Ijtimoiy fanlar tasnifi yoxud inson ma’naviyati



Download 21,75 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi21,75 Kb.
#598789
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar tasnifi yoxud inson manaviyati


Ijtimoiy fanlar tasnifi yoxud inson ma’naviyati.
O’tgan asrda yuz bergan ilmiy-texnik inqilob sharoitida aniq fanlarga nisbatan e’tibor kuchayib, ijtimoiy fanlarning roli bir oz pasaygandek bo’lgan edi. «Postindustrial davr» deb nom olgan hozirgi davrga xos bo’lgan voqealar esa bu ikkala guruh fanlar teng va o’zaro hamkorlikda rivojlanishlari maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatmoqda. Hamma sohalarda globallashuv avj olayotgan vaqtda ijtimoiy va gumanitar fanlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etsa, ajab emas. Zero, inson va uning mafaatlari umumtaraqqiyotni belgilovchi asosiy mezonlardir. Inson nafaqat jamiyat qonunlari, balki tabiat qonunlaridan ham o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga harakat qiladi. Mashhur olim Albert Eynshteyn o’z vaqtida davlatlar o’rtasida avj olgan qurollanish poygasining va ayniqsa, yadroviy qurollarning insoniyat hayotiga soladigan tahdidini nazarda tutib shunday degan edi: «Endi odamzodni hech narsa, hatto yerning ostiga yashirinish ham halokatdan qutqara olmaydi. Uni endi halokatdan faqat axloqgina qutqarishi mumkin!» Hozirgi davr voqealari bu buyuk insonning naqadar haq bo’lganini ko’rsatib turibdi.
Darhaqiqat, hozirda insoniyatni hech narsa to’xtatib qolaolmaydi. Insoniyat hozirda bir-birlari uyoqda tursin, butun dunyoni yakson qilish kuchiga ega. Bu gap qap quloqqa yoqimsiz eshitilishi mumkin lekin bu ayni haqiqat. Faqat axloq normalarigina bunday nomaqbul va mudhish jarayonni to’xtatib turibdi. Ya’ni axloq, odob, yuksak ma’naviyat, e’tiqod, ma’rifat va madaniyat kabi ijtimoiy normalargina insonlarni bir qolibda ushlab turibdi. Bularning barchasi insonga xos bir qarashda mavhum bo’lgan tu-shunchalardir. Shuning uchun ham ko’pgina insonlar bu narsalarga e’tibor bermay hattoki unitib ham qo’ydilar. Chunki insonlar faqat ko’rgan narsalariga ishonishga va e’tibor qaratishga o’rganib qolishgan. Yuqorida sanab o’tilgan ijtimoiy kompleklarni barchasini ijtimoiy fanlar o’rganadi. Shuning uchun inson ruhiyati va ma’naviyatini kamol toptirish va bardavom qilishda ijtimoiy fanlarning o’rni kattadir. Lekin bu fanlarga nisbatan kam e’tibor qaratilmoqda, ko’pchilik insonlar esa bu fanlarga faqat yuzaki qiziqish bildirishadi. Mamlakatimizning 1-prezidenti I.A. Karimov tomonidan ko’p bor ulug’langan va e’tibor qaratilgan «Yuksak ma’naviyat» tushunchasi bu ijtimoiy hayotning muhim ustunlaridan biridir. 1-prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” deb bejizga ko’p bor takrorlamagan. Chunki yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan inson madaniyatli, xush hulqli, teran fikrlovchi hamda ruhan kuchli shaxs sana-ladi. Shuning uchun ham hozirda insoniyat uchun yangi havf ma’naviy tahdid paydo bo’ldi. Hozirda mav-jud bo’lgan turli diniy eksterimistik guruhlar va oqimlar, inson ma’naviyatini yo’q qilib, uning ruhiyatiga ta’sir o’tkazish yo’li bilan insonlarni chinakam zombilarga aylantirishmoqda. Inson ruhiyati uning jismini boshqaradi, kimda kim uni ruhiyatini qolga kiritishga muvaffaq bo’lsa, ana o’sha uni boshqaradi. Bunga tarixdan bir misol, fashistlar sardori shu bilan birga insoniyat uchun yovuzlik timsoli hisoblangan Adolf Gitler ham o’z maqsadlariga erishish yo’lida inson ruhiyatiga ta’sir o’tkazgan. U o’tkazadigan har bir mitinglar inson ongiga ta’sir qilish bilan birga, insonlar shuurini ma’naviyat tushunchalari o’rniga fashistik g’oyalar egallashiga qaratilgan edi. Inson ma’naviyatiga qilingan tahdidlarga tarixiy misollarni ya’na ko’p-lab keltirish mumkin. Bunga zamonaviy misol qilib esa ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo’lgan, “Ko’k kit” o’yinini aytishimiz mumkin. Bu o’yin mohiyati inson ruhiyati va ma’naviyatini yemirish bilan birga uni o’zini ham yo’q qilishga qaratilgan. Bu o’yinda beriladigan topshiriqlar, undagi turli rasm va video lavha-lar, bularning barchasi inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiladi va uning ongidgi ezgu o’y fikrlarini zulmat misoli qoplaydi. Bu o’yin maqsadi aniq va bu maqsadga erishish yo’lidagi barcha jarayonlar har tomonlama puxta o’ylangan desak xato bo’lmaydi.
Birinchidan, bu o’yinga asosan o’smirlar jalb qilinadi. Chunki 14-15 yosh atrofidagi o’smirlarga yoomon illatlarning yuqish ehtimoli yuqori bo’ladi. Bu tajribalarda ham isbotlangan.
Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqda tashkil qilingan bu guruh yopiq guruh hisoblanadi. Ya’ni unga hamma ham qo’shila olmaydi. Yoshlar esa aynan shunga intilishadi. Yoshlarda berkitilgan va taqiqlangan narsalarni bilishga qiziqish ikki hissa ko’proq bo’lishi, psixologlar tomonidan tasdiqlangan.
Uchinchidan, bu o’yin o’zining mohiyatiga mos ravishda nomlangan, ya’ni “ko’k kit”. O’yin so’ngida ishtirokchi o’zini o’ldirishi kerak bo’ladi. Aynan ko’k kitlar ham tez-tez depressiyaga tushish natijasida, o’zlarini o’zlarini sohilga otib, halok qilishadi.
To’rtinchidan, o’yindagi topshiriqlarni berilish vaqti aynan ertalabki 4:20, bunday vaqtda inson miyasi o’z funksiyasini bajarishga va kun davomidagi ya’ngi ma’lumotlarni o’zlashtirishga tayyor holatda bo’ladi. Bunday vaqtda qabul qilingan ma’lumotlar miyada yaxshi saqlanadi. Ayniqsa bu ma’lumotlarning ta’sir kuchi yuqori bo’lsa.
Beshinchidan, agarda ishtirokchilar o’yin davomida beriladigan topshiriqlarni bajarishdan bosh tortsa, ishtirokchini qo’rqitish uchun uning kompyuteriga maxsus virus yuboriladi. Bu virus foydalanuvchini “IP” manzilini aniqlashga qaratilgan bo’lib, uning yordamida o’sha inson haqidagi malumotlarni ya’ni uning qayerda yashashi, uning yaqinlari kimligi va hokazolarni bilib olish mumkin. Shundan so’ng o’yin ishtirokchisiga u haqidagi barcha ma’lumotlarni bilishlarini, ularni aytganini qilmasa, uning yaqinlariga tahdid qilishlarini aytib qo’rqitishadi. Shundan so’ng bu narsalarga ishongan va qo’rqib qolgan o’smir ularning har bir aytgan ishlarini so’zsiz bajaradi.
Bu kabi salbiy holatlardan insoniyatni, ayniqsa yoshlarni ma’naviyatini o’stirish, ularni ongini zararli g’oyalardan himoya qilish lozim. Buning uchun ijtimoiy fanlarni ya’ni milliy g’oya, ma’naviyat asoslari, psixologiya kabi fanlarni yoshlar hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini targ’ib qilish. Shu bilan birga bu fanlarni dars sifatida o’tilishini maktab, kollej, akademik litsey va hattoki oliy ta’lim muassasalarida ham to’g’ri yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi. Zero inson ruhiyati ya’ni ongi to’g’ri shakllanishi ta’minlansa u insonda yuksak ma’naviyat paydo bo’ladi. Yuksak ma’naviyat esa insoniyatning yorqin kelajagini ta’minlashdek kuchga egadir. Siz bunga nima deysiz?!
Download 21,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish