www.ziyouz.com kutubxonasi
57
o'g'limga zo'raki jilmayib qo'yardim. Aslida undan hafratlana boshlagandim. Bir buzuqqa
qaragndek qarardim. O'g'limni qayerga olib borishimga siz ham qiziqayotgandirsiz?
Fohishahonaga olib bordim. Manukya uylarining biriga keldik. Avvalroq shu uyni qurshab
bosgan edik. Endi o'zim o'g'limni shu islavothonaga olib keldim. O'zini bir to'da qizlar
ichida ko'rgan o'g'lim menga uyalib qarardi:
-Ota, qayerga kelib qoldik? Bunda nima ishimiz bor?
Uni ishontirishga harakat qildim:
- O'g'lim, erkaksanku, ahir, bu opalardan birini tanla... Qorqma, men shu yerdaman.
sen erkaksan qo'rqmaysan, - dedim.
O'g'lim ko'zlarini katta -katta ochib jahli chiqib men tomon yurdi:
- Telba bo'ldingizmi, ota? Zino qildirmoqchimisiz? Allohdan qo'rqmaysizmi? -dedi.
Unga ikki shapaloq tushirdim.
-Menga qara, it!Erkak bo'lmaganing uchun meni din bilan qo'rqityapsanmi? -dedim.
O'g'lim eshik tomonga qochdi. Yarim ralang'och fohishalar bizga qarab turishar edi.
- Siz qilgan bu tubanlikni Abujahl ham qilmagan. Allohga hech ishonmaysizmi? - dedi
o'g'lim. Fohishalardan biri yonimga kelib:
- Qanday uyatsiz odamsan. Hatto bizlar ham o'z bolalarimizni bu yerga kelishini
hohlamaymiz. Sen qanaqa otasan, he, Allohning balosiga yo'liq!- dedi. Tang vaziyatda
uyatda qoldim. Osha kundan boshlab o'g'lim yuzimga qarashni hohlamadi. Akamning
uyida qoldi. Besh yildan keyin Timurtosh Uchar Xojaning uyini bosdik. Vatanni sotgan
hoinlarni unutib, Xoja bilan mashg'ul edik. Xotini bizni ko'rishi bilan bildiki, biz, polislar
nomussizlarga yahshi, musulmon ayolga yomon, qo'rqinchlik ko'rinamiz... Ayol
yuzimizga qarab faqat bir so'z aytdi:
- Bu o'lkada yashashga bizning haqqimiz yo'qmi?
Boshimga gurzi bilan urgandek bo'ldi. Haqiqatdan, bu kishilar nima yomon ish qildi?
Nega biz ularga tinchlik bermaymiz? Ayblari nima? O'ylarim ag'dar to'ntar bo'lib ketdi...
Uyga bir ahvolda keldim. TV tomosha qilib o'tirganimda oldimga xotinim keldi:
- Tinchlikmi, holdan toygan ko'rinasiz?
Unga bor gapni aytdim.
- Musulmonlarga qasddan dushmanlik qilayotganlarning fikrlarini endi bilib oling.
Boshingizni qumdan chiqaring, - dedi va qo'limga Mo'mina Quyosh degan yozuvchini
kitobini berdi:
- Shuni o'qing, bir oz bo'lsada dinga kelarsiz.
Haqiqatan kitob menga juda ta'sir qildi. Keyin yana bir kitob keltirdi. "Bu yer
qamoqhona" Bu kitobdan bir paytlar jahlim chiqqandi. O'qidim. Birdan qarashlarim
o'zgara boshladi. Ertasiga Hakimo'g'li Ismoilning, keyin Shu'la Yuksal Shanlarning
"Yoshlikning iztiroblari"ni o'qidim. Hali bilmagan narsalarim juda ham ko'p ekan. "XX asr
muammolari"nomli kitobni tugatgach, namoz o'qiy boshladim. O'g'lim namozni
boshlaganimni eshitsin deb qo'limdan kelganini qildim. Ammo o'g'lim eshitmas, olislarga
bosh olib ketgan, manzilni ham bilmasdik. Bu ne taqdir o'yini, derdim. Ichimda shunday
isyon ulg'ayardi. Bir yil taqdirni aybladim. Bir yildan keyin bir olimga ichimdagini aytdim.
"Buni taqdir qilmabdi, o'zingiz qilibsiz. Taqdir gunohga targ'ib va tashviq qilmaydi", dedi.
Endi ayolim ham holimga achinardi. Lekin o'g'limni sog'inar, meni tark qilgan o'g'limni
izlardim. Qani edi, o'g'lim meni sajdada ko'rsa. Undan esa biror habar, biror sas-sado
yo'q edi.
O'sha kundan keyin xizmatdoshlar, do'stlarga o'zimdagi o'zgarishlarni anglata
boshladim. Dinsiz bo'lganlar:"Bizga aql o'rgatma, ustozlik qilma", deyishdi. Lekin bir
qanchasi meni tingladi. O'g'limga qilgan ishimni o'ylasam ichimda olov yonar, vijdon
azobi meni ado qilardi.
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
Do'stlaringiz bilan baham: |