E'TIQOD
Zaynab hola shifohonadan chiqishga hozirlanmoqda. Hech kimi kelmadi. To'rt o'g'il
va ikki qizi bor. Birovi bo'lmasa, birovi kelib qolar, deb derazadan tez-tez qarab qo'yardi.
Qohira Jome'sidan shomga azon aytiladigan vaqt bo'lgan bo'lsa-da, hanuz holani olib
ketuvchilardan darak yo'q. "Nega kelishmadi, ne bo'ldi ekan? '-deya tashvishlanardi
hola. U, hamshiralar:"Hola hali ham shu yerdamisiz, ketmadingzimi? "-deb qolishlaridan
havotirda edi. Narsalarini sumkasiga joyladi. Deraza yoniga o'tib tashqarini kuzatdi... .
Yoshligini hotirladi...
Olti bolasi bor edi. Ularga Islomiy tarbiya berishga harakat qilar, lekin uddasidan
chiqolmasdi. Ya'ni bolalariga bergan tarbiyasini atrof muhit shamoli uchirib olib ketardi...
. Bir kuni katta o'g'li unga tik qarab isyon qildi:Bizni o'z erkimizga qo'ying ona!O'zingiz
istaganingizcha yashang, lekin bizni o'z holimizga qo'ying!Yoqamizni bo'shating!
Zaynab hola yoshligida tinib tinchimasdi, islomni boshqalarga bildirishga harakat
qilardi. Anjumanlar o'tkazdi. Maqolalar yozdi. Turli chiqishlar qildi. Talabalar yetishtirdi.
Ammo uning yutuqlarini ko'rolmagan musulmonlar, balki munofiqlar turli mish-mishlar
tarqatishar, tinchlik berishmas, bazovta qilshardi. Goho Zaynab hola o'zicha
tutoqib:"Nega bunday? Ahir, biz diniy birodarlar, qiyomatli qarindoshlar emasmizmi?
"deya iztirob chekardi. Bu yomon holatga choralar ahtarardi. Qarori qat'iy edi. Hech bir
guruhni tanqid qilmoqvhi emasdi, lekin uni tinglaydiganlar oz edi. Bir gal Qur'on tahsili
bosqichidan quvildi. Ko'chaga chiqqach yig'ladi:"Nega quvildim? Allohim, menga sabr
ber!"-deya u yerdan uzoqlashdi. Qayga borsa tanqidga uchradi, uni noto'g'ri tushunishdi.
Anglagan dunyo muammolari va muqobillarini taqdim etolmas va bu uchun ham iztirob
chekardi.
Odamlarga kam foydam tegayapti, deya o'ylar, o'zini sevganlar ham borligini unutar
edi. O'zini juda kichik chog'lar va ba'zan ko'ngli cho'kardi. Bolalarga qalban bog'langan,
to'zimagan yoshlik chog'larini o'yladi... . Qo'shnilarning bolalarini esladi... Bushro,
Forima, Asila, Ali, Kozim, Muhammad, Zahro... . Ularni asallarim deya ovutar va bundan
o'zi ham zavqlanardi... .
Mana shom azoni munglig'-munglig', hazin-hazin, ulug', ohista va baland
taralmoqda. Go'yo:"Zaynab, yolg'iz emassan, mana men borman", deyotgandek edi.
Ko'zyoshlari dumalab-dumalab tushdi. Nogoh hamshiraning ovozidan hushyor tortdi.
- Zaynab as-Sodiq... Siz hali ketmadingizmi, kasalhonadigi joyingizni bo'shatishingiz
lozim, muddatingiz bitdi!-dedi.
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |