Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


XIII BOB. HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

XIII BOB. HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA 
ULARDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY HOLATI. 
 
1
§
. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish huquqiy 
holatining tushunchasi va xususiyatlari.
 
 
Hayvonot  dunyosi  -  tabiat  boyliklarining  bir  qismi  bo`lib,  jamiyatda,  inson 
hayotida katta ekologik ahamiyatga ega. 
 
Hayvonot  dunyosining  iqtisodiy  ahamiyati  nuqtai  nazaridan  muhim  tabiiy 
resurs,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  sanoatbop,  texnikaviy  va  dorivor  xom  ashyo 
hamda boshqa moddiy boyliklar olish manbai ekanligi ma'lum. Shunday ekan uni 
huquqiy  ekologik  muhofaza  qilish  juda  zarurdir.  Bu  ishda  mamlakatimiz 
qonunlari,  O`zbekiston  fuqarolarini  hayvonot  dunyosiga  sohibkorona  va  insoniy 
munosabatda  bo`lish  ruhida  tarbiyalashga,  bu  bebaho  dunyoni  muhofaza  qilish 
hamda samarali va oqilona foydalanishga  yordam bermog`i lozim. 
 
Chunki,  hayvonlarning  O`zbekiston  faunasiga  xos  bo`lgan  talaygina  turlari 
yo`qolib ketish arafasida turibdi, ayrimlari (qulon, turon yo`lbarsi, ola-bula sirtlon 
va  boshqalari)  esa  butunlay  yo`qolib  ketdi.  Shu  boisdan  ham  noyob  va  yo`qolib 
borayotgan  hayvonlarni  huquqiy  ekologik  asosda  muhofaza  qilish  katta 
ahamiyatga ega. 
 
Hayvonot  dunyosi  yer  yuzining  hamma  joyida  mavjud.  Quruqlikda 
yashovchi  hayvonlar  butun  hayvonlar  turining  93  foizini,  suv  hayvonlari  esa  7 
foizini  tashkil  etadi. Umuman  olganda, yer  yuzida  yashovchi hayvonlar turi xatto 
o`simliklar  turiga  qaraganda  4  baravar  ko`p  bo`lib,  taxminan  2  milliondan 
ortiqroqdir. 
 
Shuni  alohida  qayd  etish  lozimki,  butun  jonivorlarning  75  foizi 
hasharotlarga  to`g`ri  keladi.  Hasharotlardan  keyin  malyuskalar  turadi  (8,8  foiz), 
ulardan  keyin  jamiki  umurtqalilar  turadi  (qushlar,  baliqlar,  quruqda-suvda 
yashovchilar,  sut  emizuvchilar).  Umurtqalilar  35600  tur  bo`lib,  bularning  yarmi 
baliqlardir. Sut emizuvchilar esa umurtqalilarning 0,1 qismini tashkil qiladi. 
 
Ma'lumotlarga ko`ra, keyingi 100-150 yil mobaynida hayvonlarning ko`plab 
turlari  yo`qotilib  yuborildi.  Masalan,  1800  yilgacha  sut  emizuvchilarning  33  turi, 
qushlarning  30  turi  yo`q  qilingan  bo`lsa,  undan  keyingi  100  yilda  73  tur  sut 
emizuvchi,  120  tur  qushlar  batamom  yo`qolgan.  Keyingi  50  yilda  esa  hayvonot 
dunyosining undan ham qo`proq vakillari o`q qilib yuborilgan. 


 
O`rta  Osiyo  regioni  o`z  hayvonot  va  o`simlik  olamining  xilma-xilligi  va 
boyligi  bilan  ajralib  turadi.  Masalan,  O`zbekistonda  650  dan  ortiq  umurtqali 
hayvonlar,  shu  jumladan  sut  emizuvchilar  -  99  tur,  qushlar  -  410  tur,  sudralib 
yuruvchilar - 57 tur, suvda va quruqlikda yashovchilarning - 3 turi uchraydi. 
 
Ammo,  shunisi  achinarliki,  O`zbekiston  "Qizil  kitobi"ga  umurtqali 
hayvonlarning nodir va yo`qolib ketish xavfi ostida bo`lgan jami 63 turi va kenja 
turi kiritilgan  bo`lib, ular  orasida 22  tur sut emizuvchi  hayvon, 31  tur qush, 5  tur 
sudralib yuruvchi hayvon va 5 tur baliq bor. 
 
O`zbekiston  Respublikasida  mustaqillikka  erishgandan    so`ng,  iqtisodiy, 
ekologik, geografik va milliy xususiyatlarni hisobga olib bir qator yangi qonunlar 
qabul qilindi. 
 
Shuni  alohida  ta'kidlash  joizki,  hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish 
xususiyati  shundan  iboratki,  ular  asosan  tabiatning  barcha  obyektlari,  boyliklari 
faoliyatining ma'lum mutanosiblikda saqlanishi bilan bog`liq.  
 
Oliy  Majlisning  e'tiborli  faoliyatida  qabul  qilingan,  "Tabiatni  muhofaza 
qilish"  (1992  y.),  "Suv  va  suvdan  foydalanish"  (1993  y.),  "Alohida  muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar" (1993 y.), "Yer osti boyliklari to`g`risida"gi (1994 y.), 
"Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish"  (1996  y.),  "O`simlik  dunyosini  muhofaza 
qilish  va  undan  foydalanish"  (1997  y.),  "Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va 
undan  foydalanish"  (1997  y.),  "Yer  Kodeksi"  (1998  y.),  "O`rmon  to`g`risida"gi 
(1999  y.)  bir  qator  O`zbekiston  Respublikasining  qonunlari  respublikamizda 
ekologik holatni yaxshilashga xizmat qilmoqda. 
 
Jumladan respublikamizdagi mavjud hayvonot dunyosini muhofaza qilish va 
undan oqilona foydalanish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
1997 yil 26 dekabrdagi sessiyasida qabul qilingan "Hayvonot dunyosini muhofaza 
qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonuni katta ahamiyatga ega. 
 
Ushbu  qonun  quruqlikda,  suvda,  atmosferada  va  tuproqda  tabiiy  erkinlik 
holatida  yashaydigan,  O`zbekiston  Respublikasi  hududida  doimiy  yoki  vaqtincha 
turadigan  yovvoyi  hayvonlarni,  shuningdek  ilmiy  yoki  tabiatni  muhofaza  qilish 
maqsadlarida  yarim  erkin  sharoitida  yoki  sun'iy  yaratilgan  yashash  muhitida 
boqilayotgan  hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 
 
Qoraqalpog`iston  Respublikasida  hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va 
undan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston Respublikasi qonun 
hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 
 
Agar  O`zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomasida  hayvonot 
dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to`g`risidagi  qonun 
hujjatlaridagidan  boshqacha  qoidalar  belgilangan  bo`lsa,  xalqaro  shartnoma 
qoidalari qo`llaniladi. 
 
Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to`g`risidagi 
qonun  hujjatlarining  vazifasi  hayvonot  dunyosining  yashash  sharoitlarini 
ta'minlash,  ularning  xilma-xil  turlarini  hamda  tabiiy  galalari  butligini  va  yashash 
muhitini  saqlash  maqsadida  hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan 
foydalanish,  uni  tiklash  va  takror  yetishtirish  sohasidagi  munosabatlarni  tartibga 
solishdan iborat. 


 
Mazkur  "Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
to`g`risida"gi qonunning 3-moddasida "Hayvonot dunyosiga nisbatan mulkdorlik" 
masalasi ko`rsatilgan. Jumladan unga asosan: 
 
Hayvonot dunyosi  davlat  mulki  - umummilliy  boylik bo`lib, undan oqilona 
foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 
 
Shunday  ekan,  hayvonot  dunyosi  obyektlariga  nimalar  kirishini  bilib  olish 
zarur. Ushbu qonunning 4-moddasida quyidagicha ta'riflangan. 
 
Hayvonot dunyosi obyektlari quyidagilardan iborat: 
 
kelib  chiqishi  hayvonlarga  mansub  bo`lgan  organizmlar  -  sut  emizuvchilar, 
parrandalar,  sudralib  yuruvchi  hayvonlar,  ham  quruqlikda,  ham  suvda  yashovchi 
hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyatsiyalari; 
 
yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning 
har qanday tudalari; 
 
yovvoyi  hayvonlarning  kamyob  yoki  yo`qolib  ketish  xavfi  ostida  bo`lgan 
turlari; 
 
yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari. 
 
Ta'kidlash o`rinliki, amaliyotda har doim ham hayvonot dunyosini muhofaza 
qilishga,  undan  oqilona  estetik  maqsadda  foydalanishga  e'tibor  berilmaydi. 
Shuning uchun ham hayvonot dunyosini muhofaza qilishning quyidagi tadbirlarini 
amalga  oshirish  maqsadga  muvofiqdir.  Ushbu  holat  qonunning  30-moddasida  
quyidagicha ko`rsatilgan. 
 
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish: 
 
hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish 
va ularni takror yetishtirish qoidalari va normalarini belgilash; 
 
hayvonot dunyosidan foydalanishda cheklashlar va taqiqlar belgilash; 
 
hayvonot  dunyosidan  o`zboshimchalik  bilan  foydalanishning  va  undan 
foydalanish borasida belgilangan tartibni boshqacha buzishlarning oldini olish; 
 
hayvonlarning yashash muhiti, ularning urchishi shart-sharoitlari va ko`chib 
yurish yo`llari muhofaza qilinishini tashkil etish; 
 
xo`jalik  va  boshqa  faoliyatni  amalga  oshirish,  transport  vositalaridan 
foydalanish paytida hayvonlar nobud bo`lishining oldini olish; 
 
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish; 
 
kamyob  va  yo`qolib  ketish  xavfi  ostida  turgan  hayvon  turlarini  tutqunlikda 
urchitish; 
 
hayvonlar kasallikka chalinganda, ularning tabiiy ofatlar va boshqa sabablar 
oqibatida nobud bo`lishi xavfi tug`ilganda ularga yordam berish; 
 
hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlarini asoslashga qaratilgan ilmiy-
tadqiqotlarni tashkil etish; 
 
hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  bo`yicha  boshqa  tadbirlarni  o`tkazish 
 
yo`li bilan amalga oshiriladi. 
 
Hayvonot  dunyosidan  foydalanuvchi  subyektlar  yuridik  va  jismoniy 
shaxslar,  fuqarolar  hamda  jamoa  birlashmalari  hayvonot  dunyosini  hamda  uning 
yashash muhitini muhofaza qilish sohasida ham e'tiborli huquq va majburiyatlarni 
amalga oshirishlari zarur. Jumladan fuqarolar va jamoat birlashmalari: 


 
hayvonot  dunyosini  va  uning  yashash  muhitini  muhofaza  qilish  tadbirlarini 
amalga oshiradilar; 
 
hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  sohasidagi  davlat  dasturlari  ruyobga 
chiqarilishiga ko`maklashadilar; 
 
ekologiya sohasida jamoatchilik ekspertizasini o`tkazadilar; 
 
jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar; 
 
hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi axborotni qonun xujjatlarida 
belgilangan tartibda oladilar; 
 
hayvonot dunyosiga va uning yashash muhitiga yetkazilgan zararni qoplash 
masalasini qo`yadilar; 
 
qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  huquq  va  majburiyatlarni  amalga 
oshiradilar. 
 
Shu  bilan  birga  hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
sohasida davlat boshqaruvini olib borilishi ham katta ahamiyatga ega. 
 
Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  sohasida  davlat 
boshqaruvi 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi, 
O`zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish ko`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Davlat 
o`rmon  ko`mitasi,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan  ularning 
vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. 
 
Zero,  hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  ustidan 
davlat  nazoratini  olib  borish  ham  ushbu  muammo  bilan  bog`liq  ko`pgina 
masalalarni hal etishga yordam beradi. 
 
Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  ustidan  davlat 
nazorati  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni 
muhofaza  qilish  davlat  ko`mitasi  tomonidan  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 
 
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan irodaviy, 
ishlab  chiqarish  va  jamoatchilik  nazorati  qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga 
oshiriladi. 
  

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish