O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi


Homilador va emizikli ayollarning oqilona ovqatlanishi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/249
Sana22.01.2022
Hajmi3,72 Mb.
#399430
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   249
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Homilador va emizikli ayollarning oqilona ovqatlanishi 

Ko‘pgina  ilmiy  tadqiqotlar,  kuzatuv  va  tajribalar  shu  narsani 

tasdiqlaydiki,  homilador  va  emizikli  ayollar  oqilona  ovqatlanishida 

miqdor,  sifat  va  tartib  qoidalarining  buzilishi  homiladorlik  va  tug‘ruq 

jarayonlarida  bir  qator  ko‘ngilsiz  voqealar  va  asoratlarga  olib  keladi. 

Bunday noxush holatlarga misol qilib homiladorlik toksikozi, chala yoki 

o‘lik  tug‘ilish,  kamqonlilik,  bolalar  o‘limining  ko‘p  bo‘lishi  va 

boshqalarni  olish  mumkin.  Hisob-kitoblarga  ko‘ra  1900  yili  dunyo 

bo‘yicha  ona  vujudida  kuzatilgan  quvvat  taqchilligi  tufayli  tug‘ilgan 

12,9  million  nafar  bola  5  yoshga  yetmay  o‘lgan.  Ularning  uchdan  bir 




360 

 

qismi  tug‘ilgandan  keyin  bir  oy  ham  yashamay,  yana  shunchasi  1 



yoshga to‘lmasdan hayotdan ko‘z yumgan. Ayni paytda, shuni qayd 

qilish  kerakki,  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  bu  toifadagi  onalar 

oqilona  ovqatlanishida  asosiy  oziq  moddalarining  yetishmasligi  tufayli 

quvvat  taqchilligi  yoki  umumiy  energetik  ehtiyojning  ayrim  oziq 

moddalari,  masalan,  uglevod  hisobidangina  qondirish  holatlari  tez-tez 

uchrasa, rivojlangan mamlakatlarda buning teskarisi, ya‘ni asosiy oziq 

moddalarini  ehtiyojdan  ko‘p  iste‘mol  qilish  natijasida  sodir 

bo‘ladigan quvvat nomutanosibligi ko‘p uchraydi. 

Respublikamizda  aytib  o‘tilgan  holatlarning  har  ikkalasi  ham 

mavjud bo‘lib, buning oqibatida sog‘lom avlod yetishtirish ma‘lum 

darajada  oqsayapti,  desak  mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Agar  qishloqlarda 

homilador va emizikli onalar ovqatida asosiy oziq moddalariga taqchillik 

tez-tez kuzatilsa, shaharlarda o‘ziga to‘q oilalarda u yoki bu quvvatga 

boy  mahsulotlardan  ehtiyojdan  ko‘p  iste‘mol  qilish  natijasida 

homilaning  me‘yoridan  oshiq  kattalashib  ketishi  tufayli  tug‘ish 

jarayonida ona va bolaning jiddiy jarohat olish hollari uchrab turibdi.  

Bunday  jarohat  tufayli  bola  asab  tizimi  davomli  ravishda 

shikastlanganicha  qoladi,  u  aqlan  to‘laqonli  bo‘lmasligi  mumkin. 

Tug‘ilgan bola vaznining yuqori bo‘lishi (4 kg va undan ham yuqori) 

ko‘pincha  onalar  tomonidan  uglevodlar  va  yog‘  mahsulotlarini 

me‘yoridan  ko‘p  iste‘mol  qilish  natijasida  ro‘y  beradi.  Hisob-

kitoblar  shuni  ko‘rsatadiki,  me‘yor  darajasidan  ortiq  tug‘ilgan  5  ta 

bolaning  bittasi  3  yoshga  kirguncha  har  xil  nevrologik  kasalliklar  bilan 

og‘rib turadi, jismoniy jihatdan zaif bo‘ladi. 

Oziq  moddalariga  quvvat  taqchilligi  sharoitida  tug‘ilgan 

bolalarda  ko‘pgina  fiziologik  vazifalarining  me‘yoriga  yetmaganlik, 




361 

 

yuqumli  kasalliklarga  beriluvchanlik  holatlari  kuzatilsa,  ikkinchi 



tomondan,  ona  vujudi  tez-tez  kamqonlilik  holatiga  uchrab,  qator 

xastaliklarga giriftor bo‘lmoqda.  

Ona  va  bola  hayotidagi  bunday  kamchiliklarning  oldini  olish  va 

bartaraf  qilishda  homilador  va  emizikli  onalarning  to‘g‘ri 

ovqatlanishi,  ya‘ni  tegishli  ovqatlanish  madaniyatiga  ega  bo‘lishi 

muhim omil hisoblanadi. Shu bois, quyida bu toifa ayollarning oqilona 

ovqatlanishiga doyr ayrim fikrlarni bayon qilamiz. 

Homilador  ayollarning  ovqatlanishi  tarkibiy  va  miqdor  jihatidan 

ham  ona  vujudining,  ham  rivojlanayotgan  homilaning  me‘yoriy  talab 

darajasiga  mos  kelishi  hamda  homiladorlik  jarayonining  tekis  borishini 

ta‘minlashi  kerak.  Ular  uchun  mo‘ljallangan  taomlar  tarkibida 

dastavval  almashtirib  bo‘lmaydigan  aminokislotalar,  to‘yinmagan 

yog‘  kislotalari,  vitaminlar  hamda  mikro-  va  makroelementlar  yetarli 

darajada bo‘lishi lozim. Ayni paytda bu taomlar har bir homilador ayol 

uchun  uning  yoshi,  tana  massasi,  mehnat  faoliyati,  milliy  an‘analari, 

homilaning  yoshi,  ob-havo  sharoitlari,  yil  fasllari  va  boshqalarga  mos 

bo‘lishi  talab  qilinadi.  38-jadvalda  shu  ayollar  uchun  mo‘ljallangan 

oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha miqdori, ularning quvvat qiymati 

haqida ma‘lumotlar keltirilgan. 

Agar o‘rtacha bo‘y va tana vazniga ega homilador ayollar uchun 

bir  kecha-kunduzlik  quvvat  sarfi  2900  kkal  bo‘lsa,  emizikli  ayollar 

uchun  3200  kkal  bo‘lishi  kerak.  Agar  bunday  ayollar  o‘rtacha 

jadallikdagi  jismoniy  ish  bajarishsa,  ko‘rsatilgan  sonlarga  1  soat  ish 

uchun  50  -  100  kkal,  og‘irroq  ish  bajarishganida  200  kkal  gacha 

qo‘shiladi, mehnat faoliyati kamharakatlilik bilan ifodalanadigan onalar 



362 

 

esa  qayd  qilingan  quvvat  miqdorning  75-85%  ga  to‘g‘ri  keladigan 



ovqat iste‘mol qilishlari lozim. 

Homiladorlikning  birinchi  yarmida  ayollar  ko‘ngillariga  xush 

keladigan mahsulotlarni iste‘mol qilaverishlari mumkin, ayniqsa, meva 

va  sabzavotlardan  ko‘proq  yeyishlari  kerak.  Lekin  ular  sarimsoq, 

qalampir  kabi  buyraklar  faoliyatini  kuchli  qo‘zg‘atadigan 

mahsulotlardan tiyilgani ma‘qul. 




363 

 

40-jadval 




Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish