Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

 
2
§
. O`rmonlardan foydalanish huquqi subyektlari va obyektlari. 
 
 
O`rmondan  foydalanish  huquqi  nazariy  masalalari  xususida  tadqiqot  olib 
borganda  ushbu  huquqiy  munosabatlarda  ishtirok  etuvchi  subyektlar  haqida 
to`xtalib  o`tish  ahamiyatga  ega.  O`rmon  huquqiy  munosabatlarida  qatnashuvchi 
subyektlar  o`ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo`lib,  ma'lum  shartlarga  javob  berishi 
kerak. 
 
Umumiy  qoidaga  ko`ra,  huquq  subyekti  deganda  subyektiv  huquq  va 
majburiyatlarga  ega  sifatida  harakat  qila  oladigan  yakka  shaxslar,  tashkilotlar, 
jamoat tashkilotlari tushuniladi.
1
 "O`rmon to`g`risida"gi qonunning 19-moddasiga 
binoan  o`rmondan  foydalanish  huquqiga  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  ega 
bo`lishlari  mumkin.  O`rmon  huquqiy  munosabatlarida  qatnashuvchi  subyektlar 
huquq va muomala layoqatlariga ega bo`lishlari lozim. Subyektiv huquqning ushbu 
elementlari  bo`lmasa,  bunday  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  o`rmon  huquqiy 
munosabatlarining subyekti bo`la olmaydilar. 
 
O`rmon  qonunchiligi  o`rmondan  foydalanish  huquqining  subyekti  sifatida 
o`rmon  uchastkasini  foydalanishga  bevosita  olgan  shaxslarni  ham,  shuningdek 
o`rmondan  qonunga  binoan  foydalanish  huquqi  bo`la  turib,  amalda  bu  huquqdan 
foydalanmayotgan shaxslarni ham tan oladi. Shunday qilib, o`rmondan foydalanish 
huquqi  subyekti  bo`lib  o`rmon  huquq  layoqatiga  ega  bo`lgan  shaxslar  garchi 
qonunga  binoan  o`rmondan  mavhumiy  foydalanish  huquqiga  ega  bo`lsalarda  tan 
olinishi  mumkin  ekan.  Demak,  o`rmondan  foydalanish  huuqining  realligi  asosida 
bu  huquqni  amalga  oshiruvchilarni  ikkiga  bo`lish  mumkin.  "O`rmondan 
foydalanuvchi" va "O`rmondan foydalanish huqui subyekti". 
 
O`rmondan foydalanish huquqi subyektining huquqdorligi ular tashkil etgan 
paytdan boshlab vujudga keladi va ular faoliyati tugaganda tugatiladi. 
 
O`rmondan foydalanish huquqi subyektining o`ziga xos jihatlarii aniqlashda 
huquqiy  adabiyotlarda  turli  xil  fikrlar  uchraydi.  Masalan,  V.F.  Gorbovoy 
yozishicha,  o`rmon  huquqiy  munosabatlarining  muhim  xususiyatlaridan  biri 
shundan  iboratki,  bunda  shu  munosabatlarning  subyekti  bo`lish  uchun  qonunda 
belgilangan tartibda o`rmondan foydalanish huquqi real amalga oshirilishi kerak.
2
  
 
Ushbu    fikrga  qarama  -qarshi  fikrni  O.S.  Krassov  bildiradi.  Uning  fikriga 
ko`ra, ma'lum bir shaxsni o`rmondan foydalanuvchi subyekt bo`lishi uchun ushbu 
belgining  amalda  bo`lishi  shart  emas.  Shuning  uchun,  o`rmon  huquqdorligi 
mavjudligi,  masalan,  o`rmon  korxonasi  majmui,  o`rmon  xo`jaligi  yoki  o`rmon 
                                                 
1 Karang: Livshits R.Z. Sovremennaya teoriya prava (kratkiy ocherk). M. 1992. S. 64-72; Alekseyev S.S. Teoriya 
prava. -M. 1995. s.19-20. 
2 Gorbovoy V.F.  Predmet i sistema sovetskogo lesnogo prava. -Krasnoyarsk, 1984. 144-bet. 


sanoati xo`jaligida shunday huquq ular tashkil topganda vujudga keladi, garchi bu 
vaqtda  ular  o`rmondan  foydalanmayotgan  bo`lsalarda,  o`rmondan  foydalanish 
huquqining  subyektlari  sifatida  tan  olinishi  uchun  asos  bo`ladi.
1
  Keyingi  muallif 
fikriga  qo`shilgan  holda  shuni  ta'kidlash  mumkinki,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 
o`rmondan  foydalanayotgan  bo`lishlaridan  qat'i  nazar,  agar  ular    huquq  va 
muomala  layoqatiga  ega  bo`lsalar  o`rmondan  foydalanish  huquqining  subyektlari 
hisoblanadilar. 
 
O`rmondan  foydalanish  huquqi  subyektlari  ichiga  davlat  ham  kirishligi 
"O`rmon  to`g`risida"gi  qonunda  ochiq  aytilmagan.  Shunga  qaramasdan  u 
o`rmonlarga  nisbatan  mulk  huquqini  subyekti,  uning  egasi  sifatida  foydalanish 
huquqining  subyekti  bo`ladi.  O`rmon  huquqiy  munosabatlarida  u  bevosita  yoki 
o`zining organlari orqali ishtirok etadi. Ushbu organlarni bir necha turlarga bo`lish 
mumkin.  Ular  umumiy,  tarmoq  va  maxsus  vakolatli  davlat  organlariga  bo`linadi. 
Masalan.  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi,  viloyat,  tuman  xalq  deputatlari 
Kengashida  umumiy  kompetensiyadagi  va  Vazirlar  Mahkamasi,  viloyat,  tuman 
hokimliklari  tarmoq  davlat  organlari,  o`rmon  qo`mitasi  va  uning  joylardagi 
organlari,  o`rmon  korxonalari,  o`rmon  xo`jaliklari  esa  maxsus  vakolatli  davlat 
organlari  hisoblanadi.  Ushbu  davlat  organlari  o`rmonlardan  foydalanish,  ularni 
muhofaza  qilish,  qayta  tiklash  sohasida  katta  huquq  va  majburiyatlarga, 
vakolatlarga  egadirlar.  Ular  o`rmonlardan  foydalanishda  tasarruf  etish,  nazorat 
qilish,  kadastr  yuritish,  o`rmon  tuzilishi,  hisoboti,  o`rmon  hosildorligini  oshirish 
bo`yicha qoidalarni belgilaydilar. 
 
"O`rmon to`g`risida"gi qonunning 20-moddasida belgilanishicha, o`rmondan 
foydalanish  huquqi  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga,  agar  qonun  hujjatlarida 
boshqacha  qoida  yozilgan  bo`lmasa,  davlat  o`rmon  xo`jaligi  organlari  tomonidan 
amalga oshirilishi mumkin. Shu qoidadan kelib chiqib aytish mumkinki o`rmondan 
foydalanish  huquqining  subyektlari  ichida  maxsus  vakolatli  organlari  alohida 
ahamiyatga ega. Ular davlat o`rmon xo`jaligi organlari
2
 deb yuritilib, bir vaqtning 
o`zida  ham  boshqaruvni  ham  foydalanuvchi  subyekt  vazifasini  bajaradilar.  Shu 
maqomdan  kelib  chiqib  ular  o`rmonlarning  xalq  xo`jaligidagi  ahamiyatini 
yaxshilash,  iqlimni  yaxshilash,  xalq  xo`jaligini  va  aholini  yog`och  hamda  boshqa 
o`rmon  mahsulotlariga  bo`lgan  ehtiyojlarini  qondirish,  o`rmonlarni  ko`paytirish, 
sifatini  yaxshilash,  mahsulotlarini  oshirish,  o`rmonlarni  ehtiyot  qilib  asrash, 
yong`indan  saqlash,  zararqunanda  va  har  xil  kasalliklardan  qo`riqlash,  o`rmon 
fondi yerlaridan oqilona va samarali foydalanish kabi ishlarni amalga oshirishdir. 
 
Fuqarolar  o`rmondan  foydalanishda  alohida  subyekt  sifatida  harakat 
qiladilar. 
O`rmon 
qonunchiligida 
belgilanishicha 
(30-modda) 
fuqarolar 
o`rmonlarda  bemalol  bo`lishga,  yovvoyi  meva,  yong`oq,  ko`ziqorin,  rezavor 
mevalarni  terishga  huquqli  hisoblanadilar.  Shu  bilan  birga  fuqarolarning 
o`rmondan  foydalanish  huquqi  qonun  bilan  chegaralanib  qo`yilishi  mumkin. 
Masalan,  ular  shira  tayyorlash,  zapovedniklardan  foydalanish  huquqlaridan 
mahrum etilishlari mumkin. 
                                                 
1 Krassov O.I. Pravo lesopolzovaniya v SSSR. -M.: Nauka, 1990. 52-bet. 
2 "Urmon tugrisida"gi Konunning 9-moddasi 2-kismiga binoan "Uzbekiston Respublikasi Davlat urmon kumitasi va 
uning joylardagi organlari davlat rmon xujaligi organlari xisoblanadi". 


 
O`rmonlardan  foydalanish  huquqi  subyektlarini  tahlil  etish,  ularni 
guruhlarga  ajratish  turkumlash  (klassifikatsiyalash)ga  yordam  beradi.  Huquqiy 
adabiyotlarda ularni turli xil belgilarga qarab guruhlarga ajratiladi. Chunonchi, O.I. 
Krassovning    fikriga  ko`ra,  o`rmondan  foydalanish  qonuniy  subyektlarini  o`rmon 
xo`jaligi yuritish majburiyatlariga qarab o`rmon xo`jaligi yurituvchi subyektlar va 
o`rmon  xo`jaligi  yuritmaydigan  subyektlarga  bo`linadi.  Birinchi  toifadagi 
subyektlarga  kompleks  o`rmon  xo`jaligi  korxonalari,  kompleks  o`rmon  sanoati 
korxonalari,  jamoa  xo`jaliklari,  xo`jaliklararo  o`rmon  sanoati  xo`jaliklari,  turistik 
lagerlar, dam olish bazalari, fuqarolarni kiritadi.
1
  
 
O`rmondan  turli  maqsadlar  yo`lida  foydalanish  mezoniga  qarab  o`rmondan 
foydalanish  huquqi  subyektlarini  universal  va  maxsus  subyektlarga  bo`lish 
mumkin.
2
  
 
Kompleks  o`rmon  korxonalari,  davlat  o`rmon  xo`jaligi  korxonalari,  jamoa 
xo`jaliklari  birinchi  turdagi  subyektlarga  tegishli  bo`lsa,  maxsus  turdagi 
subyektlarga  o`rmonlardan  ilmiy-tadqiqot  huquqi  asosida  foydalanuvchi 
korxonalar, ilmiy muassasalar, shuningdek tayyorlov tashkilotlari bo`lishi mumkin. 
O`rmonlardan  universal  subyekt  sifatida  foydalanuvlarga  o`rmon  qonunchiligida 
belgilangan  barcha  turdagi  faoliyatni  amalga  oshirishga  huquq  beriladi,  maxsus 
foydalanuvchi  subyektlarga  esa  faqat  aniq  belgilanmagan  faoliyat  turini  amalga 
oshirishga  yo`l  qo`yiladi.  O`rmon  munosabatlari  subyektlarini  V.F.  Gorbovoy 
quyidagicha  guruhlarga  ajratadi:  1)  Davlat;  2)  o`rmon  vakolatiga  ega  bo`lgan 
davlat  organlari;  3)  o`rmonlardan  foydalanuvchi  tashkilotlar  (davlat,  davlat-
kooperativ,  kooperativ  va  boshqalar);  4)  fuqarolar;  vakolatlar  hajmi  bo`yicha:  a) 
o`rmon 
xo`jaligi 
yuritish, 
ekspluatatsiya 
qilish 
va 
o`rmon 
huquqiy 
munosabatlaridan  doimo  ishtirok  etuvchi  maxsus  tuzilgan  korxona,  muassasa, 
tashkilotlar;  b)  o`rmon  xo`jaligi  sohasidagi  vakolati  muhim  hisoblanmagan 
korxona, muassasa  va  tashkilotlar  (o`rmon  xo`jaligi  yurituvchi  jamoa  xo`jaliklari, 
davlat xo`jaliklari, qo`riqxonalar, xo`jaliklararo tashkilotlar).
1
  
 
Biz  keyingi  muallifning  fikriga  qo`shilgan  holda,  o`rmon  munosabatlari 
subyektlarini  quyidagi  guruhlarga  ajratamiz:  birinchidan,  o`rmondan  foydalanish 
bo`yicha  davlatning  umumiy  va  maxsus  vakolatli  organlari;  ikkinchidan, 
o`rmondan  bevosita  foydalanishni  amalga  oshiradigan  korxona,  muassasa, 
tashkilotlar;  uchinchidan,  o`rmondan  foydalanish  huquqi  subyekti  deb  qaraluvchi 
korxona, muassasa, tashkilotlar; to`rtinchidan, fuqarolar. 
 
O`rmonlardan foydalanish huqui xususida fikr yuritilganda bu muammoning 
obyekti  masalasi  alohida  o`rin  egallaydi  va  unga  alohida  to`xtalib  o`tish  lozim, 
chunki  o`rmondan  foydalanish  huquqi  obyektlari  haqida  aniq  tasavvurga  ega 
bo`lmasdan bu muammoni to`la anglash, tushunish mumkin emas. 
 
Harakatdagi  o`rmon  qonunchiligiga  binoan  mamalakatimiz  hududidagi 
hamma  o`rmonlar  yagona  davlat  o`rmon  fondini  tashkil  etadi.  Ana  shu  o`rmon 
fondi  o`rmondan  foydalanish  huquqining  obyekti  bo`lib  hisoblanadi.  Shuni 
ta'kidlash lozimki, barcha daraxt-butazorlar o`rmondan foydalanish huquqi obyekti 
                                                 
1 Karang: Krassov O.I. Pravo lesopolzovaniya v SSSR.-M.: Nauka, 1990. 53-bet. 
2 Karang: Krassov O.I. Pravo lesopolzovaniya v SSSR. -M.: Nauka, 1990. 61-bet. 
1 Karang: Gorbovoy V.F. Predmet i sistema sovetskogo lesnogo prava. Krasnoyarsk. 1984. 48-bet. 


bo`lmasdan,  balki  faqat  o`rmon  fondi  tarkibiga  kiritilgan,  daraxt-butazorlar  bilan 
qoplangan  va  daraxt-butazorlar  bilan  qoplanmagan  bo`lsada,  o`rmon  fondiga 
ajratilgan yerlar o`rmonlardan foydalanish huquqi obyekti hisoblanadi. 
 
O`rmon  fondini  ahamiyatiga  ko`ra  guruhlash  harakatdagi  o`rmon 
qonunchiligida  aniq  qilib  ko`rsatib  berilmagan.  Shunga  qaramasdan  "O`rmon 
to`g`risida"gi  qonunni  chuqur  tahlil  qilish,  unda  o`rmonlar  xo`jalik,  ya'ni  foydali 
ahamiyati  jihatdan  ikkiga  bo`linadi:  1)  cheklangan  miqdorda  xo`jalikka 
tortiladigan  va  2)  qo`riqlanish  toifasidagi  o`rmonlar,  degan  xulosani  beradi. 
Bundan  tashqari  qonunning  5-moddasida  ko`rsatilishicha,  yagona  davlat  o`rmon 
fondi:  birinchidan,  davlat  ahamiyatiga  ega  bo`lgan  o`rmonlardan,  ya'ni  davlat 
o`rmon  xo`jaligi  organlari  qaramog`idagi  o`rmonlardan;  va,  ikkinchidan,  boshqa 
idoralar  va  yuridik  shaxslar  foydalanishidagi  o`rmonlardan  iborat  bo`ladi.  Davlat 
ahamiyatidagi  o`rmonlarga  o`rmon  xo`jaligi  yurituvchi  davlat  organlari 
ixtiyoridagi o`rmonlar kiradi. Bu guruh o`rmonlar o`rmon fondining katta qismini 
tashkil  etadi.  Bu  o`rmonlarda  xalq  xo`jaligining  turli  tarmoqlari  ehtiyojlari  uchun 
umumdavlat  manfaatlaridan  kelib  chiqadi,  cheklangan  miqdorda  ko`p  maqsadli 
foydalanish  amalga  oshiriladi.  Davlat  ahamiyatiga  ega  bo`lgan  o`rmonlar 
yog`ochga  va  boshqa  o`rmon  mahsulotlariga  bo`lgan  mahalliy  ehtiyojlarni 
qondirishda  asosiy  baza  bo`lib  xizmat  qiladi.  Bundan  tashqari,  bu  o`rmonlarning 
foydali  tabiiy  xususiyatlari  suvni  muhofaza  qilish,  obu-havoni  tartibga  solish, 
himoya, 
sanitariya-gigiyena, 
madaniy 
sog`lomlashtirish 
maqsadlarida 
foydalaniladi. 
 
O`rmon  fondi  tarkibida  davlat  ahamiyatiga  ega  bo`lagn  o`rmonlardan 
tashqari  davlat  ahamiyatiga  ega  bo`lmagan  o`rmonlar  ham  bo`lishi  mumkin. 
Shunday  o`rmonlarga  biz  yuridik  shaxslar  o`rmonlarini  kiritishimiz  mumkin. 
Yuridik  shaxslar  o`rmonlari  deganda,  xo`jalik  jamiyatlari,  xo`jalik  shirkatlari  va 
boshqa  subyektlar  yerlarida  joylashgan  va  belgilangan  tartibda  yer  hisob-kitob 
hujjatlarida qayd etilgan o`rmonlar tushuniladi. 
 
O`rmon qonunchiligiga ko`ra, yuridik shaxslar o`rmonlari ularga muddatsiz 
foydalanish  uchun  berib  qo`yiladi.  Bu  o`rmonlar  maydoni  ushbu  yuridik 
shaxslarning  ichki  xo`jalik  yer  tuzilishi  va  ular  o`rmonlarida  o`rmon  tuzish 
ishlarini  o`tkazish  vaqtida  belgilanadi.  O`zbekiston  Respublikasida  yuridik 
shaxslar  o`rmonlaridan  asosan  suvni  muhofaza  qilish,  dalalarni  ihota  qilish, 
sanitariya-gigiyena  va  sog`lomlashtirish  funksiyalarini  bajaradi.  Shu  bilan  birga, 
bu  o`rmonlardan  jamoa  xo`jaliklarining  va  uning    a'zolarining  yog`ochga  bo`lgan 
talab-ehtiyojini qondirish, o`rmonlardan qo`shimcha tarzda foydalanish va o`rmon 
kasbkorligini rivojlantirish ishlarida foydalaniladi. 
 
Yuridik  shaxslar  o`rmonlarida  o`rmondan  foydalanish  ishini  ularning 
boshqaruv  organlari  va  ularning  a'zolari  amalga  oshiradilar.  Ular  ushbu 
o`rmonlardan foydalanishida tegishli imtiyozli huquqqa ega bo`ladilar. 
 
O`rmon  qonunchiligida  davlat  o`rmon  fondiga  kirmaydigan,  ya'ni 
o`rmondan  foydalanish  huquqi  obyekti  hisoblanmaydigan  daraxtzor-butazorlar 
ham  ko`rsatib  berilgan.  Demak,  davlat  o`rmon  fondiga  qishloq  xo`jaligiga 
mo`ljallangan  yerlardagi  daraxtlar  va  daraxt  guruhlari,  temir  yo`l,  avtomobil 
yo`llari  va  kanallar  bo`yidagi  ihota  daraxtzorlari,  shaharlarda  va  boshqa  aholi 


yashaydigan  punktlarda  shahar  o`rmonlari  bilan  band  bo`lmagan  yerlarda 
o`suvchm  daraxtlar  va  daraxt  guruhlari,  shuningdek  ko`kalamzor  o`simliklar, 
tomorqalardagi,  dala  hovli  va  bog`  uchastkalaridagi  daraxtlar  hamda  daraxt 
guruhlari  kirmaydi,  shuning  uchun  ular  o`rmondan  foydalanish  huquqi  obyektini 
tashkil etmaydi (6-modda). 
 
Xulosa qilib aytganda, o`rmondan foydalanish huquqi subyektlarining o`ziga 
xos  xususiyatlari  shundan  iboratki,  ular,  birinchidan,  tegishli  huquq  va 
majburiyatlarni  davlat  mulk  huquqining  obyekti  bo`lgan  o`rmon  fondiga  isbatan 
amalga  oshiradilar;  ikkinchidan,  bu  yerdagi  ayrim  subyektlar  bir  vaqtning  o`zida 
ham  boshqaruv  organ,  ham  foydalanuvchi  yoki  egalik  qiluvchi  organ  bo`lib 
hisoblanadilar;  uchinchidan,  subyektlar  maxsus  subyektlar,  ya'ni  maxsus 
boshqaruv  organlariga  bo`ysunadigan  organlarga  hamda  xo`jalik  yuritish 
mustaqilligiga  ega  bo`lgan  tadbirkorlik  faoliyati  subyektlariga  bo`linadi.  Biroq 
tadbirkorlik  faoliyati  subyekti  o`rmon  fondiga  nisbatan  to`liq  hukmdorligini 
amalga  oshira  olmaydilar;  to`rtinchidan,  o`rmondan  foydalanish  huquqining 
maxsus subyektlari birlamchi va ikkilamchi bo`lishlari mumkin. 
 
O`rmondan foydalanish huquqining obyekti esa hamma hollarda davlat mulk 
huquqining  obyekti  bo`lib  hisoblanadi.  Shu  boisdan  ham  u  davlat  organlari  yoki 
korxonalari,  xususiy  yuridik  shaxslar  yoxud  jismoniy  shaxslar  foydalanish  yoki 
egaligida bo`lmasin huquqiy mazmunini yo`qotmaydi. 
  

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish