O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi


Sportchilarning oqilona ovqatlanishi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/249
Sana22.01.2022
Hajmi3,72 Mb.
#399430
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   249
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Sportchilarning oqilona ovqatlanishi 

Olib  borilgan  ilmiy  tadqiqotlar  sportchi  vujudi  ovqatlanish 

jarayonlarining  bir  qator  o‘ziga  xos  xususiyatlari  mavjudligini 

ko‘rsatadi.  Ayniqsa,  katta  sportda  yuqori  natijalarga  erishish  uchun 

muntazam shug‘ullanish va musobaqalar davomida sportchi vujudiga 

tushadigan  kuchli  yuklamalar  moddalar  va  energiya  almashinuvining 

dastlabki va muhim bosqichlariga katta e'tibor berish kerakligini taqozo 

qiladi.  Bu  borada  yig‘ilgan  ma'lumotlar  tahlili  sportchi  ovqatlanishida 

quyidagi asosiy beshta qoidaga amal qilish zarurligini ko‘rsatadi: 

1.

 



Sportchi  vujudining  tegishli  quvvat  bilan  ta'minlanishi  u 

sarflagan umumiy quvvatga mos kelishi. 

2.

 

Ovqatlanishda  oziq  moddalar,  suv,  vitaminlar  va  mineral 



moddalar  umumiy  miqdorining  va  bir-biriga  nisbatini  sport  turi, 

bajariladigan  jismoniy  zo‘riqish  tezligi,  davomiyligi  va  ko‘lamiga 

qarab belgilash. 

3.

 



Musobaqaga tayyorlanish, musobaqa davri va musobaqadan 

keyingi  davrlar  aynan  o‘ziga  xos  holda  ovqatlanishni  (oziq 

moddalarining muvozanatlantirish miqdori, tartibini) talab qiladi. 

4.

 



Mushak  massasi  va  kuchini  oshirib  borishda  unga  mos 

keladigan kunlik ovqatni belgilab olish. 




345 

 

5.



 

Muvofiq  ovqatlanishni  belgilashda  sportchi  vujudining 

fiziologik,  biokimyoviy  xususiyatlari,  milliy  an'analar  hamda  iqlim 

sharoitlarini hisobga olish. 

Bajariladigan  har  qanday  jismoniy  ish  uning  hajmi,  tezligi  va 

ko‘lamiga  ko‘ra  tegishli  miqdorda  oziq  moddalar  talab  qiladi. 

Vujudning bunday ovqatga bo‘lgan umumiy ehtiyoji yana uning jinsi, 

ob-havo  sharoitlari,  asab-ruhiy  kechinmalariga  qarab  ham  turlicha 

bo‘ladi. Ovqat bilan ehtiyojni qoplash uchun qabul qilinadigan quvvat 

esa  asosiy  oziq  moddalaridan  qancha  va  qanday  holda  iste'mol 

qilinishiga bog‘liq. Iste'mol qilinadigan taomlar tarkibida bu moddalar 

turli xil nisbatda masalan, go‘shtli ovqatlarda oqsil, yog‘li ovqatlarda 

lipidlar,  xamir,  o‘simlik  mahsulotlaridan  tayyorlangan  ovqatlarda  esa 

uglevodlar ko‘p bo‘ladi. Kunlik ovqatning umumiy energetik qiymati 

esa uning tarkibidagi oqsil, yog‘, uglevodlar miqdori bilan aniqlanadi. 

Bu moddalar  ichida uglevodlar asosiy quvvat manbai  hisoblanib, sport 

mashg‘ulotlari  bilan  shug‘ullanilganida  dastavval  aynan  ular  ishga 

tushadi.  Yog‘  va  oqsillar  bu  borada  ikkinchi  va  uchinchi  darajalidir, 

ularning quvvat hosil bo‘lishi uchun sarflanishi ko‘pincha favqulodda 

holat tug‘ilganidagina sodir bo‘ladi.  

Bulardan  tashqari,  jismoniy  faoliyat  uchun  quvvat  bermasada, 

me'yoriy  fiziologik  va  biokimyoviy  jarayonlarning  borishi  uchun 

vitaminlar  hamda  mineral  moddalar  ham  kerak.  Bu  moddalarga 

bo‘lgan  talab  doim  bir  xil  bo‘lmasdan  bajariladigan  ishning 

xususiyatlariga qarab o‘zgarib turadi. Shunday ekan, turli sport turlari 

bilan  shug‘ullanishda  iste'mol  qilinadigan  ovqatning  hajmi,  tarkibida 

ular  bilan  qabul  qilingan  quvvat  miqdorini  bilish  muhim  amaliy  va 

nazariy ahamiyatga ega masaladir. 35-37-jadvallarda har xil sport turlari 




346 

 

bilan  shug‘ullanganda  iste'mol  qilinadigan  me'yoriy  ovqatning 



energetik qiymati va ba'zi vitaminlarga talab miqdori keltirilgan: 

37-jadval 




Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish