o`rmon o`simliklari va niholarni g`ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish
yoki yo`q qilish (79-modda), o`rmonlarni tiklash qoidalarini buzish (80-modda),
Qizil kitobga kiritilgan o`simliklarni yig`ish (81-modda), alohida muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar tartibini buzish (82-modda), o`rmon uchun foydali
faunani yo`q qilib yuborish (83-modda), o`rmonlarda yong`in xavfsizligi
talablarini buzish (84-modda) kabi ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan
fuqarolarga nisbatan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan tortib, to besh
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bir baravaridan, to yetti baravarigacha
jarima solish jazosi qo`llaniladi. Agar aniq bir ma'muriy huquqbuzarlik, masalan
Qizil kitobga kiritilgan o`simliklarni yig`ish (81-modda) huquqbuzarligini oladigan
bo`lsak ushbu normada belgilanishicha, O`zbekiston Respublikasining Qizil
kitobiga kiritilgan o`simliklarni yoxud shunday o`simliklarning ildizlari, poyalari,
shoxlari, barglari, gullari, mevalari va urug`larini o`zboshimchalik bilan yig`ish
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo`ladi. Huddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi
qo`llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa, fuqarolarga eng
kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa
uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya
qilishning navbatdagi vositalaridan biri jinoiy-huquqiy jazo choralari bilan himoya
etishdir. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ekologiya sohasidagi
jinoyatlarga bag`ishlangan to`rtinchi bo`limining o`n to`rtinchi bobida atrof
muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar uchun
jinoiy javobgarlik belgilangan bo`lib, bu jinoiy jazo choralari o`simlik dunyosidan
foydalanish qoidalarini buzganlarga nisbatan ham qo`llaniladi. Xususan, Jinoyat
kodeksining 198-moddasida ekinzor, o`rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast
yetkazish yoki ularni nobud qilish, 199-moddada o`simliklar kasalliklari yoki
zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish, 202-moddasida hayvonot yoki
o`simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish, 204-moddasida esa alohida
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish kabi jinoiy xatti-
harakatlar uchun eng kam oylik ish haqining ellik boravaridan yuz baravarigacha
miqdorda jarima, uch yilgacha muddatda axloq tuzatish ishi, muayyan huquqdan
besh yilgacha muddatga mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish, olti oygacha
qamo, hamda besh ymlgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari
qo`llanilishi mumkinligi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: