G ‘A RB TU Y A SI - T H U JA O C C ID E N T A L IS
B o ‘yi 10-12 m, diametri 1 m keladigan daraxt. Ayrim
tuplarining b o ‘yi 30 m gacha ham etadi. Shox-shabbasi pirami-
dasimon va jigar rangda. Katta yoshida p o ‘st tashlab turadi.
Birlamchi va ikkilamchi novdalari yassi bo‘lib, yasmiqchali. Ular
uchinchi yili silindr shakliga kiradi. Shox-shabbasi zich joylashgan.
Barglari yozda to‘q yashil, qishda yashil-qo‘n g ‘ir rangda boMadi,
smola bezlari yo ‘q. Yuqori novdalardagi barglari o ‘tkir uchli, qattiq,
yon novdalaridagisi to ‘mtoq va oval shaklda boMib, novdaga
yopishib joylashadi. Ular daraxtda 2-3 yilgacha saqlanadi. G ‘arb
tuyasi bir uyli o ‘simlik. Qubbalari 5-6 juft tangachadan iborat
bo‘lib, cho‘ziqroq-tuxumsimon, bo‘yi 10-15 mm. U lar kuzda etiladi,
bu vaqtda tangachalari ochilib, ichidan qanotchali urug
4
lari
to ‘kiladi. 1000 dona urug‘ining vazni 1,4 g keladi.
Tuya urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Qalamcha va payvand qilib,
parxish yo‘li bilan ham ko‘paytirish mumkin. Olti yoshida changlana
boshlaydi. Sekin o
4
sadi, soyasevar daraxt boMib, unumdor erlarda
yaxshi o ‘sadi. Unumsiz erda barglari sarg‘ayadi. Qurg‘oqchilikka
ham, sovuqqa ham chidamli. G ‘arb tuyasi Qora dengiz bo‘ylaridagi
shaharlarda ko‘p o‘sadi. Shuningdek, u Sibirda va Uzoq Sharqda
uchraydi. Yaponiyaning Xondo orolida dengiz sathidan 1000-1800 m
balandlikdagi o ‘rmon mintaqalarida tarqalgan. Bu erlarda yirik
o ‘rmonzorlar hosil qilgan. 100 yil yashashi mumkin. Evropaga tuya
XVI asrda keltirilgan. Yog‘ochi o ‘zakli, smolasiz, yumshoq, engil,
Kanadada va AQSh da yog‘ochidan shpal, stolbalar tayyorlanadi. U
kemasozlik va duradgorlikda, qayiq yasashda ishlatiladi. Po‘stlog‘i va
bargida S vitamin boMib, u singa kasalligiga davodir. Shuning uchun
uni «hayot daraxti» deb ham atashadi.
G ‘arb tuyasi havoning ifloslanishiga chidamli, yashil to ‘siq yara-
tishda qulay daraxt hisoblanadi. Uning chiroyli xillari bor. Tuyani
yakka-yakka, guruh yoki qator qilib ekish tavsiya etiladi. Lekin
nihollari yosh vaqtida issiqdan zararlanadi, shuning uchun soya
joylarga ekish mumkin.
SH A R Q B IO T A SI - B IO T A O R IE N T A LIS
Daraxt yoki buta, bo‘yi 10 m. Tanasining p o ‘stlog‘i to ‘q kul
rang, po‘st tashlab turadi, shox-shabbasi piram ida shaklida b o ‘lib,
vertikal o ‘sadigan novdalardan tuzilgan. Novdalari yassi, pishiq,
yashil rangda. Barglari ninasimon, tangachasimon bo‘lib, uchi
o ‘tkir, bezli, tiniq yashil rangda. Sharq biotasi bir uyli o ‘simlik.
Asosan urug‘idan k o ‘payadi, qalamchadan ham ko‘paytirish
mumkin. U sekin o ‘sadi, soyasevar, issiqsevar, qurg‘oqchilikka
chidamli, katta yoshida sovuqqa ham chidamli, gazlarga chidamli.
Har xil tuproqda o ‘saveradi. Lekin ohakli qumloq tuproqlarda
yaxshi o ‘sadi. Ildizi baquvvat. Shoxlari egiluvchan bo‘lib, shamol
ta ’siridan va qor bosib qolishidan zararlanmaydi. Sharq biotasining
qalin, sharsimon shox-shabbali va egilib o ‘suvchi shakllari bor.
Ba’zilari pakana, boshqalari baland bo‘yli, yashil zangori, oq-
sarg‘ish rangda bo‘lib, juda chiroyli.
Sharq biotasi Shimoliy Xitoyning tog‘li xududlarida va Hisor
tog‘ining T o‘palang daryosi qirg‘oqlarida tarqalgan. MDH ning
janubiy tumanlaridagi shahar va parklarda o ‘sadi. Uni yakka-yakka
yoki guruh qilib ekish tavsiya qilinadi. U ko‘kalamzorlashtirishda
keng miqyosda foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: