O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/249
Sana22.01.2022
Hajmi3,72 Mb.
#399430
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   249
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Suvda eruvchi vitaminlar 

Suvda eruvchi vitaminlarga B vitaminlar kompleksi, C,  P vitaminlar 

riradi. 


 

B1 vitamini (tiamin) 

Bu vitamin tarkibida oltingugurt unsuri (yunoncha tionoltingugurt) 

mavjudligi  bois  u  tiamin  deb  ataladi.  U  avvalambor  asab  tizimining 

faoliyati uchun zarur. Shuning uchun ham tiamin taqchilligida polinevrit 

(beriberi)  kasalligi  yuzaga  keladi.  U  yana  oqsillar,  yog‘lar,  uglevod  va 

suv almashinuvida qatnashuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. B

1

 vitamini 



donlarni  murtagi va  kepagida  ko‘p  bo‘ladi,  kepagi  to‘liq  ajratilgan 

yuqori navli unlardan tayyorlangan mahsulotlarda (non, makaron, harxil 

pishiriqlar  va  boshqalarda)  tiamin  kam  uchraydi.  Shuning  uchun 

iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  yashovchi  aholi  orasida  unga 

taqchillik  katta,  chunki  ular  kepagidan  va  po‘stlardan  obdon  tozalab 

tayyorlangan taomlar bilan ovqatlanishadi. Tanada tiamin yetishmasligi 

dastlab xotiraning pasayishi, serjahillik, asabiylashish, uyquning buzilishi

ish qobiliyatining pasayib ketishiga olib keladi. Agar uning o‘z vaqtida 

oldi olinmasa, oyoqlar qaqshab og‘riydi, kishi yurganda tez  charchab 

qoladi,  kichik  va  katta  boldir  mushaklarida  og‘riq  paydo  bo‘ladi, 

yurak  qon  tomirlari  hamda  me'da  ichaklar  faoliyati  buziladi.  Bunday 

belgilar  ko‘pchilikda  kuzatiladi  va  uning  sababi  nimada  ekanligi 

hammaga  ham  ma'lum  emas.  Bunday  paytlarda,  albatta,  vrachga 



230 

 

murojaat  qilish  kerak,  lekin  kundalik  iste'mol  taomlaringizni  bir  taxlil 



qilish ham muhimdir. Agar ular tiamin kam uchraydigan mahsulotlardan 

iborat  bo‘lsa,  bilingki,  asosiy  sabab  B

vitaminining  taqchilligidadir. 



Yana  shu  narsaga  e'tibor  qilish  kerakki,  tiamin  ishqoriy  sharoitda  juda 

tez  parchalanadi  va  kislotali  muhitga  barqaror  bo‘ladi.  Balki  yegan 

taomlaringizda,  B

1

  vitamini  yetarli  bo‘la  turib,  ovqat  ishqorli  bo‘lsa 



ham  yegan  taomlaringizda  u  allaqachon  parchalanib  ketgan  bo‘ladi. 

Shu narsa aniqlanganki, bu vitamin kofe ta'sirida tez parchalanib ketar 

ekan.  Agar  odam  ovqatida  uglevodlar,  ayniqsa,  shirinliklar  ko‘p 

bo‘lsa,  B

vitaminiga  ehtiyoj  oshib  ketadi.  Kofe  ichishni  xush 



ko‘radigan,  ovqat  o‘rnida  turli  hil  shirinliklar  yeb  yuradigan, 

yoshlarning  oyoq  og‘rig‘i,  parishonxotirlik,  asabiylashish,  kayfiyat 

buzilishi  kabi  holatlardan  shikoyat  qilishi  ko‘pincha  shu  sabablidir. 

Bunday  ahvolni  shirinliklarga  o‘ch  yosh  bolalarda  ham  teztez 

uchratamiz. Shuning uchun ular ovqatida B

vitaminiga boy mahsulotlar 



bo‘lishiga  alohida  e'tibor  berish  kerak.  Tiamin  yana  yong‘oq, 

dukkaklilar  hamda  cho‘chqaning  jigar,  buyraklarida,  xamir  va  pivo 

achitqisida ko‘p uchraydi.  

Turli  xil  xastaliklar  tufayli  ko‘p  miqdorda  doridarmonlar  qabul 

qilish vujudning bu vitaminga nisbatan talabini ancha oshirib yuboradi. 

Shu  bois  davolanayotgan  bemorlar  ovqatida  tiaminli  mahsulotlarning 

serob bo‘lishi maqsadga muvofiq.  

Bizning  sharoitimizda  yashaydigan  mahalliy  aholi  ovqatida 

uglevod  boshqalarnikidan  ko‘p  bo‘ladi.  Asosan  non  va  un 

mahsulotlari  iste'mol  qiladigan  aholi  orasida  tiaminga  bo‘lgan  talab 

ma'lumotnomalarda  keltiriladigan  me'yoriy  ko‘rsatkichlardan  ancha 

yuqori  bo‘ladi.  Gap  shundaki,  uglevodlar  ko‘p  iste'mol  qilinganda 




231 

 

qonda  pirouzum  va  sut  kislotasi  oshib  ketadi,  natijada  ularning 



oksidlanish  jarayonlari  buzilib  zararli  ta'sir  qiladi.  Oqibatda  yuqorida 

aytib  o‘tilgan  noxushliklar  yuzaga  keladi.  Bunday  holatlarning  oldi 

olinishida  B

vitamini  tengi  yo‘q  darmondoridir.  Shuning  uchun  ham 



ular ovqatida B

vitamini ko‘proq bo‘lishiga erishish qishloq joylarida 



asosiy  vazifalaridan  biri  bo‘lishi  kerak.  Aks  holda  kattakichik, 

ayoluerkaklar  asabiylashadigan,  ishtahasi,  ish  qobiliyati  past,  xotirasi 

kuchsiz bo‘lib qoladi.  

Kundalik  iste'mol  taomlarida  tiaminning  talab  miqdoridan  kam 

bo‘lishi  ayol  va  erkaklarda  jinsiy  qobiliyatni  pasaytirib  yuboradi.  Bu 

kamchilikni  bartaraf  qilish  uchun  har  kuni  100  g  yong‘oq  yoki  endi 

unib  chiqqan  bug‘doy  va  boshqa  don  maysalaridan,  xamir  va  pivo 

achitqisidan,  dukkaklilar  donidan,  hayvonlarning  jigar,  yurak,  miya  va 

buyraklaridan iste'mol qilish kifoya. 

14-jadvalda  tiamin  uchraydigan  mahsulotlar  haqida  ma'lumot 

keltirilgan. 

 

15-jadval  



B

vitamini uchraydigan manbalar (100 g da mg hisobida) 



Mahsulotlar  

B



vitamini 

Mahsulotlar  

B



vitamini 



No‘xat  

Loviya 


Soya 

Grechka 


yormasi 

Qora non 

0,81 

0,50 


0,94 

0,43 


0,17 

Bug‘doy non 

Bug‘doy kepagi 

Achitqi 


(xamirturush) 

Cho‘chqa go‘shti 

Mol jigari 

Mol yuragi 

0,23 

0,75 


0,60 

0,52 


0,30 

0,36 



232 

 


Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish