www.ziyouz.com kutubxonasi
62
- Unga juda ko'p vaqt bormi?
- Yo'q, bolam, yaqin, hatto yuz yil bo'lsa ham yaqin. Qara, mening otamning otasi
ham sendek bola edi, endi u yo'q. Aslo isyon qilma, bolam! Allohni sevganlardan bo'lib,
ikki ko'zi ochiqlardan ham bahtli bo'lgaysan. Abadiy hayoting jannatda kechgay,
Inshaalloh.
- Jannat qanaqa joy, ona?
- Go'zal joy, behad go'zal. Alloh jannatni anglatar ekan, to'yib bo'lmaydi, deydi.
Abadiy anhorda sutlar asallar oqadi, deydi. U yerda insonlar nimani hohlasalar ana shu
bo'ladi. Bu dunyo o'tkinchidir. Qancha ko'zlarga tuproq to'ldi. qancha ko'zlar qabrda
tuproq bo'ldi. Egasiga foydasi yo'q, bolam.
O'g'lim tinglardi. Goho isyon etguvchi bo'lsa-da, mening yonimda o'ychan edi.
Bir kuni akasi maktabdan kelgach:
- Ona, ukalarimni daryo sohiliga olib boraymi?
- Yahshi bo'lardi, Usmon, men ham peshindan keyin boraman, - dedim.
Uchovi ketishdi. Havo unchalik ochiq emasdi. Ammo yomg'ir yog'ishidan avvalroq
kelib ulgurishar deb o'yladim. Ular ketganidan keyin yarim soat o'tar o'tmas, yomg'ir
quydi, kutilmagan to'fon bo'ldi. Bolalarim tomon yugurdim. Daryo quturgan edi. Har
tomonni sel bosdi. Dunyom ostin ustun bo'lib ketdi. To'lqinlar och ajdarhodek bostirib
kelardi ustimga. Ovozimni boricha baqirardim:
- Usmo-o-o-n! Zayna-a-a-ab!Muro-o-od! Bolalarim qaydasiz!Bolam!
To'lqinlar pishqirib, daryo qirg'oqlariga urilardi. Bir payt daryodan bo'g'iq faryod
eshitilgandek bo'ldi:
- Ona-a-a-a-a-a!
Ovoz kelgan tomonga telbalarcha yugurdim.
- Boalm, bolajonim! Qoshnilar! Eshityapsizmi? Bolalarimni qutqaring!
Birov daryoda ko'zga ko'rinib ko'rinmay elas elas oqib ketayotganda:"Bolam" deb
o'zimni suvga otdim. To'lqinlar meni hasdek olib ketdi. Qancha o'tdi bilmadim, bir tolni
tutib, o'zimni quruqlikka otdim. Va nogoh Murodim ham bir novdani ushlab baqirardi.
- Ona, meni qutqaring!
- Bola-a-a-am! Biroz chida, boryapman, sabr qil biroz!
Bolam tomonga yashinday yugurdim... . .
- Bolam, bolaginam, Murodim!
- Ona, akam, opam, qani? Ularni toping ona.
- Sen shu yerda kut, bolam, men ularni axtaray...
Hushim boshimdan uchdi. Boshyalang, jinniga o'hshab daryo bo'yida yugurardim.
O'zing saqla, Allohim! Dahshat! Ne bo'lsa ham toipsam deyman? ... .
Ertasiga Qizilcha qishlog'idan qizim va o'glimning jasadini topdik. Qanday aytay? ...
Bu g'amni qay so'z ila ifoda qilay? ... Ikki farzandimni dafn etdik. Besh kundan keyin
Murodimni savollariga duch keldim.
- Ona, akam bilan opam hozir qayda?
- Jannatda, o'g'lim.
- Ona, nega men bir novdani ushlab, o'lmay qoldim? Nega ular tutolmadi, ahir
ularning ko'zi ochiq edi-ku?
- O'g'lim ko'zlar Allohning qadarini o'zgartira olmaydi. Ko'rmaganing holda sen
darahtni topib tutding, ular ko'rgani holda tutolmadi...
- Endi ko'rlik meni hafa qilmaydi, ona. Bolalarning mazahlashiga ham e'tibor
bermayman.
Haqiqtdan bundan keyin ko'rlik haqida so'z ochmadi. Men Allohdan sabr so'radim. Bir
necha yildan keyin yana ikki o'g'il ko'rdim.
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |