Standartlari



Download 1,94 Mb.
bet1/136
Sana27.10.2022
Hajmi1,94 Mb.
#857151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Bog'liq
IFRS


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOShKENT MOLIYa INSTITUTI


“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi


MOLIYaVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI”


fanidan


O’QUV-USLUBIY MAJMUA

TOShKENT-2019



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT MOLIYa INSTITUTI


“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi




NORBEKOV DAVRONBAY EShMURADOVICh OChILOV ILYoS KELDIYoROVICh


MOLIYaVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI”

FANIDAN


O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohalari: 200 000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq. Ta’lim sohalari: 230 000 Iqtisod.
Mutaxassislik: 5A230901 – Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha); 5A230902 –Audit (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
5A231501 “Baholash ishi va rieltorlik (ob’ektlar bo’yicha)”

TOShKENT-2019


Ushbu o’quv uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 201 yil dagi ”-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.


Tuzuvchilar:



Norbekov D.E.

-TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, i.f.n.

Ochilov I.K.

-TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, i.f.n.

Taqrizchilar:



Rizaev N.K.

O’zR BMA, “Buxgalteriya hisobi , iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi dotsenti, i.f.d. (tashqi)

Karimov A.A.

TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri, i.f.d.



Fanning o’quv uslubiy majmuasi kafedraning 2019 yil dagi ”-sonli yig’ilish muxokamasidan o’tkazilgan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etildi.


Kafedra mudiri: A.Karimov


Fanning o’quv uslubiy majmuasi “Hisob va audit” fakultetining Kengashi muhokamasidan o’tkazilgan va Institut Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan. (2019 yil dagi ”-sonli qarori).


Magistratura bo’lim boshlig’i: A.Jo’raev Kelishildi:
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i T.Baymuratov


O’quv ishlari bo’yicha prorektor I.Qo’ziev
Fanning o’quv uslubiy majmuasi institut o’quv-uslubiy Kengashining 2019 yil
dagi ”-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.



Fanning o’quv uslubiy majmuasi institut Kengashining 201
dagi ”-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
yil “



Mavzular

Betlar




So’zboshi

5-7

1.

O’quv materiallari

8-199

1.1

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga kirish

8-25

1.2

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida umumiy
masalalar

26-56

1.3

Tushumlarni hisobga oluvchi standartlarining tavsifi

57-69

1.4

Nomoliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi standartlarining tavsifi

70-140

1.5

Baholashni hisobga oluvchi standartlarining tavsifi

141-161

1.6

Nomoliyaviy majburiyatlarni hisobga oluvchi standartlarining
tavsifi

162-182

1.7

Moliyaviy instrumentlarni hisobga oluvchi standartlarining
tavsifi

183-231

1.8

Konsolidatsiyalash asoslarini hisobga oluvchi standartlarining
tavsifi

232-245

1.9

Moliyaviy hisobot transformatsiyasi

246-302

2.

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari

303-308

3.

Glossariy

309-322

4.

Ilovalar:

323-364




- fan dasturi;







- ishchi dastur;







- texnologik xarita;







- tarqatma material;







- testlar;







- ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini
qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar;







- o’quv-uslubiy majmuaning elektron varianti.



SO’Z BOShI


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro hisob tizimi taraqqiy ettirilishida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) muhim o’rin tutadi. BHXSlar mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni, jumladan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilashda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham kun sayin xalqaro standartlarni e’tirof etuvchi mamlakatlar soni oshib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi ham BHXSga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanladi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan, 2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o’tkazishi va aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1 iyuliga qadar aktsiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlanishi lozimligi belgilangan.
Bundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga asosan, aktsiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitaliga 15 foizdan kam bo’lmagan miqdorda xorijiy investorlarning ulushi jalb qilinishi lozimligi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, aktsiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilishiga to’g’ri keladi. Chunki, undan xorijiy investorlar aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviyviy hisobotlarini to’g’ridan to’g’ri tushunishiga va ishonch hosil qilish lozimligiga erishadi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXSlar) – bu Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha Kengashi (MHXSK) tomonidan chiqarilgan standartlar va sharhlardir. Ular quyidagilarni qamrab oladi:

  1. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari;

  2. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari.

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari nomlanishi quyidagicha1:



BHXS 1 Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish





BHXS 2 Zahiralar

BHXS 7 Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot

BHXS 8 Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar

BHXS 10 Hisobot davridan keyingi hodisalar

BHXS 11 Qurilish shartnomalari

BHXS 12 Foyda soliqlari

BHXS 16 Asosiy vositalar

BHXS 17 Ijara

BHXS 18 Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad

BHXS 19 Xodimlarning daromadlari

BHXS 20 Davlat grantlarini hisobga olish va davlat yordami to’g’risida ma’lumotlarni ochib berish

BHXS 21 Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning ta’sirlari

BHXS 23 Qarzlar bo’yicha xarajatlar

BHXS 24 O’zaro bog’liq tomonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berish

BHXS 26 Pension tizimlar bo’yicha buxgalteriya hisobi va hisobot

BHXS 27 Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar

BHXS 28 Qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi va qo’shma korxonalardagi investitsiyalar

BHXS 29 Giperinflyatsiyali iqtisodiyotlarda moliyaviy hisobot berish

BHXS 32 Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish

BHXS 33 Bir aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda

BHXS 34 Oraliq moliyaviy hisobotlar

BHXS 36 Aktivlarning qadrsizlanishi

BHXS 37 Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar

BHXS 38 Nomoddiy aktivlar

BHXS 39 Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash

BHXS 40 Investitsion mulk

BHXS 41 Qishloq xo’jaligi

Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining nomlanishi:

MHXS 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash”

MHXS 2 “Aktsiyaga asoslangan to’lov”

MHXS 3 “Biznes birlashuvlari “

MHXS 4 “Sug’urta shartnomalari”

MHXS 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat “

MHXS 6 “Foydali qazilmalar zaxiralarini qidirish va baholash”

MHXS 7 “Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni ochib berish”

MHXS 8 “Operatsion segmentlar”

MHXS 9 “Moliyaviy instrumentlar”

MHXS 10 “Jamlangan (konsolidatsiyalashgan) moliyaviy hisobotlar”

MHXS 11 “Birgalikdagi faoliyat bo’yicha kelishuvlar”

MHXS 12 “Boshqa tadbirkorlik sub’ektlarida ishtirok etish to’g’risidagi ma’lumotlarni ochib berish”

MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni baholash”

MHXS 14 “Ta’rif tuzatishlarini keyinga qoldirish hisobi”

MHXS 15 “Xaridorlar bilan shartnomalar tuzish bo’yicha daromad”

Ushbu o’quv uslubiy majmua keyingi yillarda qabul qilingan halqaro hujjatlar, Qonun va qonun osti me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (IAS), Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS), AQShdagi GAAP, Buyuk Britaniyadagi CCAPC, O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni kabi me’yoriy hujjatlar talablari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalari tajribalari asosida tayyorlangan. Shuningdek, undan o’qituvchilar, katta ilmiy xodim- izlanuvchilar, magistrlar, iqtisodchilar, buxgalterlar va auditorlar ham foydalanishlari mumkin.



Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish