«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi


Ekologiya huquqining manbalari



Download 391,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet149/186
Sana16.01.2022
Hajmi391,9 Kb.
#377694
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   186
Bog'liq
huquqshunoslik

Ekologiya huquqining manbalari
deganda atrof ta 
-
biiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
oqilona  foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini
ta’minlash bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartib-
ga solishda xizmat qiladigan qonunchilik hujjatlari
tushuniladi.
Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi konstitu-
tsiyaviy qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahka 
-
ma  si ning farmon va qarorlari, maxsus vakolatli davlat
boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat
organlarining me’yoriy hujjatlari yig‘indisi ekologik qo-
nunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi.
Ekologiya huquqining manbalari keng qamrovli ijti-
moiy munosabatlarni tartibga solishi uchun ham ularni
quyidagicha tasniflash mumkin: yuridik kuchi bo‘yicha
manbalar qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlarga
bo‘linadi.
Ekologik munosabatlarni tartibga solinishi yo‘na 
-
lishlari bo‘yicha: tabiatni muhofaza qilish qonun chiligi;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchiligi;
aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash qonunchiligi.
Munosabatlarni tartibga solish predmeti bo‘yicha:
umumiy va maxsus ekologik qonunchilik hujjatlari.
VIII  b o b.  
Ekologiya huquqi asoslari


140
Huquqshunoslik
Huquqiy tartibga solish holati bo‘yicha moddiy va
protsessual ahamiyatdagi qonunchilik hujjatlari:
qonun chilik hujjatlarining tizimi bo‘yicha oddiy kodi 
-
fikat siya lashgan manbalar.
Qonunchilik hujjatlarining qo‘llanilish doirasi
bo‘yi  cha: hududiy-mintaqaviy; respublika miqyosida;
xalqaro miqyosdagi manbalar va hokazo.
Demak, ekologiya huquqining manbalari ekologik
munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonunlar va
jamiyat qonunchilik hujjatlarini mujassamlantirgan
holda  tartibga soladi. Bu esa o‘z navbatda  ekologik
qonunchilik hujjatlari hajmining ko‘payishiga olib ke-
ladi. 
Tabiat-jamiyat tizimida o‘zaro munosabatlarni  tar-
tibga solishda bir tomondan qonun, farmon, qaror, ni-
zom kabi me’yoriy hujjatlar, ikkinchi tomondan, ush-
bu qonun hujjatlarining qo‘llanilishiga yordam berish
va davomiyligini ta’minlashda ekologik normativ, stan-
dart va yo‘riqnomalar kabi minglab me’yo 
riy-texnik
aha miyat dagi hujjatlar  qo‘llaniladi.
Ekologiya huquqining manbalari boshqa huquq  so-
halari  manbalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ij-
timoiy munosabatlarni tartibga solish tamoyillari,
usullari, qoidalarini qo‘llashda umumiylikka egadir.
Lekin shu bilan bir qatorda o‘ziga xos xususiyatlarga
ham ega bo‘lib, boshqa huquq sohalari qonunchilik
hujjatlari mazmun-mohiyatidan farq qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoida-
talablari va tamoyillari asosida atrof tabiiy muhitni
mu hofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydala 
-
nish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan  qonunlar  qabul qilinadi.
Asosiy qonunimizda davlat ekologiya siyosatining
asosiy yo‘nalishlari belgilansa, ushbu konstitutsion
qoida larga mos ravishda  qabul qilinadigan qonunlarda


141
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslar-
dan oqilo 
na foydalanishning talablari, mexanizmi
mustah kamlanadi.
Bu qonunlarda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy
obyekt lardan oqilona foydalanish va aholining ekologik
xavf sizligini ta’minlash bilan bog‘liq ijtimoiy munosa 
-
batlarning maqsadi, vazifasi, obyekt va su 
byekt lari,
tabiiy resurslarning huquqiy holati, ushbu sohada
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyat-
lari, erkinliklari, kafolatlari va vakolatlari, tabiiy re surs -
lardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tar 
tibi, 
muddati va talablari, ekologik qonunchilik ta 
lablarini
buzganlik uchun yuridik javobgarlik chora-tadbirlari
kabi eko logik-huquqiy qoida-talablar belgilangandir.

Download 391,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish