Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


XI-BOB. O`SIMLIK DUNYOSIDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

XI-BOB. O`SIMLIK DUNYOSIDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA 
QILISHNING HUQUQIY HOLATI. 
 
1
§
. O`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish huquqiy holatining 
tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari. 
  
 
O`simlik  dunyosi  tabiat  obyektlari  ichida  alohida  va  muhim  o`rinni 
egallaydi.  O`simlik  dunyosining  tabiat  obyektlari  orasidagi  tutgan  o`rni  uning 
tabiat  va  jamiyat  hayotidagi  ahamiyati,  tabiat  va  jamiyatning  o`zaro  aloqasi, 
uzviyligi hamda munosabatidagi rolidan kelib chiqadi. O`simlik dunyosini huquqiy 
holati uning tabiat va jamiyatdagi ana shu o`rni hamda ahamiyatini e'tiborga olgan 
holda belgilanadi. 
 
O`simlik dunyosi huquqiy holatini belgilashda avvalo uning tabiatda tutgan 
o`rni,  foydalanish  ahamiyati,  muhofaza  qilish  zaruriyati  inobatga  olinadi.  Tabiat 
obyektlari  ichida  o`simlik  dunyosi  muhim  ekologik  funksiyani  bajarishi  bilan 
xarakterlanadi.  U  tabiiy  atrof  muhit  muvozanatini  saqlab  turib,  undagi  tirik 
mavjudodni yashashi uchun muhim bo`lgan kislorod yetkazib beradi. Shuningdek, 
o`simlik  dunyosi  yerni  suv  va  shamol  eroziyasidan,  quyosh  nuridan  saqlashda, 
suvni muhofaza etishda muhim rol o`ynaydi. 


 
O`simlik  dunyosi  ekologik  vazifadan  tashqari  xo`jalik  ehtiyojlarini 
qondirishda ham  muhim  xom-ashyo  manbai  sifatida xizmat  qiladi. Undan sanoat, 
qishloq  xo`jaligi,  tabobat,  sog`lomlashtirish,  ilm-fan  maqsadlarida  keng 
foydalaniladi. O`simlik dunyosi yog`och, meva, dori-darmon, pichan tayyorlashda 
muhim manba bo`lib hisoblanadi. 
 
O`simlik dunyosi obyektlarining ana shu ekologik hamda xo`jalik ehtiyojlari 
vazifasining  bajarish  yo`nalishlaridan  kelib  chiqib,  ularga  nisbatan  huquqiy  holat 
o`rnatiladi. Masalan, o`rmonlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo`yicha 
munosabatlari  belgilangan  huquqiy  holatga  nisbatan,  kamyob  va  yo`qolib  ketish 
xavfi  ostida  turgan  o`simlik  turlaridan  foydalanish  tartibiga  belgilangan  huquqiy 
holat  farq  qilishi  mumkin.  Yoki  ilmiy  maqsadlarda  foydalaniladigan  o`simlik 
dunyosi  obyektlarining  huquqiy  holati  yovvoyi  organizmlardan  topgan  tabiiy 
o`simliklar jamoalariga belgilangan huquqiy holatidan boshqacha bo`lishi mumkin. 
 
O`zbekiston  Respublikasida  o`simlik  dunyosidan  foydalanish  va  ularni 
muhofaza  qilishni  tartibga  soluvchi,  o`simlik  dunyosi  obyektlari  huquqiy  holatini 
o`rnatuvchi  me'yoriy  xo`jjatlar  qabul  qilingan.  Bular  jumlasiga  O`zbekiston 
Respublikai  Konstitutsiyasi,  "Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risida"gi,  "O`simlik 
dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to`g`risida"gi,  "O`rmon 
to`g`risida"gi, 
"Mulkchilik 
to`g`risida"gi 
qonunlari 
hamda 
O`zbekiston 
Respublikasining  Jinoyat,  Ma'muriy  javobgarlik,  Fuqarolik  kodekslarini  kiritish 
mumkin. 
 
Chunonchi,  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  o`simlik  dunyosiga 
nisbatan  mulkchilikning  huquqiy  holati  o`rnatilgan  bo`lib,  unga  ko`ra  o`simlik 
dunyosi davlat mulki -umummilliy boylik bo`lib, undan oqilona foydalanish zarur 
va  u  davlat  muhofazasidadir  (55-modda).  O`simlik  dunyosi  obyektlari 
mulkchiligiga  nisbatan  xuddi  shunday  huquqiy  holat  "Tabiatni  muhofaza  qilish 
to`g`risida"gi  (4-modda),  "O`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan 
foydalanish  to`g`risida"gi  (3-modda),  "O`rmon  to`g`risida"gi  (3-modda), 
"Mulkchilik to`g`risida"gi (-modda) qonunlarda ham belgilangan. 
 
O`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to`g`risidagi 
me'yoriy  hujjatlar  tabiiy  sharoitda  o`sadigan  o`simlik  dunyosi,  shuningdek  takror 
ko`paytirish  va  genetik  fondini  saqlash  uchun  ekib  o`stirayotgan  yovvoyi 
o`simliklarni  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish  sohasidagi  munosabatlarni 
tartibga  solishga  qaratilgan  bo`lib,  ularning  asosiy  vazifasi  floraning  tur  tarkibini 
va  genetik  fondini  tabiiy  sharoitlarda  saqlab  qolish,  tabiiy  o`simliklar 
jamoalarining va yovvoyi o`simliklar o`sadigan muhitning bir butunligini saqlash, 
o`simlik  dunyosidan  oqilona  foydalanish  va  uni  takror  ko`paytirishni  ta'minlash, 
yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  o`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan 
foydalanish  sohasidagi  faoliyatlarini  huquqiy  tartibga  solish,  o`simlik  dunyosini 
muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari buzilganda aybdorlarga tegishlicha 
mulkiy, ma'muriy, jinoiy javobgarlik jazo-choralarini qo`llashdan iborat bo`ladi. 
 
O`simlik  dunyosi  obyektlarini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
bo`yicha  huquiy  holatni  belgilashda  O`zbekiston  Respublikasining  "O`rmon 
to`g`risida"gi  va  "O`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
to`g`risida"gi qonunlari alohida o`rinni egallaydi. Bu qonunlarda o`simlik dunyosi 


obyektlari,  ushbu  obyektlardan  foydalanish  turlari,  muddatlari,  normativlari, 
foydalanuvchilarning  huquq  va  majburiyatyalari,  o`simlik  dunyosi  obyektlaridan 
foydalanishni  cheklash,  to`xtatish  va  man  etish,  o`simlik  dunyosi  obyektlarining 
monitoringi, davlat kadastri kabi masalalar tartibga solingan. 
 
 Qonunda  o`simlik  dunyosi  tushunchasi  bevosita  ochib  berilmagan. 
Shuningdek o`simlik dunyosidan foydalanish huquqi tushunchasi ham qonunda o`z 
ifodasini  topmagan.  O`simlik  dunyosi  tushunchasi  yuridik  adabiyotda  ham  hali 
tadqiqot  predmeti  bo`lgan  emas.  Huuqiy  adabiyotlarda  faqat  o`rmon  tushunchasi 
va  o`rmondan  foydalanish  huquqi  tushunchalarigagina  e'tibor  qaratilgan.
1
 
Ma'lumki,  o`simlik  dunyosi  tushunchasi  o`rmon  tushunchasiga  nisbatan  ancha 
keng  bo`lib,  undan  ba'zi  jihatlari  bo`yicha  farq  ham  qiladi.  Masalan,  o`rmon 
tushunchasiga dov-daraxtlar bilan qoplangan yerlar bilan bir qatorda, dov-daraxtlar 
bilan  qoplanmagan,  ammo  shu  maqsadlarga  ajratilgan  yerlarni  ham  kiritamiz. 
Bundan tashqari, o`simlik dunyoi tushunchasiga suv ostida o`sadigan o`simliklarni 
ham kiritishimiz mumkin, lekin ular o`rmon tushunchasini  bermasligi mumkin va 
hokazo. 
 
O`simlik  dunyosi  deganda  chorvachilik,  ovchilik,  texnik  xom-ashyo 
tayyorlash,  dorivorlarni  yig`ish,  daraxt  va  butalarni  kesish,  ilmiy-tadqiqot, 
madaniy-ma'rifiy,  sog`lomlashtirish,  rekreatsiya,  tabiatni  muhofaza  qilish 
maqsadlarida  foydalaniladigan  yovvoyi  organizmlar  daraxt,  buta  va  o`tsimon 
urug`laydigan 
o`simliklar, 
qirqquloqsimonlar 
mohsimonlar, 
suv 
o`tlari, 
lishayniklar,  zamburug`lar,  tabiiy  o`simliklar  majmui  yig`indisi  tushuniladi. 
Shundan  kelib  chiqib  o`simlik  dunyosidan  foydalanish  huquqi  qonunda 
belgilangan  maqsadlarda  o`simliklar  majmuidan  foydalanishda  kelib  chiqadigan 
munosabatlarni  tartibga  soluvchi  huquqiy  normalar  ig`indisi  tushuniladi.  Bu 
huquqiy  normalar  o`simlik  dunyosi  obyektlaridan  foydalanuvchi  subyektlarning 
huquq  va  majburiyatlarini,  foydalanish  uchun  berish,  to`xtatish,  bekor  qilish 
tartiblarini,  davlat  boshqaruvi,  o`simlik  dunyosi  muhofazasi  bilan  bog`liq 
munosabatlarni  tartibga  solishga qaratilgan  bo`ladi. Demak, o`simlik dunyosining 
huquqiy  holati  o`simlik  dunyosiga  nisbatan  mulkdorlik,  davlat  boshqaruvi, 
o`simlik  dunyosi  obyektlaridan  foydalanish,  foydalanishni  cheklash,  to`xtatish, 
bekor  qilish,  foydalanish  normativlari,  foydalanuvchilarning  huquq  va 
majburiyatlari  hamda  qonuniy  manfaatlari,  o`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish, 
o`simlik dunyosi monitoringi, davlat kadastri, davlat nazorati kabi tartib-qoidalarni 
belgilash va o`rnatishni maqsad qiladi. 
 
O`simlik dunyosining  huquqiy  holatini belgilashda harakatdagi qonunchilik 
uning  obyektlarini  aniqlashga  alohida  e'tibor  bergan.  Chunonchi  O`zbekiston 
Respublikasining  "O`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
to`g`risida"gi  qonunning  5-moddasiga  ko`ra,  o`simlik  dunyosi  obyektlarini, 
birinchidan,  yovvoyi  organizmlar,  ya'ni  daraxt,  buta  va  o`tsimon  urug`laydigan 
o`simliklar,  qirqquloqsimonlar,  mohsimonlar,  suv  o`tlari,  lishayniklar  va 
zamburug`lar  o`zining  butun  xilma-xil  turlari  bilan;  ikkinchidan,  yovvoyi 
organizmlardan  tashkil  topadigan  tabiiy  o`simliklar  jamoalari  yoki  ularning  har 
                                                 
1 Karang: Namazov F.S. "Uzbekistonda urmonlardan foydalanish xukuki." -T.: NPO "Vostok", -2000. 


qanday  majmui;  uchinchidan,  kamyob  va  yo`qolib  ketish  xavfi  ostida  turgan 
o`simlik  turlari;  to`rtinchidan,  yovvoyi  o`simliklarning  mevalari,  urug`lari  va 
boshqa qismlari yoki ular hayot faoliyatining mahsullari tashkil etadi. 
 
"O`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to`g`risida"gi 
qonun o`simlik dunyosidan foydalanish muddatlari, shakllari, turlari, normativlari, 
bekor qilish asoslarini o`rnatishga katta ahamiyat bergan. Bu normalarda o`simlik 
dunyosidan  foydalanishning  huquqiy  holati,  tartiblari  o`rnatilgan.  Chunonchi, 
qonunning 
6-moddasida 
o`rnatilishicha, 
o`simlik 
dunyosi 
obyektlaridan 
foydalanish umumiy va maxsus bo`lishi mumkin. O`simlik dunyosi obyektlaridan 
umumiy  foydalanish  jismoniy  shaxslar  tomonidan  hayotiy  zarur  ehtiyojlarni 
qondirish  uchun  bepul  amalga  oshiriladi.  O`simlik  dunyosi  obyektlari  maxsus 
foydalanishga  ishlab  chiqarish  faoliyatini  va  boshqa  faoliyatni  amalga  oshirish 
uchun haq evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar asosida beriladi. 
O`simlik  dunyosi  obyektlari  doimiy  yoki  vaqtincha  (uzoq  muddatli  va  qisqa 
muddatli) foydalanishga beriladi (8-modda). 
 
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini bekor qilish tartibi va 
asoslari  qonunda  batafsil  belgilab  berilgan.  O`zbekiston  Respublikasining 
"O`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to`g`risida"gi 
qonunining  19-moddasiga  binoan  o`simlik  dunyosi  obyektlaridan  foydalanish 
huquqi  shunday  huquqdan  voz  kechilganda;  muddat  tugaganda;  foydalanuvchi 
yuridik shaxs tugatilganda; o`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan 
foydalanish  va  ularni  takror  ko`paytirish  qoidalari,  normativlari  buzilganda;  haq 
belgilangan  muddatda  to`lanmaganda;  foydalanish  ta'sirida  tabiiy  o`simliklar 
jamoalarida  asliga  qaytarib  bo`lmas  o`zgarishlar  xavfi  yuzaga  kelganda;  yer 
uchastkalari  davlat  va  jamoat  ehtiyojlari  uchun  olib  qo`yilganda  bekor  qilinadi. 
Ayrim turdagi yovvoyi o`simliklarning, masalan, zaharli, giyohvand moddasi bor, 
karantinli  o`simliklar,  begona  o`tlar  hamda  shudgorlar,  pichanzorlar  va 
yaylovlarning  o`z-o`zidan  o`t  bosib  ketishga  ko`maklashadigan  boshqa 
o`simliklarning  tarqalishini  va  ularning  miqdorini  tartibga  solish  boshqa 
o`simliklarga va o`zga tabiat obyektlariga zarar yetkazilishiga yo`l qo`yilmaydigan 
hamda  tabiiy  o`simliklar  jamoalarining  va  ular  o`sadigan  muhitning  saqlanishini 
ta'minlaydigan  usullar  bilan  amalga  oshiriladi.  Tarqalishi  va  miqdori  tartibga 
solinishi  lozim  bo`lgan  yovvoyi  o`simliklarning  turlari  maxsus  vakolat  berilgan 
davlat  organlari  tomonidan  O`zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasining 
xulosalari asosida belgilab beriladi. 
 
O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat 
boshqaruvi  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  mahalliy  davlat 
hokimiyati  organlari,  shuningdek  maxsus  vakolatli  davlat  organlari  tomonidan 
amalga  oshiriladi.  O`zbekiston  Respublikasi  tabiatni  muhofaza  qilish  davlat 
qo`mitasi  va  O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  o`rmon  qo`mitasi  o`simlik 
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida maxsus vakolatli davlat 
boshqaruv  organlari  hisoblanadilar.  O`lar  zimmasiga  o`simlik  dunyosi 
obyektlaridan  qonunda  belgilangan  tartib  va  asoslarda  samarali  va  maqsadga 
muvofiq foydalanishni boshqarish vazifasi yuklatilgan. 


 
Umuman  olganda  o`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan 
foydalanishning  huquqiy  holati  ushbu  tabiiy  resurslardan  tabiat  va  jamiyatning 
umumiy  qonuniyatlari  asosida  ekologik  va  iqtisodiy  ehtiyojlarni  hisobga  olgan 
holda ulardan oqilona va samarali foydalanish, kamyob hamda yo`qolib ketayotgan 
o`simlik dunyosini saqlab qolish uchun xizmat qiladi. 
  

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish