Tashkilot ikki usulda xorijdagi bo’linmalarni amalga oshirishi mumkin. U xorijiy valyutalardagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin yoki u xorijdagi bo’linmaga ega bo’lishi mumkin. Shu bilan birga, tashkilot o’z moliyaviy hisobotlarini xorijiy valyutada taqdim etishi mumkin. Mazkur standartning maqsadi xorijiy valyutalardagi operatsiyalarni va xorijdagi bo’linmani qanday qilib moliyaviy hisobotlarda aks ettirishni hamda moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish valyutasiga qanday o’tkazishni belgilashdan iboratdir.
Asosiy masalalar – qaysi valyuta kurs(lar)idan foydalanish va moliyaviy hisobotlarda valyuta kurslaridagi o’zgarishlar ta’sirlarini qanday qilib taqdim etish hisoblanadi.
Mazkur Standart quyidagi holatlarda qo’llanilishi lozim:
xorijiy valyutalardagi operatsiyalarni va qoldiqlarni hisobga olishda, bunda MHXS 9 «Moliyaviyinstrumentlar»ning qo’llash doirasidagi derivativ operatsiyalar va qoldiqlardan tashqari;
jamlash yoki ulushi bo’yicha hisobga olish usuli orqali tashkilotning moliyaviy hisobotlarida aks ettirilgan xorijdagi bo’linmaning faoliyat natijalarini va moliyaviy holatini bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazishda; va
(v) tashkilotning faoliyat natijalarini va moliyaviy holatini taqdim qilish valyutasiga o’tkazishda.
Tashkilot faoliyat yuritadigan asosiy iqtisodiy muhit bo’lib odatda u asosan pul mablag’ini ishlab topadigan va xarajat qiladigan muhit hisoblanadi. Tashkilot o’zining funktsional valyutasini aniqlashda quyidagi omillarni inobatga oladi:
valyuta, qaysiki:
asosan tovarlar va xizmatlarning sotish narxlariga ta’sir qiladi (bu ko’p hollarda uning tovarlari va xizmatlarining sotish narxlari belgilanadigan va hisob- kitob qilinadigan valyuta bo’ladi); va
asosan raqobat shartlari va me’yoriy bazalari uning tovarlari va
xizmatlarining sotish narxlarini aniqlaydigan mamlakatning valyutasi.
tovarlar yoki xizmatlarni ta’minlashda asosan ishchi kuchi, xom-ashyo va boshqa xarajatlarga ta’sir qiladigan valyuta (bu ko’p hollarda bunday xarajatlar belgilanadigan va hisob-kitob qilinadigan valyuta bo’ladi).
Quyidagi omillar ham tashkilotning funktsional valyutasining dalilini ta’minlashi mumkin:
moliyalashtirish faoliyatlaridan (ya’ni, qarz va kapital instrumentlar chiqarish) fondlar hosil qilinadigan valyuta.
operatsion faoliyatlaridan tushumlar odatda saqlanadigan valyuta.
Tashkilot xorijdagi bo’linmadan olinadigan yoki unga to’lanadigan monetar moddaga ega bo’lishi mumkin. Hisob-kitob qilinishi yaqin kelajakda na rejalashtirilgan va na sodir bo’lish ehtimoli mavjud modda, mohiyatan, tashkilotning ushbu xorijdagi bo’linmaga sof investitsiyasining qismi bo’ladi. Bunday monetar moddalar uzoq muddatli debitorlik qarzlarini yoki kreditlarni o’z ichiga olishi mumkin. Ular savdo bo’yicha debitorlik qarzlarini va kreditorlik qarzlarini o’z ichiga olmaydi.
Monetar moddaning asosiy jihati bu valyuta birliklarining o’zgarmas yoki aniqlanadigan summasini olish huquqidir (yoki yetkazib berish majburiyatidir). Misollar quyidagilarni o’z ichiga oladi: pul mablag’ida to’lanadigan nafaqalar va boshqa xodimlarning daromadlari ; pul mablag’ida hisob-kitob qilinadigan rezervlar; majburiyat sifatida tan olingan pul mablag’idagi dividendlar. Xuddi shuningdek, olinadigan (yoki yetkazib beriladigan) haqqoniy qiymat valyuta birliklarining o’zgarmas yoki aniqlanadigan summasiga teng bo’lgan holatdagi tashkilotning ulushli instrumentlarining o’zgaruvchan summasini yoki aktivlarning o’zgaruvchan qiymatini olish (yoki yetkazib berish) shartnomasi – monetar modda hisoblanadi. Aksincha, nomonetar moddaning asosiy jihati bu valyuta birliklarining o’zgarmas yoki aniqlanadigan summasini olish huquqining (yoki yetkazib berish majburiyatining) mavjud bo’lmasligidir. Misollar quyidagilarni o’z ichiga oladi: tovarlar va xizmatlar uchun oldindan to’langan qiymatlar (masalan, ijara bo’naklari); gudvill; nomoddiy aktivlar; tovar-moddiy zahiralar; asosiy vositalar; va nomonetar aktivni yetkazib berish orqali hisob-kitob qilinadigan rezervlar.
Xorijiy valyutadagi operatsiya xorijiy valyutada belgilangan yoki hisob-kitobni talab etadigan operatsiyadir, jumladan tashkilot quyidagilarni amalga oshirganda yuzaga keladigan operatsiyalardir:
narxi xorijiy valyutada belgilangan tovarlar yoki xizmatlarni sotib olish yoki sotish;
to’lanadigan yoki olinadigan qiymatlar xorijiy valyutada belgilangan holda, pul mablag’larini qarzga olish yoki qarzga berish; yoki
(v) boshqa hollarda xorijiy valyutada belgilangan aktivlarni xarid qilish yoki chiqib ketishi, yoki majburiyatlarni hosil qilish yoki hisob-kitob qilish.
Xorijiy valyutadagi operatsiya, funktsional valyutada dastlabki tan olinishida, xorijiy valyutadagi qiymatga operatsiya sanasidagi funktsional valyuta bilan xorijiy valyuta o’rtasidagi spot valyuta kursini qo’llagan holda qayd qilinishi lozim.
Operatsiya sanasi operatsiya MHXSlarga muvofiq dastlabki tan olish mezonini
qanoatlantirgan sanadir. Amaliy sabablar uchun, operatsiya sanasidagi kursga yaqinroq kurs ko’p hollarda foydalaniladi, masalan, hafta yoki oy uchun o’rtacha kurs ushbu davr mobaynida sodir bo’ladigan har bir xorijiy valyutadagi barcha operatsiyalar uchun foydalanilishi mumkin. Biroq, agarda valyuta kurslari ahamiyatli tarzda tebransa, davr uchun o’rtacha o’rtacha kursdan foydalanish noo’rin bo’ladi.
Har bir hisobot davri oxirida:
xorijiy valyutadagi monetar moddalar oxirgi kursdan foydalangan holda bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazilishi lozim;
xorijiy valyutada boshlang’ich qiymat bo’yicha hisoblangan nomonetar moddalar operatsiya sanasidagi valyuta kursidan foydalangan holda bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazilishi lozim; va
(v)xorijiy valyutada haqqoniy qiymat bo’yicha hisoblangan nomonetar moddalar haqqoniy qiymat baholangan sanasidagi valyuta kurslaridan foydalangan holda bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazilishi lozim.
Monetar moddalarning hisob-kitobidan yoki monetar moddalarni davr mobaynida yoki oldingi moliyaviy hisobotlarda dastlabki tan olinishida foydalanilgan kurslardan boshqa kurslarda bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazishda yuzaga keladigan kurs farqlari foyda yoki zararda ular yuzaga kelgan davrda tan olinishi lozim.
Qachonki nomonetar modda bo’yicha foyda yoki zarar boshqa umumlashgan daromadda tan olinsa, ushbu foyda yoki zararning har qanday valyuta qismi boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi lozim. Aksincha, qachonki nomonetar modda bo’yicha foyda yoki zarar foyda yoki zararda tan olinsa, ushbu foyda yoki zararning har qanday valyuta qismi foyda yoki zararda tan olinishi lozim.
Hisobot beruvchi tashkilotning xorijdagi bo’linmaga sof investitsiyasining qismini tashkil etadigan monetar moddadan yuzaga keladigan kurs farqlari, o’rinliligini inobatga olib, hisobot beruvchi tashkilotning alohida moliyaviy hisobotlaridagi yoki xorijdagi bo’linmaning alohida moliyaviy hisobotlaridagi foyda yoki zararda tan olinishi lozim. Xorijdagi bo’linma va hisobot beruvchi tashkilotni o’z ichiga olgan moliyaviy hisobotlarda (masalan, xorijdagi bo’linma sho’’ba bo’lgan holatdagi jamlangan moliyaviy hisobotlar), bunday kurs farqlari dastlab boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi lozim va sof investitsiyani chiqib ketishida kapitaldan foyda yoki zararda qayta tasniflanishi lozim.
Misol. Kompaniya funktsional valyutasi sh.b. Kompaniya ishlab chiqarish uskunasini xorijiy hamkordan sotib olmoqda. Uskuna qiymati 100000 dollar. 1 dekabr 20_ yilda kompaniya shartnoma shartiga ko’ra oldindan 50% to’lovni amalga oshirdi. 20 dekabrda kompaniya uskunani olib keldi. Uskunaning qolgan summasi 20_yil yanvarda kompaniya tomonidan to’lanadi.
Sh.b.ning dollarga nisbatan kursi sanalar bo’yicha quyidagicha: 1 dekabr 20yilda 1.20 sh.b.
20 dekabr 20yilda 1.22 sh.b.
31 dekabr 20yilda 1.23 sh.b. 1 dekabr 20yildagi provodka:
Dt Asosiy vositalarni sotib olish uchun avanslar (M1010) 60000
Kt Valyuta schyoti (M5200) 60000
100000 x 50% x 1.2 = 60000 sh.b.
20 dekabr 20yildagi provodka:
Dt Asosiy vositalar (M0100) 121000
Kt Asosiy vositalarni sotib olish uchun avanslar (M1010) 60000
Kt Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar (M6010) 61000 Asosiy vositalarni sotib olish uchun mol yetkazib beruvchilarga avanslar
nomonetar moddalar hisoblanadi va shu sababli xorijiy valyutadagi mablag’ni uni almashtirish kursi bo’yicha tarixiy qiymatda aks ettiriladi.
31 dekabr 20yildagi provodka:
Dt Valyuta kursi farqidan zarar (M9620) 500
Kt Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar (M6010) 500 10000 x 50% x (1.23-1.22) = 500 sh.b.
Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar monetar moddalar hisoblanadi va shu sababli xorijiy valyutadagi mablag’ni uni yopiladigan kursi bo’yicha qiymatda aks ettiriladi.
Tashkilot o’zining moliyaviy hisobotlarini har qanday valyutada (yoki valyutalarda) taqdim etishi mumkin. Agarda taqdim qilish valyutasi tashkilotning funktsional valyutasidan farq qilsa, u o’zining faoliyat natijalarini va moliyaviy holatini taqdim qilish valyutasiga o’tkazadi. Masalan, guruh turli funktsional valyutalarga ega alohida tashkilotlaridan iborat bo’lsa, har bir tashkilotning faoliyat natijalari va moliyaviy holati umumiy valyutada ifodalanadi va buning natijasida jamlangan moliyaviy hisobotlar taqdim etilishi mumkin.
Funktsional valyutasi giperinflyatsiya iqtisodiyotining valyutasi bo’lmagan tashkilotning faoliyat natijalari va moliyaviy holati quyidagi tartiblardan foydalangan holda boshqa taqdim qilish valyutasiga o’tkazilishi lozim:
taqdim etiladigan har bir moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot uchun aktivlar va majburiyatlar (ya’ni, jumladan qiyosiy ma’lumotlar) ushbu moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot sanasidagi oxirgi kursda o’tkazilishi lozim;
foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadni aks ettiradigan har bir hisobot uchun daromad va xarajatlar (ya’ni, jumladan qiyosiy ma’lumotlar) operatsiyalar sanalaridagi valyuta kurslarida o’tkazilishi lozim; va
(v) barcha natijaviy kurs farqlari boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi lozim.
Amaliy sabablar uchun, operatsiyalar sanalaridagi valyuta kurslariga yaqinroq kurs, masalan davr uchun o’rtacha kurs, ko’p hollarda daromad va xarajat moddalarini o’tkazishda foydalaniladi. Biroq, agarda valyuta kurslari sezilarli tarzda tebransa, davr uchun o’rtacha kursdan foydalanish noo’rindir.
Kurs farqlari quyidagilardan yuzaga keladi:
daromad va xarajatlarni operatsiyalar sanalaridagi valyuta kurslarida va aktiv va majburiyatlarni oxirgi kurslarda o’tkazish.
boshlang’ich sof aktivlarni oldingi oxirgi kursdan farq qiladigan oxirgi kursda o’tkazish.
Funktsional valyutasi giperinflyatsiya iqtisodiyotining valyutasi bo’lgan
tashkilotning faoliyat natijalari va moliyaviy holati quyidagi tartiblardan foydalangan holda boshqa taqdim qilish valyutasiga o’tkazilishi lozim:
barcha summalar (ya’ni aktivlar, majburiyatlar, kapital moddalar, daromad va xarajatlar, jumladan qiyosiy ma’lumotlar) moliyaviy holat to’g’risidagi eng yaqin hisobot sanasidagi oxirgi kursda o’tkazilishi lozim, bundan quyidagi mustasno
summalar nogiperinflyatsiya iqtisodiyotining valyutasiga o’tkazilganda, qiyoslanuvchan summalar summategishli o’tgan yilning moliyaviy hisobotlarida joriy yil summalarisumma sifatida taqdim etilgan summalar summa bo’lishi lozim (ya’ni narx darajasidagi keyingi o’zgarishlarga yoki valyuta kurslaridagi keyingi o’zgarishlarga to’g’rilanmagan).
Tashkilot quyidagilarni ochib berishi lozim:
(a) foyda yoki zararda tan olingan kurs farqlarining summasi, bunda MHXS
9 ga muvofiq foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholangan moliyaviy instrumentlardan yuzaga keladigan kurs farqlaridan tashqari; va
(b)
boshqa umumlashgan daromadda tan olingan va kapitalning alohida tarkibiy qismida yig’ilgan sof kurs farqlari, shu bilan birga bunday kurs farqlari summasining davr boshidagi va oxiridagi solishtirmasi.