25-30
m ga, diametri
1-2
m ga etadigan daraxt.
Shox-
shabbasi keng, sharsimon.
Shox
va novdalarining p o ‘stlogM silliq,
oqish po‘st tashlab turadi. Barglari toq patsimon, bo‘yi
40
sm gacha
etadi,
7-9
ta bargchalari
bor,
uchidagisi eng yirik, tubidagisi ancha
mayda boMadi. Barglari xidii efir moyi chiqarib turadi. Gullari
ayrim jinsli, bir uyli. Barg yozish bilan bir vaqtda (aprel oyida)
gullaydi. Shamol vositasida chetdan changlanaai. Mevasi bitta yoki
bir nechtadan to ‘da boMib joylashadi. Ular sentyabr oyida etiladi,
qo‘ngMr-yashil, oval shaklda ustki seret po‘sti mevasi etilganda
yoriladi. Undan yong‘oq osor.lik bilan ajraladi, yong‘oqning qobigM
qalin, ustki tomoni cho'tir, och-gMsht rangda. Ayrim naviarining
qobigM yupqa boMib, ularni chaqish ancha oson, bunday navlar
ayniqsa diqqatga sazovor. M ag‘zi to'siqlar bilan qismiarga ajraladi.
Uning tarkibida 60-70% moy bor, S vitamin nihoyatda ko'p. M ag'zi
iste’mol qilinadi va texnik xossaga ega.
Uning po‘stidan, bargidan, tanasining po^stlogMdan jigar rang
bo‘yoq moddasi olinadi. U ipak va ip gazlamaiarni botyash uchun
ishlatiladi. Bulardan tashqari, qobigMda 20% ga yaqin oshlovchi
moddalar bor.
Yong‘oq urugMdan yaxshi ko‘payadi. Ekishdan oldin urugMni
stratifikasiya qilish zarur. Ildizi yo‘g ‘on o ‘qildiz boMib, erga chuqur
kirib boradi. T o ‘nkasidan, parxish yo‘li bilan ham ko‘payadi. Uni
yashil qalamchadan ko‘paytirish mumkin, lekin sekin ko‘karadi. U
tez o ‘sadi, 400 yil yashashi mumkin. 0 ‘rta Osiyoda katta-katta
yong‘oqzorlar hosil qiladi. Hozir ularning maydoni 75000 gektarga
yaqin. Eronda, A fg‘onistonda, Xitoyda, Koreyada va Yaponiyada
ham o ‘sadi. Tog‘lik hududlarda dengiz sathidan 800-2300 m gacha
ko‘tariladi. 0 ‘rta Osiyoda, Kavkazda, Qrimda, M oldaviya va
Ukrainada k o ‘p ekiladi. Sovuqqa chidamsiz bo‘lganligidan M DH
ning Evropa qismida ko‘p ekilmaydi. Hozir uning sovuqqa chidamli
navlari chiqarilmoqda va tanlab olinmoqda. Y ong‘oq yorug‘sevar
o ‘simlik, tuproq tanlaydi, unumdor va ohakli erlarda yaxshi o ‘sadi.
Y og‘ochi o ‘zakli, qattiq, og ‘ir. U mebel sanoatida ko‘p ishlatiladi.
Yong‘oq daraxti ko‘kalamzorlashtirish maqsadida va mevali
daraxt sifatida bog4larda juda ko4p ekiladi.
Q IZ IL C H E T A N - SORBUS TIA N SC H A N IC A
B o‘yi 4-5 m li kichik daraxt bo‘lib, novdalari tuk bilan siyrak
qoplangan, yashil yoki qizg
4
ish. Kurtaklari yirik, bo‘yi 12-15 mm,
uchi o
4
tkir, tuksiz yoki tukli. Yonbarglari juda ensiz, uchi o 4tkir
bo
4
lib, kuzda to‘kilib ketadi. Barglari 10-15 sm, ayrim vaqtlarda
undan ham uzun,
6
yoki
8
ju ft yonbargchali, bandi tukli. Shakli
lansetsimon, bir oz dag‘al, tuksiz, cheti tishchali. T o4pguli yirik,
diametri 15 sm gacha, gulbandi qizil, tuksiz boMadi. M evasining
bo4yi
10-12
mm eni
8-10
mm, avval qizil-sarg‘ish bo‘lib, so4ng to 4q
qizil rangga kiradi. Qizil chetan tog
4
larda dengiz sathidan 2800 m
gacha balandlikda o 4rmon hosil qiladi. Nam va unumdor erda yaxshi
o
4
sadi. Tyan-Shanda, Jung‘oriya Olatovida va Pomir-Oloyda
uchraydi. U rug4dan yaxshi unib chiqib, yaxshi o ‘smoqda.
O D D IY C H E T A N - SORBUS A U C U PA R IA
B o4yi 5-15 m ga etadigan daraxt, ba’zan buta. Tanasining
p o
4
stlog‘i silliq, shox-novdalari tukli, barglari toq patsimon, 9-15
bargchali, tiniq yashil rangli. May-iyun oylarida gullaydi, gullari oq,
xushbo4y boMib, yig4ilib to 4pgul hosil qiladi. T o4pguli kalta
novdalaming uchida joylashadi. Mevasi yumaloq, tiniq novvuli qi/il
bo‘ladi va sentyabr oyida etiladi, ammo daraxtda ko'p vaqt
saqlanadi. Mevasi achchiq bo
4
lsa-da, eyish mumkin, ayniq-.n
sovuqdan keyin juda eyishli boMadi. Uni qushlar ko'plab istc’mol
qiladi. U rug‘i mayda. Parxish yo‘li bilan va bachki novdasidan,
hamda to ‘nkasidan ko‘payadi. Unumdor erda yaxshi o
4
sadi. l og*
qiyaliklaridagi toshli erlarda ko4p uchraydi. Sovuqqa, qurg‘oq-
chilikka chidamli. Y og4ochi o
4
zakli, qizg‘ish bo
4
lib, undan mebel
yasaladi. M evasidan oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Ular
etilganda daraxti nihoyatda chiroyli boMib ko‘rinadi, shuning uchun
u ko4p ekiladi.
Oddiy chetan o 4rmon meliorasiyasida foydali daraxt, ihota
o 4rmon qatorlarida pastki yarusda yaxshi o
4
sadi. MDH da o ‘rmon,
o
4
rmon-dasht mintaqasida hamda Krimda, Kavkazda tarqalgan. U
yana Shimoliy va 0 ‘rta Evropada, Bolqon mamlakatlarida ham
Kichik Osiyoda o ‘sadi. Havoning quruqligidan zararlanmaydi.
A N T IPK A SH U M U R TI - PADUS M A H A LEB
Bo‘yi 8-10 m li daraxt, ba’zan buta tanasi va novdalarining
po‘stlog4i silliq, katta yoshida bo‘yiga yorilgan boMadi. Shoxlari
ingichka, novdalari qo‘ng4ir kul rang, barglari tiniq yashil, yaltiroq,
keng tuxumsimon. Bu shumurt barg yozishdan oldin yoki u bilan bir
vaqtda aprel oyida gullaydi. Gullari shingilsimon bo
4
lib, kalta
shoxlarining uchida joylashadi. Ular mayda xushbo4y hidli, mevasi
sharsimon, diametri
8-10
mm, avval sariq-yashil, keyinroq qizil,
etilish oldidan qora rangga kiradi. Danagi silliq, tuxumsimon.
Mevasi nordon va achchiq. Ulam i qushlar yaxshi iste’mol qiladi.
Ukrainaning g 4arbiy viloyatlarida, Moldaviyada, Krimda, Kavkazda
va 0 4rta Osiyoda yovvoyi holda o
4
sadi.
Antipka shumurti manzarali daraxt sifatida ekiladi. Bundan
tashqari unga olcha yoki gilos payvand qilish mumkin.
0 4
rmon-
dasht va dasht mintaqalarida sovuqqa chidamli, er tanlamaydi.
Qumli va sho4rtob tuproqli erlarda o 4sa oladi. Ildizidan bachkilaydi.
Qurg
4
oqchilikka, kasallik va hasharotlar ta’siriga chidamli. Uni
ixota o ‘rmonlari qatoriga, o ‘rtacha soya erlarga ekish mumkin.
Shumurtning yana: P.serotina, P.maacku, P.virginiana, P.pensylva-
nica turlari diqqatga sazovordir. Ular seleksiya ishida katta
ahamiyatga ega.
O Q T O L - SA LIX ALBA
Boshqa tollar ichida eng kattasidir. B o‘yi 30 m ga, diametri
2 m ga etadi. P o‘stlog‘i kulrang, bo‘yiga yorilgan bo‘ladi. Shox-
shabbasi keng va yumaloq, kurtaklari yotiq, tukli. Novdasi
ipaksimon tukli, shoxlari esa tuksiz. Barglari lansetsimon tuzilib,
cheti mayda tishchali, o ‘tkir uchli bo‘lib, asosiy tomirlari yonida
ipaksimon tuklar bor. Ular yozning o ‘rtalarida to ‘ki!ib ketadi, biroq
pastki tomonida biroz saqlanib qoladi. Oqtol barg yozish bilan bir
vaqtda yoki biroz keyinroq gullaydi. Gullari kuchala hosil qilib,
siyrak joylashadi, gulpoyasi tukli uning tu'bida kulrang bargchalar
bor. Gulyon bargchalari bir xil rangda. Urug‘chisi qisqa ustunchali,
ikki qismga ajralib turadigan tumshuqchali. Mevasi 25-30 kunda
etiladi. Bu tol asosan urug‘idan yaxshi ko‘payadi. T o‘nkasidan
novda chiqarib tiklanadi, poyasidan ham ko‘payadi.
Tolning yog‘ochi oq, pushti rangda, yumshoq, engil b o ‘lib,
qurilishda va boshqa x o ‘jalik ishlarida ishlatiladi. P o‘stlog‘ida
5-11% salisin moddasi bor. Bu tol keng tarqalgan, uning areali
shimolda 62° kenglikkacha etib boradi. U MDH ning Evropa
qismida, Kavkaz va 0 ‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Bu tol daryo
qirg‘oqlarida, ko‘l bo‘ylarida, botqoq erlarda o ‘sadi, ko‘p erlarda
ekiladi ham. M DH dan tashqari, Kichik Osiyoda, Eronda va Xitoyda
ham ko‘p uchraydi. Oqtol qurg‘oqchilikka, issiqqa va sovuqqa
hamda tuproqning sho‘riga chidamli, chiroyli daraxt. Shaharlarda
aholi yashaydigan deyarli hamma joylarda ko‘p ekiladi. Uning
majnuntol singari shakllari bo‘lib, ular ko‘kalamzorlashtirish uchun
juda mos keladi. Uni istirohat bogMariga, suv havzalari bo‘yiga ko‘p
ekish tavsiya etiladi.
Q O R A T O L - SALIX A U ST R A L IO R
B o‘yi 25-30 m ga, diametri 50-80 sm ga etadigan, novdalari
qizil-novvoti rangdagi, silliq tuksiz daraxt. Yosh novdaiarining uchi
tukli. Kurtaklari o ‘tkir uchli, novvoti rangda, novdaga yotiq
joylashgan. Barg bandi kalta, bezsiz. Yon barglarining bo‘yi 2-8 sm,
eni
1
,
5-5
sm, o ‘tkir uchli, keng yoki tor lansetsimon, cheti tishchali,
har ikkala tomoni bir xil yashil rangda tuksiz. Bu tol bir jinsli ikki
uyli daraxt. Erkak guli kuchalasining bo‘yi 7 sm, eni i m keladi.
Gulyon bargchalari tuxumsimon b o iib , kalta tukii. U rg‘ochi
gulining kuchalasi 4-6 sm uzunlikda, eni 0,6-0,9 sm. Gulyon
bargchalari tuxumsimon bo‘lib, kalta tukli. qoratol barg yozish bilan
bir vaqtda gullaydi. qalamchadan ko'paytirish mumkin.
Y og‘ochi oq, egiluvchan bo‘lib, novdalaridan manzarali stol va
stuliar to ‘qiladi. Ko‘kalamzorlashtirishda yordamchi daraxt sifatida
ekish mumkin.
M A JN U N T O L - SALIX BA BY LO N ICA
B o‘yi 8-10 m, diametri 50-60 sm bo‘lgan daraxt. Po‘stlog‘i
bo‘yiga yorilgan, to ‘q kul rangda . Shoxlari uzun, ingichka bo‘lib,
ko‘pincha pastga osilib turadi. Novdasi sariq-yashil yoki qizg‘ish
rangda. Kurtaklari mayda, o ‘tkir uchli, yashil-qo‘ng‘ir rangda.
Barglari tor lansetsimon, bo‘yi 10-16 sm, eni 1-1,5 sm, uchi o ‘tkir,
cheti mayda tishchali, ayrim vaqtlarda tishsiz butun. Yosh
novdasidagi barglari tukii, yuz tomoni tiniq yashil, yaltiroq, orqa
tomoni oqish yoki zangori rangda. Barg bandining bo‘yi 0,7-0,9 sm,
bezsimon tukli, 15-30 ta yon tomiri bor. Yon bargchalari
lansetsimon yoki juvoldizsim on, o ‘tkir uchli, cheti tishchali. Ikki
uyli daraxt. Kuchalasi ingichka, kalta bandli, tubida bargchalari bor,
gullari zich joylashgan, barg yozib bo‘!gandan so‘ng gullaydi.
Gulyon bargchalari ingichka, tuxum yoki lansetsimon, uchki qismi
uzun tukli. Bu tol qalamchadan yaxshi ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |