Standartlari


BHXS (IAS) 7 “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” standartining mazmuni va qo’llanilishi



Download 1,94 Mb.
bet14/136
Sana27.10.2022
Hajmi1,94 Mb.
#857151
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   136
Bog'liq
IFRS

BHXS (IAS) 7 “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” standartining mazmuni va qo’llanilishi


Xo’jalik sub’ektining pul oqimlari to’g’risidagi axborot, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun, xo’jalik sub’ektining pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga hamda ushbu pul oqimlaridan foydalanish ehtiyojlariga baho berish asosi sifatida foydalidir. Foydalanuvchilar tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilinishi uchun, xo’jalik sub’ektining pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga hamda buning muddati va aniqligiga baho berish talab etiladi.
Xo’jalik sub’ekti pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni mazkur Standartning talablariga mos ravishda tayyorlab, moliyaviy hisobotlar taqdim etiladigan har bir davrda moliyaviy hisobotlarning ajralmas qismi sifatida takdim etishi shart.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot davr davomidagi pul oqimlarini operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo’yicha tasniflangan holda ko’rsatishi kerak.
Operatsion faoliyat natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining summasi - xo’jalik sub’ekti, moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojat qilmasdan, o’z operatsion faoliyatidan yuzaga kelgan qarzlarini to’lash, o’zining operatsion faoliyatini yurgizish qobiliyatini saqlash, dividendlarni to’lash va yangi investitsiyalar qilish uchun yetarli bo’lgan pul oqimlarini qay darajada hosil qilganligini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichdir. Operatsion faoliyatidan oldingi davrlarda kelib chiqqan pul oqimlarining alohida tarkibiy qismlari to’g’risidagi ma’lumot, boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda, operatsion faoliyat bo’yicha hosil bo’ladigan kelgusi pul oqimlarini prognoz qilishda foydalidir.
Operatsion faoliyat bo’yicha pul oqimlari asosan xo’jalik sub’ektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni shakllantiradigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi. Operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlariga quyidagilar kiradi:

  1. tovarlarni sotish va xizmatlarni ko’rsatishdan kelib tushgan pul mablag’lari;

  2. royalti, xizmatlar haqi, komission to’lovlar va boshqa daromadlar qo’rinishida kelib tushgan pul mablag’lari;

(v) mol etkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar;
(g) hodimlarga va xodimlar nomidan to’lovlar;

  1. sug’urta tashkilotining sug’urta polislari bo’iycha mukofotlari va talablarlari, annuitetlar va boshqa sug’urta to’lovlari bo’yicha pul tushumlari va pul to’lovlari;

  2. daromad solig’i bo’yicha to’lovlar hamda soliqlarning qaytarilishi, agar ular moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog’liq bo’lmasa; va

(j) vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari.
Asosiy vositani sotish kabi ayrim operatsiyalar, tan olinadigan foyda yoki zararga kiritiladigan foyda yoki zararga olib kelishi mumkin. Bunday operatsiyalarga taaluqli pul oqimlari investitsion faoliyatdan pul oqimlari bo’lib hisoblanadi. Ammo, BHXS 16 “Asosiy vositalar”da ta’kidlanishicha, ijaraga berish va keyinchalik sotish uchun mo’ljallangan aktivlarni ishlab chiqarish yoki sotib olish uchun qilinadigan to’lovlar operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlari sifatida xizmat qiladi. Bunday aktivlarni ijaraga berish va keyinchalik sotishdan olinadigan pul tushumlari ham operatsion faoliyatga tegishli pul oqimlaridir.
Xo’jalik sub’ekti quyidagilardan birini qo’llagan holda operatsion faoliyati bo’yicha pul oqimlarini hisobotda ko’rsatishi kerak:

  1. bevosita usul, bunda yalpi pul tushumlari va yalpi pul to’lovlarining asosiy toifalari ko’rsatiladi ; yoki

  2. bilvosita usul. Bu usulda foyda yoki zarar pulga daxli bo’lmagan operatsiyalarning va o’tgan yoki kelgusi davr operatsion pul tushumlari yoki to’lovlarining har qanday kechiktirilishi yoki hisoblanishining natijalarini, hamda investitsion yoki moliyaviy pul oqimlari bilan bog’liq daromad yoki harajatlarni

hisobga olgan holda to’g’rilanadi.
Investitsion faoliyat natijasidagi pul oqimlarini alohida oshkor etish muhimdir, chunki bunday pul oqimlari kelajakdagi daromad va pul oqimlarini olish uchun mo’ljallangan resurslar uchun qancha harajatlar sarflanganini aks ettiradi. Moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda aktiv tan olinishiga olib keladigan harajatlargina investitsion faoliyat sifatida tasniflanishi mumkin. Investitsion faoliyat natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining misollari quyida keltirilgan:

  1. asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun qilingan to’lovlar. Bu to’lovlarga, shuningdek, tajriba- konstruktorlik ishlariga ajratilgan va kapitallashtiriladigan xarajatlar va o’z ehtiyojlari uchun (xo’jalik hisobi usulida) qo’rilgan asosiy vositalar bo’yicha to’lovlar kiradi;

  2. asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotishdan kelgan pul tushumlari;

(v) boshqa xo’jalik sub’ektlarining ulushli yoki qarz instrumentlarini sotib olish hamda qo’shma korxonalarda ulushga ega bo’lish uchun amalga oshirilgan to’lovlar (pul mablag’lari ekvivalentlari bo’lib hisoblanadigan yoki vositachilik va oldi-sotdi uchun mo’ljallangan instrumentlar uchun qilingan to’lovlardan tashqari);
(g) boshqa xo’jalik sub’ektlarining ulushli yoki qarz qarz instrumentlarini va qo’shma korxonalardagi ulushlarni sotishdan kelgan pul tushumlari (pul mablag’lari ekvivalentlari bo’lib hisoblanadigan yoki vositachilik va oldi-sotdi uchun mo’ljallangan instrumentlar bo’yicha kelgan tushumlardan tashqari);

  1. boshqa tomonlarga berilgan bo’naklar va qarzlar (moliyaviy institutlar tomonidan berilgan bo’naklar va qarzlardan tashqari);

  2. boshqa tomonlarga berilgan bo’naklar va qarzlarning qaytarilishi natijasidagi pul tushumlari (moliyaviy institutlar tomonilan berilgan bo’naklar va qarzlardan tashqari);

(j)fyuchers shartnomalari, forvard shartnomalari, optsion shartnomalari va svop shartnomalari bo’yicha pul to’lovlari, bundan bu shartnomalar vositachilik yoki oldi-sotdi uchun mo’ljallangan holatlar , yoki to’lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasniflanadigan holatlar mustasno; va
(z) fyuchers shartnomalari, forvard shartnomalari, optsion shartnomalari va svop shartnomalari bo’yicha pul tushumlari, bundan bu shartnomalar vositachilik yoki oldi-sotdi uchun mo’ljallangan holatlar, yoki to’lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasniflanadigan holatlar mustasno.
Shartnoma muayyan pozitsiyani xejlash sifatida hisobga olinganida, shartnoma bo’yicha pul oqimlari xejlanuvchi pozitsiya bo’yicha pul oqimlari bilan bir xil tarzda tasniflanadi.
Moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan pul oqimlarini alohida ko’rsatish muhimdir, chunki bu xo’jalik sub’ektini moliyalashtiradigan tomonlar kelgusi pul oqimlariga bo’lgan talablarni oldindan bilishi uchun foydalidir. Moliyaviy faoliyat natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining misollari quyida keltirilgan:

  1. aktsiyalar yoki boshqa ulushli instrumentlarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;

  2. xo’jalik sub’ektining aktsiyalarini sotib olish yoki muomaladan chiqarish

uchun mulk egalariga to’lovlar;
(v) qarz majburiyatlarini chiqarish, qarzlar berish, veksellar, obligatsiyalar, ipotekalar va boshqa qisqa muddatli yoki uzoq muddatli qarz majburiyatlarini chiqarishdan olingan pul tushumlari;
(g) qarzlar bo’yicha to’lovlar; va
(d) ijaraga oluvchi tomonidan moliyaviy ijara bo’yicha majburiyatini kamaytirish uchun
Xo’jalik sub’ekti investitsion va moliyaviy faoliyatlardan kelib chiqadigan yalpi pul tushumlari va yalpi pul to’lovlarining asosiy toifalarini hisobotda alohida ko’rsatishi kerak.
Quyidagi operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatlar bo’yicha kelib chiqadigan pul oqimlari hisobotda sof asosda ko’rsatilishi mumkin:

  1. mijozlar nomidan olingan pul tushumlari va amalga oshirilgan to’lovlar, agar pul oqimlari xo’jalik sub’ektning emas, balki mijozning faoliyatini aks ettirsa; va

  2. tez aylanadigan, katta miqdorlardagi va so’ndirish muddati qisqa bo’lgan moddalar bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari.

Moliyaviy institutning quyidagi faoliyatlaridan kelib chiqadigan pul oqimlari hisobotda sof asosda ko’rsatilishi mumkin:

  1. so’ndirish sanasi qat’iy belgilangan omonatlarni qabul qilish va qaytarib berish bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari;

  2. boshqa moliyaviy institutlarda omonatlarni joylashtirish va qaytarib olish; va

(v) mijozlarga ajratilgan bo’naqlar va kreditlar hamda bo’naklar va kreditlarning qaytarilishi.
Chet el valyutasidagi operatsiyalar natijasida kelib chiqadigan pul oqimlari, ushbu pul oqimi sanasidagi xo’jalik sub’ektining funktsional valyutasi bilan chet el valyutasi orasidagi ayirboshlash kursini chet el valyutasi summasiga ko’paytirgan holda xo’jalik sub’ektining funktsional valyutasida aks ettirilishi lozim.
Xorijiy sho’’ba xo’jalik sub’ektining pul oqimlari, ushbu pul oqimlari sanasidagi funktsional valyuta bilan chet el valyutasi orasidagi ayirboshlash kursi bo’yicha funktsional valyutasiga o’tkazilishi (qayta hisoblanishi) lozim.
Chet el valyutasida aks ettirilgan pul oqimlari BHXS 21 “Valyutani ayirboshlash kurslaridagi o’zgarishlarning ta’siri”ga muvofiq tarzda taqdim qilinadi. Bunda haqiqatdagi kursga taxminan teng bo’lgan ayirboshlash kursini qo’llashga ruxsat etiladi. Masalan, chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish yoki chet el shu’ba xo’jalik sub’ektining pul oqimlarini bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazish uchun ma’lum davr uchun o’rtacha tortilgan ayirboshlash kursi qo’llanilishi mumkin. Biroq, BHXS 21-ga muvofiq chet el sho’’ba xo’jalik sub’ektining pul oqimlarini funktsional valyutaga o’tkazishda hisobot davrining ohiridagi ayirboshlash kursini qo’llashga ruhsat etilmaydi.
Olingan va to’langan foizlar va dividendlar ko’rinishidagi pul oqimlarining har biri alohida aks ettirilishi lozim. Ularning har biri davrdan davrga izchil ravishda operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatga tegishli pul oqimi sifatida
tasniflanishi lozim.
Daromad soliqlari natijasida kelib chiqadigan pul oqimlari alohida ko’rsatilishi va operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlari sifatida tasniflanishi lozim, agar ular moliyaviy va investitsion faoliyatlariga mahsus bog’liq bo’lmasa.
Qaram xo’jalik jamiyati, qo’shma korxonasi yoki shu’balarga qilingan investitsiyalar hisobi ulush bo’yicha hisobga olish usuli yoki tannarx bo’yicha hisobga olish usulini qo’llagan holda olib borilsa, investor pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda faqat uning o’zi va investitsiya ob’ekti o’rtasidagi pul oqimlarini, masalan dividendlar va bo’naklarni, ko’rsatishi bilan chegaralanadi.
Xo’jalik sub’ekti, hisobot davri davomida, umumiy summada, shu’ba xo’jalik sub’ektlari yoki boshqa korxonalarda nazoratni qo’lga kiritish hamda yo’qotish bo’yicha quyidagilarning har birini oshkor etishi lozim:

  1. investitsiya uchun umumiy to’langan yoki olingan tovon;

  2. ushbu tovonning pul mablag’lari va pul ekvivalentlaridan tashkil topgan

qismi;
(v) nazorati qo’lga kiritilgan yoki yo’qotilgan shu’ba xo’jalik sub’ektlari
yoki boshqa korxonalaridagi pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari summasi; va
(g) nazorati qo’lga kiritilgan yoki yo’qotilgan shu’ba xo’jalik sub’ektlari yoki boshqa korxonalaridagi pul mablag’lari va ularning ekvivalentlaridan tashqari aktivlar va majburitlar summasi, asosiy toifalari bo’yicha jamlangan holda.
Pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlaridan foydalanishni taqozo etmaydigan investitsion va moliyaviy operatsiyalar pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda aks ettirilmaydi. Bunday operatsiyalar moliyaviy hisobotlarning boshqa joyida ushbu investitsion va moliyaviy faoliyatlar to’g’risida barcha tegishli ma’lumotlarni aks ettiradigan tarzda oshkor etilishi lozim.
Xo’jalik sub’ekti pul va pul ekvivalentlarining tarkibiy qismlarini oshkor etishi va pul oqimlari to’g’risidagi hisobotidagi summalarning moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda aks ettirilgan ekvivalent moddalari bilan solishtirmasini taqdim etishi lozim.
Xo’jalik sub’ekti rahbariyat izohlari bilan birgalikda, xo’jalik sub’ektida mavjud bo’lgan, ammo guruh tomonidan foydalanish imkoni bo’lmagan katta miqdordagi pul mablag’lari va pul ekvivalentlari summasini oshkor etishi lozim.



    1. Download 1,94 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish