www.ziyouz.com kutubxonasi
66
Islomga hizmat qilganlarni yomonlaydi? Nega Islom dushmanlariga nisbatan bizda nafrat
uyg'otmaydi? nega aksincha?
Bularni anglamasdan Islomga zid ketayotgan edik.
Bir kuni Istambuldan kelgan bir Imom Hatib bizning ustozimizni yomonlabdi.
Eshitdik. Ustozimiz bizga:"Borib uni qo'l oyog'ini sindiring!"-dedi. Biz beshta tebgqur
Istanbul yo'liga tushdik. O'sha zotni topdik. "Senmi, bizni ustozni yomonlaydigan?
"dedik. U esa:"Birodarlar, sizning ustozingiz yo buzuq yo telba. Uning hatolarini
ko'rmayapsiz. Alloh sizga bunday ruhsat bergabi yo'q. Aqlingizni yig'ing". dedi.
Beshovimiz unga tashlandik. O'zimizni yo'qotgandik... U esa qonga botganicha o'lib
qolgandi...
Bizni tutib olib qiynashdi. Shunday azoblashdiki, bunaqasi kinolarda ham bo'lmaydi.
Sheriklarim sukut saqlashdi. Men esa Ustozimizni ismini aytib berdim. Uni ham, butun
tashkilot a'zolarini ham tutib keltirishdi. U hammasini tan oldi. Istanbulda sudimiz
davom etdi. Bir necha oylardan so'ng, dunyoning eng ulug'i deb o'ylaganimiz bilan birga
bitta kamerada yotdik. Unga bo'lgan hurmatimiz kun sayin yo'qolib, susayib borardi.
Hammamizning hayotimizni mahv etgan kihsini, o'sha kuni ruhiy hasta bo'lgnini
angladik. Tanazzulga uchrab yig'ladik. Eng kattamiz Jamol miyamizni qoqib, qo'limizga
berardi:"Qur'onga ko'ra birodarlik nima, degan savolni ko'ndalang qo'ymay, hoyu
havasga berilgan bu hasadchi ruhiy hastani o'zimizga yo'lboshchi qilib, bir begunohni
o'limiga sababchi bo'ldik", -derdi. Yoshlikning havfli davrida edim. Endi bir umr meni
vijdon azobi tark qilmaydi. Endi bir umr qiynalaman... .
Mana, o'n besh yil yotib chiqdim. Hozirgi yoshlar bilimliroq ekanligini ko'rdim.
Bizlardek ko'r ko'rona ish tutmaydilar. Albatta, oz bo'lsada bizlardeklar ham uchrab
turadi, shuning uchun bularni yozyapman. Yozganlarimni qanchasini yoritasizlar,
bilmadim, lekin bularni yoshlar bilishini istayman.
Yoshlar!!! Allohning quli bo'lmoqchi ekansiz, musulmon ekaningizga ishonsangiz,
guruhingizdag musulmonlarni kamsitmang, hurmat qiling. Albatta, ularning ham hatolari
bordir, Ammo unutmanki, hatosiz qul bo'lmaydi. Modomiki, inson ekanmiz, qalbimizni
keng qilaylik, bir-birimizni hatolarimiz bilan sevaylik. Jaholat insonda mavjud narsa va u
ko'p narsani barbod qiladi. Man sevgan qizim, umrimning o'n besh yili, sog'ligim va
insonlarga bo'lgan ishonchimni qamoqhonada yo'qotdim.
Sevgilim Feruza dunyoda tengi yo'q qiz edi. Ammo uni boshqaga berdilar... .
Yoshligim o'tdi... .
Sizlar ehtiyot bo'lib qadam tashlang. O'zimizni ihtiyoriga topshirgan inson kim bo'lsa
ham payg'ambar emasligini bilaylik...
Unutmang haqiqiy musulmon boshqa musulmonga dushmanlik qilmaydi. Har bir kishi
Alloh va Rasuliga Iymon keltirgan bo'lsa, uni hurmat qiling, yuz burmang. Allohdan
qo'rqing!!!
Shuni ham unutmanki, Allohdan qo'rqqan kihsi o'z ishonchiga kufr keltirmaydi va
boshqalarga dushmanlik qilmaydi.
Bilmadim meni yoshlar qanchalik tingladi ekan. Bugn meni tushunmaganlar bir kuni
meni anglashiga aminman. Va Allohga omonat bo'ling deyman. Duolaringizda men
gunohkorni ham meg'firta qilihsini Allohdan so'rang... .
Yashar. Q.
Do'stlaringiz bilan baham: |