XII BOB. O`RMONLARDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA
QILISHNING HUQUQIY HOLATI.
1
§
. O`rmonlardan foydalanish huquqi tushunchasi.
O`rmon tabiatning eng bebaho boyliklaridan biridir. U tabiiy atrof muhitni
sog`lomlashtirish, inson yashash sharoitini yaxshilash, yer va suv boyliklarini
muhofaza qilish, atmosfera havosini tozalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
bilan birga O`zbekistonda o`rmonlar xalq xo`jaligida mahalliy ehtiyojlarni
qondirishda muhim rol o`ynaydi.
Statistik ma'lumotlarga ko`ra, mamlakatimiz o`rmon fondining umumiy
maydoni 9.147.275 gektarni tashkil etadi. Jumladan, shu maydonning 3002541
gektari o`rmon bilan qoplangan bo`lib, unda 12 mln.kub metr yog`och zaxirasi
mavjud. Respublikamiz hududining 5,1 foizi daraxtzor bo`lib, u har bir kishi
boshiga 0,1 gektarni tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasida jami 90 ta o`rmon
xo`jaligi korxonasi mavjud bo`lib, bulardan 72 tasi o`rmon xo`jaligi, 6 tasi davlat
qo`riqxonasi, 2tasi dorivor va ozuqa o`simliklari o`stirish va qadoqlashga
ixtisoslashgan xo`jalik, 2 tasi o`rmon ovchilik xo`jaligi, 2 tasi Zoomin va Ugam-
Chotqol milliy istirohat bog`lari va 2 tasi xo`jalik hisobidagi o`rmon uchastkalari,
1ta ixtisoslashtirilgan o`rmon xo`jaligi, 2 ta bosh o`rmon korxonasi va 1tasi ishlab
chiqarish o`quv markazidir.
O`rmon deganda, o`rmon fondiga ajratilgan, davlat ro`yxatiga olingan,
asosan ekologik vazifalarni bajaradigan va cheklangan darajadagi foydalanish
ahamiyatiga ega bo`lgan daraxtlar, butalar va boshqa o`simliklardan tarkib topgan
tabiat obyekti majmuini tushunish kerak.
Yuridik adabiyotlarda o`rmondan foydalanish huquqining tushunchasi ishlab
chiqilgan bo`lib, unga ko`ra bunday huquq deb, o`rmondan foydalanish va qayta
tiklash tartibi va shartlarini belgilovchi, o`rmondan foydalanuvchilarning huquq va
majburiyatlarini o`rnatuvchi hamda o`rmonni muhofaza qilish qoidalarini
mustahkamlovchi huquqiy me'yorlar yig`indisiga aytiladi.
1
yuridik adabiyotlarda berilgan o`rmondan foydalanish huquqi tushunchasida
bir muhim salbiy tomoni bor, ya'ni uning asosini bu huquqning jamiyat iqtisodiy
talablarini qondirish maqsadlariga amal qilishdir. O`zbekistondagi o`rmonlarning
o`ziga xos vazifalari va foydalanishidan kelib chiqib, bunday yondashuv noto`g`ri
ekanligini aytib o`tmoqchimiz. O`zbekistondagi o`rmonlardan jamiyat iqtisodiy
talablarini qondirish maqsadlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emasligi va bu
holatni o`rmon to`g`risidagi qonun hujjatlarida mustahkamlab qo`yish lozim
ekanligi to`g`risidagi fikr ham aytilgan.
1
endilikda "O`rmon to`g`risida"gi Qonunning 3-moddasida o`rmondan
foydalanish huquqining pirovard maqsadi iqtisodiy talabni qondirish emas, balki
asosan ekologik vazifa ekanligi va xo`jalik muomalasiga cheklangan miqdorda
tortilishi belgilab qo`yilgan. Mana shu nuqtai nazardan yuridik adabiyotlarda
mavjud o`rmondan foydalanish huquqi tushunchasini O`zbekiston sharoitida to`liq
qo`llab bo`lmaydi. Bu tushuncha bizning sharoitimiz uchun eskirgan hisoblanadi.
Qolaversa, mavjud tag`riflarda o`rmondan foydalanish huquqi, o`rmon huquqi,
huquq tarmog`ining asosiy instituti ekanligidan kelib chiqib berilga. Bu esa o`z
navbatida subyektiv huquqni xaspo`shlashlikka olib kelgan. Shu boisdan bir
o`rmondan foydalanish huquqini ikkita to`rga bo`lamiz: u flora (o`simliklar
dunyosi) huquqi asosiy instituti va subyektiv huquqdir.
1 Krassov O.I. Pravo lesopolzovaniya v SSSR. M.: Nauka, 1990. -S.26.
1 Jurayev YU.A. Problemi pravovogo rejima i oxrani gosudarstvennix pamyatnikov prirodi. T.: Fan, 1990. S.17.
Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqib, o`rmondan foydalanish huquqi
deb, tegishli huquq tarmog`ida berilgan o`rmon uchastkalaridan foydalanish va
muhofaza qilish munosabatlarini asosan ekologik vazifalar hamda cheklangan
xo`jalik yuritish masadlarida tartibga soladigan, subyektlarning o`rmondan
foydalanish sohasida huquq va majburiyatlarini ta'minlaydigan me'yorlar
yig`indisiga aytiladi.
O`rmonlardan foydalanish huquqi tushunchasini to`liq tasavvur etish uchun
o`rmonlardan foydalanish turlari haqida to`xtalib o`tish lozim. O`rmonlardan
foydalanish turlarini to`g`ri turkumlash o`rmonlardan oqilona foydalanish hamda
ularni muhofaza qilishni amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Shu
o`rinda "O`rmon to`g`risida"gi Qonunning 25-moddasi diqqatga sazovordir.
O`rmonlardan foydalanishni turkumlashning asosi bo`lib, ularning tabiat obyekti
sifatida roli hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, o`rmonlardan foydalanishni
quyidagicha turkumlash mumkin: daraxtzorlar va butazorlarni kesish; o`rmondan
qo`shimcha foydalanish: pichan o`rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini
joylashtirish, asal yig`ish, daraxt po`stlog`i, to`nka, to`plash yovvoyi o`simliklar
dorivor xom-ashyosini tayyorlash (yig`ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun
yovvoyi o`simliklarni tayyorlash (yig`ish); davlat o`rmon fondi uchastkalaridan
ovchilik xo`jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; davlat o`rmon uchastkalarida
ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish; davlat o`rmon fondi uchastkalaridan
madaniy-mag`rifiy,
tarbiyaviy,
sog`lomlashtirish,
rekreatsion
va
estetik
maqsadlarda foydalanish.
O`rmonlardan foydalanishni tartibga soluvchi harakatdagi qonunchilikni
tahlil qilish o`rmondan foydalanish huquqini amalga oshirishning huquqiy
shakllarini ko`rsatib beradi. "O`rmon to`g`risida"gi Qonunning mazmuniga binoan
o`rmonlardan foydalanish huquqi doimo birlamchi bo`lib hisoblanadi. O`rmon
xo`jaligi yurituvchi korxonalar hamma holatlarda o`rmonlardan birlamchi
foydalanuvchi va egalik qiluvchi subyektlar sifatida harakat qiladilar. O`rmon
fondi yerlari ijara asosida foydalanishga topshirilganida esa ijarachilar o`rmondan
ikkilamchi foydalanuvchi bo`lib hisoblanadilar. Oldingi qonunlarga ko`ra,
o`rmonlardan birlamchi subyekt sifatida foydalanayotganlar uni ikkilamchi
foydalanish uchun berishlari mumkin emas edi. Endi esa tartib bir muncha
o`zgardi. O`rmonlardan foydalanuvchilar tomonidan qonunda belgilangan tartibda
yer uchastkalarini pichan o`rish va mol boqish, xizmat uchun chek yerlar
berishlarini agar ular ijara shartnomasi asosida amalga oshirilsa, o`rmonlardan
ikkilamchi foydalanish huquqi deb qarash mumkin.
O`zbekiston
Respublikasi "O`rmon
to`g`risida"gi qonuniga ko`ra,
o`rmonlardan foydalanish huquqi doimiy va vaqtinchalik bo`lishi mumkin (19-
modda). O`rmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berib qo`yilgan o`rmon
xo`jaligi
korxonalari,
muassasalari,
tashkilotlari
o`rmondan
doimiy
foydalanuvchilardir. O`rmondan vaqtinchalik foydalanish qisqa muddatli uch
yilgacha va uzoq muddatli o`n yilgacha bo`lishi mumkin.
O`rmonlardan
foydalanish
O`zbekiston
Respublikasida
pullikdir.
O`rmondan foydalanganlik uchun to`lov haqi belgilangan tartibda Davlat budjetiga
o`rmon daromadi sifatida kelib tushadi va o`rmon muhofazasi, uni qayta tiklash va
sifatini oshirish, o`rmon xo`jaliklarini rag`batlantirish, o`rmon tuzish ishlari kabi
maqsadlarda ishlatiladi. O`rmondan foydalanganlik uchun to`lov haqi yoki ijara
haqi har yillik yoki bir martalik yoxud ijara haqi shakllarida bo`lishi mumkin.
Ularning hajmi o`rmonlardan foydalanish turlariga ko`ra o`rmon bilan
qoplanmagan yerlarning holati va sifatiga ko`ra belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |