Davlat milliy tabiat bog`lari hududi davlat milliy bog`lariga egalik qilish
yoki ulardan foydalanish uchun beriladigan yerlarda, shuningdek boshqa yer
egalari va yerdan foydalanuvchilarning yerlarida joylashadi.
Davlat milliy tabiat bog`larida:
rekreatsiya, ma'rifiy va ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun tabiiy
majmuilar va tarixiy-madaniy meroslarni asrab qolishni ta'minlaydigan ish
tartibiga
rioya etish;
shikast yetgan tabiiy majmuilarni tiklash;
tarix, madaniyat, me'morchilik obidalarini saqlab qolish;
turizm, ekskursiya va dam olish uchun sharoit yaratish;
ekologiya bilimlarini targ`ib qilish;
zaxiralarni tejaydigan, ekologik jihatdan sof texnologiyalarni qishloq
xo`jaligi, sanoat ishlab chiqarishi va boshqa faoliyatda ishlatishga joriy etishga
ko`maklashish;
tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida ilmiy
tadqiqotlar o`tkazish, ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlashga hamkorlik qilish
vazifalari yuklatiladi.
Ana shu vazifalarni bajarish bevosita davlat milliy tabiat bog`larining tashkil
etish va ularni boshqarish jarayonlari bilan ham bog`liq.
Davlat milliy tabiat bog`larini tashkil etish to`g`risidagi qarorni O`zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
manfaatdor
idoralarning
O`zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi bilan kelishib turib kiritgan
taqdimiga ko`ra qabul qiladi.
Davlat milliy tabiat bog`larini boshqarish ular faoliyati tabiatni muhofaza
qilish bilan bog`liq qaysi vazirlik, davlat qo`mitasi yoki idora tasarrufida bo`lsa,
shu vazirlik, davlat qo`mitasi yoki idora tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir milliy bog` qaysi idora tasarrufida bo`lsa, shu idora tasdiqlab
beradigan Nizom asosida faoliyat ko`rsatadi.
Davlat milliy tabiat bog`larining maqomi va mablag`lari ham hayotiy,
ekologik ahamiyatga ega bo`lib qonunchilikda quyidagicha ta'riflangan.
"Davlat milliy tabiat bog`lari yuridik shaxs bo`lib, davlat budjetini
ta'minlanadi, mustaqil balansda turadi, ularning bank muassasalarida o`z hisob
raqamlari, o`z nomida va O`zbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan muhri
bo`ladi.
Davlat milliy tabiat bog`larining mablag`lari, shu jumladan chet el
valutasidagi mablag`lari:
O`zbekiston Respublikasi budjeti ajratmalaridan;
rekreatsiya, turizm-ekskursiya, reklama-noshirlik va ushbu qonun hamda
Milliy bog`lar to`g`risidagi nizomda ruxsat etilgan boshqa faoliyatdan keladigan
daromadlardan;
davlat,
kooperativ
va
boshqa
jamoat
korxonalari,
muassasalari,
tashkilotlaridan, qo`shma korxonalar, ajnabiy va xalqaro tashkilotlar hamda
xususiy shaxslardan keladigan pul mablag`lari va
moddiy boyliklardan;
davlat milliy tabiat bog`ini muhofaza etish qoidasini buzuvchilardan
belgilangan tartibda undirib olinadigan jarima
pullardan iborat tushumlardan;
korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolarning faoliyati natijasida davlat
milliy tabiat bog`iga yetkazilgan zarar o`rnini qoplash hisobidan keladigan
tushumlardan hosil etiladi.
Davlat milliy tabiat bog`lari o`z mablag`larini aniq maqsadga qaratgan holda
mustaqil tarzda, ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan tartibga muvofiq
tasarruf etadilar." (17-modda).
Ushbu qonunda davlat milliy tabiat bog`larining ish tartibi masalasiga ham
e'tibor berilib, quyidagicha ko`rsatilgan.
Davlat milliy tabiat bog`larining hududlarida tabiiy majmui va obyektlar
holatini, ularning rekreatsiya, madaniy va estetik qimmatini inobatga olgan holda
muhofaza etish va ulardan foydalanishning tabaqalashtirilgan tartibi belgilab
qo`yiladi.
Davlat milliy tabiat bog`larining tegrasida davlat qo`riqxonalari hududlari
uchun nazarda tutilgan tartibdagi qo`riq tegralari, rekreatsiya, xo`jalik va o`zga
yo`sindagi foydalanish tegralari, tarixiy-madaniy obyektlarining muhofaza
tegralari ajratiladiki, ularda davlat milliy tabiat bog`lari vazifalariga zid bo`lmagan
faoliyat bilan shug`ullaniladi.
Davlat milliy tabiat bog`larining hududida:
daraxt kesishga (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo`sinidagi kesish
bundan mustasno);
ekologik jihatdan xavf-xatar tug`diruvchi sanoat korxonalarining faoliyat
olib borishiga;
gidrologik va gidrogeologik tartibni o`zgartirib yuboruvchi harakatlarga;
tuproq eroziyasini, shuningdek o`simlik va hayvonot dunyosining
tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlarga;
davlat milliy tabiat bog`larining faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan yo`l va
muxandislik-kommunikatsiya
ishlari olib borishga;
kimyo va radioaktiv moddalarning chiqindilarini ko`mishga;
iqlimlashtirish maqsadida tiriq organizmlarni ko`chirib keltirishga yo`l
qo`yilmaydi.
Davlat milliy tabiat bog`larida ular hududining tabiiy, ilmiy, estetik va
madaniy qimmati pasayishiga olib keluvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanishi
yoki cheklanishi mumkin.
Bog`ning rasamadi bilan faoliyat ko`rsatishi uchun yo`llar, boshqa
kommunikatsiya va inshootlar qurish zarur bo`lib qolgan muhofaza
qilish tadbirlari
majmuini o`tkazish majburiyligi nazarda tutiladi (18-modda).
Ta'kidlash joizki "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida"gi
qonunida, davlat qo`riqxonalari va davlat milliy tabiat bog`larini muhofaza
qilishga ham katta e'tibor berilgan. Jumladan ushbu qonunning 33-moddasiga
asosan:
davlat qo`riqxonalari va davlat milliy tabiat bog`larini muhofaza qilishni
maxsus tabiat hududlarini muhofaza qilish inspeksiyasi amalga oshiradi va bu ish
davlat qo`riqxonasi to`g`risidagi yoki davlat milliy tabiat bog`i haqidagi nizom
bilan tartibga solinadi.
Muhofaza qilish xodimlari davlat qo`riqxonalari va davlat milliy tabiat
bog`lari shtatida turadilar hamda O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza
qilish davlat inspektorlariga xos barcha huquqlar va imtiyozlardan foydalanadilar, -
deb ko`rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: