4 mavzu: «Psixologiya fanlaridan seminar va laboratoriya mashg’ulotlari» r e j a



Download 126,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana23.01.2022
Hajmi126,67 Kb.
#406679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-мавзу(1)

didaktik tamoyillar

ga  amal qilinadi:

·

laboratoriya mashg’ulotlarini rejalashtira olish va o’tkaza olish;

·

laboratoriya mashg’ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;

·

fan va ishlab chiqarish bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga

talabalarda qiziqish uyg’otish;

·

talabada natijani mustaqil ravishda qo’lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;

·

talabani nazariy jihatdan tayyorlash;

·

laboratoriya mashg’ulotlari nafaqat aniq mavzu bo’yicha bilimlarni yakunlash, balki



talabalarni tarbiyalash  manbai  hamdir.

6. Psixologiyadan amaliy (mashq, praktikum) mashg’ulotlarini tashkil qilish  yo’llari

Amaliy mashg’ulotlar

 o’quv yurtini o’zida yoki talabalarning amaliyoti o’talayotgan joyda

o’tkazilishi mumkin, ularning

maqsadi

 – talabalarni mutaxassisligi bo’yicha maxsus vazifalarni

echishga o’rgatishdan iborat.

Misol uchun

, bu  maktab psixologi uchun sinf o’quv jamoatidagi

psixologik konfliktlarni  echish  bo’lishi mumkin  va h.

Amaliy mashgulotlarning

 o’tkazilishida turli masalalardan foydalanish o’qituvchilar uchun

ham qo’l keladi. Bunda o’qituvchilar o’quv materiallarining o’zlashtirish darajasi haqida axborot

oladilar va shu vaqtning o’zida bu jarayon ustidan nazoratni ko’chaytiradilar.



Amaliy mashg’ulotlarda

 kompyuter texnikasidan foydalanish talabalarga tez o’z bilimlarini

tekshirish uchun sharoit yaratadi. Bu esa talabalarning o’z-o’ziga beradigan bahosini

shakllantiradi va o’ziga bo’lgan ishonchini orttiradi.



Amaliy mashg’ulotlarda

  xilma-xil faoliyat turlaridan foydalanish mumkin. Qanday

faoliyat turining tanlanishi mavzu xarakteri, o’qituvchi imkoniyatlari va sharoitga  bog’liq

bo’ladi. Biroq har qaysi amaliy mashg’ulot boshida o’qituvchi talabalarning nazariy

tayyorgarligini tekshiradi. Mashg’ulotlarni maktabdagi material, yoki turli metodikalar

yordamida maktabda olingan natijalar asosida tashkil etilgan maqul. Bu talabalarning o’quvchi

psixologiyasi buyicha bilimlarini chuqurlashtiradi va uning yosh davrlari psixologiyasi

masalalariga bo’lgan qiziqishini oshiradi.



Masalan,

 dasturga muvofiq «Umumiy psixologiya»dan «Xarakter» mavzusini yoritishda

ma’ruza paytida –

psixologiyada xarakter muammosi, xarakterning tuzilishi, xarakter xislatlari

va xarakterning shakllanishi

masalalari ko’rib chiqilishi ko’zda tutilgan.

Amaliy mashg’ulot uchun esa, «Milliy xarakterga etnopsixologik yondoshuv» masalasini

ajratib olib, talabalar e’tiboriga avvaldan kuyidagi  savollarni xavola etish mumkin:




6

·

Etnopsixologiya nima?



·

Xarakter deganda nimani tushunasiz?

·

Xarakterning kanday xislatlarini bilasiz?



·

Xarakter xislatlariga shaxsning o’zining munosabatini qanday tushunasiz?

·

Xulq-atvorning xarakterda tutgan urni?



·

Xarakterda o’zaro munosabatlarning roli?

·

Qanday sifatlar xarakterning salbiy sifatlari va kaysilari ijobiy sifatlari deyiladi va ular



qanday mezonlarga asoslanib baholanadi?

·

O’zbek yigit-qizlarining xarakterida qanday sifatlar alohida o’rin tutadi?



·

Shaxsning o’z-o’zini tarbiyalashi uchun o’zida qanday sifatlar bo’lishi lozim?

·

Hozirgi zamon o’qituvchisi (tarbiyachisi) qanday xarakter xislatlariga ega bo’lishi kerak



deb xisoblaysiz?

·

Kishini o’rab turgan muxitning xarakterga qanday ta’siri bor?



·

Milliy xarakter nima?

Shuning bilan birga, mavzuni o’zlashtirishlariga yordam beradigan adabiyotlar ham

tavsiya etiladi. Talabalar tavsiya etilgan adabiyotlar bilan tanishib, amaliy mashg’ulot

mavzusida ko’zda tutilgan savollarga javob berishga tayyorlanib keladilar. Ularning o’zlari

ham mavzuga oid yana boshqa savollar ham tayyorlab kelishlari mumkin.

 

Amaliy mashg’ulot ilg’or pedagogik texnologiyaga asosan «guruhlarga bo’lib o’tish»



uslubida tashkil etilib, «guruhiy munozara» shaklida o’tkazish mumkin. Bundan

maqsad

talabalarda «Xarakter» mavzusini o’rganishga qiziqish o’yg’otish va ularda mavzu ustida

mustaqil, ijodiy ishlash ko’nikmalarini shakllantirishdir.

Amaliy mashg’ulot uchun ajratilgan



80 minutni

 bir necha qismga, masalan, 5- qismga

ajratish mumkin:

1. Darsning 1-kismida



(15 minut davomida)

  talabalar «davra stoli» atrofiga o’tirishlari taklif

etiladi va 1, 2, 3, 4-savollarni ko’rib chiqish

«savol-javob»

 shaklida olib boriladi. Talabalar

ixtiyoriy ravishda, ya’ni kim javob berishni xoxlasa javob beradilar. Barcha javob

beruvchilarga bitta talab qo’yiladi – javoblar qisqa, avvalgilarini takrorlamaydigan bo’lishi

kerak. Javoblar o’qituvchi tomonidan tahlil etiladi.

2. Mashg’ulotning 2-qismida



(15 minut davomida)

talabalar 4-ta guruhga ixtiyoriy ravishda

bo’linadilar (o’zlari sherik tanlaydilar). Mashg’ulotning bu qismida

«guruhiy munozara»

 usuli


qo’llaniladi. Mavzudagi qolgan 8-ta savol  konvertga solingan bo’ladi va har bir guruh

ikkitadan savol tanlab oladi va ularga javob berishga tayyorlanadilar va o’z guruhlarida

muhokama qiladilar.

3. Mashg’ulotning  3-qismida –



(35 minut davomida)

 har bir guruh o’zi uchun ajratilgan

savolga navbati bilan javob beradi. Ularning bergan javoblarini qolgan guruhlar tahlil etadilar

va baholaydilar. Har bir guruh uchun o’zlariga berilgan bahoga nisbatan fikr-mulohazalarini

bildirishlari, o’z fikrlarini ximoya qilishlari uchun imkoniyat beriladi. O’qituvchining bu

erdagi vazifasi – vaqtni to’g’ri taqsimlashga e’tibor berish va munozaraga rahbarlik qilib

turishdir.

4. Mashg’ulotning 4-qismida –



(10 minut davomida)

 o’qituvchi o’tkazilgan mashg’ulot

bo’yicha o’z fikrlarini bildiradi, xulosa chiqarib yakunlaydi, talabalarning bilimi va faolliklari

baholanadi, olgan baholarini talabalar ham  o’z reyting daftarlariga yozib oladilar.

5. Mashg’ulotning ohirgi 5-qismida –

(5 minut davomida)

 keyingi mashg’ulot mavzusi va

adabiyotlar talabalar e’tiboriga xavola etiladi. Mashg’ulotni qanday shaklda tashkil etish

talabalar ishtirokida belgilab olinadi.



Amaliy  mashg’ulotlar

da ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan – «kichik

guruhlarga bo’linib o’tish»,  «savol-javob», «guruhiy munozara» uslubining ahamiyati

shundaki, bunday usulni qo’llaganimizda talaba mavzuni yoritishda ham etakchi, ham tahlil

etuvchi sifatida faoliyat kursatayapti, talabaning mustaqil, ijodiy fikrlashi shakllanadi va

rivojlanadi, og’zaki nutqi ham, yozma nutqi ham rivojlanadi, boyiydi, mashg’ulot musobaqa




7

tarzida tashkil etilgani uchun ham qiziqarli o’tadi, talabaning o’ziga nisbatan ishonchi  va

mas’uliyati  oshadi.

O’ziga va o’zining imkoniyatlariga to’g’ri baho berishga o’rganadi, mavzuni yaxshi

esda  olib qolishga yordam beradi,  psixologik bilimlardan o’z o’rnida foydalana olishlariga,

yoshlarni ijtimoiy xayotga psixologik jixatdan tayyorlashga, ularda insoniy fazilatlarni

shakllantirishga, yuksak, teran va atroflicha fikr yuritadigan insonlarni tarbiyalab etishtirishga

yordam beradi.

Yuqorida biz ma’ruza davomida talabalar o’zining psixologik lug’at daftarchasini

tuzadi degandik, ushbu daftarchadagi  terminlar yordamida amaliy mashg’ulotlarda

foydalanish uchun psixologik  krossvord, rebuslar tuzishlari  ham talabalar bilimini

oshirishda yordam  beradi.




Download 126,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish