Yosh
(yillar)
Umumiy
quvvat
(kkl)
Oqsillar, g
Yog‘lar,g Uglevodlar,g
jami
SHundan
hayvon
oqsili
Erkaklar
60-74
2300
69
38
77
333
75 va
undan
yuqori
2000
60
33
67
290
Ayollar
60-74
2100
63
35
70
305
75 va
undan
yuqori
1900
57
31
63
275
Umuman olganda, keksayib borish bilan kunlik ovqatdagi yog‘ va
uglevodlar birmuncha kamaytirilib, ovqatlanish formulasi o‘rta yoshli
odamlarda oqsil, yog‘ va uglevodlar hissasini ifodalaydigan 1:1:4
holatdan 1:0, 8:3,5 ko‘rinishiga o‘tishi tavsiya qilinadi. Ular, ko‘rinib
turganidek, keksalar ovqatidagi energetik cheklanish asosan iste‘mol
taomlaridagi yog‘ va uglevodlar hisobidan bo‘lishi, oqsillar ulushi esa
kamaymasligi lozim. Chunki bunday organizmda hujayra va
to‘qimalarning yemirilib borishi yosh va o‘rta yoshlarga qaraganda
ancha tezlashgan bo‘ladi. Ularning o‘rnini bosadigan yangi hujayralar
esa asosan to‘la qiymatli oqsillardan sintezlanadi. Shuning uchun
372
keksa kishilar go‘sht, tuxum, sut va sut mahsulotlaridan yetarli
darajada iste‘mol qilib turishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Keksalar uchun tavsiya qilinadigan ovqatlanish formulasidagi
uglevodlarning kamaytirilishi asosan non va un mahsulotlari hisobidan
bo‘lgani ma‘qul, chunki ularning energetik qiymati ancha yuqori.
Masalan, 100 g nonda 210 kkal quvvat mavjud. Agar odam har kuni
shuncha non yoki makaron oshiqcha iste‘mol qilib borsa, bir yilda tana
vazni ulardan sintezlangan yog‘ hisobidan 7 kg ga ko‘payadi. Bunday
semirish iste‘moldagi non va un mahsulotlari oliy navli bo‘lganida
yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Umuman olganda, keksalar
iste‘molidagi nonning faqat bir qismigina oliy navli bo‘lib, qolgani
qora undan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. O‘rta hisobda keksalar
kunlik yeydigan non miqdori 300 g dan oshmasligi lozim. Kunlik
ovqatda yog‘ hissasining keskin kamayishi yoki uning umuman
bo‘lmasligi ancha xavfli, chunki juda kam yog‘li yoki yog‘siz ovqatni
surunkali iste‘mol qilish vujudni sovuqqa va boshqa noqulay ob-havo
sharoitlariga, yuqumli kasalliklarga bardoshliligini kamaytiradi. Yana bir
qator vitaminlar (yog‘da eruvchi retinol - A vitamini, kaltsiferol - D
vitamini, tokoferol - E vitamini, folloxinon - K vitamini) tanaga asosan
yog‘ bilangina o‘tadi, xolos. Yog‘lar ko‘pgina sklerozga qarshi
moddalarning, masalan, to‘yinmagan yog‘ kislotalari, fosfatid va
boshqalarning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi, ular vujudda
sintezlanmaganligi bois doimo tegishli miqdorda ovqat bilan qabul qilib
turilishi kerak.
Kishilar orasida, keksara boshlagan odamlar yog‘ iste‘mol
qilishni kamaytirishi kerak, chunki u tanada xolesterinni ko‘paytirib
yuboradi degan noto‘g‘ri tushuncha bor. Xolesterin vujudning
373
me‘yoriy vazifalari uchun zarur, u har bir hujayraning pardasi tarkibiga
kiradigan almashtirib bo‘lmaydigan modda bo‘lib, undan ko‘pgina
hayotiy zarur biologik faol moddalar sintezlanadi. Shuning uchun uni
peshma-pesh oziq moddalari bilan iste‘mol qilib turish shart. Agar
vujudga xolesterin kirishi to‘xtatilsa, uning halok bo‘lishi muqarrar.
Hayot uchun vujudning o‘zida sintezlanadigan xolesterin xavfli. Ta-
nada bir kunda o‘rtacha 2000 mg gacha xolesterin hosil bo‘lib turadi,
100 g qo‘y yog‘ida u 29 mg ni, shuncha mol yog‘ida - 73 mg,
sariyog‘da esa 237 mg ni tashkil qiladi. Bir kunda iste‘mol qilingan
yog‘lar bilan 100 mg xolesterinning tanaga kirishi hech bir xavf
tug‘dirmaydi. Faqat hayvon yog‘lari tarkibida to‘yingan yog‘
kislotalari xolesterinning sintezlanishini kuchaytiradi, mana shunday
yog‘larni kamroq iste‘mol qilish bilan vujudda xolesterin ko‘payib
ketmasligini ta‘minlash mumkin. Hozirgi ilmiy ma‘lumotlarga ko‘ra
xolesterinni ko‘paytirib yuboradigan narsa bu kamharakatlilik,
asabiylashuv, ruhiy-hissiy zo‘riqish va endokrin bezlar faoliyatining
buzilishi sharoitida ehtiyojdan ko‘p ovqatlanishdir. Agar kishi surunkali
ravishda har xil zo‘riqtiruvchi omillarga duch kelaversa (ruhiy
tushkunlik, tajovuzkorlik, achchiqlanish, ertangi kunga ishonmaslik,
vaqtinchalik omadsizlik va boshqalar), uning tanasida yog‘lar
almashinuvi buzilib, xolesterin ko‘payib ketadi. Xulosa shuki, keksalar
tanasida xolesterin ko‘payib ketmasligi uchun ovqat bilan xolesterin
qabul qilishdan tamoman voz kechish noto‘g‘ri, faqat to‘yingan
yog‘ kislotalari ko‘p bo‘lgan mahsulotlardan (cho‘chqa, qo‘y
yog‘i va qora mollarning charvi yog‘i) o‘zini tiyishi, asabiylashishdan
saqlanishi darkor.
374
Keksalarda sklerozni oldini oladigan moddalardan eng muhimi bu
fosfatidlardan hisoblangan murakkab yog‘ - letsitindir. U vujudda
xolesterinning salbiy ta‘sirini neytrallash xususiyatiga ega. Uning
ta‘sirida qonda xolesterin tezda kamayadi. Shuning uchun kundalik
ovqat bilan kishi o‘rtacha 10 g letsitin qabul qilib turishi kerak. U
tuxum sarig‘ida ko‘p uchraydi (tuxum sarig‘i yog‘ida uning
mikdori - 90 g/kg), miyada (60 g/kg), jigarda (25 g/kg) ham serob
bo‘ladi. Antisklerotik fosfatidlar o‘simlik yog‘laridan soya yog‘ida
(3900 mg/100 g), paxta yog‘ida (2500 mg/100 g), kungaboqar
yog‘ida (1400 mg/100 g) ko‘p bo‘ladi. Hayvon yog‘lari
fosfatidlarga boy emas (mol yog‘ida - 70 mg/100 g, cho‘chqa
yog‘ida - 50 mg/100 g, qo‘y yog‘ida 10 mg/100 g).
O‘simlik yog‘larida yana keksalar uchun zarur bo‘lgan to-
koferol (Ye vitamini) ko‘p uchraydi. U mushak tizimining, ayniqsa,
yurak mushaklarining vazifasini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Tokoferol bundan tashqari jigarni yog‘ bosishdan saqlaydi,
to‘qimalar tomonidan kislorod o‘zlashtiri-lishini yaxshilaydi, kapillar
qon tomirlarini kengaytiradi. O‘simlik yog‘laridan tashqari tokoferol
bug‘doy murtagida eng ko‘p uchraydi (250 mg/100 g). Shuning
uchun keksa odamlarga ko‘proq rafinatsiya qilinmagan o‘simlik
yog‘laridan, kepakli undan tayyorlangan non iste‘mol qilish tavsiya
qilinadi.
Ko‘pgina vitaminlar antisklerotik xususiyatga ega bo‘lganligi
bois, keksaya borgan sari ularning kunlik me‘yori oshirib boriladi. Bu
borada ayniqsa S vitaminining ahamiyati muhim, u qon tomirlari
elastikligini, yurak faoliyatini yaxshilaydi, xolesterin almashinuvini
375
me‘yoriga tushiradi. 41-jadvalda keksalarda vitaminlarga bo‘lgan
ehtiyoj miqdori keltirilgan.
43-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |