Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar - bu yerlar va suv kengliklari
(akvatoriyalar)ning ustivor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya
sog`lomlashtirish ahamiyati molik qismlaridir.
Tabiat rang-barangligini saqlab qolish, ekologik muvozanatni va biosfera
monitoringini saqlab turishga, shuningdek shikast yetgan tabiiy majmuilarni
tiklashga
mo`ljallangan
yagona
tizimni
tashkil
etuvchi
O`zbekiston
Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni xo`jalik
maqsadida foydalanishdan to`liq yoki qisman, bir umrga yoki vaqtincha tortib
olinishi mumkin.
Tabiiy zaxiralardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir rejalar va
dasturlar, yer tuzilishi va joylarni tekislash kesmalari hamda
boshqa rejalarni ishlab
chiqishda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisobga olinadi.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga qonunda belgilab qo`yilgan
tartibda davlat qo`riqxonalari (shu jumladan biosfera qo`riqxonalari), davlat milliy
bog`lari, davlat tabiat yodgorliklari, davlat buyurtma qo`riqxonalari maqomi
beriladi.
Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari), kurort va rekreatsiya tegralari,
yer usti va yer osti suvlari hosil bo`ladigan tegralar (daryo uvalari, oqiziqli adirlar,
tog` yonbag`irlarining etaklari), nodir va qimmatbaho mineral konlari, alohida
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo`riqlanma (oraliq) tegralari, baliq
xo`jaligi tegralari, o`rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, tarixiy-tabiiy va
yodgoriy bog`lar, botanika va hayvonot bog`lari, dendrariylar hamda O`zbekiston
Respublikasi qonunlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilab quyiladigan tartib
asosidagi boshqa hududlar ham alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga
kiradi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarning qarorlari bilan
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning boshqa toifalari ham nazarda
tutilishi mumkin. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish,
ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvini
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyati va boshqaruvi
mahalliy idoralari amalga oshiradilar.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish va ularni
muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini O`zbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo`mitasi amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasining "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
to`g`risida"gi qonunida ushbu toifa yerlariga qanday yerlar kirishi ham aniq bayon
etilgan.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari tabiatni muhofaza
etish, sog`lomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar
jumlasiga kiradi.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlarida ularning maqsad-
muddaosiga zid faoliyat taqiqlanadi.
Yuqorida aytib o`tilgan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning
tartibi va shartlari ushbu qonun va Yer kodeksidagi O`zbekiston Respublikasi
qonunlari bilan belgilab qo`yiladi.
davlat qo`mitasining idoralari O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan
birgalikda amalga oshiradilar.
Xullas, "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holatini"
quyidagi xususiyatlari mavjud.
1) U O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qo`ygan talabiga mosligi,
konstitutsiyaviy ustivorlikka ega ekanligi hamda davlat tomonidan muhofaza
etilishi;
2) Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holatini
o`rganish va u tug`risidagi qonun davlat qo`riqxonalari, davlat milliy tabiat
bog`lari, davlat buyurtma qo`riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari, alohida
muhofaza etiladigan o`zga tabiiy hududlar va boshqa masalalarni hamda u bilan
bog`liq barcha munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga
solishi bilan;
3) U yangi ijtimoiy tuzum, bozor munosabatlarini mustahkamlash va
ekologik siyosatni barqarorlashtirish uchun yangi huquqiy ekologik zamin bo`lib,
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish hamda ularni
huquqiy tartibga solishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yishi bilan;
4) Mazkur sohani huquqiy tartibga solish bozor iqtisodiyotida qabul qilingan
ekologik qonunlarni qo`llash va ular bilan birgalikda ekologik muhitni
yaxshilashga, tabiat obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza
qilishga, ayniqsa, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlashga;
5) Ushbu soha fuqarolarimizdan shu kungi hayot talabi asosida ekologik
huquqiy ma'naviyat va madaniyatli bo`lishni, hamda ushbu yo`nalishda doim
yuksalish bo`lishini taqozo qilishi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: