SOG' TANDA SOG'LOM AQL
Salomatlikning qadriga yetish, uni saqlash bilan bog'liq ota-bobolarimizning ajoyib odatlari va ular bilan bog'liq odob qonun-qoidalarini bilib olishning ham ahamiyati katta. Chunki, boshqa udumlar va urf-odatlar singari sog'liq haqidagi o'git-nasihatlar ham bevosita hayotning o'zidan, ijtimoiy talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan bo'lib, ular xalq og'zaki ijodida ham chuqur aks ettirilgan.
Ha qadim-qadimlarda ota-bobolar farzandlarini yoshlikdan sog'lom, tetik, bardam bo'lib o'sishiga, pokiza bo'lishiga, qisqasi jismoniy baquvvat, ma’naviy barkamol bo'lib yetishuviga alohida e’tibor berganlar. Sog'liq to'g'risida aytilishicha: ozodalik+tarw-sihatlik garovidir. Darhaqiqat, kimda-kim ozoda, pokiza yursa, ota-bobolarimiz uzoq o'tmishdan to bizning kunlarimizgacha odat qilib kelgan tozalik, ozodalik, poklik qoidalariga amal qilsa, tabobat ilmi aytganlariga quloq solsa, ma’naviy pok bo'lsa, unday kishi kasalga chalinmaydi, doimo sog', baquvvat va jasur bo'lib o'sadilfSog'lom bo'lishning yana bir omili bu mehnatdir. Kimda-kim yoshlikdan mehnatga mehr qo'ysa, astoydil ter to'kib ishlasa ha deganda kasalga chalinavermaydi.
Xushfe’llik, quvnoqlik, samimiy kulgi kishiga xastalikni yaqinlashtirmaydi. Biz hazil-mutoyiba, askiya, lutfni q-.drlay. olgan avlod farzandlarimiz. Siz ham xalqimizning ana shu udumiga amal qilib, doimo quvnab yuring, hamma vaqt yaxshi kayfiyat va xushchaqchaqlik bilan yashab, o'qib, mehnat qiling!
“Kulgi umrni uzaytiradi”, deydi xalqimiz.
Bobolarimizning qayta-qayta ta’kidlashicha, bekordan-bekorga asab buzilishining, arzir-arzimas gap-so'zga jig'ibiyron bo'lib, janjallashib ketishning, dil-xunlikning oldini oladigan, ruhan ezilishni yo'qatadigan birdan-bir eng ishonchli malham bu quvnoq kulgidir. Mutaxassislaming aytishicha, kulgi shifobaxsh bo'lib, u odamning faqat shaxsiy hayotida emas, balki ijtimoiy faoliyatida ham madad beradi.
Sog'lom, tetik odam jasur va qo'rqmas bo'lib yetishadi. Ammo, mehnatsevar, chidamli, qo'rqmas, bahodir, dovyurak, jasur bo'lib yetishishlikning boisi esa muntazam badantarbiya bilan mashg’ul bo'lishdir. Haqiqatan ham badantarbiya uzoq umr ko'rishning manbai bo'libgina qolmay, jismoniy baquvvatlilikning omilidir. Shunday qilib, yoshlikdan sog'liqni saqlash kishini shifobaxsh etuvchi, umrni uzaytiruvchi omillar- havo, suv, quyosh qo'ynida dam olish, sayohatlarga chiqish salomat bo'lishning muhim shartidir. Siz ham bu so'zlarga doimo amal qiling, qimmatli bolalar!
Do'stlaringiz bilan baham: |