223
qayta qonga o‘tishini rag‘batlantiradi. Shu bois 40 – 50 yoshlardan
keyin kalsiferolning taqchilligi skelet suyaklari mustahkamligini
kamaytiradi, ular g‘ovak bo‘lib, suyaklarda og‘riq paydo bo‘ladi.
Bu xastalik odatda quyosh nuridan kam bahramand bo‘ladiganlarda
teztez uchraydi. Bunday paytlarda tez – tez quyoshda toblanish va
kalsiferol preparatidan qabul qilish yaxshi naf beradi. Lekin uni
me'yoridan oshiq qabul qilish bilan tanani zaharlab qo‘yish ham
mumkin. Shuning uchun D vitaminini qabul qilishda albatta vrach bilan
maslahatlashish kerak.
Gap shundaki, suyak to‘qimalari ham tanadagi boshqa
to‘qimalar kabi yangilanib turadi. D vitamini yetishmasligidan qonda
kalsiy miqdorining kamayishi yangi suyak hujayralari shakllanishida
kalsiy ulushini kamaytiradi va g‘ovak bo‘lib qoladi.
Yosh bolalarda D vitamininig yetishmasligi ular suyagining
bo‘shashib ketishiga – raxit kasalligiga olib keladi. Ushbu holat bola
oyoq suyaklarining tana og‘irligiga bardosh bera olmasdan qiyshayib
qolishi bilan harakterlanadi. Suyaklarning bo‘shashidan ko‘krak
qafasi, uning shakli tovuq ko‘krak qafasiga o‘xshash bo‘lib qoladi.
Bunday bolalar yuqumli kasalliklarga chidamsiz, lanj bo‘lib, ularda
mushaklar tonusi ancha pasayadi. D vitamini yetishmasligining o‘z
vaqtida oldi olinmasa, ulg‘aygan sari ushbu holat bola asab tizimi
takomillashib borishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va parishonxotirlik
yuzaga keladi. Bola yomon uxlaydi, injiqlashib, ko‘p terlaydi,
qo‘zg‘aluvchanligi oshadi.
Kalsiferol haroratga chidamli bo‘lib, oziqovqatlarni pishirishda
parchalanib ketmaydi.
Bu vitaminning qolganlaridan farqi shundaki,
u boshqa vitaminlar ko‘p bo‘ladigan o‘simlik mahsulotlari,
224
sabzavotlar va mevalarda juda kam uchraydi. Asosiy manbai baliq
yog‘i, o‘simlik moylari, sariyog‘, tuxum sarig‘i hamda dengizdan
olinadigan ozuqa mahsulotlari hisoblanadi. Lekin ushbu mahsulotlar
bilan bu vitaminni salomatlik uchun yetarli darajada qabul qilish qiyin.
Eng yaxshisi, ta'kidlaganimizdek quyosh nuridan foydalanib vujudda
uning tegishli miqdorda sintezlanishiga erishish kerak. Shuni ham esdan
chiqarmaslik kerakki, quyoshda uzoq muddatli badanni qoraytirish
kalsiferol hosil bo‘lishini kamaytirib yuboradi va tanada unga nisbatan
taqchillik paydo bo‘ladi. Badanni uqalash kalsiferol hosil bo‘lishini
yengillashtiradi. D vitamini teri ajralmasi tarkibida bo‘lganligi uchun
tanani me'yoridan ortiq darajada sovunlab yuvish uni kamaytirib
yuboradi. Albatta bu o‘rinda teri gigienasi shartlarini buzmaslik kerak.
D vitamini nuqtai nazaridan quyosh nuriga “to‘ymaslik” havosi
tutun va chang bilan ifloslangan katta shaharlarda ayniqsa ko‘p
uchraydi. Lekin bolalarning, ba'zan katta yoshdagi kishilarning ham
quyoshga toblanishi lozim bo‘lib qolsa, ushbu muolajani ertalab soat
10
00
gacha va kunning ikkinchi yarmida 17
00
dan keyin o‘tkazishni
esdan chiqarmaslik kerak. Chunki soat 10
00
dan 17
00
gacha bo‘lgan
vaqt ichida quyoshda qorayish zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yosh bolalarda taqchillik bo‘lmaslik uchun ularda qishda maxsus
ultrabinafsha nurli vannalar, kerak bo‘lganda baliq yog‘i tavsiya
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: