4 mavzu: «Psixologiya fanlaridan seminar va laboratoriya mashg’ulotlari» r e j a


 O’quv jarayonida  psixologiyadan seminar mashg’ulotlarni tashkil etish



Download 126,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana23.01.2022
Hajmi126,67 Kb.
#406679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-мавзу(1)

    3.  O’quv jarayonida  psixologiyadan seminar mashg’ulotlarni tashkil etish

metodikasi

Seminar mashg’ulotlarning mavzu rejasini tuzishda, talabalar kurs buyicha ma’ruzalarda

tinglangan nazariy va uslubiy bilimlarini yanada tularok ochishga, psixologiya buyicha ilmiy

adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga imkoniyat yaratishga xarakat qilinadi. Professor-

o’qituvchilar talabalarni seminar mashg’ulotlariga tayyorlashda, talabalarni o’z javoblarida ba’zi

baxsli, munozarali savollar bilan ilmiy asoslangan va o’z isbotini bera oladigan fikrlarga




3

tayangan xolda javob berishga o’rgatadilar.  Seminar mashg’ulotlarning samaraligi ko’pincha

darsning qanday  o’tganligiga bog’lik.

Eng asosiysi - fanni puxta o’zlashtirish: unga qiziqish va talabalarning darsdagi

faolligidir. Seminar mashg’ulotlarini turli xil shaklda o’tkazish muljallangan. Ular:

faol o’yinlar,

aralash  diskussiya

va

   referat

 shakllaridir.

Uslubiy tomondan tug’ri tashkil etilgan seminarda talabalar javoblariga ijodiy yondashib,

munozara-baxs ko’rinishida utadi. Munozara vaqtida talabalar javob berayotgan o’rtoqlarning

fikrini tinglash, o’z javoblari bilan solishtirish va bilimlarini  to’ldirishlari, kamchiliklarini

to’g’rilashlari, baxsda o’z fikrlarini bayon qilishlari mumkin. Ijodiy tusda o’tkaziladigan

seminarlarda talabalar fanga bo’lgan qiziqishlarining ortishi, o’z dunyo qarashlari kengayishiga

ishonch xosil qilishlari, bilimlari o’sishiga erishishlari mumkin.

O’qituvchilar talabalarni seminar mashg’ulotlari orqali o’ylashga o’rgatadilar, ilmiy

asoslangan bilimlarni egallashlari uchun yo’llanma beradilar. Mavzuni mustaqil o’rganishda

chuqur qiziqish o’yg’otadilar. Ma’ruza, referat, so’zga chiqish, bahsli munozaralarda ishtirok

etish talabalardan o’z fikrini aniq, lunda, mantikan asoslangan, yuqori darajada savodli bo’lish

imkoniyatini yaratadi. Seminar mashg’ulotlari muhokamasida faqat ma’ruzachi emas, balki

barchaning faol ishtirok  etishiga e’tibor qilish muhimdir.

Seminar faol o’tishi o’quv - tarbiya ishlarida alohida ahamiyatga egadir. Seminarning



referat shakli

da ma’ruzachi va to’ldiruvchining avvaldan talabalar orasidan tayinlab qo’yilishi,

ular o’z referatlarini muhokamaga tavsiya qilishlari lozim bo’ladi. Seminarning

aralash shakli

da

ma’ruzalar muxokamasi va mavzu bo’yicha erkin so’zga chiqishlar mavzuni yoritishda ruxsat



etiladi.

So’ngi vaqtlarda seminar mashg’ulotlarida



faol o’yinlar

dan keng foydalanilmoqda. Faol

o’yinli mashg’ulotlarda talabalar guruhi o’zlarining bo’lajak kasblari faoliyati jarayonida

uchratish mumkin bo’lgan amaliy xolatlarni xal etishda nazariy bilimlarni sinab ko’radilar.

Seminar mashg’ulotlariga mustaqil tayyorgarlik kurish talabalarni ko’rsatilgan

adabiyotlar asosida konspekt - dars mavzusini tayyorlashga o’rgatish, mavzudagi asosiy bo’lgan

fikrlarni ajratib olish, rejadagi har savolga mantiqiy to’g’ri javob topa bilishga o’rgatadi.

Seminar mashg’ulotlari talabalarni psixologik voqealarning asosiy magzini tushunishi, ularning

asosiy ma’nosini anglashga o’rgatuvchi o’quv ishidir. Psixologik fanlarning asosini bilish,

bo’lajak pedagoglarni amaliy masalalarni muvaffaqiyatli xal etishlariga hamda kelajak avlod

tarbiyasida, shuningdek, psixologiya buyicha seminar mashg’ulotlarini uslubiy tomonidan to’g’ri

tashkil etish va  o’qitishlariga yordam beradi.

Seminar mashg’ulotlarida ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mavzularni

talabalar tomonidan kengrok va mukammalrok o’zlashtirishlariga, mustaqil fikrlashga, ijodiy

izlanishga keng imkoniyat yaratadi.


Download 126,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish