Yakuniy nazoratsavollari№.6
1.Oilada, maktabdatabiatni o'simlik va hayvonot dunyosini e'zozlashga o'rgatish.
2.Tabiatshunoslik darslarida labaratoriya mashg'ulotlarini tashkil etish.
3. "6×6×6" metodining afzalliklari.
“6x6x6” METODI
Metod haqida qisqacha maxlumot
Ushbu metod yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar taxlim oluvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali maxlum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir axzosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. “6x6x6” metodi asosida tashkil etilayotgan darsda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan o’rtaga tashlangan muammo(masala)ni muhokama qiladilar. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi. Yangi shakllangan guruh axzolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo(masala)ning yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
Eng muhimi dars ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt davomida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham maxruzachi sifatida faoliyat olib boradi. Ushbu metod qo’llanilayotgan darslarda guruhlar bir yoki bir necha muammo(masala)ni muhokama qilishlari mumkin.
“6x6x6” metodidan taxlim jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish malakasiga ega bo’lishni talab etadi. Guruhlarning to’g’ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to’g’ri hal etilmasligiga sabab bo’lishi mumkin.Maqsad: guruhlarning har bir axzosini faollik, o’z fikrini ifoda etish, guruhdoshlarining fikrlarini tinglay olish, o’rtaga tashlangan bir necha fikrni umumlashtira olish va o’z fikrini himoya qila olishga o’rgatish.
O’tkazish texnologiyasi
Ushbu texnologiya 20 minut davomida bir necha bosqichda o’tkaziladi:
1– bosqichda:
- o’qituvchi dars boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi.
2– bosqichda:
- o’quvchilar o’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda quyidagicha yo’l tutish mumkin: 6 ta stolning har biriga muayyan obxekt (masalan, kema, to’lqin, baliq, delgfin, kit, akula) surati chizilgan lavhani qo’yib chiqadi. O’quvchilarga kema, to’lqin, baliq, delgfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlab olgan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo’yilgan stuldan joy egallaydi.
3 – bosqichda:
- o’quvchilar joylashib olganlaridan keyin o’qituvchi dars mavzusini exlon qiladi va guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Munozara uchun maxlum vaqt belgilanadi. Munozara tashkil etiladi.
4 – bosqichda:
- o’qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o’rinlarda guruh axzolariga maslahatlar beradi, yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to’g’ri hal qilinganligiga ishonch hosil qilganidan so’ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi.
5 – bosqichda:
- munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bitta vakil bo’lishi inobatga olinadi. O’quvchilar o’z o’rinlarini almashtirib olganlaridan so’ng aniq belgilangan vaqt ichida guruh axzolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdoshlariga so’zlab beradilar. SHu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar(echimlar)ni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.
2.Sinfda amaliy mashg'ulotlar. Sinfda amaliy mashg'ulotlar tarqatma material bilan olib boriladi, bu o'quvchilarga o'rganilayotgan narsani bir necha sezgi a’zolari bilan qabul qilib olish imkoniyatini beradi, ya’ni ular narsani ko'ribgina qolmasdan, uning ustida har xil tajribalar o'tkazadilar, uning xususiyatini (masalan, timab ko'rish, bolg'acha bilan urib ko'rish orqali narsaning mo'rtligini, egish bilan — qayishqoqligini, egiluvchanligini va hokazo) sinaydilar. Tarqatma material sifatida tabiatshunoslik darslarida jonsiz va jonli tabiat jismlari (toshlar, foydali hasharotlar, o'simliklar va ularning qismlari, mayda hayvon va boshqalar)dan foydalaniladi.
Amaliy ishlar quyidagi tartibda olib boriladi:
— ish maqsadini e’lon qilish;
— o'qituvchining yo'1-yo'riqlar berishi;— topshiriqni tushuntirish;
— materiallami tarqatish;
— kuzatish;
— o'tkazilgan ish natijalarini tushuntirish — suhbat;
— xulosalami daftarga yozish;
— rasmlar chizish.
Amaliy ish vaqtida o'qituvchi topshiriq tushunarsiz tuyulganda yoki murakkab bo'lganda ayrim o'quvchilarga yordamlashadi. Lozim bo'lsa ish mazmunini butun sinfga takroran tushuntirish kerak bo'ladi. Amaliy ishning asosiy qiyinchiligi kuzatilayotgan hodisalami anglash, eng muhimlarini ajrata bilish, xulosalami ifodalay olishdir. Tirik tabiat burchagidagi amaliy mashg'ulotlar uzoq vaqt davom etadigan kuzatish va tajribalar bilan bog'liqdir. Tirik tabiat burchagida amaliy ish o'tkazishga bag'ishlangan darsda uning maqsadi va bajarish izchilligi tushuntirilishi kerak. O'quvchilarga savolnoma berish mumkin. Tabiat burchagidagi ishlarning natijalaridan tegishli mavzular o'rganilayotganida foydalaniladi. O'simliklarni o'stirish bo'yicha maktaboldi maydonidagi amaliy ishlar sinfdagi darslarda olingan bilimlarni kengaytiradi va chuqurlashtiradi, o'quvchilarni amaliy o'quv va ko'nikmalar bilan qurollantiradi, ularda tabiatga va qishloq xo'jaligi mehnatiga qiziqish uyg'otadi. Maktaboldi maydonidagi amaliy ishlar va ular bilan bog'liq bo'lgan hamda o'quvchilarning kuzatishlari bilan birga olib boriladigan suhbat va o'qituvchining tushuntirishlari sinf mashg'ulotlari soatlarida ochiq havodagi dars sifatida o'tkazilishi lozim. Dars nazariy va amaliy qismlarga bo'linadi. Darsning nazariy qismida o'qituvchi oldinda turgan ishning ahamiyati va mohiyatini tushuntiradi, o'quvchilarni mehnat qurollari va ish uslublari vositasida o'rganilishi kerak bo'lgan o'simliklar bilan tanishtiradi. Darsning bu qismini rejalashtirishda tabiatshunoslik bo'yicha o'quvchilar oladigan va o'zlashtiradigan bilimlarni aniq belgilab olmoq zarur. Ishning maqsadi va ahamiyatini tushuntirib, o'qituvchi bolalaiga uni bajarishning to'g'ri uslublarini ko'rsatadi va uni nima uchun boshqacha emas, shunday bajarish kerakligini aytadi. Keyin o'qituvchi bir-ikki o'quvchiga ishni bajarishni taklif qiladi va faqat ular ishni to'g'ri bajara olgach, butun sinfga ishga kirishishga ruxsat beradi.Darsning ikkinchi qismi bolalarning amaliy ishidir. Amaliy ish vaqtida o'qituvchi o'quvchilarni kuzatib, qo'shimcha tushuntirishlar olib boradi, ish sifatini baholaydi, yaxshilarini alohida ta’kidlaydi, yo'l qo'yilgan xatolami bartaraf qilishni taklif etadi. Darsga yakunlovchi suhbatda yakun yasaladi: darsda bolalar qanday yangi ma’lumotlami bilib olganliklari, nima qila olishga o'rganganliklari, ish vaqtida o'zlarini qanday tutganliklari aniqlanadi. Xotimada o'qituvchi ekilgan urug'lami yoki o'tqazilgan o'simliklarni qanday parvarish qilish kerakligi, bu ish qanday tashkil qilinishi haqida ma’lumot beradi.
1.Ekologik tarbiyaga nafaqat bugun, balki ota-bobolarimiz ham chuqur mas'uliyat bilan qarashgan. Masalan, atrof - muhitni iflos qilmaslik maqsadida, axlat tashlash, chiqindilarni tashlash uchun alohida chuqurlar qazilgan, hojatxonalarni ariq, soy, buloq suvlaridan uzoqrok joyda kovlashgan, turli ehtiyojlar uchun faqat qurib qolgan daraxtlarni kesishgan, hayvonlarni azob berish, qushlar uyasini buzishni, gunoh sanashgan.
Bu borada oilada «Suvga tupurma, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi», «Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o‘zing iste'mol kilasan», «Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish bo‘ladi, chunki unda ahli mo‘minning nasibasi bor» deb tarbiya berilgan.
Ekologik ta'lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog‘chalarida, umumiy ta'lim maktablarida, keyingi ta'lim bosqichlarida hamda mehnat jamoalarida davom ettiriladi. Bu o‘rinda hayotiy misollar orqali hozirgi paytda oilalarda ekologik savodxonlikning pastligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko‘plab odamlar mollarini ekinzorlarda, bog‘larda hatto mevali va manzarali daraxtlarga bog‘lab boqadigan bo‘lib qolishmoqda . Axir o‘tmishda xalqimiz qaramog‘idagi hayvonlariga maxsus podachi saqlangan - ku. Yoki moli bor kishilar navbat bilan poda boqqanlar - ku. Buning uchun hozirgidek hayvonlarni duch kelgan yerda emas, alohida ajratib qo‘yilgan yaylovlarda o‘tlatishgan. Yoki oilaviy dam olishga chiqilganda o‘t - o‘lanlar payhon qilinmagan, qir - adirlarda shisha siniqlari, ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan. Daraxtlarga, o‘simliklar olamiga, hayvonlarga zarar keltirilmagan. Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Atrof muhit va uning shaxs ma'naviy dunyosiga ta'siri;
Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;
-Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilaning hamkorligi;
O‘z nohiyasi, shahari, qishloq va maktabi hovlisini ko‘kalamzorlashtirishda, hatto sinf xonasidagi o‘simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini oshirish;
Atrof - muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;
Tabiatni muhofaza qilishda ota - onalarning namunalari;
Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an'ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e'tiborni kuchaytirish.
Oilada, maktabda tabiatni, o‘simliklar va hayvonot dunyosini e'zozlashga o‘rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish ;
Insoniyat tarixidan ma'lumki, sog‘lom jamiyatni faqatgina sog‘lom muhit yaratadi.
O‘zbekistonning porloq kelajagini ta'minlash «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topgan. Shu munosabat bilan boshlang‘ich ta'lim oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri o‘quvchilarni atrof-muhitga ongli munosabatini shakllantirishdir.Bunday vazifani muvaffaqiyatli hal etish o‘qituvchilardan o‘z sohasi bo‘yicha chuqur bilimga, yuksak ekologik madaniyatga ega bo‘lishni, ijodkor bo‘lishni, pedagogik texnologiyalar asosida mashg‘ulotlarni o‘tkazishni talab etadi.
Bunday sifatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchigina ekologik ta'limning nazariy bilimlarini chuqur egallagan, tabiatdagi jarayonlarning sir-asrorini biladigan, uning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy ahamiyatini tushunadigan, aynan tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo‘ladigan barkamol shaxsni tarbiyalashi lozim. O‘qituvchi ta'lim berishi uchun turli qo‘llanmalar, ommaviy axborot vositalari, darsliklar, sinfdan tashqari tadbirlar muhim manba hisoblanadi.
O‘quvchilarni tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalash faqat dars jarayonida tarkib topmaydi. Dars vaqt jihatdan cheklangan, unda ko‘pgina muhim ekologik bilimlarni o‘quvchilarga o‘rgatib bo‘lmaydi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar esa vaqt jihatidan cheklanmagan. O‘quvchilarning dars jarayonida olgan ekologik bilimlarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlantirish samarali natija beradi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiatni e'zozlash ruhida tarbiyalashda sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning dars jarayonida olgan bilimlarining davomi hisoblanadi va ular mazmunini to‘ldirib, bir butun jarayonga birlashtiradi.
Sinfdan tashqari tadbirlar o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini kengaytirishga imkon beradigan ta'limning qo‘shimcha va erkin turidir.
Atrofimizdagi olamni o‘rganishda o‘quv sayohatlari katta ahamiyatga ega. Sayohat darslari o‘quv ishlarini tashkil etishning shakli sifatida o‘quvchilarni ekologik tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. Tabiatni kuzatish jarayonida bilish faolligi shakllanadi, o‘quvchilarning jonli va jonsiz tabiatning o‘zaro aloqasi, o‘simlik hamda hayvonot dunyosi haqidagi tasavvurlari kengayadi.
Tabiat bilan muloqot o‘quvchilarda go‘zal his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. O‘quvchilar yashil maysalar, qushlarning sayrashi, kapalak parvozi, daraxtlar va o‘simliklarning rang-barangligiga mahliyo bo‘ladi.
Sayohatlarni tashkil etishdan maqsad - bog‘dagi daraxt turlari, o‘simlik, hashoratlar, qushlarning hayot tarzini o‘rganishdan iborat.
Sayohatni samarali kechishida quyidagilar muhim omil hisoblanadi:
sayohat maqsadining aniqligi;
ob'ektning to‘g‘ri tanlanganligi;
sayohatning muayyan reja asosida tashkil etilishi;
o‘quvchilarning diqqatini kuzatilayotgan ob'ektga yo‘naltirishga xizmat qiluvchi o‘quv topshiriqlarini aniq ishlab chiqilganligi;
o‘quv topshiriqlarining muammoli xususiyatga ega bo‘lishini ta'minlash;
kuzatish jarayonida o‘quvchilarning erkin, mustaqil harakat qilishga rag‘batlantirib borish;
har bir o‘quvchining alohida faollik ko‘rsatishiga erishish;
ularning faoliyatini izchil nazorat qilib borishga imkon beruvchi sharoitning mavjudligi.
Sayohat jarayonida o‘quvchilarni yil davomida olgan bilimlari mustahkamlanadi va fenologik kuzatish faoliyati oshadi;
Sayohat davomida o‘quvchilarni ekologik tushunchalar bilan tanishtirishning qo‘ydagi usullari bor: suhbat, hikoya, sayohat, savol-javoblar, kuzatish, xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |