MENI KECHIR, ALI
Men Ali Fardin bilan bog'liq vijdon azobimni hech ham unutolmayman. 1984 yil.
Litsey. Riyoziyot darslari. Ali harakatchanligi, yahshi hulqi bilan diqqatni tortardi. Bir
kuni Alini isitgich yonida namoz o'qiyotganini ko'rdim. Demak, bu aksilharakatchi, qoloq,
ortda qolgan. Alining hech qachon muallim bo'lolmasligi, halq bilan muloqot qilmasligi
lozim deb o'yladim. Bu yo'lda qpo'limdan kelganini qildim. Shunday bo'ldi ham. Birinchi
ishni sinfda uni ranjitishdan boshladim. U hafa bo'lishi, o'ziga bo'lgan ishonchini
yo'qotishi lozim edi.
- Ali!-dedim bir kuni, - sen gustoh, jinni, ahmoqsan, odam emassan.
Ha, uni ruhan bayron qilishni o'yladim. Yuzimga qaradi.
- Ahmoqman deyman, gustohligimga esa imkon yo'q. Sizning bunday past
ketishingizga mening namoz o'qiyotganim sabab bo'lmasin yana? - deya meni hayron
qoldirdi. Va hurmat bilan muomalada bo'lishni davom ettirib, meni yerga kiritib
yuborganini hazm qilolmasdim. Ikki shapaloq tushirdim... .
- Yana bir ursangiz, qarshilik ko'rsatishimdan ogoh bo'ling. Mening e'tiqodimda ayol
kishini urish yo'q, lekin undan tayoq yeyish ham yo'q, - dedi va burilib ketdi.
Alining nozik joyidan tutgandim. Uni haqorat qilib, o'zimni urdirmoqchi, uni esa
maktabdan haydatmoqchi bo'ldim. Muallim bo'lib, ota turkchi yoshlarga Islomni
aralashtirmasin. Yetar bas! U holda gap tayoq yeyishimda qoldi. Va o'ylaganimni qildim.
Sinfda uni haqorat qildim. Qoloq, qo'pol, vahshiy va hakozolar dedim. Bir kuni yana
urdim. Shiddat bilan menga ham ikki shapaloq tushirdi. Darhol muhokamaga berdim. Ali
kuyinib o'zini himoya qildi. Avval meni urganimni aytdi. Ammo buni tasdiqlaydigan
guvoh topolmadi. Zero, o'quvchilarimga juda yahshi muomalada bo'lardim. Hech bir
talabani sinfda qoldirmasdim. Vaqtlarini qadrlardim. Ishonchimga hizmat qiladigan
talabalar o'z burchini ado etishni boshlashi, aksilharakatlar havfidan o'lkani qutqarishi
lozim edi. Ikkinchi marta yana Alini haqorat qildim. Riyoziyotdan qasddan qoldirdim,
yiqitdim. Mudir ham men tomonda edi. Va 1986yilda Ali maktabdan haydaldi... .
Oradan ikki yil o'tdi. Turmush qurdim... Juftim bilan hamfikr edik. Bir kuni Qudrat
Shondroning Islomga kiraganini eshitib qoldim. Uni yahshi tanirdim. Musiqali raqs ustasi
- ustoz edi. Shondro dovrug'i va shov-shuvi bilan yashayotagnimzida, yana bir oilaviy
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |