Fuqaroviy-huquqiy
usul ekologiya huquqida tobora
rivojlanib borayotgan usul sifatida bevosita ekologik-
huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi,
mulk ning daxlsizligi, moddiy rag‘batlantirish, tabiatni
muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishda
iqtisodiy chora-tadbirlarning qo‘llanilishida namoyon
bo‘ladi.
Ekologiya huquqi tabiat-jamiyat tizimidagi mu-
rakkab munosabatlarni tartibga soladi, shuning uchun
ham turli tushunchalar, institutlar, toifalar keng
qo‘llanib, ekolo
gik-huquqiy qoida-talablarning qo‘l
-
lanilishi va mazmunini ochib berishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |