«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi



Download 391,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/186
Sana16.01.2022
Hajmi391,9 Kb.
#377694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Bog'liq
huquqshunoslik

UO‘К 159.9(075)
КBK 67ya722
ISBN 978-9943-26-084-9
© «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati, 2004, 2011, 2012, 2013.
UO‘К159.9(075)
КBK 67ya722
K–25
K–25


SO‘ZBOSHI
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi, o‘z
taqdirini o‘zi belgilashdek buyuk baxt bugungi yosh
avlodga nasib etdi. Respublikamizda demokratik
huquqiy davlat qurilmoqda. Bunday davlatni barpo etish
uchun esa jamiyat, xalq, ayniqsa, yoshlar yuksak daraja-
da huquqiy bilimli, madaniyatli bo‘lishi kerak.
Keyingi yillarda respublikamizda mustaqillikni mus-
tahkamlash, ta’limni rivojlantirish borasida juda ko‘p ish-
lar qilinmoqda. Bunga O‘zbekiston Respublikasining
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-mayda qa bul
qilingan «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim
to‘g‘risida»gi Nizomi, «O‘zbekiston Respub likasida o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi qarori bilan tasdiqlan-
gan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy
dasturi», 
2001-yil 4-yanvarda Prezidentimiz tomonidan
qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitu 
-
tsiyasini o‘rganishni tashkil qilish to‘qrisida»gi farmoyishi
va boshqa bir qancha huquqiy hujjatlar misol bo‘la oladi.
Mamlakatimizning rivojlanishi, dunyo miqyosida
hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lishi kelajak avlodni har
tomonlama kuchli va bilimdon qilib tarbiyalashni taqozo
etadi. «O‘zbe 
kiston Respublikasida yoshlar va turli
yoshdagi balog‘atga yetmaganlarning huquqiy ta’limi
haqida»gi Nizomga asosan huquqiy ta’lim respublikadagi
barcha oliy o‘quv yurtlarida, maktablarda, gimna 
-
ziyalarda, litseylarda, professional va ixti 
soslash tirilgan
texnika bilim yurtlarida (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’li-
mi) maxsus dastur asosida olib borilishi lozim.
3


Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirishda res 
-
publikamiz ta’lim tizimida o‘qitilayotgan «Huquq 
-
shunoslik» fanining o‘rni va imkoniyati cheksizdir.
Ushbu darslik talabalarga davlat va huquqning kelib
chiqishi, jamiyat taraqqiyotida ularning o‘rni, davlat,
huquq, davlat shakllari, Konstitutsiya huquqi, uning
maqsadi, vazifasi, boshqa huquq sohalari, ularning inson
hayotidagi o‘rni to‘g‘risidagi bilim asoslarini berishni
nazarda tutadi.
Jamiyatning borlig‘i, kelajagi, hozirgi davrning qay
darajada shakllanishi shu jamiyatda yashovchi fuqarolar -
ning xatti-harakatlariga bog‘liq. Bu harakat foydali yoki
foydasiz bo‘lishi mumkin.
Har bir davlat o‘z fuqarosini har tomonlama
o‘qimishli, ongli, tarbiyali ko‘rishni istaydi, shunday
bo‘lishi uchun sharoit yaratadi, imkoniyat beradi.
Huquqiy davlat sari qadam qo‘yayotgan O‘zbe 
-
kistonimizdagi har bir shaxs o‘z huquqlarini, erkinlikla -
rini, burchlarini bilibgina qolmasdan, balki qonun qabul
qilish jarayonida, davlat, jamiyat ishlarida faol ishtirok
etishi kerak.
Jamiyat va davlatning yetakchi kuchi uning qonunla -
ridir. Qonun nimani o‘z ichiga olgan, kimni, qanday hi-
moya qiladi, insonga qanday yondashadi? Bu masalalar
yillar davomida xalqni qiziqtirib kelgan.
Bir davrlarda podshohlar, shohlar, imperatorlar, qirol-
lar qabul qilgan qonun, qarorlar hammaga jarchilar orqali
yetkazilar edi. Kinofilmlardan jarchilarning: «Odamlar-u
odamlar, eshit 
madim demanglar, podshohimiz shu
buyruqni e’lon qilishni buyurdilar», deb jar solib yurgan-
larini ko‘rgansizlar.
Demak, maxsus odamlar ko‘chama-ko‘cha, mahalla-
ma-mahalla, bozorlarda yurib xalqni yangi qonun,
qaror, farmonlar bilan tanishtirgan. U davrda xalqning
ko‘pchiligi o‘qishni uncha bilmagan bo‘lsa ham pod-
shohning amrini bilishi shart edi. Hozirgi davrda O‘zbe -
4
Huquqshunoslik


kiston aholisi yoppasiga o‘qimishli, bilimli. Har bir
yangilikni matbuot, televideniye, radio orqali eshitadi,
o‘qiydi. Lekin hammani ham, ayniqsa, yoshlarimizni
siyosiy, huquqiy, iqtisodiy jihatdan ongli, yuksak daraja-
da bi limli deyish qiyin.
Mazkur darslikda biz yoshlarimiz huquqiy bilim-
larni egallashlari uchun yetarli ma’lumotlar berishga
harakat qildik. Shu davlat bizniki. Demak, davlati 
-
mizning har tomonlama rivojlanishi siz va bizga bog‘ 
-
liq. Davlat, jamiyat ishlarini mukammal bilish uchun
huquqiy bilimli, ongli, madaniyatli bo‘lish – davr ta 
-
labi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
1997-yil 20-may kuni Respublika huquq tartibot idora
rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy axborot vosi-
talari vakillari bilan uchrashuvida xalqimizning huquqiy
mada niyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga
ko‘tari lishi lozimligini, mustaqillik so‘zining zaminida
katta, ulug‘ huquqqa ega bo‘lish degan tushuncha yot-
ganini aytgan edi.
Mazkur darslikdan siz respublikamizning huquq fani
sohalariga taalluqli bilimlarni va yangi qonunlar, qo-
nuniy aktlarning sharhlarini bilib olasiz.
Fuqarolik jamiyatini qurishda har bir shaxs qonunlarni,
demokratiya, mustaqillik tushunchasini, davlat boshqaru-
vidagi ulkan o‘zgarishlarni, inson, fuqarolarga berilgan
erkinliklarni mukammal bilishi lozim. Bu jamiyatni qu -
rishda, islohotlarni amalga oshirishda «yangilash jarayoni-
ni boshqaradigan va ta’minlaydigan, yangicha fikrlaydigan
odamlarni tarbiyalash»
1
davr talabi bo‘lib qolmoqda.
Ta’lim uzluksizligini inobatga olgan holda tinglovchi,
o‘quvchi, talaba har bir o‘tiladigan darsni, ma’ruzani, suh-
batni yangicha usulining bayo 
nini, muammosini bilib
olsin, qiziqsin, izlansin.
5
So‘zboshi
1
Karimov Islom.
O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.:
O‘zbe kiston, 1999. 7- bet.


Mazkur darslikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
ting lovchilariga dastur, amaliy mashg‘ulotlar mavzusi,
mustaqil ish mavzusi, talabalarning bilimini aniqlash
uchun savollar, testlar, referatlar mavzulari ham tavsiya
etiladi.
Dasturda «Huquqshunoslik» bo‘yicha o‘tiladigan
huquq sohalarini bosqichma-bosqich o‘rgatilishi nazarda
tutiladi.
Muallif 8–9-sinflar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’li 
-
miga dasturlarni yozganligi uchun fan sohalari takror-
lanmasligiga ahamiyat qaratdi.
Darslikda yoritilgan mavzularda tinglovchini mus-
taqil ishlashga jalb qiladigan, unda qiziqish, izlanish
uchun ishtiyoq tug‘diradigan yo‘llar qo‘llangan.
Darslik to‘g‘risidagi fikr-mulohazalaringizni, taklif va
istaklaringizni kutib qolamiz va avvaldan minnatdorchi-
lik bildiramiz.
Muallif
6
Huquqshunoslik


7

Download 391,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish