Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida Zaynab obrazi Norqulova Maftuna G‘ayrat qizi



Download 20,75 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi20,75 Kb.
#783869
Bog'liq
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida Zaynab obrazi Norqu


Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida Zaynab obrazi
Norqulova Maftuna G‘ayrat qizi
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU O‘zbek filologiyasi fakulteti
4-kurs talabasi

Annotatsiya
Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani va undagi Zaynab obraziga ta’rif berilgan.
Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” romanini yozish bilan o‘zbek romanchiligiga asos soldi. Shundan bo‘lsa kerak u hali-hanuz o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. “O‘tkan kunlar” - hayot haqiqatlari aks etgan, tariximizning eng qora, kir kunlaridan xabar beruvchi birinchi o‘zbek romanidir. Bu romanni o‘qigan o‘quvchi uni yana takror o‘qigisi kelaveradi. Qodiriyning bu romani kishilar qalbida o‘chmas iz qoldirdi va betakror o‘zbek durdonasiga aylandi. Abdulla Qodiriy o‘sha davrdagi o‘zbek xalqining ijtimoiy holatini mohirlik bilan aks ettira olgan. Undagi obrazlar shunday tasvir etilganki, bu holat o‘quvchiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Romanda haqiqiy muhabbat, ibo-hayo, hurmat-sadoqat va vafo kabi tushunchalar oliy o‘ringa qo‘yilgan. Unda xilma-xil taqdirlarning ma’naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolari real tarzda ko‘rsatib berilgan. Romanda uchlik- oshiq, ma’shuqa va ag‘yor munosabatlari, o‘zbek millatining hayot tarzi, kundosh kelinlar orasidagi nizolar va ularning yechimlari aks ettirilgan. Asardagi tasvirlarga ko‘ra, Yusufbek hoji agar ikki kelin o‘rtasida gap o‘tganini ko‘rsa, Kumush va Zaynabni o‘z oldiga chaqirib, nasihat qiladi. Bunday hollarda Yusufbek hoji, avvalo, Kumushdan xafa bo‘lib: “Oyim, har nima siz kattasiz, Zaynab yosh, kattadan kichikka shafqat lozim, mundog‘ yaxshi emas!” degan gaplarni aytadi. So‘ngra Zaynabga ham nasihatlar berib, “keyin ikkisini duo qilib, bir-biriga salom” berdiradi.
Romandagi har bir qahramonning o‘z qiyofasi mavjud bo‘lib, biz shundan “Zaynab” obraziga to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Abdulla Qodiriy Olim ponsadboshining qizi Zaynabni “o‘n yetti yoshlar chamaliq, kulcha yuzlik, oppoqqina, o‘rtacha husnlik” deb ta’riflaydi.
Har bir kitobxonni romanni o‘qib bo‘lgach, Kumushga nisbatan mehr-muhabbat va achinish hissi-yu, Zaynabga nisbatan nafrat tuyg‘usi qamrab oladi. Ammo tasavvur qilaylik, asarda Zaynab obrazi yo‘q. Nazarimda, bu holatda romanning ta’sirchanligi yo‘qolardi. Men ham “O‘tkan kunlar”ni o‘qiganimda Zaynabni yomon ko‘rib qolganman. Ammo uni ham ayol sifatida to‘g‘ri tushunish kerak deb o‘ylayman, chunki uning ham sevishga va sevilishga haqqi bor-ku! Zaynabning o‘rnida bo‘lgan insongina, uning qalbidagi dardli kechinmalarini his etishi mumkin. Uning iztiroblarini quyidagi Muhammad Yusuf tilidan aytilgan misralar orqali ham ko‘rishimiz mumkin:
Tengim boshqa, dedi yor,
Topdim desam tengimni.
Marg‘ilonlik bir dildor
Tortib olib begimni..
Nima bo‘ldi bek yigit,
Bekangizga qarash yo‘q?
Kumushdan ming o‘rgilib,
Zaynabdan hol so‘rash yo‘q…
Kumushning Toshkentda qolgani Zaynab uchun nechog‘lik og‘ir ekanligini bilish qiyin emas. Kumush kelgan kundanoq Otabek jonlanadi, Yusufbek hojining “Marg‘ilonda shunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz” degan so‘zlari Zaynabga qanchalik og‘ir botganligini tasavvur qilib ko‘rish kerak. Bu paytda O‘zbek oyimning ham Zaynabga nisbatan munosabati o‘zgaradi. Zaynab o‘tirsa o‘poq, tursa so‘poq, undan faqat xato va kamchiliklar axtaradi. Hammaning tilida Kumush bo‘lib qoladi. Kumush va Zaynabning o‘zaro urushlari ham Otabekni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Bu mojarolar davom etsa ikkalalaringdan bittalaringning javoblaringni beraman degan Otabekning achchiq so‘zlari Zaynabga qattiq ta’sir qiladi. Chunki Zaynab bilardi, Otabek Kumushni qanchalik sevishini. Otabekning bu gaplari xuddi Zaynabga qaratilgan o‘qdek tuyular edi.
Ayniqsa, bir holat: Zaynab javobsiz sevgi alamida o‘rtanib, sevmagan odam Otabek quchog‘iga o‘zini tashlab jonsiz haykalni o‘pib, quchoqlab yolvorishlari manzarasini ko‘rganimizda bizni haqiqatdan achinishga undaydi va Otabek ota-onasining orzusiga o‘z ta’biricha jonsiz haykal bo‘lib rizolik berganini eslaymiz. Kundoshlik muhitida yashagan og‘ir-bosiq Zaynab, opasi Xushro‘y so‘zlari bilan asta-sekin qasoskorga aylana boradi va Kumushga zahar berish darajasiga yetadi. Zaynabning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solgan Xushro‘y ham ma’lum ma’noda Kumushning o‘limiga sababchi. Ammo Qodiriy Xushro‘yni oshkora qoralamaydi. Uni Zaynabdan tubdan farq qilishini, hayot tarzini, ichki va tashqi qiyofasini chizib beradi. Birovning oilasini buzilishiga qurilgan “baxt”ni chinakam baxt deb bo‘lmaydi. Xususan, Xushro‘yning ham hayoti shunday baxt evaziga qurilgan hayotdir. Qodiriy shu tasvirlar orqali hayotning murakkabligini, undagi har xil ziddiyatlarni real tarzda ochib beradi va bu asarning haqqoniyligini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, romandagi oshiq, ma’shuqa va ag‘yor taqdiri ota-ona ra’yi-orzusi tufayli chigallashib ketadi. Ushbu roman o‘zbek oilalarining hayotini real tarzda ochib bergan.
“O‘tkan kunlar’ o‘zbekning dardli va armonli kunlaridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar “Sharq” nashriyot-matbaa bosh tahririyati. Toshkent-2000
Download 20,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish