilik  asosida  oʻtkazadilar.  Bunday  masalahatlarning  maqsadi  mazkur 
Konvensiya  qoidalari  oʻz  ichiga  oluvchi  masalalar  yuzasidan  hamkorlikni 
rivojlantirishdan iborat.  Har qanday  bu singari  maslahatlar  mazkur Konvensiyaning  9-
moddasiga  muvofiq  taʼsis  qilingan  qoʻshma  organ,  agar  u  mavjud  boʻlsa,  yordamida 
oʻtkaziladi. 
11-modda 
Qoʻshma monitroing va baholash 
1. 
Ushbu  Konvensiyaning  9-moddasida  eslatib  oʻtilgan  umumiy  hamkorlik 
yoki  muayyan  shartnomalar  doirasida  Tomonlar  transchegaraviy  suvlar  holatining  shu 
jumladan,  toshqin  va  muz  tiqilishi,  shuningdek,  transchegaraviy  taʼsir  monitoringi 
qoʻshma dasturlarini ishlab chiqadilar. 
2. 
Sohilboʻyi  Tomonlari  transchegaraviy  suvlarda  muntazam  kuzatuv  va 
nazorat  olib  boriladigan  chiqindi  va  qorishmalarning  ifloslantirish  oʻlchami  va 
roʻyxatini kelishadilar. 


 
 
126
 
3. 
Sohilboʻyi  Tomonlari  muntazam  vaqt  oraligʻida  birgalikda  yoki  bir 
birlariga  muvofiq  tarzda  transchegaraviy  suvlar  holatini,  shuningdek,  tranchegaraviy 
taʼsirni bartaraf etish, cheklash va qisqartirish uchun qabul qilingan chora-tadbirlarning 
samaraliligini  baholash  oʻtkazadilar.  Ushbu  baholash  natijalari  ushbu  Konvensiyaning 
16-moddasida mavjud qoidalarga muvofiq jamoatchilik eʼtiboriga xavola qilinadi. 
4. 
Ushbu maqsadda Sohilboʻyi Tomonlari monitoring dasturi, oʻlchash tizimi, 
asboblar, analitik metodlar, maʼlumotlarga ishlov berish va baholash tartibi, shuningdek 
ifloslantiruvchilarning  chiqindilarini  qayd  qilish  metodlarini  ishlab  chiqish  va  tatbiq 
etishga oid qoidalarni kelishadilar. 
12-modda 
Qoʻshma tadqiqotlar va ishlanmalar 
Ushbu  Konvensiyaning  9-moddasida  eslatib  oʻtilgan  umumiy  hamkorlik  yoki 
muayyan  shartnomalar  doirasida  Tomonlar  mazkur  Sohilboʻyi  Tomonlari  aniqlash  va 
tasdiqlashga  qaror  qilgan  suv  sifatining  maqsadli  koʻrsatkichlari  va  mezonlariga 
erishish va amal qilish maqsadida muayyan tadqiqot va ishlanmalar olib boradilar. 
13-modda 
Sohilboʻyi Tomonlari oʻrtasida axborot almashinuvi 
1. 
Sohilboʻyi  Tomonlari  tegishli  kelishuvlar  yoki  boshqa  shartnomalar 
doirasida  mazkur  Konvensiyaning  9-moddasiga  muvofiq  aniq  olish  mumkin  boʻlgan, 
xususan, quyidagilar toʻgʻrisidagi: 
a) 
transchegaraviy suvlarning ekologik holati; 
b) 
mavjud  eng  yaxshi  texnologiyalar  va  tadqiqot  hamda  ishlanmalar 
natijalarini tatbiq qilish va qoʻllash borasida toʻplangan tajriba;  
c) 
chiqindilar va monitoring natijalari; 
d) 
transchegaraviy  taʼsirni  bartaraf  etish,  cheklash,  qisqartirish  boʻyicha 
koʻrilgan va rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar; 
e) 
mutasaddi  hokimiyat  yoki  tegishli  organlar  tomonidan  belgilangan  oqar 
suv  chiqindilariga  nisbatan  ruxsat  hamda  qoidalar  haqida  maʼlumotlar  bilan 


 
 
127
 
almashadilar. 
2. 
Chiqindilar  uchun  chegaradagi  normalarni  kelishish  maqsadida  Tomonlar 
oʻzlarining milliy qoidalari toʻgʻrisida axborot almashinuvi amalga oshiradilar. 
3. 
Аgar  biror  sohilboʻyi  Tomoniga  boshqa  sohilboʻyi  tomoni  mavjud 
boʻlmagan  maʼlumot  yoki  axborot  berishni  soʻrab  murojaat  qilsa,  birinchi  sohilboʻyi 
tomoni  ushbu  iltimosni  qondirish  uchun  chora-tadbirlar  qoʻllashi  lozim,  biroq  u 
soʻragan Tomondan iltimosini bajarish uchun bunday maʼlumotlar va axborotni yigʻish 
va  zarurat  tugʻilganda,  ishlov  berish  bilan  bogʻliq  meʼyordagi  chiqimlarni  toʻlashni 
talab qilishi mumkin. 
4. 
Ushbu  Konvensiyaning  amalga  oshirish  maqsadlariga  Sohilboʻyi 
Tomonlari  mavjud  eng  yaxshi  texnologiyalarni,  xususan,  mavjud  texnologiya  bilan 
tijorat  almashinuvi;  sanoatda  toʻgʻridan-toʻgʻri  aloqalar  va  hamkorlik,  jumladan, 
qoʻshma  korxonalar;  axborot  va  tajriba  almashinuvi  va  texnik  koʻmak  taqdim  etishni 
rivojlantirish orqali yordamlashadi. 
14-modda 
Xabar berish va chaqiriq tizimlari 
Sohilboʻyi Tomonlari bir birlarini transchegaarviy taʼsirga sabab boʻlishi mumkin 
boʻlgan  har  qanday  qaltis  vaziyatdan  zudlik  bilan  xabardor  qiladi.  Sohilboʻyi 
Mamlakatlari, 
zarurat 
tugʻilganda, 
axborot 
olish 
va 
uzatish 
maqsadida 
muvofiqlashtirilgan yoki qoʻshma  xabar berish va chaqiriq aloqa tizimi yaratadilar va 
foydalanadilar.  Ushbu  tizimlardan  Sohilboʻyi  Tomonlari  oʻrtasida  kelishilishi  lozim 
boʻlgan  maʼlumotlarni  uzatish  va  ularga  ishlov  berishning  muvofiq  tartib-qoidalari  va 
texnik  vositalarini  qoʻllash  asosida  foydalaniladi.  Sohilboʻyi  Tomonlari  bir  birlarini 
ushbu  maqsadlarga  moʻljallangan  mutasaddi  organlar  yoki  aloqa  markazlaridan 
xabardor qiladilar. 
15-modda 
 
Oʻzaro yordam 
1. 
Qaltis  vaziyat  yuzaga  kelganda  Sohilboʻyi  Tomonlari  soʻrovga  koʻra 


 
 
128
 
mazkur moddaning 2- bandi qoidalariga asosida belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq 
oʻzaro yordam koʻrsatadi. 
2. 
Sohilboʻyi  Tomonlari  oʻzaro  yordam  koʻrsatish  tartib-qoidalarini  ishlab 
chiqadilar va kelishadilar, jumladan, ular quyidagi jabhalarga oid: 
a) 
yordam  koʻrsatishni  boshqarish,  kuzatish,  muvofiqlashtirish  va  nazorat 
qilish; 
b) 
yordam  soʻrab  murojaat  qilgan  Tomonga  taqdim  qilinadigan  mahalliy 
vosita va xizmatlar, zarurat tugʻilganda, chegara rasmiyatchiligini soddalashtirish; 
c) 
yordam  koʻrsatayotgan  Tomonga  va  yoki  uning  xodimlariga  zarar 
yetkazmaslik,  chiqimlarini  toʻlash  yoki  kompensatsiya  qilish,  shuningdek,  kerak 
boʻlgan joylarda uchinchi Tomon hududidan oʻtish bilan bogʻliq tadbirlar; 
d) 
yordam  koʻrsatish  boʻyicha  xizmatlar  bilan  bogʻliq  xarajatlarni  qoplash 
shartlari. 
16-modda 
Jamoatchilikni xabardor qilish 
1. 
Sohilboʻyi  Tomonlari  jamoatchilikni  transchegaraviy  suvlar  holatidan, 
transchegaraviy  taʼsirni  bartaraf  etish,  cheklash  va  qisqartirish  maqsadida  qoʻllangan 
yoki  rejalashtirilayotgan  chora-tadbirlardan,  shuningdek,  ushbu  chora-tadbirlarning 
smaradorligidan  xabardor  etilishini  taʼminlaydilar.  Shu  maqsaddan  kelib  chiqib, 
Sohilboʻyi Tomonlari jamoatchilikka quyidagilar toʻgʻrisida: 
a) 
suv sifatining maqsadli koʻrsatkichlari; 
b) 
amal qilinishi lozim boʻlgan shartlar va beriladigan ruxsatlar; 
c) 
monitoring va baholash maqsadlarida amalga oshiriladigan suv va oqar suv 
namunlarini olish natijalari, shuningdek, suv sifatining maqsadli koʻrsatkichlariga yoki 
ruxsatnomalarda mavjud shartlarga amal qilinishi tekshirish natijalari. 
2. 
Sohilboʻyi  Mamlakatlari  jamoatchilikni  ushbu  axborot  bilan  maʼqul 
muddatda  bepul  tanishish  imkoniyati  bilan  taʼminlaydi  va  jamoatchilik  vakillariga 
Sohilboʻyi  Tomonlariidan  bunday  axborotni  maqbul  narxlarda  sotib  olishga  amaliy 


 
 
129
 
imkoniyat yaratadi. 
III boʻlim 
Tashkiliy va yakunlovchi qoidalar 
17-modda 
Tomonlarning kengashlari 
1. 
Tomonlarning  birinchi  kengashi  ushbu  Konvensiya  kuchga  kirgan  kundan 
boshlab bir yildan kechiktirmay chaqiriladi. Keyinchalik navbatdagi kengash uch yilda 
bir marta yoki tartib-qoidalarga koʻra koʻproq chaqiriladi. Tomonlar navbatdan tashqari 
kengashni, agar navbatdagi kengashda bu haqida qarur qabul qilsalar yoki ulardan biri 
yozma  ravishda  tegishli  iltimosnomani,  ushbu  iltimosnoma  Tomonlarning  uchdan  bir 
qismi  tomonidan  barcha  Tomonlarga  xabar  berilgandan  soʻng  olti  oy  ichida 
maʼqullangan holda, oʻtkazadilar. 
2. 
Oʻz kengashlarida Tomonlar ushbu Konvensiyani amalga oshish jarayonini 
quyidagi maqsadlarda koʻrib chiqadilar: 
a) 
transchegaraviy  suvlarni  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanishni 
kelgusida  rivojlantirish  maqsadida  tomonlarning  transchegaraviy  suvlarni  muhofaza 
qilish va ishlatish siyosati va metodik yondoshuvlari sharhini amalga oshiradilar; 
b) 
ikki  yoi  undan  ortiq  Tomonlar  ishtirokchilari  boʻlgan  traschegaraviy 
suvlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama yoki koʻp 
tomonlama  kelishuvlar  tuzish  yoki  amalga  oshirishda  toʻplangan  tajriba  toʻgʻrisidagi 
maʼlumot bilan almashinadilar; 
c) 
zarurat  tugʻilganida,  YeIKning  tegishli  organlari,  shuningdek,  boshqa 
mutasaddi  xalqaro  tashkilotlarga  va  mazkur  Konvensiyaning  maqsadlariga  erishish 
bilan  bogʻliq  barcha  jabhalar  boʻyicha  muayyan  qoʻmitalar  xizmatiga  murojaat 
qiladilar; 
d) 
birinchi kengashda oʻzlarining kengash tartib-qoidalari konsensusini koʻrib 
chiqadilar va qabul qiladilar; 
e) 
ushbu  Konvensiyaga  tuzatishlar  boʻyicha  takliflarni  koʻrib  chiqadilar  va 


 
 
130
 
qabul qiladilar; 
f) 
ushbu  Konvensiyaning  maqsadlariga  erishishda  kerak  boʻladigan  barcha 
qoʻshimcha chora-tadbirlarni koʻrib chiqadilar va amalga oshiradilar. 
18-modda 
Ovoz berish huquqi 
1. 
Mazkur  moddaning  2-bandida  koʻzda  tutilgan  holatlardan  tashqari, 
Konvensiyaning har bir tomoni bir ovozga ega. 
2. 
Iqtisodiy 
integratsiyaning 
mintavaviy 
tashkilotlari 
oʻzlarining 
mutasaddiligiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻzlarining aʼzo davlatlarinikiga teng ovoz 
berish huquqlarini amalga oshiradilar. Bunday tashkilotlar, agar ularning aʼzo davlatlari 
oʻzlarining  ovoz  berish  huquqlarini  amalga  oshirsalar,  ovoz  berish  huquqlarini 
yoʻqotadilar va aksincha. 
19-modda 
Kotibiyat 
Yevropa  Iqtisodiy  komissiyasining  ijrochi  kotibi  quyidagi  kotiblik  vazifalarini 
bajaradi: 
a) Tomonlarning kengashlarini chaqiradi va tayyorlaydi; 
b) Tomonlarga mazkur Konvensiyaning qoidalariga muvofiq olingan maʼruzalar va 
boshqa axbortni yuboradi; 
s)  shuningdek,  Tomonlar  belgilashi  mumkin  boʻlgan  boshqa  vazifalarni  amalga 
oshiradi. 
20-modda 
Ilovalar 
Mazkur Konvensiyaga ilovalar uning ajralmas qismi hisoblanadi. 
21-modda 
Konvensiyaga tuzatishlar 
1. 
Istalgan  Tomon  mazkur  Konvensiyaga  tuzatishlar  kiritishni  taklif  qilishi 
mumkin. 


 
 
131
 
2. 
Ushbu  Konvensiyaga  tuzatishlar  boʻyicha  takliflar  Tomonlarning 
kengashlarida koʻrib chiqiladi. 
3. 
Mazkur Konvensiyaga har qanday tuzatish matni yozma ravishda Yevropa 
iqtisodiy  komissiyasining  Ijrochi  Kotibiga  taqdim  qilinadi;  Ijrochi  Kotib  tuzatishlarni 
barcha Tomonlar eʼtiboriga ular qabul qilinishi koʻzda tutilgan kengash boshlanishidan 
90 kun oldin kechiktirmasdan xavola qiladi. 
4. 
Ushbu  Konvensiyaga  tuzatish  Tomonlar  Kengashida  qatnashayotgan 
Tomonlarning  vakillari  konsensusi  bilan  qabul  qilinadi  va  uni  qabul  qilgan  tomonlar 
uchun Depozitariyga Tomonlarning uchdan ikki qismi ushbu tuzatishni qabul qilganligi 
toʻgʻrisidagi hujjatlarni saqlashga topshirganidan keyin toʻqsoninchi kuni kuchga kiradi. 
Tuzatish  boshqa  har  qanday  Tomon  uchun  ushbu  Tomon  tuzatish  qabul  qilganligi 
toʻgʻrisidagi hujjatni saqlashga bernidan soʻng toʻqsoninchi kuni kuchga kiradi. 
22-modda 
Bahslarni hal ilish 
1. 
Ushbu  Konvensiyaning  talqini  yoki  qoʻllanishi  borasida  ikki  yoki  undan 
ortiq  Tomonlar  oʻrasida  bahs  kelib  chiqqanda,  ular  bahsni  muzoqaralar  yoki 
bahslashayotgan tomonlar uchun maʼqul boʻlgan boshqa istalgan usul bilan hal qilishga 
harakat qiladilar. 
2. 
Ushbu  Konvensiya  qarorlarini  imzolash,  ratifaktsiyalash,  qabul  qilish, 
tasdiqlash  yoki  unga  qoʻshilish  paytida  yoki  undan  keyin  istalgan  vaqtda  istalgan 
Tomon  yozma  ravishda  Depozitariyga  mazkur  moddaning  1-bandiga  muvofiq  hal 
qilinmagan  bahsga  nisbatan  oʻz  zimmasiga  shunday  majburiyat  olayotgan  har  qanday 
Tomon  uchun  majburiy  boʻlgan  quyidagi  hal  qilish  vositalaridan  biri  yoki  har  ikkisini 
qoʻllashini eʼlon qiladi: 
a) 
bahsni Xalqaro Sud eʼtiboriga havola qilish; 
b) 
IV ilovada bayon qilingan tartibga muvofiq arbitrajga berish. 
3. 
Аgar  bahslashayotgan  tomonlar  mazkur  moddaning  2-bandida  eslatildgan 
bahsni  hal  qilishning  har  ikki  usulini  qabul  qilgan  boʻlsalar,  bahs,  agar  tomonlar 


 
 
132
 
boshqacha  kelishmagan  boʻlsalar,  faqat  Xalqaro  Sud  ixtiyoriga  xavola  qilinishi 
mumkin. 
23-modda 
Imzolash 
Mazkur  Konvensiya  1992  yil  17-  18  martda 
Xelьsinikda
,  soʻng  1982  yil  18 
senyatbrda  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotning  Nyu-Yorkdagi  Markaziy  muassalarida 
Yevropa  iqtisodiy  komissiyasiga  aʼzo  davlatlar,  shuningdek,  Yevropa  iqtisodiy 
komissiyasida  Iqtisodiy  va  Ijtimoiy  Kengashning  1947  yil  28  mart  36(IV) 
rezolyutsiyasining  8-bandiga  koʻra  maslahat  maqomiga  ega  boʻlgan  davlatlar 
tomonidan,  shuningdek,  aʼzo  davlatlari  mazkur  Konvensiya  bilan  hal  qilinadigan 
masalalar  boʻyicha,  jumladan,  ushbu  masalaga  oid  shartnomalar  tuzish  vakolatini 
bergan  suveren  davlatlar  –  Yevropa  iqtisodiy  komissiyasi  aʼzolari  imzolashi  uchun 
ochilgan. 
24-modda 
Depozitariy 
Ushbu  Konvensiyaning  Depozitariyi  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh  kotibi 
hisoblanadi. 
25-modda 
Ratifikatsiya, qabul qilish, tasdiqlash va qoʻshilish 
1. 
Ushbu  Konvensiya  uni  imzolagan  iqtisodiy  integratsiya  davlatlari  va 
mintaqaviy tashkilotlari tomonidan ratifikatsiyalanishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi 
lozim. 
2. 
Mazkur  Konvensiya  23-moddada  eslatib  oʻtilgan  davlat  va  tashkilotlarga 
qoʻshilishlari uchun ochiqdir. 
3. 
23-moddada esga olingan mazkur Konvensiyaning Tomoni boʻladigan har 
qanday  tashkilot,  bunda  ushbu  tashkilotlarning  hech  birining  davlati  mazkur 
Konvensiyasiga  aʼzo  emas,  ushbu  Konvensiyada  koʻzda  tutilgan  barcha  majburiyatlar 
bilan  oʻzaro  bogʻliq  boʻlib  qoladi.  Bunday  tashkilotning  bir  yoki  bir  necha  aʼzo 


 
 
133
 
davlatlari  ushbu  Konvensiyaga  aʼzo  boʻlgan  holda  mazkur  tashkilot  va  unga  aʼzo 
davlatlar  oʻzlarining  mazkur  Konvensiya  boʻyicha  tegishli  majburiyatlarini  bajarish 
yuzasidan  qaror  qabul  qiladilar.  Bunday  vaziyatlarda  mazkur  tashkilot  va  unga  aʼzo 
davlatlar  bir  vaqtning  oʻzida  mazkur  Konvensiyada  koʻzda  tutilgan  huquqlardan 
foydalan olmaydilar. 
4. 
23-moddada  eslatilgan  iqtisodiy  integratsiyaning  mintaqaviy  tashkilotlari 
oʻzlarining ratifikatsiya, qabul qilish, tasdiqlash yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarida 
mazkur  Konvensiya  tomonidan  hal  qilinadigan  masalalarga  oid  oʻzlarining 
mutasaddiligi  chegaralarini  maʼlum  qiladilar,  ushbu  tashkilotlar,  shuningdek, 
Depozitariyni oʻz mutasaddiligi chegarasida yuz bergan har qanday jiddiy oʻzgarishdan 
xabardor qiladi. 
26-modda 
Kuchga kirish 
1. 
Mazkur  Konvensiya  ratifikatsiyalash,  qabul  qilish,  tasdiqlash  yoki 
qoʻshilish  toʻgʻrisdagi  oʻn  oltinchi  hujjatni  saqlash  uchun  topshirilgandan  soʻng 
toʻqsoninchi kungi kuchga kiradi. 
2. 
Mazkur moddaning 1-bandi maqsadlariga koʻra, iqtisodiy integratsiyaning 
mintaqaviy tashkiloti saqlash uchun topshirgan har qanday hujjat ushbu tashkilotga aʼzo 
davlatlar saqlash uchun topshirgan hujjatlarga qoʻshimcha sifatida qaralmaydi. 
3. 
23-moddada  eslatib  oʻtilgan  mazkur  Konvensiyani  ratifikatsiyalayotgan, 
qabul  qilayotgan  va  tasdiqlayotgan  yoki  unga  ratifikatsiya,  qabul  qilganlik, 
tasdiqlaganlik  yoki  qoʻshilganlik  toʻgʻrisidagi  oʻn  oltinchi  hujjatni  saqlash  uchun 
topshirilgandan  keyin  qoʻshilayotgan  har  bir  davlat  yoki  tashkilot  uchun  Konvensiya 
bunday  davlat  yoki  tashkilot  tomonidan  oʻzining  ratifikatsiya,  qabul  qilganlik, 
tasdiqlaganlik  yoki  qoʻshilganlik  toʻgʻrisidagi  hujjatini  saqlash  uchun  topshirganidan 
soʻng toʻqsoninchi kuni kuchga kiradi. 
27-modda 
Chiqish 


 
 
134
 
Biror Tomon uchun mazkur Konvensiya kuchga kirganidan soʻng uch yil oʻtgach, 
ushbu  Tomon  istalgan  vaqtda  Depozitariyga  yozma  xabar  yoʻllash  orqali 
Konvensiyadan  chiqishi  mumkin.  Har  qanday  bu  kabi  chiqish  Depozitariy  bu  haqda 
xabar xati olgan sanadan soʻng toʻqsoninchi kuni kuchga kiradi. 
28-modda 
Аutent matnlar 
Mazkur  Konvensiyaning,  inglizcha,  ruscha  va  fransuzcha  matnlari  teng  autent 
boʻlgan  asl  nusxasi  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh  kotibiga  saqlash  uchun 
topshiriladi. 
BUNI  TАSDIQLАB,  shunga  zarur  darajada  vakolatli  quyida  imzo  chekuvchilar 
mazkur Konventsiyani imzoladilar. 
Xel’sinkida
  bir  ming  toʻqqiz  yuz  toʻqson  ikkinchi  yil  oʻn  yettinchi  martda 
BАJАRILDI 
Ilovalar 
I ilova 
“Mavjud eng yaxshi” termining taʼrifi 
1. 
“Eng  yaxshi  mavjud  texnologiya”  termini  chiqindilar,  axlatlar  va 
qoldiqlarni  qisqartirish  uchun  aniq  chora  sifatida  amaliy  yaroqliligini  isbotlagan 
jarayon, moslama yoki foydalanish metodlarni ishlab chiqishdagi yutuqlarni anglatadi. 
Jarayonlar,  moslamalar  yoki  foydalanish  metodlari  umuman  eng  yaxshi  mavjud 
texnologiyami yoki har bir alohida holat uchunmi ekanligini belgilashda quyidagilar: 
a) 
soʻnggi  paytlarda  muvaffaqiyatli  tajribadan  oʻtgan  qiyosiy  jarayonlar, 
moslamalar yoki foydalanish metodlari; 
b) 
texnik  taraqqiyot  va  ilmiy  bilimlardagi  va  muammoni  tushunishdagi 
oʻzgarishlar; 
c) 
ushbu texnologiyani iqtisodiy nuqtai nazardan qoʻllash mumkinligi; 
d) 
uskunani yangi korxoanlarda ham, mavjudlarida ham oʻrnatish uchun vaqt 
chegaralari; 


 
 
135
 
e) 
tegishli chiqindi va oqavalarning tabiati va hajmi; 
f) 
kamchiqindili va chiqindisiz texnologiya. 
2. 
Shunday  qilib,  muayyan  jarayon  uchun  “eng  yaxshi  texnologiya”  teznik 
jarayon,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  omillar  taʼsirida,  shuningdek,  ilmiy  bilimlar  va 
muammoni tushunishdagi oʻzgarishlar asnosida oʻzgarishlarga uchraydi.  
II ilova 
Ekologik  jihatdan  eng  yaxshi  amaliyot  ishlab  chiqarish  uchun  amal  qilinadigan 
tamoyillar 
1. 
Muayyan  vaziyatlarda  iqtisodiy  jihatdan  eng  yaxshi  ekologik  amaliyot 
boʻlishi  mumkin  boʻlgan  eng  munosib  chora-tadbirlarni  tanlashda  ahamiyati  ortib 
borish tartibida keltirilgan quyidagi amaliyotni hisobga olish lozim: 
a) 
jamoatchilik va foydalanuvchilar oʻrtasida muayyan faoliyat yoki mahsulot 
turini  tanlash,  ulardan  foydalanish  va  oxirida  tashlashning  ekologik  oqibatlari 
toʻgʻrisida axborot va bilimlar tarqatish
b) 
mahsulot hayot bosqichlarining barcha jabhalarini qamrab oluvchi tegishli 
ekologik amaliyot kodeksini ishlab chiqish va tatbiq etish; 
c) 
foydalanuvchilarning  mahsulot,  uning  ishlatilishi  va  oxirida  tashlanishi 
bilan bogʻliq atrof-muhit uchun xavfidan ogoh etuvchi yorliq 
d) 
jamoatchilik uchun imkoni boʻlgan yigʻish va tashlash tizimi; 
e) 
retsirkulyatsiya, rekuperatsiya va qayta foydalanish; 
f) 
faoliyat, mahsulot yoki mahsulotlar guruhiga nisbatan iqtisodiy dastaklarni 
qoʻllash; 
g) 
qator cheklashlar yoki taqiqlarni koʻzda toʻtuvchi litsenziya berish tizimi. 
2. 
Qaysi  chora-tadbirlar  munosibligi  iqtisodiy  jihatdan  eng  yaxshi  ekanligini 
belgilashda,  umuman  yoki  har  bir  alohida  holatda  ayniqsa  quyidagilarni  hisobga  olish 
zarur: 
a) 
atrof-muhit uchun: 
I. 
mahsulotning; 


 
 
136
 
II. 
mahsulotni ishlatishning; 
III. 
oxirida tashlab yuborishning xavfi; 
b) 
kamroq  ifloslantiruvchi  jarayon  yoki  moddalar  bilan  almashtirish 
imkoniyati; 
c) 
ishlatilish koʻlami; 
d) 
ekologik  afzallik  ehtimoli  yoki  muqobil  materiallar  yoki  faoliyatning 
kamchiliklari; 
e) 
ilmiy bilimlar va muammoni tushunishdagi oʻsish va oʻzgarishlar; 
f) 
amalga oshirish uchun vaqt chegaralari; 
g) 
ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari. 
3. 
Shunday  qilib,  iqtisodiy  jihatdan  muayyan  manba  uchun  eng  yaxshi 
amaliyot  vaqt  oʻtishi  bilan  texnik  taraqqiyot,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  omillar  taʼsirida, 
shuningdek,  ilmiy  bilimlar  va  muammoni  tushunishdagi  yangilanishlar  asnosida 
oʻzgarishlarga duch keladi. 
III ilova 
Suv  sifatining  maqsadli  koʻrsatkichlari  va  mezonlarini  ishlab  chiqishda  amal 
qilinadigan tamoyillar: 
Suv sifatining maqsadli koʻrsatkichlari va mezonlari: 
a) 
Suvning  mavjud  sifatini  saqlab  turish,  zarurat  tugʻilganda,  yaxshilash 
maqsadini hisobga oladilar; 
b) 
Ifloslanishning  oʻrtacha  (ayniqsa,  xavfli  moddalar  boʻlgan)  yukini 
muayyan darajaga muayyan vaqt davomida qisqartirishga yoʻnaltirilgan; 
c) 
Suv  sifatiga  (ichish  uchun,  sugʻorish  uchun  xom  suv  va  h.k.)  nisbatan 
muayyan talablar; 
d) 
taʼsirlarga  beriluvchan  va  alohida  muhofaza  qilinadigan  suv  hamda 
ularning  atrof-muhitga,  masalan,  koʻl  va  yer  osti  suv  zaxiralariga  nisbatan  muayyan 
talablarni hisobga oladilar; 
e) 
Oʻrta  muddatli  va  uzoq  muddatli  rejada  tekshirish  maqsadlari  uchun 


 
 
137
 
ekologik tasnif va kimyoviy indeks metodlarini qoʻllash asosida suv sifatini saqlash va 
yaxshilash qoidalari belgilanadi; 
f) 
Maqsadli  koʻrsatkichlarga  erishish  darajasi,  shuningdek,  alohida  hollarda 
kerak  boʻlishi  mumkin  boʻlgan  chiqindilardagi  ifloslanishning  chegaradagi 
meʼyorlariga asoslangan qoʻshimcha himoya choralari. 
IV ilova 
Аrbitraj 
1. 
Biror  bahsni  mazkur  Konventsiyaning  22-moddasi  2-bandiga  muvofiq 
arbitrajda  koʻrib  chiqishga  berilgan  holatda  tomon  yoki  tomonlar  kotibiyatni  arbitraj 
koʻrib chiqayotgan ish mavzusidan xabardor qiladi va jumladan, yuzaga kelgan bahsni 
yuzaga  keltirgan  Konvensiya  moddasining  talqini  yoki  qoʻllanishiga  ishora  qiladi. 
Kotibiyat olingan axbortni mazkur Konvensityaning barcha Tomonlariga tarqatadi.  
2. 
Аrbitraj  sudi  uch  kishidan  iborat  boʻladi.  Bahsda  ishtirok  etayotgan 
daʼvogar  tomon  yoki  daʼvogar  tomonlar ham  va  boshqa  tomon  yoki boshqa  tomonlar 
ham bittadan arbitr tayinlaydilar va ikkita shu tariqa tayinlangan arbitr oʻzaro kelishgan 
holda  arbitraj  sud  raisi  vazifasini  bajaruvchi  uchinchi  arbitrni  tayinlaydi.  Аrbitraj  sudi 
raisi  bahslashayotgan  tomonlarning  biri  boʻlolmaydi  va  doimiy  turar  joyi  ushbu 
tomonlardan  birining  hududi  boʻlmasligi  lozim,  ularda  xizmatda  boʻlishi  yoki  biror 
boshqa jihatdan ishga aloqador boʻlishi mumkin emas. 
3. 
Ikkinchi  arbitr  tayinlanganidan  soʻng  ikki  oy  oʻtganga  qadar  arbitraj  sudi 
raisi  tayinlamasa,  istalgan  bahslashayotgan  tomonning  iltimosiga  koʻra  Yevropa 
iqtisodiy komissiyasiing Ijrochi kotibi keyingi ikki oy davomida uni tayinlaydi. 
4. 
Аgar bahslashayotgan tomonlarning biri iltimosnoma olganidan soʻng ikki 
oy  davomida  arbitraj  tayinlamasa,  boshqa  tomon  bu  haqida  Yevropa  iqtisodiy 
komissiyasiing Ijrochi kotibiga xabar berishga haqli va u keyingi ikki oy ichida arbitraj 
sudi  raisini  tayinlaydi.  Oʻz  lavozimiga  tayinlangandan  soʻng  arbitraj  sudi  raisi  xali 
arbitrni tayinlamagan tomondan buni ikki oy ichida bajarishni soʻraydi. Аgar u bu ishni 
mazkur  muddat  davomida  bajarmasa,  rais  Yevropa  iqtisodiy  komissiyasiing  Ijrochi 


 
 
138
 
kotibini bundan xabardor qiladi va u ushbu arbitrni keyingi ikki oy ichida tayinlaydi. 
5. 
Аrbitraj  sudi  oʻzining  qarorini  xalqaro  huquq  va  mazkur  Konventsiya 
qoidlariga muvofiq chiqaradi. 
6. 
Mazkur  ilovaning  qoidalariga  muvofiq  taʼsis  etilgan  har  qanday  arbitarj 
sudi oʻzining bajaradigan ish tartibi qoidalarini ishlab chiqadi. 
7. 
Аrbitraj  sudining  ish  tartibi  masalari  boʻyicha  ham,  mohiyati  maslalari 
boʻyicha ham qarorlari aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 
8. 
Sud dalillarni belgilash uchun barcha kerakli choralarni qoʻllay oladi. 
9. 
Bahslashayotgan  tomonlar  arbitraj  sudining  ishiga,  jumladan,  uning 
ixtiyoridagi barcha vositalarni qoʻllab taʼsir koʻrsatadilar: 
a) 
unga barcha kerakli hujjatlar, shartlar va axbortni taqdim qiladilar
b) 
zarurat  tugʻilganda,  unga  guvoh  yoki  ekspertlarni  chaqirish  va  ularning 
koʻrsatmalarini tinglash imkoniyatini yaratadilar. 
10. 
Tomonlar  va  arbitraj  sudi  aʼzolari  arbitraj  sudda  koʻrib  chiqilayotgan 
paytda  maxfiy  tarzda  olingan  har  qanday  axborotning  maxfiyligini  saqlanishiga  rioya 
qiladilar. 
11. 
Аrbitraj  sudi  tomonlarning  birining  iltimosiga  koʻra  vaqtinchalik  himoya 
choralari qabul qilishni tavsiya etishi mumkin. 
12. 
Аgar bahslashayotgan Tomonlarning biri arbitraj sudiga kelmasa yoki  oʻz 
ishi  koʻrib  chiqilayotganida  ishtirok  etmasa,  boshqa  tomon  suddan  ishni  koʻrib 
chiqishni  davom  ettirishni  va  oʻzining  hal  qiluv  qarorini  chiqarishini  iltimos  qilishi 
mumkin.  Sudda  tomonlardan  birining  boʻlmasligi  yoki  tomonlardan  birining  ishni 
koʻrib chiqishda ishtirok etmasligi ishni koʻrib chiqilishiga toʻsiq boʻla olmaydi. 
13. 
Аrbitraj sudi bevosita bahs mohiyatidan kelib chiqadigan qarshi daʼvolarni 
eshtishi va ular yuzasidan qarorlar chiqarishi mumkin. 
14. 
Аgar  arbitraj  sudi,  ishning  muayyan  holatidan  kelib  chiqib  boshqa  qaror 
qabul  qilmasa,  sud  chiqimlarini,  jumladan,  sud  aʼzolari  xizmatlari  uchun  toʻlovlarni 
bahslashayotgan  tomonlar  oʻrtada  teng  boʻladilar.  Sud  oʻzining  barcha  xarajatlarini 


 
 
139
 
qayd etadi va tomonlarga ushbu xarajatlar haqida yakuniy hisobot taqdim qiladi. 
15. 
Ushbu Konvensiyaning bahs mavzusidan huquqiy xususiyatdagi manfaatga 
ega  boʻlsa  va  mazkur  ish  yuzasidan  qaror  natijasi  unga  ham  tegishli  boʻlishi  mumkin 
boʻlgan istalgan Tomoni sud roziligi bilan ishni koʻrib chiqilishida qatnashishi mumkin. 
16. 
Аrbitraj  sudi  oʻzining  qarorini  taʼsis  etilgan  sanasidan  keyin  besh  oy 
davomida,  agar  ushbu  muddatni  besh  oydan  ortiq  boʻlmagan  vaqtga  uzaytirish  zarur 
deb topmasa, chiqaradi. 
17. 
Аrbitraj  sudi  qarorida  sabalar  tushuntiriladi.  Uning  qarori  hal  qiluvchi  va 
bahslashayotgan  tomonlarningbarchasi  uchun  majburiydir.  Аrbitraj  sudi  oʻz  qarorini 
bahslashayotgan tomonlar va kotibiyatga yetkazadi. Kotibiyat olingan axborotni mazkur 
Konvensiyaning barcha Tomonlariga yoʻllaydi. 
18. 
Sud qarorini izohlash yoki bajarishga oid tomonlar oʻrtasida yuzaga kelishi 
mumkin  boʻlgan  har  qanday  bahsni  istalgan  tomon  ushbu  qarorni  chiqargan  arbitrajga 
berishi  yoki  uning  xizmatidan  foydalanish  imkoni  boʻlmasa,  birinchi  sud  qanday 
maqsadda  yaratilgan  boʻlsa,  shu  maqsadda  tuzilgan  boshqa  sudga  murojaat  qilishi 
mumkin. 
©BMT 
 


 
 
140
 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish