39-rasm.
Jiyda daraxti.
167
ChA KA N DA (J IR G ‘A N O Q ) - H IP P O P H A E
Kichik daraxt yoki huta o‘simlik bo‘iib, bo‘yi
6-8
m, diametri
20-30 sm keladi. Tanasi va novdalarning po‘stlog‘i sariq- qo‘ng‘ir
yoki qora. Ko‘p bo‘gMmli novdalari zich tikan bilan tugaydi.
Novdalari avval kumush rang, so‘ng qo‘ng‘ir rang tangachalar
bilan qopiangan, kurtaklari mayda, yumaloq, yaltiroq, 2-3 ta
tangacha bilan o ‘ralgan. Barglari ingichka lansetsimon tuzilgan,
bo‘yi
8
sm ga etadi, navbat bilan joylashadi. Cheti butun, bir oz
qayrilgan boTadi. Barg plastinkasining yuz tomoni to ‘q yashil, orqa
tomoni esa qalin qopiangan yulduzsimon tangachalar tufayli
kumush rangda boTadi.
40-rasm.
Chakandaning mevali novdasi.
Jirg‘anoq erta bahorda (aprel-may oylarida) barg yozishdan
oldin yoki bir vaqtda gullaydi. Gullari ayrim jinsli, ikki uyli boMib,
boshoqsimon to ‘pgul hosil qiladi urug‘chi gullari rangsiz, yashil
rangda bo‘lib yon shoxchalari ko‘ltig‘ida 2-5 tadan boMib
joylashadi. Mevasi soxta danakcha, pushti novvoti yoki qizil rangda,
sentyabr oyida etiladi. Danakchasi tuxumsimon bir chiziqli, to ‘q
jig ar yoki qora rangda, bo‘yi 5 mm. U rug‘i bahorda sepilsa albatta
stratifikasiya qilish zarur, kuzda esa stratifikasiya qilinmasdan
sepiladi. Jirg‘anoq ildizidan bachkilaydi parxish y o ‘li bilan
k o ‘payadi.
Uning areali nihoyatda keng, M DH da Boltiq bo‘yi
hududlarida,
M oldaviyada,
Qora
dengiz
bo‘yida,
Shimoliy
Kavkazda, Zakavkazeda, G ‘arbiy va Sharqiy Sibirda va 0 ‘rta
Osiyoda uchraydi. U daryo, ko‘l va dengiz qirg‘oqlarida o ‘sadi.
TogTi hududlarda dengiz sathidan 1000-1500 m balandlikka
ko‘tariladi. Terakzor va tolzorlarda o ‘sadi. U yorug‘sevar, sovuqqa,
havoning quruq kelishiga chidamli. Har xil tuproqli erlarda o ‘sa
oladi. Uning sersuv mevasini yangiligida eyish mumkin, tarkibida
askorbin kislota va S vitam in bor. Guli nektarli
U parklarda manzarali o ‘simlik sifatida ko‘p ekiladi, ayniqsa
kuzda mevasi etilganda go‘zal manzara hosil qiladi
O Q T U T - M O R U S ALBA
Ushbu tut turi tabiiy ravishda Xitoy, Yaponiya Hindiston va
Markaziy Osiyo, Kavkazda keng tarqalgan va madaniylashtirilgan.
Balandligi 15 metrgacha bo lib, tana diametri 80 sm gacha etadi
250 yilgacha yashashi amqlangan. Katta yoshli daraxt tanasi
p o ‘stlog‘i qalin dare ketgan va kul rangda. Yangi novdalari kul
rang-yashil yoki qizg ish-kul rang bo‘lib egiluvchanligi yuqori.
Barglari turlicha shakllarda: oddiy, tuxumsimon, chekkalari tishli va
hokazo.
Oq tut aprel-may oyida barglar paydo boMishi bilan bir paytda
gullaydi. Gullari mayda, ko‘rimsiz mevalari shirin, iste’molga
yaroqli iyun-iyul oylarida pishib etiladi. UrugMari mayda, dumaloq
och kul rang-sariq rangda, diametri
2
mm atrofida
Oq tut qalamchalari bilan yaxshi W payadi. Uzoq oMmishda
Markaziy Osiyo va Kavkaz aholisi tomonidan madaniylashtirilgan,
ayniqsa uning m arvand tut nomi bilan xalq seleksiyasi maxsuli
boMgan navi ko‘plab ekiladi. 0 ‘rmon meliorasiyasida ham
foydalaniladi. Har yili hosil beradi.
Q O R A T U T - M O R U S N IG RA
Qora tut oq tutga nisbatan kam tarqalgan, asosan Eron,
Markaziy Osiyo va Kavkazda o ‘stiriladi. Uning barglari ipak qurti
uchun kam ishlatiladi. Daraxti 10-15 m balandlikda bo‘lib,
morfologik belgilariga ko‘ra oq tutdan deyarli farq qilmaydi.
Mevalari iyun-iyul oylarida pishib etiladi. to ‘q qizil, to ‘q
siyoxrangda bo‘lib, nordon-shirin ta’mga egadir. Qora tutning xalq
seleksiyasi mahsuli b o lg a n shotut qavi aholi tomonidan ko‘plab
ekiladi. Asosan, qalamchadan qimmatli navlari payvandlash yo‘li
bilan ko‘paytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |