Men mutassib bir oilaning qizi edim. 1965 yilda Istanbulga ko'chdik. Majidiyako'yda
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
www.ziyouz.com kutubxonasi
67
fabrikaga ishga kirdim. Har kuni ishga borishdan oldin buvimning nasihatlarini
eshitardim. Zerikarli edi. Buvimni esa yahshi ko'rardim. Sut solingan shishani qo'yniga
solib isitmaguncha uni menga tutmas edi. Ha, meni shunday avaylab o'stirdi.
Endi fabrikaga ishga borib kelar ekanman, yarim ochiq o'ralgan boshim uchun,
kiyinishim uchun uyalmay qo'ydim. Go'yo barcha meni kuzatib kamsitayotgandek
tuyulardi. Uyimdagilarni esa jahli chiqa boshladi. Keliib-kelib bu qoloq oilada tug'ildimmi,
deya isyon qilardim. Uydagilardan yashirin bo'yanib, ro'molimni sumkachamga solib
qo'ya boshladim. Ota-onam:"Boshingni ochma", deyoshardi, lekin o'zlarini ishi
musulmoncha emasdi.
Bir sotuvchi bola bilan do'stlashdik. Bir yil hech kim bilmadi. Bir yildan so'ng bir
dindor yigit meni qo'limni so'rab keldi. "Alloh saqlasin, uydagilarning diniy tashviqi
yetmaganiday, yomg'irdan qutulib, jalaga tutilamanmi, dindor erga tegamanmi", -
dedim. Bu so'zimni o'sha yigitga yetkazdilar. Bir kuni o'sha yigit yo'limdan chiqib:
- Singlim, endi menga turmushga chiqmochi bo'lsangiz ham sizga uylanmayman,
faqat shuni bilingki, sizning uyingizdagilar Islomni bilmagan yahshi niyatli insonlardir.
Islomni ulardek tushunmang, shu holda ketsangiz, baht nimaligini bilmay o'tasiz, bu
mening sizga akalik nasihatim, - dediyu ketdi.
Oqshom sevgan yigitim Yusuf bilan uchrashdik.
- Meni so'ramoqchi bo'lsang so'rat, meni boshqasiga berishmoqchi, -dedim.
- Uylanishga hali erta, biz do'stmiz, gavhaim Oisha, -dedi (Meni ikki simim bo'lib,
Oisha deyishlarini yoqtirmas edim). Qayg'uga botdim. U meni sevgili emas, do'st deb
bilarkan. O'sha kuni undan ajraldim. Bir hafat o'tib oatm ochilganimni eshitib quturib
ketdi. Ko'zimni Namuna shifohonasida ochdim. Nafratim yanada ortdi. Uyga keltirishdi.
- Qoloqlar, vahshiylar, zamondan orqada qolganlar, -deya ovozimni boricha
baqirdim... .
Bir vaqtlar yigit bilan aylanganimni bilsalar, demak meni o'ldiradilar. juda go'zal qiz
edim. Meni "Fotima G'irik"deyishardi. Ba'zilari juda go'zal ekanligimni aytardilar. Dindor
yigitning onasi yana so'rab keldi. Ayol meni tashqi ko'rinishimga qarab baho berardi.
Men esa tushlarimda ham, hayolimda ham, po'rimga mos kiyinishni hohlardim.
Qo'shnimizning bir qizi bor edi. IGSda ishlardi. Menga tez-tez:
- Sendan go'zal maniken chiqadi, seni maniken qilaylik. Ota-onang bilmaydi, -derdi.
Zotan, bu men kutgan imkon edi. Otam qattiqqo'l bo'lganliklariga qaramasdan, qanday
ishda ishlashimga tirg'almasdilar. Ish joyimga uchramasdilar ham. Yashirin maniken
darslarini ola boshladim. Uyimdagilar borgan sari ibtidoiy tuyulardi. Ilk namoyishni
Yoshlar Konfeksioni uchun qildim. Bu habarni qo'shnilar eshitibdi. Otamdan qo'rqib
onamga aytibdilar. Kechqurun uyga kelsam onamning ko'zlari qinidan chiqqudek.
- Hay qiz, men seni... shunday bo'lasan deb tuqqanman, -deganlarini bilaman,
qo'llaridagi pichoq bilan tashlanib qoldilar. Ko'zlari hech narsani ko'rmasdi. O'zimni bir
chetga olib qoldim, pichoq yuragimga emas qo'ltig'imga, ikkinchi zarbasi qo'limga kirdi.
Ko'rdimki onam o'ldirmoqchi, yalinib yolvorib ko'chaga otildim. Bir taksi tutib
dugonamning uyiga bordim. Uyga esa qaytmoqchi emasdim. O'sha kuni ko'nglim
tinchlangandek bo'ldi. Hali boshimga tushadigan ishlarni bilmasdim. O'sha kuni birinchi
bor ichkilik ichdim.
Oradan ikki yil o'tdi. Endi nasha chekar, nomusimni ham sotardim. Mo'l-ko'l hayotga
erishgandim... .
Keyin bu hayotimdan nafratlana boshladim. Vaqtincha, duch kelgan bilan yashay
boshladim. Bitta bola ko'rdim. Otasini kim ekanligini bilmasdim. Keyin onam shifohonada
ekanligini eshitdim. Bordim. Eshikda akamga duch keldim. U meni tanimadi.
Men:"Tanidiyu, tanimaganga oldi", -deb o'yladim. Suhbatlashdim. Tanigach bo'g'zimdan