www.ziyouz.com kutubxonasi
59
Bu so'zlar qalbiga qilich bo'lib botdi. Ko'nglini ag'dar ton'ntar qilib yubordi.
Hamshiraga mo'tirab qaradi. Ne deydi? Nima desa ekan? Zo'rakiroq so'z boshladi:
- Meni olib ketgani kelishmadi. Bu kecha ham shu yerda yotsam bo'ladimi? Bir
kechalik ziyoda haq to'layman.
- Nima hech kimingiz yo'qmi?
Ichi tuzdek achishdi. Og'rinib javob berdi.
- Bor, bolalarim bor. Ammo negadir kelishmadi. Bugun chiqishimni bilishmagan
bo'lishsa kerak. Ertaga kelishar... Telefonlarini bersam...
Biroq kimning telefonini beradi. So'ng birdan baland ovozda:"Yo'q!"- dedi.
- Ular mening jon joyimga urdilar. Men sizga Asilamni telefonini beraman. Bolaligidan
meni yahshi ko'radi. U kelib meni olib ketar... Ertagacha muhlat bering. Ertaga ko'ramiz.
Qo'llari titrab sumkasidan daftarni olib, Asilaning raqamini berdi. Shom namozidan
keyin yana joyiga yotdi. Qanday beshafqat damlar uning uchun, o'tishi ham qiyin edi.
Hamhonasi baribir so'ramasdan turolmadi.
- Sizni shifohonaga bolalaringiz olib kelishdimi? Bu savol uni boshiga gurzi bo'lib
tushdi.
- Yo'q, men bolalarimni o'n yildan beri ko'rmayman. Meni tark etishgan. Aybim Islom
da'vosini zimmamada deb bilganim.
- Eringiz bormi?
- Erim o'lganida men 45 yoshda edim.
- Ho'sh, uyingiz, pulingiz bormi?
- Bor edi, hammasi bor edi. Talabalarga, e'tiqodim yo'lida sarfladim.
Hasta ayol o'rnidan qo'zg'alibroq. Zaynabga achinish bilan qaradi.
- E'tiborliroq bo'lmadingizmi? Keksayishingizni o'ylab, o'zingizga uy va biroz pulning
g'amini yeb qo'ysangiz gunoh bo'lardimi?
Zaynab yana horg'in va og'ir nafas oldi.
- Gunoh emas, aksincha, Rasulullohning s. a. v. tavsiyalari... Lekin yoshlarning joyi
yo'q. O'qiyolmasdi ular. Chidayolmadim. Borimni talabalarga sarfladim. Bir uyim, biroz
pulim bo'lsa edi. Mayli pushaymon emasman. Yuzlab yoshlarga o'qish imkonini berdim.
Hasta ayol unga yana achinish bilan so'zida davom etdi.
- Endi kasalhonada garovga qolasizmi?
- Mayli e'tiqod yo'lidagi mashaqqatlarda ham lazzat bor. Sizning kelib ketuvchingiz
ko'p ekan, buyursin. Aytganlaringizdan anglaganlarimning hammasi bu dunyolik. Narigi
dunyoda kelib ketuvchilaringiz bo'lishi uchun yashamabsiz. Oltmishga kirib qo'yibsiz-u,
hanuz u dunyoni o'ylamabsiz. Men hayrli ishlarda, siz esa dunyo ishlarida ancha oldinga
ketib qolibmiz.
Hasta ayol asabiy ming'irladi:
- Unda shu ko'yi yashashda davom etavering. Sizning yahshiligingiz uchun, sizni deb
aytyapman.
- Aytmang. Aytganlaringiz tasalli berish uchun emas, o'tmishdan
pushaymonlikuyg'otish uchun. Pushaymon emasman. Zotan dunyodan ketishimga
qancha ham qoldi...
Ikkovi ham bir-biriga ters o'girilib oldi. Zaynab yashirincha yig'lardi... Huftonga azon
aytilmasdan uhlab qoldi. Tushida bolalarini, o'zini hafa qilgan qator musulmonlarni
ko'rdi... . Mahshar kuni emish... Ularni qarshisiga keltirishibdi... G'oyibdan ovoz kelibdi:
- Bularni taniysanmi? U esa baqirib javob beribdi.
- Taniyma-a-a-a-an, taniyman.
O'z ovozidan o'zi uyg'onib ketdi. Ruhidagi dardlari ortgandek bo'ldi, o'rnidan turdi.
Tahorat olib namoz o'qidi, duolar qildi.
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |