sharoitga o’rganishni, o’tishni bildiradi. Hayotdagi o’zgarishlar, tez olib
organizmning total mobilizatsiyasi hisoblanadi, ya’ni o’ta og’ir, murakkab
vaziyatdan chiqish yoki qiyin sharoitga moslashish. Stressorlar (qo’zg’atuvchilar)
vegetativ o’zgarishlar – qon-tomirning urishi tezlashuvi, qonda qand miqdorining
oshishi, qon bosimining ko’tarilishi va h.k. vujudga keltirib, organizmni intensiv
Stressni o’rganishga yondashuvlarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh mutaxassislari gomeostaz konseptsiyasiga nazariy tayanib, ko’proq
klinik tajribadan kelib chiqadi. Olimlar stressni organizmning ichki holati deb
ta’riflaydilar. Ushbu guruhga G. Sel’eni ishlarini kiritish lozim (bu – xos bo’lgan
sindrom shaklida namoyon bo’luvchi holat bo’lib, u mazkur biologik tizim
ichidagi barcha xos bo’lmagan o’zgarishlarning yig’indisini ifodalaydi, 1966).
G. Sel’e (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati
(adaptatsion sindrom- yunoncha syndrome belgi, alomat, ko’rinish moslashuvi
demakdir) masalasiga, uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga alohida
ahamiyat bergan. Shuningdek, ekstremal (latincha extremus favquloddagi holat,
eng oxirgi vaziyat ma’nosini anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi
stressning o’ziga xosligi, faoliyatni qayta tashkil qilishgacha olib borishi, shunga
o’xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat etish (prognoz yunoncha prognosis
bashorat ma’nosini anglatadi) imkoniyatlari
G. Sel’e tomonidan o’rganilgan.
Shuningdek, quyidagi olimlarni ham bu guruhga kiritamiz: U.Kennon (bu –
qo’rquvni psixologik va fiziologik jihatdan keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan
nimadir, 1958), M.Bajovich, M. Korxin, M. Grinder (bu – shunday holatki, unda
organizmning asosiy ehtiyojlari qondirilishiga va gomeostazning saqlanishiga
xavf soladi, 1955), doktor Koffer, E. Eppli (bu – organizmning shunday holati
bo’lib, u o’zining sog’lig’i yoki individualligiga xavf solinayotganini his qiladi va
u butun energiyani himoya uchun sarf qilishi kerak bo’ladi, 1964), A. V. Suvorov
(bu – organizmning funktsional holati bo’lib, uning psixik funktsiyalari, asab
jarayonlari yoki periferiya a’zolari faoliyatiga tashqi salbiy ta’sir natijasida paydo
bo’ladi, 1975).
Ikkinchi guruhga mansub mutaxassislar stressni shart- sharoit, faoliyat
jarayonidagi hodisa sifatida tushunadilar. Ularning ko’pchiligi o’z bixeviorizmiga
tayanadilar. Masalan, bu guruhga quyidagi olimlarni kiritish mumkin: Y. Gil’gard
(bu – shart-sharoitlar bo’lib, ular organizmni katta zo’riqish holatiga olib keladi
hamda gomeostaz mexanizmlarining me’yorida ishlashini buzadi, 1971), A.V
Suvorov (bu – xavotirlikni keltirib chiqaruvchi istalgan vaziyatdir, 1950), M.
Arnol’d ( bu – normal funktsionallashuvni qiyinlashtiruvchi faoliyat, istalgan
shart-sharoitdir, 1967), R. Grinker, G. Shpingel (bu – noodatiy shart-sharoit yoki
hayot talabidir, 1945), O. Mikshik (bu – psixik yuk bo’lib, bunda qandaydir
xalaqit beruvchi shart-sharoit organizmga maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni
bajarish davrida ta’sir ko’rsatadi, 1969).
«Stress» terminini istaganlaricha qo’llaydilar, shu bois adabiyotlarda
ko’pincha chalkash va bir-biriga zid izohlar, talqinlar uchraydi. Stress bu
shunchaki asabiy zo’riqish emas (hatto asabiy zo’riqish – stress bo’lsa ham). Sel’e
ushbu faktni alohida qayd etish lozim, deb hisoblaydi. Ko’pincha, mutaxassislar
va ba’zi olimlar biologik stressni o’ta asabiy zo’riqish yoki kuchli hissiy zo’riqish
deb ta’riflashga moyil bo’ladilar. Biologik stressning psixologik va patopsixologik
jihatlarini tadqiq qiluvchi mashhur tadqiqotchilardan biri, amerikalik olim
M.Meysonning fikricha, hayotiy vaziyatda xavfli yoki yoqimsiz omillar paydo
bo’lganida yuzaga keluvchi hissiy qo’zg’alish uchun mas’uliyatli bo’lgan
fiziologik apparatning faollashuvi barcha stressorlar uchun umumiydir. Ammo
stressli vaziyatlar umuman asab tizimiga ega bo’lmagan eng sodda hayvonlar va
hattoki o’simliklarga ham xosdir (M. Tigranyan, 1988 ).
Yana shuni ham ta’kidlash joizki, stress bu atrof - muhitning uzoq vaqt ta`siri
bo’lib, individ uchun hissiy organizmning boshqariluvchi tizimida va markaziy
nerv sistemasida unga mos reaksiyalarni vujudga keltiradi. Atrof- muhitning stress
ta`sirlari har xil bo’lib, qo’zg’ovchining ko’pligi ta`sirida bo’lishi mumkin
(shovqin, shoshilinch, ishni bajarish muddatining qisqaligi insonlar orasidagi
munosabatlarning yaxshi emasligi, yuqori talabchanlik) yoki qo’zg’atuvchilarning
yetishmasligi
oqibatida
(bir
xillik,
talabning
yengilligi,
aloqalarning
yetishmasligi), nizolar ko’rinishida (qaror qabul qilish bilan bog’liq jarayonlarning
buzilishi, aqliy va hissiy jarayonlarning o’zaro ta`sirida buzilish, irodaning
kuchsizligi, ehtiyojlar va ularning qondirilishi orasida muvofiqlikning yo’qligi,
shubxalanish) yoki vaqtinchalik boshqaruvning buzilishi sifatida (samolyotda sayr
qilish natijasida vaqtni ajrata olmaslik, hayotda va ishda qat`iy kun tartibining
yo’qligi, hayotning tartibsizligi, ishni muddatida topshira olmaslik).
Do'stlaringiz bilan baham: