www.ziyouz.com kutubxonasi
70
qolishiga sababchi bo'lgan amakini o'qidim. U bir kishining vijdon azobida kuyardi.
"Itdek o'lib ketsam", -derdi. Men-chi? Men?!Men qaysi vijdon azobini yozayin. Odamlar
bitta vijdon azobidan o'lmoq istaydi, men esa...
Vijdon azoblari bilan yashardim. Yashardimmi? Ana shunday Amina honim... Sizni
opa desammikin, bilmayapman. Jurnalingizni yahshi ko'raman. Sizlarni ham.
Hammangiz o'zimni opamdeksizlar. Opa, men endi ne qilay? Ayta olasizmi? Hozir 25
yoshdaman. Kech - kunduzim iztirobda Qayg'uga to'la. Tanglik va tanazzulimni esa
aytolayman. Buni yozishingizni, chiroyli kiyinishni, ichi chirkin, tashi chiroyli bo'lgan
hayot ne ekanini bilishlari uchun, taqlidchi, o'zboshimcha qizlarga saboq bo'lsin. Bu
hayotdan ayirilmoq istayman. Qilmnishlarimni eslasam, o'lishdan ham qo'rqaman.
Qadarim, ota-onam, akam, eng uhimi- ALlohga nisbatan qilgan hatolarimni qanday hal
bo'lishini, javobini qay holda berishimni o'ylab qo'rqaman. Bu azobdab qanday
qutulaman? Sizdan yordan so'rayman. Yozing, opalarim!Birodarlarim, qardoshlarim.
Yuzimga tupurmoq istasangiz ham mayli, tupuring.
Opajonim sizni qamoqqa tushganingizni eshitib hayron qoldim. Siz biz kabilarni
qutqarmoq istabsiz-u, jazo uyiga tushibsiz. bu qanday dunyo? Biz kabilarni falokatga
sudraganlar ozodlikda, siz esa...
Bu qanday insonlik? Bu haqiqatlar atrofimda ekan, men nega ko'rmadim? Har neni
endi ko'rmoqdaman. Lekin hatolarimni tuzatish, qiyinchiliklarimni o'nglashni iloji yo'q.
Shunga qaramasdan sizdan ko'mak istayman.
Bu kecha birinchi bor hufton namozini o'qidim. "Ibodatlarimni qabul qilasanmi, Yo,
Rab!... "deya yig'ladim... Allohdan uyalman... O'zimdan uyalaman... . Onamning
mozotini ham bilmayman... Barcha mozorlardan uyalaman... .
Mana men shundayman. Ana qiynog'im, vijdon azobim... . Meni nima poklaydi? Meni
nima inson qiladi? Meni ALloh, otam, onam, akam, bolalar uyiga bergan, otasini ham
bilmaydigan bolam qanday qilib kechiradi? Sizdan boshqa kimim bor? Istang qo'limdan
titing, istang uolqtiring!YYonmoqdaman. Ichim kuymoqda Qlabim yonmoqda. Butunlay
yonmoqdaman. Meni qutqaring, qutqaring bu botqoqdan. Meni mendan qutqaring. Buni
qandayq qilasiz - bilmayman, ammo qutqaring. Qayg'udan o'lyapman.
Sizga keldim opa. Sizni ko'rgani jazo uyiga keldim, lekin meni qaytarib yubordilar.
Faqat maktub orqali dardimni to'ka olaman. 32 sahifa yozdim, qisqartirib17sahifaga
tushirdim. Bundan kamroq sahifaga dardim sig'madi. Osmali masjid degan joyda
turaman. Uyning devorlariga dardimni aytib yig'laymna. Hozir tungi soat to'rt.
Tashqarida ayoz sasi. Bu dunyodan nafratlanaman, jirkanaman.
"Maktub"jurnalini o'quvchilardan, barcha musulmonlardan yo o'lishim, yoki Allohga
qaytishim uchun duo qilishlarini so'rayman. Aslida so'rashga ham loyiq emasman. Ne
yuz ila so'rayman?
"Sendan odam chiqmaydi, jazoyingni tort ", -demangiz. Demang opajon. Shunday
so'z aytishingiz meni o'ldiradi. So'zimni yig'lab tugatra ekanman, sizlarga hamishalik
hurmatimni izhor qilib qo'yaman.
Hatto hayvonchalik bo'lmagan jafokash Oisha Yashim...
Javob:
Maktubingizni ko'z yoshlar ila o'qidim. Qanday qilib"Jazoyingni tort!"Deyman. Jonim,
jigarim, bu so'z qurbonlarga emas, qurbon qilganlarga aytiladi. Ko'ngil maktubingizni
shundayligicha yoritishni istaydi, lekin jurnalimkoniyatlarini hisobga olib 7sahifaga
tushirdik. Singlim, sizni qanday qilib qabul qilmaymiz? Qanday qilib kamsitamiz? Asosiy
qotillar turganida qanday qilib sizni qotil deymiz? Siz bizning qotillarga topshirib
qo'yilgan singlimizsiz. Zulm g'urur tuyadigan nishonsiz. Nega manzilingizni yozmadingiz?
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |