A vitaminining asosiy manbalari (100 g da mg hisobida)
Oziq moddalar
A vitamini
β
– karotin
Qoramol jigari
Tovuq tuxumi
Sariyog‘
Qaymoq
Pishloq
Sabzi
Petrushka
Ismaloq
Otquloq (shavil)
Ko‘k piyoz
Qizil qalampir
Pomidor
Chakanda (oblepixa)
Chetan (ryabina)
Na'matak mevasi
O‘rik
Turshak
Oshqovoq
Tarvuz
Qovun
8,2
0,25
0,52
0,16
0,26
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
1,0
0,30
0,07
0,16
9,0
5,7
4,5
2,5
2,0
2,0
1,2
7,9
9,0
4,9
1,6
3,5
1,50
0,10
1,40
220
Odam va hayvonlar tanasida retinol o‘simlik tarkibida
uchraydigan karotindan ham hosil bo‘ladi. Karotel degan sabzi navida
karotin ko‘p bo‘ladi.
Odamning A vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyoji keyingi hisob-
kitolarga qaraganda o‘rtacha 1,2 – 2,5 mg bo‘lib, uning 1/3 qismi
retinol, qolgan 2/3 qismi karotindan iborat bo‘lgani maqsadga
muvofiq. Lekin kishi og‘ir jismoniy ish bajarganida, sport bilan
shug‘ullanganida yoki boshqa kuchli stress omil (ruhiy, hissiy iztirobga
tushish, kuchli og‘riq, yuqori yoki past atmosfera bosimi sharoitida
ishlash va hokazo) ta'siriga uchraganida uning retinolga bo‘lgan talabi
bir necha marta oshib ketar ekan. Bunday paytlar A vitaminiga boy
mahsulotlarni kundalik iste'molda ko‘paytirish kerak.
12- jadvalda ko‘ringanidek, ushbu vitaminga eng boy
mahsulotlar bu qoramol jigari, sabzi, chetan (ryabina), chakanda
(oblepixa), petrushka va shu kabi ko‘katlar ekan. Sabzining nafaqat
ildizmevasi, balki bargi ham karotinga boy bo‘ladi, shuning uchun uni
bemalol salatlarga qo‘shib yoki quritib olinganini ovqatga sepib
ishlatish A vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
A vitaminining yetishmasligidan yuzaga keladigan asosiy
kasalliklarga biri shabko‘rlikdir. Bunday olam qorong‘u tushishi bilan
tevarakatrofni ko‘rmay qoladi. Shabko‘rlik belgilari boryo‘qligini
aniqlash uchun qorong‘ulashtirilgan xonaga kirish bilan ko‘rish
holatining qanday bo‘lishini tekshirib ko‘rish kerak. Agar 3-4 soniya
o‘tishi bilan qorong‘ulashtirilgan xonadagi narsalarni ko‘ra
boshlasangiz, vujudingizda bu vitamin yetarli ekan. 8-10 soniyadan
221
keyin ko‘rish tiklansa oz, 15-20 soniyadan keyingina salpal ko‘ra
boshlasangiz u ancha kamayib ketgan bo‘ladi.
Qadimgi Xitoyda va O‘rta Osiyoda shabko‘rlikni chala
pishirilgan mol jigarini iste'mol qilish bilan davolashgan chunki
yuqoridagi jadvalda ko‘ringanidek, 100 g jigarda 8,2 mg retinol
bo‘ladi. Ammo bugungi kunda bunday amaliyotni qo‘llash tavsiya
etilmaydi. Chala pishgan jigar orqali exonokokkoz bilan kasallanish
mumkin. Shabko‘rlik o‘z vaqtida bartaraf qilinmasa, yosh chiqaruvchi
bezlarning va ko‘z shox qavatining qurib qolishi natijasida odam
butunlay ko‘rmay qolishi, kseroftalmiya kabi og‘ir xastalikka mubtalo
bo‘lishi mumkin.
Biz yuqorida A vitamini yetishmasligidan terining quruqlashishi
haqida gapirdik. Bu holat teridagi ter bezlarining kichrayib, tananing shu
qismida ter ajralishiga salbiy ta'sir qiladi, nafas olish yo‘llari
shilimshiqligi kamayib, tegishli xastaliklar yuz beradi (og‘iz, tomoq,
burun bo‘shliqlarining qurishi va b). Shu sababdan ham nafas va
o‘pka yo‘llari kasalliklari, agar tanada A vitamini yetishmasa, tez
tuzalmay, qaytalab turadi. A vitamini tanada to‘qima va hujayralarning
yangilanishi, yangidan hosil bo‘lishida ham faol qatnashadi. Shu
sababli yosh bolalarning me'yorida o‘sishi uchun uning yetarli
bo‘lishi muhimdir. Bu vitamin yetishmasligidan kelib chiqadigan
kasalliklarni oldini olishda yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan hayvon va
o‘simlik mahsulotlaridan foydalanish ma'qul. Chunki avval aytib
o‘tkanimizdek, tabiiy mahsulotlarda bir nechta vitamin va ma'danli
moddalar uyg‘unlashgan holda bo‘lib, bunday holat yetishmagan
vitaminning vujud tomonidan o‘zlashtirib olinishini yaxshilaydi. Bu
borada sabzi sharbatini alohida ta'kidlash lozim, undan har kuni 100 g,
222
ichib turilsa ko‘pgina vitaminlar, jumladan A vitaminiga bo‘lgan
ehtiyoj qonadi. Dorixonalardagi mavjud vitamin preparatlaridan boshqa
iloji bo‘lmaganida, masalan, kasallik avjiga chiqqanida, tegishli
mahsulotlar muxayyo bo‘lmaganida va boshqa holatlarda foydalanish
tavsiya qilinadi. Tayyor vitamin preparatlarini me'yoridan oshiqcha
qabul qilishning xavfli tomoni ham bor. Bu A gipervitaminozi deyiladi.
Agar tanaga undan 15 mg yuborilsa zaharlanish sodir bo‘lib, bosh
og‘rishi, qayt qilish, soch tushib ketishi kabi holatlar ro‘y beradi. Lekin
bu vitaminni uning tabiiy manbalari hisobiga me'yoridan ko‘p qabul
qilgan bilan yuqoridagi zaharlanish holati ro‘y bermaydi. Chunki,
birinchidan, yegulik mahsulotlaridan shuncha birlikdagi vitamin bor
ovqat yeyilmaydi, va ikkinchidan qayd qilinganidek, hyech qanday tabiiy
manbada faqat sof A vitamini mavjud bo‘lmaydi.
A vitamini haroratga ancha chidamli bo‘lib, oziqovqatlar
pishirilganidan keyin, bu vitaminning ko‘pi bilan 30% yo‘qoladi. Bir
vaqtning o‘zida u ultrabinafsha nurlar, havodagi kislorod va yog‘
kislotalarining oksidlanish mahsulotlari ta'sirida tez parchalanib ketadi.
O‘simlik mahsulotlaridagi karotin ichak va jigarda kimyoviy
o‘zgarishga uchrab retinolga aylanadi. Qizil sabzi tarkibida karotin
sariq sabziga qaraganda 9 marta ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |