Qishloq mehnatkashlarining oqilona ovqatlanishi
Respublikamiz aholisining ko‘pchiligi qishloq joylarida yashab,
asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi.
Ularning mehnati serunum, o‘zlari sihat-salomat bo‘lishlari hamda
356
uzoq umr ko‘rishlarida ovqatlanish omili muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida ishlaydiganlar aholining boshqa
guruhlaridan bajaradigan mehnatining quvvat nuqtai nazaridan xilma-
xilligi hamda bevosita mehnat qilish jarayonida vujudga turli-tuman
noqulay tashqi muhit omillari (issiq, sovuq harorat, chang, zaharli
moddalar, kuchli vibratsiya va boshqalar) ta‘sir etishi bilan ajralib
turadi. Yana shu narsa ma‘lumki, ularning ishlashi va dam olishini aniq
bir vaqt bilan belgilab qo‘yish qiyin, kimlardir kunduzgi, boshqalar esa
kechki soatlarda faoliyat ko‘rsatishadi. Mana shu holatlar qishloq
xo‘jaligining turli sohalarida mehnat qiladiganlar orasida oqilona
ovqatlanishni tashkil qilishi bo‘yicha umumiy tavsiyalar berishni ancha
qiiinlashtiradi. Shuning uchun bu toifadagi aholining maqsadga
muvofiq ovqatlanishi haqida gapirilganda avvalo ularning qanday
mehnat bilan shug‘ullanishlarini, qaysi soatlarda, qancha davomlilikda
hamda qanaqa texnika vositalaridan foydalanilgan holda ishlashlarini
aniq bilish kerak.
Qishloq xo‘jalik mehnatkashlarining oziq moddalariga bo‘lgan
talabini aniqlashda ularning bevosita quvvat sarflash bo‘yicha qaysi
guruhlarga mansubligini aniqlab olish lozim. Masalan, agronomlar va
brigadirlar bu borada III guruhga mansub bo‘lsa, shirkat va jamoa
xo‘jaliklarida bevosita jismoniy ish qiladiganlar hamda mexanizatorlar
IV guruhga kiradi.
Hisob-kitoblardan ma‘lum bo‘lishicha, qishloq xodimlarining
kunlik quvvat sarfi o‘rtacha 3600 - 4000 kkalni tashkil qilar ekan. Ekish
va hosilni o‘rib-yig‘ib olish paytlari esa bu ko‘rsatkich 4560 kkal va
undan ham yuqori bo‘lishi mumkin. B.O.Do‘stjonov o‘z
tadqiqotlarida O‘zbekistonda paxtakor ayollarning bir kunda o‘rtacha
357
3350 kkal, g‘allachilik bilan shug‘ullanuvchi dehqonlarning 3965,4
kkal energiya sarflashini aniqlagan.
Respublikamizda fermer xo‘jaliklar vujudga kelishi bilan dala
mehnatkashlarining to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil kilish va amalga
oshirish bo‘yicha ayrim muammolar ham paydo bo‘ldi. Bunday
xo‘jaliklarda transport, mexanizatsiya, texnika ta‘minoti turlicha
bo‘lib, ishni qachon va qanday tashkil qilish bevosita fermer rahbar
xodimlari ixtiyorida. Eng muhimi, mehnatkash xalqning ko‘pchiligi
oqilona ovqatlanish nima ekanligi haqida nihoyatda kam tushunchaga
ega. Bu holat kelajaqda ular sog‘lig‘ini saqlash va serunum mehnat
qilishini ta‘minlash borasida katta salbiy omil bo‘lib hisoblanadi.
Shuning uchun tegishli mutaxassislarning tibbiyot xodimlari bilan
birgalikda qishloq mexnatkashlarining oqilona ovqatlanishini batafsil
o‘rganib chiqishi va ular orasida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha keng
ko‘lamda tushuntirish ishlarini olib borishi shu kunning dolzarb
vazifasi hisoblanadi.
O‘zbekiston sharoitida qayd qilingan aholi guruhlari orasida aniq
ovqatlanish holatiga tegishli bo‘lgan tadqiqot ishlari kam olib borilgan,
borlari ham sobiq ittifoq davridagi kolxoz va sovxozlar sharoitida
o‘tkazilgan, shu bois bu sohada ilmiy izlanishlarni davom ettirish
dolzarb masaladir.
Qishloq xo‘jalik mexnatkashlarining ovqatlanishi borasidagi
kuzatuvlar Rossiya va Ukraina mamlakatlarida birmuncha batafsilroq
olib borilgan, masalan, V. I. Smolyarning ta‘kidlashicha, Ukrainada turli
xil qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanuvchi mehnatkashlarning
iste‘mol qiladigan taomlaridagi umumiy quvvat miqdori o‘rtacha
sarflanadiganiga qaraganda 8 - 16% ko‘p bo‘lib, bunday ovqatlanish
358
bu toifadagi odamlar orasida tana vaznining me‘yor darajasidan
yuqori bo‘lishiga moyillikni oshirib yubormoqda. Ularning 50%
oshiqcha tana vazniga (me‘yorga nisbatan 15-29% ko‘p) ega ekanligi
ko‘rsatilgan. Mehnatkashlarning kunlik ovqatida hayvon yog‘lari va
uglevodlarning me‘yoridan ko‘pligi, oqsillar, poliz mahsulotlari,
ko‘katlarning esa ancha kamligi aniqlangan.
Qishloq xo‘jalik mehnatkashlari ovqatlanishining o‘ziga xos
tomonidan biri shuki, ular ovqati ko‘pincha bir xil bo‘ladi (har xil oziq
moddalardan foydalanib, turli taomlar tayyorlashning imkoniyati kam
bo‘lganida ham kishilar qanday ovqatga o‘rganishgan bo‘lsa qayta-
qayta shu taomlarni tayyorlashadi). Ularning tarkibida, ayniqsa, qish va
erta bahor paytlari vitaminlar juda kamayadi. Ushbu fasllarda oziq-ovqat
mahsulotlari tarkibida vitaminlar keskin kamayib ketadi, lekin bizning
sharoitda har qanday faslda ham sabzi, karam, sholg‘om kabi sabzavot
va ko‘katlar yetarli bo‘lib, ular uzoq muddat saqlansa-da, tarkibidagi
vitaminlar u qadar kamaymaydi. Faqat ularni davomli qaynatish yoki
qovurish vitaminlarning ancha qismini (uchdan bir qismidan
yarmigacha) yo‘qolishiga olib keladi. Shuning uchun aytilgan
mahsulotlarni pishirmasdan yoki kamroq qaynatib, iloji boricha «tirik»
holda iste‘mol qilishning foydaliligini tushuntirish va unga har bir kishi
to‘liq amal qilishi kerak.
Vitaminli mahsulotlar bilan qishloq aholisini uzluksiz ta‘minlab
turish imkoniyatlari bor, chunki har xil ko‘katlarni qish faslida ekib hosil
olish va ulardan keng ko‘lamda foydalanish respublikamiz sharoitida
mumkin. Buning uchun alohida issikxonalar qurish shart emas, ozgina
yerni polietilen plyonka bilan yopib, ko‘katlar urug‘i sepib qo‘yilsa
bas. Mana shunday sharoitda yerqalampir (xren) yaxshi o‘sadi, uning
359
ildizi tarkibida esa askorbin kislotasi (S vitamini) limon va apelsinga
nisbatan ancha ko‘p. Shuning uchun bozordan qimmat narxda sitrus
mevalarini sotib olmasdan ham vujudning ko‘pgina vitaminlarga
ehtiyojini to‘liq va osongina qondirish mumkin. Buning uchun bir oz
e‘tibor va ovqatlanish madaniyati haqida tegishli tushunchaga ega
bo‘lish talab qilinadi, xolos.
Yozning issiq kunlarida tushlik ovqat yog‘li, sergo‘sht
bo‘lmagani ma‘qul, chunki bunday paytlarda, bir tomondan,
havoning yuqori harorati, ikkinchi tomondan, ovqatning spetsifik-
dinamik ta‘siri mehnat unumdorligining pasayib ketishiga hamda
kishini ancha bezovtalanishiga olib kelishi mumkin. Oldin ko‘kat,
pomidor va bodringlardan tayyorlangan salat iste‘mol qilib, keyin bir
oz issiq ovqat tanovul qilish kerak. Yaxshisi, toza va sovuq suvda ayron
tayyorlab, uning ichiga pishgan no‘xat, loviya, kartoshka, bodring,
pomidor va ko‘katlar solib non bilan iste‘mol qilish maqsadga
muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |