Homilador ayollarning asosiy oziq moddalari va quvvatgabir kecha-
kunduzlik ehtiyoji
Mahsulotlar
Homiladorlikni
ng birinchi
yarmida
Homilador-
likning
ikkinchi
yarmida
Eslatma
Oqsillar, g
100-110
110-120
O
ziq
-m
od
da
lar
ini
ng
ush
bu
m
e‘yo
ri
o‘
rt
ac
ha b
o‘
y
(1
55
-1
65
) va
tan
a
va
zni
(5
5-
60
k
g)
ga
ega
a
yol
lar
uchun
m
o‘
ljalla
b
his
obl
ab
chiqilg
an.
Yoglar, g
75
85
Uglevodlar, g
300-350
400
S vitamini, mg (askorbin
kislota)
70
72
V
1
( vitamini, mg (tiamin)
1,5
1,7
V
6
vitamini,
mg
(piridoksin)
2,0
2,0
V
2
vitamini,
mg
(riboflavin)
2,0
2,0
RR vitamini, mg (nikotin
kislota)
15,0
19,0
V
5
vitamini, mg (kalsiy
pantenat)
15,0
20,0
V
9
vitamini, mkg (foliy
kislota)
600,0
600,0
V
12
vitamini,
mkg
(tsianokobalamin)
4,0
4,0
A vitamini, mkg (retinol)
1200
1250
364
D
vitamini,
MYe
(kaltseferol)
500
500
Е
vitamini,
MYe
(tokoferol)
15
15
Umumiy quvvat mikdori,
kkal
2400-2700
2800-3000
Homilador ayollar uchun oqsillarning ahamiyati juda katta, chunki
ular hisobidan bachadon, yo‘ldosh, sut bezlari o‘sadi, qon miqdori
ko‘payadi. Shuning uchun agar bunday ayol tegishli miqdorda oqsil
qabul qilmasa, uning vujudida turli xil fiziologik jarayonlar buzilib, har xil
yuqumli kasalliklarga beriluvchanlik oshib ketadi. Oqsillar asosan sut va
sut mahsulotlaridan qabul qilingani ma‘qul, lekin go‘sht (mol, qo‘y,
tovuq go‘shti) va go‘sht mahsulotlari ham tegishli miqdorda
iste‘mol qilib turilishi kerak. Homiladorlikning 4-oyidan boshlab ayol
har bir kg tana vazni hisobiga 1,2 - 1,3 g oqsil iste‘mol qilib turishi
tavsiya qilinadi.
Homilador onalarning yog‘ va yog‘li moddalar iste‘mol
qilishlarida shu narsaga e‘tibor berish kerakki, ular vujudi sut va sut
mahsulotlari, qaymoq kabi oziq moddalaridan tegishli yog‘ni osongina
o‘zlashtirib oladi. Ular qiyin hazm bo‘ladigan, charvi kabi yog‘lardan
tiyilishlari lozim. Semiz ayollar ham chegaralangan miqtsorda yog‘
iste‘mol qilib turishi kerak.
Homilador ayollar vujudi uchun uglevodlar quvvat beruvchi
moddalardan biri hisoblanadi, lekin ularni shirinliklar ko‘rinishida
kamroq yeyish kerak. Chunki ular me‘yoridan ko‘p qabul qilinsa
semirish yuzaga kelib, ayolning ko‘kraklarida, teri tagida, ichki a‘zolar
365
atrofida yog‘ ko‘payib, homila og‘irligi ham me‘yoridan oshib
ketadi, natijada tug‘ish jarayoni qiyinlashadi. Uglevodlarni
kletchatkaga boy karam, sabzi, lavlagi, sholg‘om, ko‘katlar, kartoshka,
meva-chevalar, har xil yormalar holida qabul qilish ular uchun foydalidir.
Homilador ayollarning suv va mineral moddalarga ehtiyoji ham
yuqori bo‘ladi. Rivojlanayotgan homilada asosan suv va mineral
moddalar shakllanayotgan a‘zo va tizimlar uchun kerak. Lekin har xil
tuzli mahsulotlarni xush ko‘rganlik uchun yeyaverish ichiladigan
suvning miqdorini me‘yoridan oshirib yuboradi. Shuning uchun
bunday mahsulotlarni iste‘mol qilishda ehtiyot bo‘lish kerak. Ovqat
bilan qanchalik mikdorda osh tuzi ko‘p qabul qilinsa, ona tanasida
shuncha ko‘p suv to‘planadi. Homilador onalar uchun osh tuziga
bo‘lgan kunlik talab 6—8 g atrofida bo‘lishi tavsiya qilinadi. Lekin bu
ko‘rsatkich bizning issiq iqlim sharoitida bir oz yuqori bo‘lishi
mumkin (ko‘p terlaganlik uchun).
Homilador va emizikli onalarning bir qator mineral moddalarga,
jumladan, kalsiy va temirga bo‘lgan ehtiyoji ancha oshadi (kuniga
tegishli holda 1100-1200 va 20-25 mg gacha). Shuning uchun ular
kunlik ovqatida sut, qatiq, jigar, buyrak, til, olma, mayiz, o‘rik, karam,
shaftoli kabi mahsulotlarga keng o‘rin berishi kerak. Shuni ham
ta‘kidlash lozimki, ayollarda ayniqsa, homiladorlikning ikkinchi yarmida
homila rivojlanishi bois oshqozon holati o‘zgarib, o‘z o‘qi atrofida
45° gacha buriladi. Me‘da mushaklarining qisqarib, oziq moddani
ichaklarga so‘rish vazifasi bir oz kuchsizlanadi, hazm shiralarining
miqdori va faolligi o‘zgaradi. Bularning barchasi ovqat hazm bo‘lish
jarayoniga salbiy ta‘sir qiladi. Bu holatlar o‘tkinchi, faqat iste‘mol
366
taomlarini me‘yorida yeb, harakat qilish va dam olish tartiblariga
to‘g‘ri amal qilib turish lozim.
Homilador ayollar uchun ovqatlanish tartibi muhim, ular
homiladorlikning birinchi yarmida 4 mahal, homiladorlikning ikkinchi
yarmida esa 5 va 6 mahal ovqatlanishga o‘tishi kerak. Bir marta
iste‘mol qilinadigan ovqat miqdori unchalik ko‘p bo‘lmasligi, oldin
meva-cheva, sabzavotli salatlar yeyilib, keyin asosiy ovqatdan tanovul
qilish kerak. Ovqat me‘da-ichaklarda uzoq turib qolmasligiga va uning
oson hazm bo‘lishiga erishish lozim. Aks holda ular bijg‘ib, gaz, har
xil zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Bu rivojlanayotgan homilani qiynab
qo‘yishi, o‘sishiga salbiy ta‘sir etishi mumkin. Ovqat bilan qabul
qilinadigan umumiy quvvatning asosiy oziq moddalariga nisbatan
taqsimlanishi oqsillar uchun 15-30%, yog‘lar uchun 25-30% va
uglevodlar uchun 40-45% ni tashkil qilishi kerak.
Homiladorlikning ikkinchi yarmida ayollar uchun bir kunlik ovqat
o‘rtacha quyidagi tarkibda va miqdorda bo‘lishi tavsiya qilinadi (g
hisobida): go‘sht va go‘sht mahsulotlari - 120; baliq - 100; yog‘siz
tvorog - 170; kefir - 200; sut - 250; qaymoq - 30; sariyog‘ - 15;
o‘simlik yog‘i - 25; shakar - 40; qora non - 100; bug‘doy non - 100;
unli konditer mahsulotlari - 100; makaron, yormalar - 60; kartoshka -
200; karam - 100; lavlagi - 100; sabzi - 100; boshqa sabzavotlar - 200;
meva-chevalar - 200; ko‘katlar - 30 - 50.
Albatta yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlar va ularning
ko‘rsatilgan miqdorlari ko‘pgina qishloq sharoitlariga to‘g‘ri
kelmasligi mumkin, masalan, doim ham baliq topilavermaydi yoki qora
ham oq nonlarni alohida qabul qilish birmuncha noqulaylik tug‘diradi.
Bu narsadan cho‘chimaslik kerak. «O‘zbekistan» navli bug‘doydan
367
tayyorlangan undan kepagini ko‘p ajratmasdan pishirilgan non
aytilgan nonlarning o‘rnini bemalol bosa oladi. Oyida ikki-uch marta
(iloji bo‘lsa, bundan ham ko‘proq) daryo va ko‘llardan tutib,
sotiladigan baliqlardan homilador onalar uchun xarid qilib turish
mumkin.
Homiladorlik paytida ayollar tana vazni birmuncha oshadi, bu
tabiiy hol. Hisob-kitoblarga qaraganda, homiladorlikning ikkinchi
yarmida tana vazni haftasiga 250 g dan oshib borishi me‘yor
hisoblanadi. Shu tariqa tana vaznining 8-10 kg ga ko‘payishi ham
xavfli emas.
Tug‘ilgan bolaning har tomonlama o‘sib rivojlanishi uning
qancha va qanday sut bilan boqilishiga bog‘liq. Sutning bu
ko‘rsatkichlari esa ona ovqatlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
Emizikli onaning kunlik ovqati odatdagidan 1/3 baravar ko‘paytirilishi
kerak, chunki sut hosil bo‘lishi ona vujudidan qo‘shimcha ravishda bir
kechayu kunduzda 500-600 kkal energiya sarflanishini taqozo qiladi.
Yana onaning mineral moddalar va vitaminlar bilan ta‘minlanishi ham
1,5-2 baravar ziyod bo‘lishi lozim. Emizikli ona kunlik ovqatida oqsillar
- 120 g, yog‘lar - 100 g, uglevodlar esa 450 g dan kam bo‘lmasligi,
umumiy quvvat esa 3200 - 3500 kkal ga teng bo‘lishi lozim. Agar ona
suti kam bo‘lsa, unga faqat ko‘proq ovqat yeyishni tavsiya qilish
noto‘g‘ri, bu ortiqcha semirishga olib kelishi mumkin. Bunday onalar
ovqatida to‘la qiymatli oqsillar (yog‘sizroq mol va qo‘y go‘shti,
sut, qatiq va boshqalar), to‘la qiymatli yog‘ kislotalari (zig‘ir, kunjut,
soya, makkajo‘xori yog‘lari, sariyog‘ va boshqalar) ko‘p
mahsulotlar hamda vitaminli taomlarni (ko‘katlar, na‘matak mevasi,
limon, apelsin, mandarin va boshqalar) serob bo‘lishi maqsadga
368
muvofiq hisoblanadi. Suti kam onalarga har kuni qo‘shimcha ravishda
100 g pishloq, 60 g asal, 100 g qaymoq, 10—15 dona yong‘oq yeb
turish ham ancha foyda keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |