www.ziyouz.com kutubxonasi
60
Duo qilayotganda esiga tushdi... . Bir kuni shunday duo qilib o'tirganida kichik qizi
kelib:"Ona, shu duoyingizdan bezor bo'ldim", - dedi. Shularni, o'tgan kunlarni o'ylab, o'zi
bilmagan holda ovoz chiqarib duo qilardi:
- Meni jon joyimga urdilar, yolg'izlatdilar, hasta qildilar. Allohim! O'zing uyg'ot bu
musulmonlarni! Yolg'izligimni ishqing ila bir butun ayla!Menga qanday mashaqqat
bersang bu dunyoda ber!Ohiratda azob berma, yo Rabbiy!Shifohonada garovga
qoldirsang ham, jahannamda garovga qoldirma!...
Yana o'rniga qaytdi:"Farzandlarim unutsa ham, Sen unutmassan. Sen menga
kifoyasan Parvardigorim", -deya duoda davom etdi.
Bomdodga azon aytlganda uyg'ondi. Namozini o'qib bo'lib derazadan qaray boshladi.
"Ey, Tong!Men uchun nelarga to'lug'san. Bugun ham garovga qolamanmi? "-deya o'z-
o'ziga so'zlar ekan, hayoliga Asila keldi. "Asilam!Aslo meni unutmagan bo'l! Meni bu
yerlardan olib ket!"Hayjonda kutardi. Soat ham o'n bo'lyapti. Hamshira kelib:"Hali ham
shu yerdamisiz? " - deb qoladigandek, eshikka tez-tez qarab qo'yardi. Birdan eshikda
hamshira paydo bo'ldi. Hayjondan yuragi hapqirar va to'htab qoladigandek bo'lardi.
- Hushhabar , Zaynab honim!Hushhabar!Sizni olib ketgani kelishdi. Zaynabning
sevinchi ichiga sig'madi. Ko'zlari yoshlandi.
- Kim keldi, kim keldi?
-Ikkita yigit... Kozim va Muhammad ekan, tayyorlaning, ketasiz!
Tezda hozirlandi. Yonidagi sherik ayol derazadan qaradi... Birdan hayajonlanib,
Zaynab holaga o'girildi:
- Qarang, qarang!Shifohona bog'ida qaiyomat bo'lyapti, qarang, keling!
Zaynab hola qiziqib, derazaga yaqinlashdi. Ko'zoynagini taqib haloyiqqa qaradi.
-Bular, bular mening farzandlarim, bular mening bolalarim, birodarlarim... Meni olib
ketgani kelishibdi-da... Qarang, ko'ring, Hasan al-Kaab, Ismoil, Ali, Muhammad. Shu
yerdagi "Mo'min jurnalini sohibi... Qarang, qarang Qohira jome'sini imomi...
Ko'zyoshlar ichra taniganlarini sanar, ularga qo'l silkitar edi. Olomon ichra ko'tarilgan
takbir sadolari ruhiga kirib qyvvat berar va hayajon ichra shodlantirardi... .
Bolalarini ham ko'rdi. Hayajon bilan eshikka yugurdi.
- Hush kelibsiz, birodarlarim, bolalarim!Meni mamnun etdingiz... Nima deyishni ham
bilmay qoldim...
Bir guruh yigit qizlar javob berishdi.
- Opajonimiz! Aybga buyurmaysiz. Holingizdan habarsiz qolibmiz. Bilmabmiz.
Eshitishimiz bilan bir-birimizga habar qildik. Bilaganimzda sizni shu holga tashlab
qo'yarmidik.
- Sog' bo'ling, rahmat, birodarlarim. Sog' bo'ling, bolalarim, farzandlarim. Nima
deyishni bilmayapman...
Bolalari ham aybdorlarcha onalarini quchishdi.
- Bizni avf eting ona!Kechiring bizni, - deyishdi, ammo negadir to'ng'ich o'g'li
ko'rinmasdi.
- U qayda? Akangiz? Katta akalaring qayda?
Ular zo'rg'a javob berdilar:
- Ona, u endi musulmon emas! U nasroniy bo'ldi... Sizdan ketdi. Lekin biz sizga
qaytdik. Allohga qaytdik, ona!
Bir muddat sukut saqlab qolgan ona Islom tarixini o'yladi...
- Mayli. Ne qilay? Na chora? Nuh a. s. ham hamma bolalarini qutqara olmaganlar... .
Qorinlarini to'ydirgan, bir paytlar taom bergan - talabalari, shogirdlari yana birga
takbir kletirdilar. Zaynab xonim sevinch bilan, g'urur bilan olomon o'rtasida yurib
borardi. Birdan ko'zi shifohonaning o'zi yotgan qavatiga tushdi. O'zini ayblagan
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |