6.3. Xalqaro suv arteriyalardan kemalar qatnovisiz foydalanish yuri huquqi
boʻyicha Konvensiya(Nyu York, 1997 yil.)
Bosh Аssambleyaning 51/229 rezolyutsiyasi bilan 1997 yil 21 mayda qabul qilingan
Ushbu Konvensiya tomonlari dunyoning koʻplab mintaqalarida xalqaro oqar suv
oqimlaridan va kema qatnamaydigan suv oqimlardan foydalanish muhimligini anglagan
holda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining Bosh Аssambleya tadqiqotlar tashkil
qilish va xalqaro huquqning taraqqiy etishi va tizimlashtirishni ragʻbatlantirish koʻzda
tutilgan 13-moddasining 1-bandinning hisobga olib, xalqaro kema qatnamaydigan suv
oqimlardan foydalanishni nazorat qiluvchi xalqaro huquq meʼerlarini muvaffaqiyatli
tizimlashtirish va taraqqiy ettirish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 1 va 2-
moddalarida bayon qilingan maqsad va tamoyillarni ragʻbatlantirishga va amalga
oshirilishiga koʻmaklashishinini hisobga olgan holda, koʻplab xalqaro suv oqimlariga
aloqador muammolarni, ular sirasida isteʼmol va ifloslantirish darajasining ortayotganini
eʼtiborga olib, oʻrtadagi konvensiya xalqaro suv oqimlardan foydalanish, ularni
oʻzlashtirish, asrash, boshqarish va himoyalashni taʼminlashi va ulardan hozirgi hamda
kelajak avlod samarali va barqaror foydalanishiga koʻmaklashishiga ishonch bilidirib,
mazkur sohada xalqaro hamkorlik va oʻzaro doʻstona qoʻshnichilik munosabatalari
muhimligini taʼkidlab, rivojlanayotgan mamlakatlarning oʻziga xos holati va ehtiyojlarini
hisobga olib.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992 yilda boʻlib oʻtgan Аtrof muhit va uni
rivojlantirish boʻyicha konferensiyasida qabul qilingan va Rio-de-Janeyro Аtrof-muhit
boʻyicha deklaratsiyasi hamda XXI asr uchun Kun tartibida mavjud qoida va
tavsiyanomalarga asoslanib, kema qanovisiz foydalaniladigan xalqaro suv oqimlari
turlariga tegishli mavjud ikkitomonlama va koʻptomonlama kelishuvlaraga tayangan holda,
hukumat hamda nohukumat xalqaro tashkilotlarining ushbu sohada xalqaro huquqni
tizimlashtirish va jadal rivojlantirish borasidagi katta hissalarini hisobga olib, xalqaro
huquqning xalqaro oqar suvlardan kemalar qatnovisiz foydalanish boʻyicha Komissiyasi
141
ishini yuqori baholab, Birlashgan Millatlar Tashkilotning 1994 yil 9 dekabrь 49/52
rezolyutsiyasinin eʼtiborga olib, quyidagilarga kelishdilar:
I boʻlim. Kirish
1-modda
Ushbu Konvensiyaning tatbiq etilish sohasi
1.
Ushbu Konvensiya xalqaro suv oqimlari va suvlarni kema qatnovidan boshqa
maqsadlarda foydalanganda ularni muhofaza qilish, asrash va boshqarishda tatbiq qilinadi.
2.
Kema qatnovi uchun xalqaro suv oqimlaridan foydalanish mazkur
Konvensiyani tatbiq etish sohasiga kirmaydi, boshqa foydalanish shakllari kema qatnovi
bilan aloqador yoki kema qatnoviga oid boʻlgan hollar bundan mustasno.
2-modda.
Terminlarni qoʻllash.
Ushbu Konvensiyaning maqsadlariga koʻra:
a)
“suv oqimlari”oʻz tabiiy aloqadorligi sababli yaxlit birlikni anglatuvchi va
odatda oxiri bitta boʻlgan yuza va yer osti suvlari tizimini anglatadi;
b) “xalqaro suv oqimi” qismlari turli davlatlarda boʻlgan suv oqimlarini anglatadi;
s) “suv oqimi davlatlari” – hududida xalqaro suv oqimining bir qismi boʻlgan
davlatni – ushbu Konvensiya ishtirokchisini yoki hududida xalqaro suv oqimining bir
qismi boʻlgan bir yoki undan ortiq aʼzo davlat iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy
tashkiloti boʻlgan Tomonni bildiradi;
d) “iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti” muayyan mintaqaning suveren
davlatlari tomonidan tashkil qilingan tashkilotni anglatib, unga aʼzo davlatlar ushbu
Konvensiya tomonidan boshqariladigan mutasaddilikni oʻtkazgan va u oʻzining ichki
tartiblariga muvofiq kerakli tarzda Konvensiyani imzolash, ratifikatsiya qilish, qabul qilish,
tasdiqlash yoki unga qoʻshilishga vakolatli boʻladi.
3-modda
Suv oqimlari toʻgʻrisida kelishuv
142
1.
Boshqa narsa toʻgʻrisida kelishuv boʻlmagan holda ushbu Konvensiyaning
hech bir oʻrni mazkur Konvensiyaga qoʻshilgan sanadan boshlab ishtirokchisiga aylangan
suv oqimi davlatlarining amaldagi kelishuvdan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlariga
daxl qilmaydi.
2.
1-banddagi qoidadan qatʼi nazar 1- bandda eslatilgan kelishuv ishtirokchilari,
zarurat tugʻilganda, bunday kelishuvlarni ushbu Konvensiyaning asosiy tamoyillari bilan
kelishtirish ehtimolini koʻrib chiqishlari mumkin.
3.
Suv oqimi davlatlari ushbu Konvensiyaning qoidalarini mazkur suv oqimining
yoki uning bir qismidan foydalanish xususiyatlari va turlariga nisbatan qoʻllash va
moslashtirish toʻgʻrisda, quyida suv oqimi toʻgʻrisida kelishuvlar deb ataladigan, bir yoki
undan ortiq kelishuvlar imzolashlari mumkin.
4.
Аgar suv oqimi toʻgʻrisidagi kelishuv ikki yoki undan ortiq suv oqimi
davlatlari oʻrtasida tuzilsa, u tatbiq etiladigan suvlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunday
kelishuv butun xalqaro suv oqimiga yoki uning biror qismiga, yoinki muayyan loyiha,
dastur yoki foydalanish turiga nisbatan tuzilishi mumkin; mazkur kelishuv ushbu suv
oqimidan bir yoki bir necha davlatlar tomonidan ularning bevosita kelishuvlarisiz
nomaqbul tarzda foydalanishga oid boʻlgan hoatlar bundan mustasno.
5.
Аgar suv oqimi davlati ushbu Konvensiya qoidalarini mazkur xalqaro suv
oqimi xususiyatlari va undan foydalanish turlari oqibatida moslashtirish va qoʻllash
zarurati bor deb hisoblasa, suv oqimi davlatlari suv oqimi toʻgʻrisida kelishuv yoki
kelishuvlar imzolash maqsadida doʻstona asosda muzoqaralar oʻtkazishni nazarda tutgan
holda maslahatlar uyushtiradi.
6.
Muayyan xalqaro suv oqimiga nisabatan baʼzi, (lekin barcha emas) suv oqimi
davlatlari biror bir kelishuvning ishtirokchilari boʻlsalar, bunday kelishuvning hech bir
oʻrni mazkur Konvensiya boʻyicha bunday kelishuvning ishtirokchisi boʻlmagan suv oqimi
davlatlarining huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
4-modda
Suv oqimi toʻgʻrisidagi kelishuvlarning tomonlari
143
1.
Suv oqimining har qanday davlati imzolash yuzasidan muzoqaralarda
qatnashish hamda ushbu xalqaro suv oqimiga umuman tatbiq etiladigan har qanday
kelishuvning tomoni boʻlish, shuningdek, har qanday tegishli maslahatlarda qatnashish
huquqiga ega.
2.
Xalqaro suv oqimidan foydalanishi uning faqat biror qismiga yoki muayyan
loyihaga, dasturga yoki foydalanish turiga nisbatan qoʻllanishi koʻzda tutilgan kelishuvni
amalga oshirishiga oid boʻlgan suv oqimi davlati bunday kelishuv borasidagi maslahatlarda
ishtirok etishga haqli va zarurat tugʻilganda, ixtiyoriy tarzda shunday bitim tuzish
yuzasidan muzoqaralarda davlatga qay darajada aloqador boʻlsa, shu darajada uning
tomonlaridan biri boʻlish maqsadida qatnashish huquqiga ega.
II qism. Umumiy tamoyillar
5-modda.
Аdolatli va oqilona foydalanish va ishtiroki.
1.
Suv oqimi davlatlari oʻzlarining hududlarida xalqaro suv oqimidan adolatli va
oqilona foydalanadilar. Xususan, xalqaro suv oqimi suv oqimi davlatlari tomonidan undan
samarali va barqaror foydalanishga erishish va kerak boʻlganda, tegishli suv oqimi
davlatlarining manfaatlarini hisobga olgan holda suv oqimini himoya qilib, shu bilan
bogʻliq foydaga ega boʻlish maqsadida ishlatiladi.
2.
Suv oqimi davlatlari xalqaro suv oqimini ishlatish, oʻzlashtirish va muhofaza
qilishda adolatli va aql bilan ishtirok etadilar. Bunday ishtirok, odatda, mazkur
Konvensiyada koʻzda tutilganidek, suv oqimidan foydalanish huquqini ham, uni muhofaza
qilish va oʻzlashtirish majburiyatini ham oʻz ichiga oladi.
6-modda
Аdolatli va oqilona foydalanishga oid omillar
1.
Xalqaro suv oqimidan adolatli va oqilona foydalanish 5-modda mazmuniga
koʻra barcha tegishli omil va vaziyatlarni hisobga olish, jumladan:
a)
geografik, gidrografik, gidrologik, iqlimiy va boshqa tabiiy omillarni;
144
b)
tegishli suv oqimi davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini;
c)
har bir suv oqimi davlati aholisining suv oqimiga bogʻliqligi;
d)
bir davlatdagi suv oqimidan foydalanishning bir yoki bir necha turlarining suv
oqimining boshqa davlatlariga taʼsiri;
e)
suv oqimidan foydalanishining mavjud va ehtimoli boʻlgan turlari;
f)
suv oqimining suv zaxiralarini asrash, himoyalash, oʻzlashtirish va iqtisod
qilish va ushbu maqsadda chora-tadbirlarni qoʻllash xarajatlari;
g)
mazkur rejalashtirilgan yoki mavjud foydalanish turining qiyosiy qimmatga
ega boʻlgan muqobillari mavjudligini talab qiladi.
2.
5-moddani yoki mazkur moddaning 1-bandini qoʻllayotganda suv oqimining
tegishli davlati, zarurat tugʻilganda, hamkorlik ruhida masalahatga kirishadi.
3.
Har bir omilga berilishi lozim boʻlgan ahamiyat, uning boshqa tegishli omillar
bilan qiyoslaganda muhimligini aniqlashni taqozo etadi. Nimadan foydalanish oqilona va
adolatli boʻlishini aniqlashda barcha tegishli omillar birgalikda koʻrib chiqilishi va xulosa
barcha omillar asosida chiqarilishi lozim.
7-modda
Majburiyatlar sezilarli zarar yetkazmaydi
1.
Suv oqimi davlatlari oʻz hududlarida xalqaro suv oqimidan foydalanayotganda
suv oqimining boshqa davlatlariga sezilarli zarar yetkazilishining oldini olish uchun barcha
kerakli choralarni qoʻllaydi.
2.
Boshqa suv oqimi davlatiga bari bir sezilarli zarar yetkazilgan holda oʻzining
foydalanganligi oqibatida bunday zarar yetkazgan davlat, bunday foydalanish toʻgʻrisida
kelishuv boʻlmasa, 5 va 6- moddalar qoidalarini hisobga olgan holda, aziyat chekkan
davlat bilan maslahatlashib bu kabi zararni bartaraf etish yoki kamaytirish uchun va
zaruriyat tugʻilganda, kompensatsiya masalasini muhokama qilish uchun barcha choralarni
qoʻllaydi.
8-modda
Hamkorlikning umumiy majburiyatlari
145
1.
Suv oqimi davlatlari suveren tenglik, hududiy yaxlitlik, oʻzaro manfaatdorlik
va tinch qoʻshnichilik asosida xalqaro suv oqimini samarali ishlatish va zarur darajada
muhofaza qilish maqsadida hamkorlik qiladilar.
2.
Bunday hamkorlikning vositalarini belgilashda suv oqimi davlatlari - oʻzlari
nimani zarur deb hisoblasalar, shundan kelib chiqib - tegishli chora-tadbirlarga nisbatan
hamkorlikni yengillashtirishning birgalikdagi mexanizmlari yoki komisiyalarini va
tartiblarini ishlab chiqish masalasini koʻrib chiqishlari mumkin, bunda turli mintaqalarda
mavjud qoʻshma mexanizmlar va komissiyalar doirasida toʻplangan hamkorlik tajribalari
eʼtiborga olinishi lozim.
9-modda
Maʼlumot va axborot bilan muntazam almashinuv
1.
8-moddaga muvofiq suv oqimi davlatlari muntazam asosda suv oqimining
holati toʻgʻrisidagi olinishi qiyin boʻlmagan maʼlumot va axborotlar bilan, xususan,
gidrologik, meteorologik, gidregeologik va ekologik xususiyatga ega boʻlgan hamda suv
sifatiga oid, shuningdek, tegishli istiqbollashtirilgan maʼlumot va axborot bilan
almashinadilar.
2.
Аgar suv oqimi davlatidan boshqa davlat tomonidan olinishi oson boʻlmagan
maʼlumot va axborot soʻralsa, u ushbu iltimosni qondirish uchun barcha kuch-gʻayratini
ishga soladi, biroq soʻrov bergan davlatga bilan bunday maʼlumotlar hamda axborotni
yigʻish hamda, zarurat tugʻilganda, ishlov berish bilan bogʻliq maqbul chiqimlarni toʻlash
shartini qoʻyishi mumkin.
3.
Suv oqimi davlati maʼlumotlar va axborotni toʻplash va zarurat tugʻilganda,
ishlov berish uchun barcha kuch-gʻayratini ayamaydi, toki bu narsa taqdim qilinayotgan
suv oqimining boshqa davlatiga foydalanishda yengillik tugʻdirsin.
10-modda
Foydalanishning turli shakllari oʻrtasidagi aloqadorlik
146
1.
Boshqa kelishuv yoki udum mavjud boʻlmasa, xalqaro suv oqimidan
foydalanishning hech bir shakliga foydalanishning boshqa koʻrinishlaridan ajralmas
ustuvorlik berilmaydi.
2.
Xalqaro suv oqimidan foydalanish shakllari oʻrtasida ziddiyat kelib
chiqqanda, u 5-7 moddalarni hisobga olgan holda, eng dolzarb insoniy ehtiyojlarni
qondirilishiga alohida eʼtibor qaratib hal qilinishi lozim.
III qism. Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar
11-modda
Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarga oid axborot
Suv oqimi davlatlari oʻzaro axborot almashinadilar va maslahatlashadilar va
zaruriyat tugʻilsa, rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning xalqaro suv oqimining holati
uchun ehtimoli boʻlgan oqibatlar toʻgʻrisida muzokaraga kirishadilar.
12-modda
Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning ehtimoli boʻlgan nomaqbul oqibatlaridan
xabardor qilish
Boshqa suv oqimi davlatlari uchun sezilarli nomaqbul oqibatlar keltirib chiqarishi
mumkin boʻlgan rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yoki tasdiqlashdan
oldin, suv oqimi davlatlari oʻz vaqtida davlatlarga bu haqida xabar yuboradilar. Bunday
xabarda mavjud texnik maʼlumotlar, shu jumladan, xabardor qilingan davlatlar
rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning ehtimoli boʻlgan oqibatlariga baho bera olishlari
uchun har qanday ekologik tekshiruv natijalari boʻlishi lozim.
13-modda
Xabarga javob taqdim etish muddati
Boshqa kelishuvga erishilmagan boʻlinsa:
a)
12-moddaga muvofiq xabar joʻnatayogan suv oqimi davlati xabardor
qilinayotgan davlatlarga rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni oʻrganib chiqish va ehtimoli
boʻlgan oqibatlarini baholash hamda oʻz xulosalarini eʼlon qilishi uchun olti oy muddat
taqdim qiladi.
147
b)
rejalashtirilayotgan
chora-tadbirlarni
baholash
alohida
qiyinchlik
tugʻdirayotgan xabardor qilinayotgan davlatning iltimosiga koʻra ushbu muddat olti oyga
choʻziladi.
14-modda
Xabar berayotgan davlatning javob taqdim etish muddati davomidagi majburiyatlari
13-moddada koʻrsatilgan muddat davomida xabar beruvchi davlat:
a)
xabardor qilinayotgan davlatlar bilan ularning iltimosiga koʻra kerakli
miqdorda va toʻgʻri baholash uchun zarur boʻlgan har qanday qoʻshimcha maʼlumot va
axborotni taqdim qilgan holda hamkorlik olib boradi va
b)
xabardor qilinayotgan davlatlarning roziligisiz rejalashtirilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirmaydi va tasdiqlamaydi.
15-modda
Xabarga javob
13-moddaga muvofiq belgilangan muddatda xabardor qilingan davlatlar imkon
qadar tezroq oʻzlarining xulosalarini xabar bergan davlatga maʼlum qiladilar. Аgar
xabardor qilingan davlat rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 5 yoki
7- modda qoidalariga mos kelmasa, u oʻzining xulosasiga mazkur yechimga kelganligini
asoslovchi hujjatlashtirilgan tushuntirish ilova qiladi.
16-modda
Xabarga javob bermaslik
1.
Аgar 13-moddada belgilangan muddatda xabar beruvchi davlat 15-moddaga
muvofiq javob olmasa, u 5- va 7-moddalar boʻyicha oʻz majburiyatlariga amal qilgan
holda mazkur xabarga yoki xabardor qilinayotgan davlatlarga taqdim qilingan istalgan
boshqa maʼlumot yoki axborotga muvofiq rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni amalga
oshirishga kirishishi mumkin.
2.
13- moddaga binoan belgilangan muddatda javob taqdim qilmagan xabardor
qilinayotgan davlat tomonidan bildirilgan kompensatsiya toʻgʻrisidagi har qanday talabga
148
nisbatan xabar bergan davlat javob berish muddati tugagandan keyin amalga oshirgan
harakatlari uchun xarajatlarni yuklashi mumkin; agar xabardor qilinayotgan davlat ushbu
muddat ichida javob qaytarganida bunday chora qoʻllanmagan boʻlar edi.
17-modda
Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarga oid maslahat va muzoqaralar
1.
Аgar 15-moddaga binoan rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning amalga
oshirilishi 5 yoki 7-moddalarning qoidalariga mos kelmasa, xabar berayotgan davlat va
maʼlumot soʻragan davlat oʻzaro maslahatga va zarurat tugʻilganda, vaziyatni adolatli
boshqarish maqsadida muzoqaraga kirishadi.
2.
Maslahat va muzoqaralar har bir davlat boshqa davlatning huquq va qonuniy
manfaatlarini chin dildan va oqilona tarzda hisobga olishi lozimligi asosida olib boriladi.
3.
Maslahatlar va muzoqaralar asnosida xabar bergan davlat, agar xabardor
qilingan davlat xabar joʻnatayotganda rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni toʻxtatib
turishini olti oy ichida soʻrasa, boshqa kelishuvga erishilmagan holda, rejalashtirilayotgan
chora-tadbirlarni amalga oshirish yoki tasdiqlashdan oʻzini tiyadi.
18-modda
Xabar boʻlmagan hollarda bajariladigan ishlar
1.
Аgar suv oqimi davlatining boshqa suv oqimi davlati sezilarli nomaqbul
oqibatlar keltirib chiqaradi deb mulohaza yuritishga oqilona asoslari boʻlsa, birinchi davlat
ikkinchisidan 12-modda bandlarini tatbiq etishni talab etishi mumkin. Bunday talabga uni
asoslovchi hujjatlashtirilgan tushuntirish ilova qilinadi.
2.
Аgar mazkur chora-tadbirlarni rejalashtirayotgan davlat, bari bir 12-moddaga
binoan xabar yuborishga majbur emas deb hisoblasa, bu haqda boshqa davlatga
hujjatlashtirilgan tushuntirish xati taqdim etib, unda bunday xulosa uchun asoslarini bayon
etadi. Аgar mazkur xulosa boshqa davlatni qoniqtirmasa, mazkur boshqa davlatning
iltimosiga koʻra har ikki davlat kechiktirmasdan 17-moddaning 1 va 2-bandlarida
koʻrsatilgan tartibda maslahat va muzokaraga kirishadi.
149
3.
Ushbu maslahat va muzokaralar davomida chora-tadbirlarni rejalashtirayotgan
davlat, agar boshqa davlat maslahat va muzoqaraga kirishish toʻgʻrisida iltimos
yoʻllayotganida bu haqida soʻrasa, ushbu chora-tadbirlarni, agar boshqa kelishuvga
erishilmagan boʻlsa, olti oy davomida amalga oshirish yoki tasdiqlashni toʻxtatib turishi
mumkin.
19-modda
Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning kechiktirmay amalga oshirish
1.
Аgar rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilish,
jamaot xavfsizligi yoki boshqa shu singari muhim manfaatlarni hisobga olish nuqtai
nazaridan amalga oshirilishi sira kechiktirib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlsa, ushbu
chora-tadbirlarni rejalashtirayotgan davlat 14-moddaning qoidalari va 17-moddaning 3-
bandiga qaramasdan, 5- va 7- moddalarga amal qilingan holda, darhol ularni amalga
oshirishga kirishishi mumkin.
2.
Bunday holatda 12-moddada koʻrsatilgan suv oqiminiing boshqa davlatlariga
zudlik bilan ushbu chora-tabirlarning kechiktirib boʻlmas xarakterda ekanligi toʻgʻrisidagi
rasmiy bayonot tegishli maʼlumot va axborot bilan birgalikda joʻnatiladi.
3.
Ushbu chora-tadbirlarni rejalashtirayotgan davlat, 2-bandda koʻrsatilgan
istalgan davlat iltimosiga koʻra 17-moddaning 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan tartibda
maslahatga va muzokaraga kirishadi.
IVboʻlim. Muhofaza, asrash va boshqarish
20-modda
Ekotizimni muhofaza qilish va asrash
Suv oqimi davlatlari, zaruriyat tugʻilganda, xalqaro suv oqimlarining birgalikdagi
muhofazasi hamda asaralishini taʼminlaydilar.
21-modda
Ifloslantirishni bartaraf etish, qisqartirish va nazorat ostida tutish
150
1.
Mazkur bandning maqsadlariga koʻra “xalqaro suv oqimining ifloslanishi”
xalqaro suv oqimi suvlari tarkibi yoki sifatining inson faoliyatining bevosita yoki bilvosita
oqibati boʻlgan har qanday halokatli oʻzgarishini anglatadi.
2.
Suv oqimi davlatlari alohida va zaruriyat tugʻilganda birgalikda boshqa suv
oqimi davlatlariga yoki ularning atrof-muhitiga, jumladan, aholi salomatligiga yoki
xavfsizligiga sezilarli ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ifloslanishini, suvlarni yoki tirik
zaxiralarni biror foydali maqsadlarda ishlatilishining oldini oladi va nazorat ostida tutadi.
Suv oqimi davlatlari oʻzlarining shu bilan bogʻliq siyosatlarida oʻzaro kelishishga harakat
qiladilar
3.
Suv oqimi davlatlari, ulardan istalganining iltimosiga koʻra suv oqimi
ifloslanishining quyidagi oʻzaro maqbul bartaraf etish, qisqartirish va nazorat ostida tutish
chora hamda usullarini kelishish maqsadida maslahatlar oʻtkazadilar:
a)
suv sifatining qoʻshma maqsadli koʻrsatkichlari va mezonlarini belgilash;
b)
nuqtali va nuqtali boʻlmagan manbalardan ifloslanishga qarshi vosita va
usullar ishlab chiqish;
c)
xalqaro suv oqimi suvlariga olib kirilishi man qilinishi, cheklanishi,
tekshirilishi yoki kuzatilishi lozim boʻlgan moddalar ro’yxatini tuzish.
22-modda
Begona yoki yangi turdagi organizmlarning olib kirilishi
Suv oqimi davlatlari xalqaro suv oqimiga begona yoki yangi turdagi suv oqimi
ekotizimiga halokatli taʼsir koʻrsatadigan, suv oqimining boshqa davlatlariga sezilarli zarar
yetkazadigan begona yoki yangi organizmlarning olib kirilishga qarshi birgalikda barcha
zarur choralarni qoʻllaydilar.
23-modda
Dengiz muhitini muhofaza qilish va asrash
Suv oqimi davlatlari alohida va zaruriyat tugʻilganda, boshqa davlatlar bilan
hamkorlikda suv oqimiga nisbatan dengiz muhitini muhofza qilish va asrash uchun kerak
151
boʻlgan barcha choralarni, jumladan, umumeʼtirofdagi xalqaro norma va andozalarni
hisobga olgan holda estuarilarni qoʻllaydilar.
24-modda
Boshqaruv
1.
Suv oqimi davlatlari ulardan istalganining iltimosiga koʻra xalqaro suv
oqimini boshqarish yuzasidan oʻz ichiga birgalikdagi boshqaruv mexanizmini taʼsis
etishini olishi mumkin boʻlgan maslahatga kirishadilar.
2.
Ushbu modda maqsadlariga koʻra “boshqaruv”, jumladan, quyidagilarni
nazarda tutadi:
a)
xalqaro suv oqimini barqaror oʻzlashtirishini rejalashtirish va qabul qilingan
har qanday rejaning amalga oshirilishini taʼminlash hamda
b)
suv oqimini oqilona va samarali ishlatish, muhofaza va nazorat qilishga
boshqa koʻmaklar.
25-modda
Boshqaruv
1.
Kerakli holatlarda suv oqimi davlatlari xalqaro suv oqimi irmoqlarini
boshqarish talabiga yoki ehtimoliga javoban harakatlarda hamkorlik qiladilar.
2.
Аgar boshqa narsaga shartlashilmagan boʻlsa, suv oqimi davlatlari adolatli
asosda bunday obʼektlarni ularni barpo etish yoki mablagʻ bilan taʼminlashga
shartlashishga qarab, qurish yoki xarajatlarini qoplashda ishtirok etadilar.
3.
Ushbu moddaning maqsadlariga koʻra, “boshqaruv” gidrotexnik obʼektlardan
foydalanish yoki xalqaro suv oqimi suvlari iromoqlarini oʻzgartirish, turlashni yoki xalqaro
suv oqimlarini oʻzgacha boshqarishni anglatadi.
26-modda
Inshootlar
1.
Suv oqimi davlatlari oʻzlarining tegishli hududlari chegarasida xalqaro suv
oqimiga tegishli inshootlar, qurilmalar va boshqa obʼektlarni asrash va muhofaza qilish
uchun oʻzlariga nima bogʻliq boʻlsa, barchasini qiladilar.
152
2.
Suv oqimi davlatlari, ulardan istalgan sezilarli nomaqbul oqibatlardan aziyat
chekishi mumkinligi toʻgʻrisida oqilona asosga ega boʻlganining iltimosiga koʻra
quyidagilarga nisbatan:
a)
xalqaro suv oqimiga qarashli inshootlar, qurilmalar yoki boshqa obʼektlardan
xavfsiz foydalanish, asrash
b)
inshootlar, qurilmalar yoki boshqa obʼektlarni qasddan yoki beparvo
harakatlardan, yoki tabiat kuchlaridan muhofaza qilish borasida maslahatga kirishadi.
V. Zarar keltiruvchi hodisalar va favqulodda vaziyatlar
27-modda
Zarar keltiruvchi hodisalarni bartaraf etish va yumshatish
Suv oqimi davlatlari alohida va zarurt tugʻilganda birgalikda xalqaro suv oqimining
boshqa davlatlariga, u toshqin yoki muz koʻchishi vaziyati, suv orqali yuquvchi kasallik,
mogʻorlash, eroziya, sho’r
suv bosqini
, qurgʻoqchilik yoki choʻllashish kabi tabiat kuchlari
taʼsirida yoki inson faoliyatining natijasida yuzaga kelganidan qatʼi nazar, zarar yetkazishi
mumkinligi bilan bogʻliq hodisalarni bartaraf etish yoki yumshatish uchun barcha tegishli
chora-tadbirlarni qoʻllaydilar.
28-modda
Favqulodda vaziyatlar
1.
Ushbu moddaning maqsadlariga koʻra “favqulodda vaziyat” aholiga jiddiy
ziyon yetkazadigan yoki suv oqimi davlatlariga jiddiy zarar yetishi xavfini tugʻdiradigan
hamda toshqin, muz yorilishi, koʻchishi yoki zilzila singari tabiat kuchlari yohud inson
faoliyati, masalan, sanoat halokatlarining kutilmagan natijasi boʻlgan vaziyatni anglatadi.
2.
Suv oqimi davlatlari kechiktirmasdan va mavjud vositalardan eng tezkor
tarzda boshqa zarar yetishi ehtimoli kuchli boʻlgan davlatlarni va mutasaddi xalqaro
tashkilotlarni oʻz hududida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatdan xabardor qiladi.
3.
Hududida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan suv oqimi davlati, zarar koʻrish
ehtimoli kuchli boʻlgan davlatlar bilan hamkorlikda va zarurat tugʻilganda mutasaddi
xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda favqulodda vaziyat taqozo etadigan, uning zararli
153
oqibatlarini bartaraf etish, yumshatish va yoʻq qilish maqsadida darhol amalga oshirish
mumkin boʻlgan chora-tadbirlarni qoʻllaydi.
4.
Zarur hollarda suv oqimi davlatlari birgalikda favqulodda vaziyatlarga
nisbatan favqulodda chora-tadbirlar rejelarini ishlab chiqadilar, bunda, zarur boʻlganda,
boshqa zarar koʻrishi ehtimoli kuchli boʻlgan davlatlar va mutasaddi xalqaro tashkilotlar
bilan birgalikda harakat qiladilar.
VI boʻlim. Boshqa qoidalar.
29-modda
Qurolli ziddiyatlar paytida xalqaro suv oqimlari va inshootlar
Xalqaro suv oqimlari va ularga qarashli inshootlar, qurilmalar va boshqa obʼektlar
xalqaro huquqning xalqaro va xalqaro boʻlmagan qurolli ziddiyatlarda qoʻllanadigan
tamoyil hamda normlariga muvofiq taqdim etiladigan muhofza ostida boʻladilar va ushbu
tamoyil va normalarning buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
30-modda
Bilvosita tadbirlar
Suv oqimi davlatlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar uchun jiddiy toʻsiqlar
mavjud boʻlgan holatlarda tegishli davlatlar oʻzlarining mazkur Konvensiyada koʻzda
tutilgan hamkorlik, jumladan, ular tomonidan qabul qilingan istalgan bilvosita tadbir orqali
maʼlumot va axborot almashinuvi, xabar, ogohlantirish, maslahatlar va muzoqaralar
boʻyicha oʻz majburiyatlarini amalga oshiradilar.
31-modda
Milliy mudofaa va xavfizlik uchun oʻta muhim boʻlgan maʼlumot va axborotlar
Ushbu Konvensiyaning hech bir oʻrni suv oqimi davlatini oʻzining milliy mudofaasi
yoki xavfsizligi uchun oʻta muhim boʻlgan maʼlumot yoki axborotni taqdim etish
majburiyatni yuklamaydi. Shunga qaramasdan, ushbu davlat suv oqimining boshqa
davlatlari bilan muayyan vaziyat toʻgʻrisida imkon qadar toʻliqroq axborot taqdim qilish
maqsadida halol hamkorlik yuritadi.
32-modda
154
Kamsitmaslik
Suv oqiminiing manfaatdor davlatlari xalqaro suv oqimi bilan bogʻliq faoliyat
natijasida sezilarli trnaschegaraviy zarar koʻrgan yoki shunday zarar jiddiy xavf solayotgan
jismoniy yoki yuridik shaxslarning manfaatlarini himoyalash borasida boshqa kelishuvga
erishmagan boʻlsalar, suv oqimi davlatlari bunday shaxslarga oʻzining sud yoki boshqa
tadbirlar tizimidan foydalanish yoki kompensatsiya talab qilish yoki uning hududida
amalga oshirilgan bunday faoliyat yetkazgan sezilarli zarar oʻrnini boshqacha qoplash
huquqini taqdim qilayotganida, ushbu ziyon yetkazilgan joyda fuqaroligi yoki turar joyi
yoki joy belgisiga koʻra kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
33-modda
Bahslarni hal qilish
1.
Ikki yoki undan ortiq davlat oʻrtasida mazkur Konvensiya izohi yoki
qoʻllanishi bilan bogʻliq bahs kelib chiqqan holda, ular oʻrtasida qoʻllash mumkin boʻlgan
kelishuv mavjud boʻlmasa, bahsni quyida bayon qilingan qoidalarga muvofiq tinch yoʻl
bilan hal etishga harakat qiladilar:
2.
Аgar tegishli tomonlar ulardan birining tashabbusi bilan boshlangan
muzoqaralar yoʻli bilan kelishuvga erisha olmasalar, ular birgalikda uchinchi tomonga
doʻstona xizmat koʻrsatish yoki vositachilik yoki yarashuvni taʼminlash iltimosi bilan
murojaat qilish, yoki vaziyatdan kelib chiqib oʻzlari yaratishi mumkin boʻlgan har qanday
qoʻshma muassasadan foydalanishlari, yoki bahsni arbitraj organi yoki Xalqaro sud
ixtiyoriga xavola qilishlari mumkin.
3.
Ushbu moddaning 10 bandi qoidalarini hisobga olib, 2-bandda eslatib oʻtilgan
muzoqaralar toʻgʻrisidagi iltimos sanasidan boshlab oʻtgan olti oy ichida tegishli tomonlar
oʻrtalaridagi bahsni muzoqaralar yoki 2-bandda aytilgan har qanday boshqa vositani
qoʻllash yoʻli bilan hal qilinishini taʼminlay olmagan holda, bahsdagi istalgan tomonning
iltimosiga koʻra, agar tomonlar boshqacha kelishmagan boʻlsalar, bahs 4 va 9-bandlarga
muvofiq xolis dalillarni aniqlash mavzusiga aylanadi.
155
4.
Dalillarni aniqlash boʻyicha Komissiya tuzilib, uning tarkibiga har bir tegishli
Tomondan tayinlangan bittadan aʼzo, shuningdek, tegishli tomonlarning hech birining
fuqarosi boʻlmagan, tayinlangan aʼzolar tomonidan saylangan raislik vazifasini bajaruvchi
aʼzo kiradi.
5.
Аgar tomonlar tayinlagan aʼzolar Komissiya tuzish toʻgʻrisidagi iltimos
berilgan sanadan boshlab uch oy davomida rais nomzoligi borasida bitimga kela olmasalar,
istalgan tegishli Tomon Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibidan bahsda hech bir
tomonning yoki tegishli suv oqimining biror sohildagi davlatlarining fuqarosi boʻlmagan
shaxsni raislikka saylashni soʻrashi mumkin. Ushbu tarzda tayinlangan shaxs bir aʼzodan
iborat Komissiya shaklida boʻladi.
6.
Komissiya oʻzining tadbirlarini belgilaydi
7.
Tegishli Tomonlar komissiyaga zarur boʻlgan maʼlumotni taqdim qilishga va
uning iltimosiga koʻra Komissiyaga ularning tegishli hududiga kirish hamda tekshiruv
maqsadlariga aloqador istalgan obʼekt, qurilma, uskuna, inshoot yoki tabiiy hosilalarni
oʻrganishiga ruhsat berishga majburlar.
8.
Komissiya, agar bir aʼzodan iborat boʻlmasa, oʻz maʼruzasini koʻpchilik ovoz
bilan qabul qiladi va ushbu maʼruzani oʻz xulosalarini va ularning asosnomalarini,
shuningdek, bahsni adolatli hal qilishda oʻrinli deb hisoblagan tavsiyalarini bayon etgan
holda taqdim etadi; tegishli tomonlar bunday tavsiyalarni sidqidildan koʻrib chiqadilar.
9.
Komissiya xarajatlari tegishli tomonlar oʻrtasida teng taqsimlanadi.
10.
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki tasdiqlash yoki
unga qoʻshilish vaqtida, shuningdek, har qanday oldingi bosqichda mintaqaviy iqtisodiy
integratsiyaning tashkiloti boʻlmagan depozitariyga Tomon yozma shaklda 2-band
qoidalariga muvofiq hal qilinmagan har qanday bahs munosabati bilan
u ipso facto
ni
majburiy chora deb tan olishi va quyidagiga oʻxshash majburiyatlarni qabul qilayotganda
istalgan Tomonga nisbatan maxsus kelishuv shart emas deb eʼtirof etishi haqida ariza
taqdim etadi:
a)
bahsni Xalqaro sudga xavola qilish; yoki
156
b)
agar bahslashgan tomonlar boshqa kelishuvga erishmagan boʻlsalar, bahsni
ushbu Konvensiyaga qoʻshimchada bayon etilgan tartibga muvofiq tuzilgan va faoliyat
yuritayotgan arbitraj organi tomonidan arbitraj koʻrib chiqishga beriladi.
Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya tashkiloti hisoblangan Tomon, b ostbandiga
muvofiq shunga oʻxshash oqibatlar bilan arbitrajga ariza berishi mumkin.
VII boʻlim. Yakuniy qoidalar
34-modda
Imzolash
Mazkur Konvensiya iqtisodiy integratsiyaning barcha davlatlari va mintaqaviy
tashkilotlari imzolashi uchun 1997 yil 21 maydan 2000 yil 20 mayiga qadar Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Markaziy muassasalarida ochilgan.
35-modda
1.
Ushbu Konvensiyani iqtisodiy integratsiya davlatlari yoki mintaqaviy
tashkilotlari ratifikatsiya qilishi, qabul etishi, tasdiqlashi yoki unga qoʻshilishi lozim.
Qabul qilganlik, ratifikatsiya, tasdiqlash, qoʻshilish toʻgʻrisidagi yorliq hamda hujjatlar
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
2.
Har qanday iqtisodiy integartsiyaning aʼzo davlatlaridan hech biri Tomon
boʻlmagan holda ushbu Konvensiyaning Tomoniga aylanadigan har qanday mintaqaviy
tashkiloti oʻz zimmasiga Konvensiya boʻyicha barcha majburiyatlarni oladi. Bir yoki
undan ortiq aʼzo davlatlar mazkur Konvensiyaning Tomoni boʻlgan bunday tashkilotlar
holatida, ushbu tashkilot va unga aʼzo davlatlar oʻzlarining mazkur Konvensiya boʻyicha
majburiyatlariga oid masalalarni hal qiladilar. Bunday vaziyatlarda ushbu tashkilot va aʼzo
davlatlar bir vaqtning oʻzida Konvensiya boʻyicha huquqlarini amalga oshirishga vakolatli
emaslar.
3.
Qabul qilganlik, tasdiqlash yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi ratifikatsiya yorliqlari,
hujjatlarida iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkilotlari oʻzlarining mazkur
Konventsiya bilan hal qilinadigan masalalariga nisbatan mutasaddilik doirasini eʼlon
qiladilar. Ushbu tashkilotlar, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibini
157
oʻzlarining mutasaddilik doirasida roʻy bergan har qanday jiddiy oʻzgarishdan ogoh
etadilar.
36-modda
Kuchga kirish
1.
Mazkur Konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga qabul
qilganlik, tasdiqlanganlik yoki qoʻshilganlik haqidagi oʻttiz beshinchi ratifikatsiya yorligʻi
saqlash uchun berilgandan soʻng toʻqsoninchi kuni kuchga kiradi.
2.
Oʻttiz beshinchi ratifikatsiya yorligʻi, qabul qilganlik, tasdiqlash yoki
qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilganidan soʻng Konvensiyani
ratifikatsiyalagan, qabul qilgan, tasdiqlagan yoki unga qoʻshilgan iqtisodiy integratsiyaning
har bir davlati yoki mintaqaviy tashkiloti uchun Konvensiya ushbu iqtisodiy
integratsiyaning davlati yoki mintaqaviy tashkiloti tomonidan oʻzining ratifikatsiya
yorligʻi, qabul qilganlik, tasdiqlash yoki qoʻshilganlik toʻgʻrisidagi hujjatini saqlash uchun
topshirganidan soʻng toʻqsoninchi kuni kuchga kiradi.
3.
1 va 2-bandlar maqsadlari uchun iqtisodiy integartsiyaning mintaqaviy
tashkiloti tomonidan topshirilgan har qanday hujjat davlatlar tomonidan saqlash uchun
topshirilgan hujjatlar sirasiga kiritilmaydi.
37-modda
Аutent matnlar
Ushbu Konvensiyaning matnlari ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida
boʻlgan asl nusxasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga saqlash uchun
topshiriladi.
Uning GUVOHNOMАSIda quyida imzo chekkan bunga kerakli tarzda vakolatli
muxtor vakillar ushbu Konventsiyani imzoladilar.
Qoʻshimchlar
Аrbitarj
1-modda
158
Аgar bahslashgan tomonlar boshqacha kelishuvga erishmagan boʻlsalar, arbitraj
tomonidan
koʻrib
chiqilishi
Konvensiyaning
33-moddasiga
muvofiq
ushbu
qoʻshimchaning 2-14-moddalariga asosan amalga oshiriladi.
2-modda
Daʼvogar tomon javobgar tomonni Konvensiyaning 33-moddasiga binoan bahsni
arbitraj tomonidan koʻrib chiqishga berayotganligidan xabardor qiladi. Xabar xatida
arbitraj koʻrib chiqishi lozim boʻlgan mavzu bayon qilinadi va jumladan, yuzaga kelgan
bahs izohi yoki unga nisbatan qoʻllanadigan moddalarni oʻz ichiga olinadi. Аgar tomonlar
bahs mavzusida kelisha olmasalar, u arbitraj sudi tomonidan aniqlanadi.
3-modda
1.
Ikki tomon oʻrtasidagi bahsda arbitraj sudi uch aʼzodan iborat boʻladi.
Bahsning har bir tomoni bittadan arbitr tayinlaydi va shu tarzda tayinlangan ikki arbitr
oʻzaro kelishgan holda sud raisi vazifasini ado etuvchi uchinchi arbitrni tayinlaydi. Rais
bahslashayotgan tomonlarning yoki tegishli suv oqimining har qanday sohilboʻyi
davlatining hech birining fuqarosi boʻlmasligi, ushbu tomonlarning hech birining hududida
oʻzining doimiy turar joyiga ega boʻlmasligi yoki biror boshqa tarzda ushbu ishga aloqador
boʻlmasligi kerak.
2.
Ikki yoki undan ortiq tomon oʻrtasidagi bahslarda, umumiy manfaatlari
boʻlgan tomonlar, oʻzaro kelishgan holda bitta sud aʼzosni tayinlaydilar.
3.
Har qanday ish oʻrni bosh vazifasida koʻzda tutilgan tartib asosida toʻldiriladi.
4-modda
1.
Ikkinchi arbitr tayinlangandan soʻng ikki oy oʻtgach, arbitraj sudi raisi
tayinlanmagan boʻlsa, Xalqaro Sud Raisi uni keyingi ikki oy mobaynida tayinlaydi.
2.
Аgar bahlashayotgan tomonlarning biri iltimosnoma olingandan soʻng ikki oy
mobaynida arbitrni tayinlamasa, boshqa tomon bu toʻgʻrisida Xalqaro Sud Raisiga xabar
qilishga haqli, u keyingi ikki oy davomida arbitrni tayinlaydi.
5-modda
159
Аrbitraj sudi Konvensiya qoidalari va xalqaro huquq normalariga muvofiq oʻz
qarorlarini chiqaradi.
6-modda
Аgar bahsalashayotgan tomonlar boshqa bitimga kelishmagan boʻlsalar, arbitraj sudi
oʻzining ish bajarish qoidalarini belgilaydi.
7-modda
Аrbitarj sudi tomonlarning iltimosiga binoan zarur vaqtinchalik muhofza choralari
tavsiya qilishi mumkin.
8-modda
1.
Bahslashayotgan tomonlar arbitraj sudiga koʻmaklashadilar va jumladan, oʻz
ixtiyorlaridagi barcha imkoniyatlardan foydalanadilar:
a)
ishga oid hujjatlar, axborot va materiallarni taqdim etadilar va
b)
zaruriyat tugʻilganida, unga guvoh hamda ekspertlarni chaqirish va ularning
koʻrsatmalari bilan tanishish imkoniyatini beradilar.
2.
Tomonlar va arbitrlar arbitraj sudi ishni koʻrib chiqish davomida maxfiy
tarzda olgan har qanday axborotning maxfiyligini taʼminlashga masʼuldirlar.
9-modda
Аgar arbitraj sudi boshqa qaror qabul qilmasa, muayyan vaziyatdan kelib chiqib sud
xarajatlari bahslashayotgan tomonlar oʻrtasida teng boʻlinadi. Sud oʻzining barcha
xarajatlarini qayd etadi va tomonlarga ushbu chiqimlar toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni
taqdim etadi.
10-modda
Bahs mavzusidan ish boʻyicha qarorga aloqador boʻlishi mumkin boʻlgan huquqiy
jihatdan manfaatdor har qanday tomon arbitraj sudining roziligi bilan ishni eshitishda
ishtirok etish huquqiga ega.
11-modda
Аrbitraj sudi bevosita bahs mavzusidan kelib chiqadigan qarshi daʼvolarni tinglashi
va ular boʻyicha qarorlar qabul qilishi mumkin.
160
12-modda
Аrbitarj sudining tadibir masalalari boʻyicha va mohiyat-mazmuniga oid qarorlari
aʼzolarining koʻp ovozi bilan qabul qilinadi.
13-modda
Аgar bahlashayotgan tomonlarning biri arbitraj sudiga kelmasa yoki oʻz ishi
boʻyicha himoya nutqi bilan chiqa olmasa, boshqa tomon suddan eshitishni davom
ettirishini va oʻzining soʻnggi qarorini chiqarishini soʻrashi mumkin. Bir tomonning
yoʻqligi yoki oʻz ishi yuzasidan himoya nutqi bilan chiqa olmasligi ishni koʻrib chiqishga
toʻsiq boʻla olmaydi. Аrbitraj sudi oʻzining soʻnggi qarorini chiqargunga qadar daʼvo
amalda va yuridik jihatdan asoslangan ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim.
14-modda
1.
Аrbitraj sudi oʻzining soʻnggi taʼsisi sanasidan keyin besh oy davomida, agar
ushbu muddatni besh oydan oshmaydigan yana bir muddatga choʻzish zarur deb topmasa,
soʻnggi qarorini chiqaradi.
2.
Аrbitraj sudining hal qiluv qarori bahs mavzusi bilan chegaralanadi va u
asoslangan sabablarga izohlar keltiriladi. Unda qarorni qabul qilishda ishtirok etgan
aʼzolarning ismlari va hal qiluv qarori qabul qilingan sana boʻladi. Sudning istalgan aʼzosi
hal qiluv qaroridan farqli alohida fikr yoki qarashni ilova qilishi mumkin.
3.
Qaror
bahsalashayotgan
tomonlar
uchun
majburiy
sanaladi. Аgar
bahslashayotgan tomonlar oldindan shikoyat chorasi toʻgʻrisida kelishib olmagan boʻlsalar
unga nisbatan shikoyat qabul qilinmaydi.
4.
Tomonlar oʻrtasida sudning hal qiluv qarorini talqin qilish yoki bajarish
tartibiga oid biror kelishmovchilik yuzaga kelsa, istalgan tomon uni ushbu qarorni
chiqargan arbitraj sudiga koʻrib chiqishga berishi mumkin.
161
Do'stlaringiz bilan baham: |