maqsadidami foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar shu maqsadda
foydalanish huquqiga ega bo`ladilar. Agar o`simlik dunyosi obyekti ilmiy
maqsadlar uchun berilgan bo`lsa, undan ovchilik uchun foydalanish mumkin emas
va hokazo.
O`simlik
dunyosi
obyektlaridan
foydalanuvchilarning
navbatdagi
huquqlaridan biri bu belgilangan tartibda olingan o`simlik dunyosi obyektlari
mahsulotini tasarruf etish huquqidir. O`simlik dunyosidan foydalanuvchilar
ma'lumki undan foydalanish jarayonida ma'lum mol-mulkka - ovchilik
mahsulotlari, dorivor va zirovorlar, yog`och xom ashyosi, pichan, oziq-ovqat
mahsulotlariga ega bo`ladilar. Qonunda belgilangan tartibda egallangan ushbu
o`simlik dunyosi mahsulotlari undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan mustaqil ravishda tasarruf etiladi.
Yuqorida
aytilganlardan
tashqari
simlik
dunyosi
obyektlaridan
foydalanuvchilar buzilgan huquqlarini tiklanishi hamda o`zlariga yetkazilgan
zararning qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Masalan, o`rmon xo`jaligi
korxonalari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o`rmonlardan qonunga xilof
ravishda foydalanilganda buzilgan huquqlarini sud yo`li bilan tiklash va o`zlariga
yetkazilgan zararni to`la undirib olish huquqiga egadirlar.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar huquqlar bilan bir qatorda
ba'zi majburiyatlarga ham rioya qilishlari shartdir. Shulardan eng muhimi o`simlik
dunyosi obyektlaridan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishdir.
Ma'lumki, o`simlik dunyosi obyektlari oldindan belgilangan maqsad, ya'ni yaylov
maqsadida, yovvoyi o`simlik mevalarini terish, ilmiy maqsadda, yoxud pichan
o`rish, yoki yog`och kesish masadlarida berilishi mumkin. O`simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanuvchilar eng avvalo mana shu talabga rioya qilgan holda
undan foydalanishlari lozim. Bundan tashqari, yog`och kesish, pichan o`rish, ov
qilishning o`z tartib-qoidalari mavjud bo`lib, o`simlik dunyosidan foydalanuvchilar
shu shartlarni ham bajarishlari talab etiladi.
Navbatdagi majburiyatlaridan biri foydalanishga berib qo`yilgan o`simlik
dunyosi
obyektlaridan
oqilona
foydalanish
shartdir.
O`simlik
dunyosi
obyektlaridan foydalanuvchi subyektlar undan ilm-fan tavsiyasi asosida, unga
zarar
yetkazmasdan, kamyob o`simlik turlarini yo`qolib ketishga yo`l qo`ymasdan,
tabiatning umumiy qonuniyatlariga rioya etgan holda, o`simlik dunyosini takror
ko`paytirishni ko`zlab oqilona foydalanishga majburdirlar.
O`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni takror ko`paytirish
chora-tadbirlarini amalga oshirish foydalanuvchilarning asosiy majburiyatlaridan
biridir. Buning uchun o`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni
ko`paytirish qoidalari va normativlarini belgilash, O`zbekiston Respublikasi Qizil
kitobiga kiritilgan kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan o`simliklar
turlarini muhofaza qilishning alohida rejimini belgilash, o`simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanishda cheklashlar va ta'qiqlashlarni belgilash, alohida
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo qilish, o`simlik dunyosi obyektlari va
ular o`sadigan muhitni muhofaza qilish, ulardan foydalanish va takror ko`paytirish
sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, davlat ekologik ekspertizasi o`tkazish,
davlat nazoratini amalga oshirish kabi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo`ladi.
O`simlik dunyosini muhofaza qilish uchun qonunda belgilanishicha,
o`simlik dunyosi obyektlari o`sadigan muhitga ta'sir ko`rsatadigan faoliyat shu
obyektlarning saqlanishini ta'minlaydigan talablarga rioya etilgan holda amalga
oshirilishi lozim (24-modda). O`simlik dunyosi o`sadigan muhitga salbiy ta'sir
ko`rsatishi mumkin bo`lgan ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish va ulardan
foydalanish, yangi texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv ishlarini
o`tkazish, foydali qazilmalarni qazib olish, chorva mollarini o`tlatib boqish
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va
O`zbekiston Respublikasi Davlat o`rmon qo`mitasi bilan kelishib olinishi kerak.
O`simlik dunyosini himoya qilish chora-tadbirlari bilan ta'minlanmagan ishlab
chiqarish obyektlarini ishga tushirish hamda texnologiyalarni qo`llash man
qilinadi. Mineral o`g`itlar va boshqa dorilar qo`llanilgan taqdirda o`simlik dunyosi
obyektlarini muhofaza qilish talablari hisobga olinishi zarur bo`ladi.
Yuqorida sanab ko`rsatilganlardan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar
o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish joylarida yong`in xavfsizligiga rioya
etishlari hamda o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun haqni o`z
vaqtida to`lab borishlari talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: