10 mavzu: stressni bartaraf etish bo’yicha o’yin va rollli o’yinlarni o’tkazish



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana23.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#405155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
10 - mavzu

2.

 

Stress  holati. 

Fanda  stressing  bir  necha  ko’rinishlari  ajratilinib 

ko’rsatilinadiki,  bu  stress  holatlari  bo’lib  hisoblanadi.  Stress  holatida  shaxsning 

xatti-harakatlari  o’ziga  xos  tarzda  o’zgaradi,  unda  qo’zg’alishning  umumiy 

reaktsiyasi  paydo bo’ladi,  uning  harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. 

Stressning  kuchayishi  esa  teskari  reaktsiyaga  olib  keladi,  natijada  tormozlanish, 

sustlik,  zaiflik,  faoliyatsizlik  ustuvorlik  qila  boshlaydi.  Lekin  stress  holatida 

fiziologik  o’zgarishlar  tashqi  tomonidan  qariyb  ko’zga  tashlanmasligi  mumkin. 

Biroq  muammoni  yechishdagi  qiyinchilik,  diqqatni  taqsimlashdagi  sarosimalik 

stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilinsa bo’ladi. Shaxs stress holatida telefon 

nomerini  adashtiradi,  vaqtni  chamalashda  yanglishadi,  ong  faoliyati  yengil 

tormozlanadi, idrok ko’lami torayadi va boshqalar. 

Stress  holatida  shaxsning  psixologik  xususiyatlari,  turmush  tarbiyasi, 

shakllangan malakasi muhim rol o’ynaydi. Keskinlikning oldini olishda shaxsning 

oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb  etadi. 

Undagi  yuksak  his-tuyg’ular  (mas’uliyat,  burch,  javobgarlik, vatanparvarlik, 

sadoqat va hokazo) stress holatida xatti-harakat buzilishining oldini olishga xizmat 

qiladi. 


Shaxsning  xatti-harakatlariga  va  ayrim  ruhiy  jarayonlariga  muayyan  vaqt 

davomida  tus  berib  turuvchi  emotsional  holat  kayfiyat  deb  ataladi.  Shaxsning 

hayoti  va  faoliyati  davomida  shodonlik,  hazilkashlik,  umidsizlik,  jur’atsizlik, 

zerikishlik,  qayg’urishlik  singari  his-tuyg’ular  uning  ruhiy  holatini  umumiy 

tizimiga  aylanadi.  Ushbu  vaziyat  ba’zi  emotsional  taassurotlarning  vujudga 

kelishiga qylay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug’diradi. Inson 

xafa, ma’yus hissiy holat hukmronligida bo’lsa, u holda tengdoshlarining haziliga, 

keksalarning  o’git-nasihatlariga,  maslahatlariga  quvnoq  kayfiyat  chog’dagiga 

nisbatan  mazmun,  sifat  jihatidan  boshqacharoq  tusda  munosabat  bildiradi. 

Shuning  uchun  ishlab  chiqarish  va  xalq  ta’limi  tizimi  jamoalarida,  rasmiy,  real 

guruhlarida  ishchanlik,  o’zaro  yordam,  hamkorlik,  hamdardlik,  iliq ruhiy  muhit 



yaratish,  samimiy  muomala  maromini  shakllantirish  ham  jismoniy,  ham  aqliy 

mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir. 

Kayfiyat  nihoyatda  xilma-xil,  uzoq  va  yaqin  manbalar  negizidan  vujudga 

keladi.  Uni  barqarorlashtirib  turadigan  asosiy  manbalardan  biri-  shaxslarning 

ijtimoiy  jamiyatda  hukmronlik  qilayotgan  umumiy  nuqtai  nazarlari,  hayotning 

turli  jabhalarida  aks  etuvchi  ta’sirlar,  chunochi  mehnat  muvaffaqiyati  va  ta’lim 

yutug’i, rahbar va xodim, o’qituvchi va saboq oluvchi o’rtasidagi munosabatlari, 

oiladagi  shaxslararo  muomala  maromi,  har  xil  vaziyatlarda  paydo  bo’lgan 

turmushdagi  qarama-qarshiliklar,  shaxsning  ehtiyojlari,  qiziqishlari,  mayllari  va 

ta’blarining  qondirilishidan  qanoat  hosil  qilishlik  yoki  qanoat  hosil  qilmaslik 

kayfiyatning manbalari bo’lib hisoblanadi. Shaxsning ma’lum muddat ruhi tushib, 

noxush,  zaif  kayfiyatda  yurishi  uning  turmushida  muammolar  yuzaga 

kelganligidan  xalovat, tinchlik buzilganligidan dalolat beradi. Bunday vaziyatlar 

namoyon bo’lganida shaxsga oqilona mulohaza mahsulidan kelib chiqqan holda 

xushtavozelik  bilan  ijobiy  ta’sir  o’tkazish,  ruhini  tetiklashtiruvchi  vositalarni 

qo’llash,  kayfiyatini  buzib  turgan  omillarni  batamom  bartaraf  etish  maqsadga 

muvofiqdir. 

Fanda  stressning  kayfiyat  bilan  bog’liq  bir  necha  turlari  ajratilinib 

ko’rsatilgan. 


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish