qo`ziqorinlarni yig`ish maqsad qilib qo`yiladi. O`simlik dunyosidan bu xilda
foydalanish umumiy va maxsus tarzda amalga oshiriladi.
Daraxt va butazorlarni kesish - o`simlik dunyosi obyektlaridan
foydalanishning navbatdagi turidir. Daraxt va butazorlarni kesish o`rmon fondi
yerlarida tegishli tartibda beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
O`rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga faqat sanitariya hamda
binolar, inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi bilan bog`liq kesishlar tartibida
mahalliy davlat hokimiyati organlarining Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi
bilan kelishilgan asosan yo`l qo`yiladi.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlaridan biri undan ilmiy-
tadqiqot maqsadlarida foydalanishdir. Bu xildagi maqsadda foydalanish ilmiy
muassasalar tomonidan amalga oshirilib, unda yovvoyi o`simliklarning kelib
chiqishi, turlari, nomi, ko`payishi, jamiyat uchun foydalanish maqsadlari
o`rganiladi. Qonunda belgilanishicha, o`simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy-
tadqiqot maqsadlarida yovvoyi o`simliklarni, ularning qismlarini va mahsullarini
o`sish muhitidan olmasdan va olgan holda foydalanishga faqat qonunda
belgilangan tartibda yo`l qo`yiladi. Tabiiy o`simliklar jamoalarida ilmiy-tadqiqot
ishlarini o`tkazish uchun tegishli yuridik shaxslarga maxsus uchatkalar ajratilishi
lozim. Agar bu o`simlik jamoalarida ilmiy-tadqiqot olib borish lozim bo`lsa,
boshqa tashkilotlarning bu obyektdan foydalanishi cheklanishi mumkin.
O`simlik
dunyosi
obyektlaridan
madaniy-ma'rifiy,
tarbiyaviy,
sog`lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishi ulardan
foydalanishning mustaqil turi hisoblanadi. Shifobaxsh xossalarga ega bo`lgan va
aholining dam olishi uchun qulay shart sharoit yaratadigan o`simlik dunyosi
obyektlaridan sog`lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlarida foydalaniladi. Bunday
joylarda sanatoriyalar, shifoxonalar, dam olish uylari, lagerlar bunyod etilib,
ulardan aholini dam olishi, sog`lig`ini tiklashi maqsadlarida foydalaniladi.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turidan ohirgisi ulardan tabiatni
muhofaza qilish maqsadlarida foydalanishdir. Ma'lumki, o`simlik dunyosi
tog`larda suvlarni to`planishi, tog`larda jarliklarni paydo bo`lishi oldini olish,
sug`oriladigan yerlar, ekin maydonlarini suv va shamol eroziyasidan asrash, suv
bo`yi tegralarini saqlash, atmosfera havosini mo`tadil ravishda saqlab turishda
asosiy vosita hisoblanadi. Shu sababdan suv bo`yi tegralarida, ekin maydonlari
atrofida yer va suv resurslarini muhofaza qilish maqsadida daraxtlar ekilib, ulardan
tabiatni muhofaza qilish maqsadi ko`zlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: